Dars ishlanma
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga ko’payish, uning xillari, ko’payish jarayonida tirik organizmda ro’y beradigan jarayonlar haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy: o’quvchilarga ko’payishning biologik ahamiyati tushuntirish va ularni o’rganish asosida estetik dunyoqarashni shakllantirish
Rivojlantiruvchi: darslik ustida mustaqil ishlashni o’rgatish, ko’payishga oid bilimlarni va nutq, muloqotni rivojlantirish.
2. Darsni jihozlari: ko’payish jarayonlari tasvirlangan tablitsalar, test kartochkalari, vegetativ ko’payuvchi o’simliklarning gerbariylari, mikroskop va uning yordamchi buyumlari, sodda hayvonlar ko’payishi olingan preparatlar, qo’shimcha adabiyotlar, darsliklar.
3. Metod: “Kimning xotirasi kuchli” o’yini, aqliy hujum, guruh bilan ishlash, o’quvchilarni mustaqil chiqishi.
4. Kutilayotgan natija:
a) yangi pedtexnologiyalarni samaradorligini namoyon etish, fanga qiziqish uyg’otish.
b) ko’payish haqida to’liq ma’lumot olish.
c) ko’payishning turli-tuman xillari haqida ma’lumot olish.
5. Darsni shiori: Tabiat qonunlarini o’rganish insoniyat kelajagining garovi!
O’tilgan mavzuni so’rab olishdan ilgari o’quvchilarga ma’naviy va iqtisodiy tejamkorlik haqida gapirilib, hozirda fan olamida bo’lib o’tayotgan yangiliklar haqida qisqacha to’xtaladi. So’ng o’quvchilardan “Mitoz” mavzusiga oid test kartochkalari tarqatiladi, ular tayyorlangunlaricha guruh orasiga “Kimning xotirasi kuchli” o’yini o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar ichidan kamida uch nafar o’quvchi ajratib olinib ularga oldindan tayyorlab qo’yilgan o’tgan mavzu asosaida tuzilgan biologik terminlardan kamida o’ntasi aytiladi. Ikki o’quvchi sinfdan tashqariga chiqib turadi, qolgani yodida qolgan atamalarni aytadi, tashqaridan bitta o’quvchi kirib u ham yodida qolgan atamalarni aytadi va o’yin shu tariqa davom etadi. O’yin 5 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.
Test
1. Hujayraning bo’linishga tayyorlanish davri bilan mitoz bosqichlarini davom etshiga nima deyiladi?
A. mitoz sikli B. profaza C. sitokinez D. interfaza
DNKning ikki hissa ortish qaysi fazada amalga oshadi?
A. metafaza B. G1 C.S D.G2
Do'stlaringiz bilan baham: |