1-rasm. Elektron qollanma tarkibiy qismlari.
Anorganik kimyoda kimyoviy elementlarning Davriy qonuni va davriy jadvali bolimini oqitish jarayonida oquvchilarning ozlashtirishi qiyin bolgan, korgazmalilikni, oqituvchidan kop mehnat va vaqt talab qiladigan mavzularni har tomonlama samarali ozlashtirishga asoslangan elektron variantini yaratish, oquvchilarning mustaqil bilim olishlarini yolga qoyish hamda masofali oqitishni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadlardan kelib chiqib, elektron qollanma oquv fanining malum bir mavzularini maqbul organish uchun yaratildi.
Kimyo fanining kimyoviy elementlarning Davriy qonuni va davriy jadvali bolimidan mavzular olindi va ushbu asosda elektron qollanma quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topdi (1-rasm). Tadqiqot ishida kimyoviy elementlarning Davriy qonuni va davriy jadvali nomli multimediali elektron oquv qollanmadan foydalanib oqitish metodikasi taklif etilgan. Xususan, Elementlar davriy jadvali mavzusini elektron qollanma yordamida organishda jadval joylashtirilgan tugmani bosish orqali bajariladi.
2-rasmda jadvaldagi elementlarga tugmani yonaltirib korsatganda element haqida malumotlar hosil qilish korsatilgan.
2-rasm. Elementlar davriy jadvali mavzusini oqitishda davriy jadvalning korinishi hamda element haqida malumotlar hosil qilish animatsiyasidan lavha
Shu kabi barcha mavzular animatsion tarzda namoyish etish bilan birga, oqituvchi tomonidan tushuntirib boriladi. Darsni mustahkamlash uchun multimediali elektron oquv qollanmada Qiziqarli tajribalar sahifasida tajribalar virtual laboratoriya korinishida berilgan (3-rasm). Ushbu tajribalarda bajarish tartibi qadamba-qadam animatsiya korinishida berilgan. Oquvchilar bilimlarini tekshirib korishi uchun test savollari keltirilgan. Kimyoni oqitishda zamonaviy usullardan xususan, kompyuter vositalaridan foydalanish oquvchilarni dastlabki mavzularni oqitishdayoq fanga qiziqishlarini oshirishda, bilim berish va bilimlarni mustahkamlashga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |