O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti elektronika va avtomatika fakulteti


Download 466.18 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi466.18 Kb.
#228347
Bog'liq
1- referat atom tuzilishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI

144-20EA GURUH TALABASI

Sattorov Og’abekning

ELEKTRON TEXNIKA MATERIALLARI VA ELEMENTLARI

FANIDAN BAJARGAN

MAVZU: Atom tuzilishi haqidagi nazariyalar

2021-YIL

Reja:

  1. Kirish

  2. Atom tuzilishi

  3. Tompson modeli va Rezerford tajribasi

  4. Hulosa

KIRISH

Modda juda kichik zarrachalardan tuzilganligi haqidagi fikr qadimgi yunon olimlari tomonidanoq aytilgan edi. Ular ana shu zarrachalarni atomlar deb atashadi. Qadimgi yunonlar, atomlar muntazam ko’pyoqli shaklga ega, deb faraz qilishgan. Moddaning atomlardan tuzilganligi g’oyasining eksperimental isboti olingunga qadar yigirma asrdan ortiq vaqt o’tdi. Bu g’oya fanda kimyo va kinetic nazariyaning yutuqlari tufayli XXI asrning ikkinchi yarmida qat’iy qaror topdi. XX asr boshiga kelib, fizikalar atolarning o’lchamlari 10-10 m va massasi 10-27 kg atrofida bo’lishini bildilar.

Atom (yunoncha “atomos” – bo’linmas) – kimyoviy elementlarning barcha xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki “bo’linmas” nomini olgan bu zarraning ichki tuzilishi anchagina murakkab. Atom musbat zaryadlangan yadro va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan.

Atom markazida atom yadrosi joylashgan, atomning qolgan hamma hajmini elektronlar egallaydi. Yardo ichida elektronlar yo’q (bu 1930-yillar boshida aniq bo’ldi); yadro musbat zaryadlangan protonlar va zaryadga ega bo’lmagan neytronlardan iborat. Atomdagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng; bu mazkur kimyoviy elementning atom raqami (uning davriy sistemadagi tartib raqami) dir. Elektron massasi proton yoki neytron massasidan tahminan 2000 marta kichik, shuning uchun atomning hamma massasi yadroga to’plangan. Turli elektronlar yadro bilan turli darajada bog’langan; ularning ba’zilarini atom nisbatan oson yo’qotishi mumkin, bunda u musbat ionga aylanadi. Atom qo’shimcha elektronlarga ega bo’lib, manfiy ionga aylanadi. Atomning birinchi miqdoriy nazariyasini 1913-yilda daniya fizigi Nils Bor ishlab chiqdi. Bu eng oddiy atom – vodorod atomining nazariyasi edi. Nils Bor Rezerford tajribalarining natijalaridan va o’sha vaqtlarda ma’lum bo’lgan atomlar vodorodning spektri haqidagi ma’lumotlardan foydalandi. U vodorod atomini quyidagi ko’rinishda tasavvur qildi: proton (atom yadrosi) atrofida aylanma orbita bo’lib elektron harakatlanadi.



Elektron kashf etilgandan bir oz vaqt o’tgandan keyin, 1903 yilda ingliz fizigi Jozef Jon Tomson diametri tahminan 10 −10 m, ichiga elektronlar “sochilgan”, hajmi bo’yicha musbat zaryadlangan sfera shaklidagi atom modelini taklif etdi. Elektronlarning sfera markaziga nisbatan tebranganda, atom yorug’lik nurlantiradi. Tosmon, elektronlar sfera markazi atrofida qatlam bo’lib guruhlanadi, deb hisobladi.

Tomson taklif etgan modelda atom massasi uning hajmi bo’yicha bir tekis taqsimlangan. Bunday farazning hato ekanligini tez orada ingliz fizigi Ernest Rezerford isbotladi. 1908-1911 yillarda uning rahbarligida α-zarralar (geliy yadrolari)ning metal folga (zar qog’oz)da sochilishiga oid tajribalar o’tkazilgan edi. (qarang Alfa yemirilish). α-zarra yupqa folgadan (qalinligi 1 mkm) o’tib va oltingugurtli qo’rg’oshindan qilingan ekranga tushib, mikroskopda yaxshi ko’rinadigan chaqnashni vujudga keltirar ekan. Ekranni α-zarraning dastlabki harakat yo’nalishida xar hil burchaklarda joylashtirildi va folgadan u yoki bu burchakka sochilgan zarralar soni sanaldi. Ko’pchilik zarralar folgadan bir oz og’ib o’tib ketishi aniqlandi, biroq ayrim hollarda (tahminan 10 000 lan bittasida) α-zarraning 90˚ dan katta burchakka og’gani kuzatildi.









Bu, agar 15 duymli snaryadni bir varaq papiros qogʻoziga otganingizda, snaryad qogʻozdan qaytib kelib, sizga tekkanidek, aql bovar qilmaydigan hol edi



 – deb keyinchalik eslagan edi Rezerford. α-zarrachalarning sochilishiga oid tajribalar shuni yaqqol koʻrsatdiki, atomning butun massasi juda kichik hajmda – atom yadrosida toʻplangan boʻlib, uning diametri atom diametridan 10 000 marta kichikdir. Koʻpchilik α-zarralar ogʻir yadro yonidan, unga tegib ketmasdan uchib oʻtadi, biroq bunda u orqaga «sakrab ketishi» mumkin.

Rezerford tajribalari atomning yadro modeli ni yaratish uchun asos boʻldi. Bu model bizning atom tuzilishi haqidagi bugungi tasavvurlarimizni ifodalaydi.



Ko’p asrlar ilgani “bo’linmas” deb tan olingan atomlar, murakkab tuzilishga ega ekanligi ma’lum bo’ldi. Atom haqidagi shu uzoq yillar davomida olib borilgan izlanishlar, hozirgi kundagi taraqqiyotning asosi bo’lgan desak hech qanaqa mubolag’a bo’lmaydi. Miroelektronika va nanoelekrtonika sohalari ham, atomlarni o’rganish natijasida rivojlanib bormoqda. Shu sabali insoniyat atomlarni o’rganishdan hech qachon to’xtamaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Abdurazzoqov A. A.Nazirov E. N.Rasulova M. Y.- Yosh Fizik ensikloperik Lugʻati, 1989 yil

  • Wikipedia


Download 466.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling