O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Download 1.29 Mb.
bet90/129
Sana02.06.2024
Hajmi1.29 Mb.
#1833855
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   129
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi

Jizzax
Kirish
Mazkur ishchi dasturida tuproqning tabiat hosilasi ekanligi, tuproq hosil bo‘lish omillari, tuproqlarning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari bo‘yicha geografik tarqalish qonuniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, tuproqlarning xilma-xilligi, rivojlanishi, mexanik tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari atroflicha yoritilgan. Tuproqlar geografiyasini xaritalashtirish, tuproqlarni o‘rganishning xo‘jalik uchun ahamiyati, geografiya o’qituvchilari tayorlashda “Tuproqlar geografiyasi” fanining ahamiyati va o‘rniga alohida e’tibor berilgan.

  1. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

“Tuproqlar geografiyasi” ishchi dasturida tuproqning tabiat hosilasi ekanligi, tuproq hosil bo'lish omillari, tuproqlaming tabiat zonalari va balandlik mintaqalari bo‘yicha geografik tarqalish qonuniyatlari ochib berilgan. Shuningdek tuproqlaming xilnia-xilligi, rivojlanishi, mexanik tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari atroflicha yoritilgan. Tuproqlar geografiyasini xaritalashtirish, tuoroqlarni o'rganishning xo'jalik uchun ahamiyati, geografiya mutaxassislari tayyorlash tizimida “Tuproqlar geografiyasi” fanining ahamiyati va o'rniga aloliida e’tibor berilgan.
“Tuproqlar geografiyasi” Umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Tuproqlar geografiyasi” fani aniq va tabiiv fanlar turkumiga kiradi. Predmetlararo bog’lanishni to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi Geografiya o'qilish metodikasi yo’nalishi xususiyatlarini xisobga olishi juda muhimdir. Mazkur fan boshqa geografiya fanlarining nazariy va ushibiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi geografiya fanlar uchun zamin bo’lib xizmat qiladi.



  1. Oquv fanning maqsadi va vazifalari

Tuproqlar geografiyasi” fanining maqsadi - fanningning tadqiqot ob’ekti va predmeti, tadqiqot usullari, fanning rivojlanish bosqichlari, tuproq hosil bolish omillari, tuproqning tabiat komponenti sifatida boshqa komponentlar bilan o‘zaro ta’sir va aloqada rivojlanishi, tuproqlarning turlari, xossalari, geografik tarqalishi, uni xaritalashtirish masalalariga oid bilimlar berish.
Fanning oldiga qo'ygan vazifalari - quyidagilardan iborat:

  • tabiatda modda va energiya almashuvining tuproq hosil bolishidagi ahamiyatini tushintirish;

  • gipergenez to‘g‘risidagi tushunchalami tanishtirish;

  • pleystosen yotqiziqlar asosiy tuproq hosil qiluvchi jinslar ekanligini tushintirish;

  • tuproqlarnihg umumiy fizik va fizik-kimyoviy xossalari to‘g‘risida bilimlar berish;

  • tuproq va tuproq hosil qiluvchi tog‘ jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi to‘g‘risida bilimlar berish;

  • tuproq hosil qiluvchi tog‘ jinslarining tuproqlar geograflyasiga ta’siriga oid bilimlar berish;

  • tuproqlar morfologiyasi tog‘risida bilimlar berish;

  • tuproqlar tasnifi haqida bilimlar berish;

  • tuproqlarning zonal tarqalishi to‘g‘risida bilimlar berish;

  • toglarda tuproqlarning balandlik mintaqalari qonuniyatlari asosida joylashishiga oid bilimlar berish;

  • O‘zbekiston tuproqlari to‘g‘risida batafsil bilimlar berish;

  • vohalardagi tuproqlarga oid bilimlar berish;

  • tuproq xaritalari va ularning ahamiyati haqidagi bilimlar berish;

- tuproq muhofazasiga oid bilimlar berish.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling