4-MODUL. TUPROQLAR GEOGRAFIYASINING UMUMIY QONUNIYATLARI VA TUPROQ-GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH. TUPROQ XARITALARI, YER KADASTRI VA TUPROQ BONITROVKASI
1- mavzu. Tuproqlarning geografik tarqalishining asosiy qonuniyatlari
Tuproqlarning geografik tarqalishining asosiy qonuniyatlari. Tuproqlarning yonbosh–yotiq (zonal) joylashuvi to‘g‘risidagi ta’minot. Tuproq zonalari. Tuproq – bioiqlim oblastlari. Tuproqlar joylashuvining balandlik (vertikal) zonalligi to‘g‘risidagi ta’limot. Tuproq provintsiyalari, okruglari va rayonlari. Tuproq - geografik rayonlashtirish. Tabiiy - qishloq xo‘jalik rayonlashtirish.
2- mavzu. Arktika, tundra va o‘rmon tundra tuproqlari
Mintaqalarda tuproq hosil bo‘lish sharoiti. Tuproqlar tasnifi va umumiy xossalari. Tuproqlarning geografik tarqalishi. Mazkur mintaqalar tuproqlarining qishloq xo‘jaligida foydalanilishi.
3- mavzu. O‘rmon va o‘rmon dasht mintaqlari tuproqlari
Mintaqalardagi tuproq hosil qiluvchi sharoitlar. Tuproqlar tasnifi, tarkibi va umumiy xususiyatlari. Tuproq qoplami tuzilmasi. Issiqlik - suv tartiblari. Mintaqalar tuproqlarining qishloq xo‘jaligida foydalanilishi.
4- mavzu. Dasht, chala cho‘l va cho‘l mintaqalari tuproqlari
Tuproqlar genezisi. Tuproqlar tasnifi. Tuproqlar tarkibi va xususiyatlari. Tuproqlar tuzilmasi. Issiqlik tartiblari. Mintaqalar tuproqlarining qishloq xo‘jaligida foydalanilishi.
5- mavzu. Savanna va siyrak o‘rmonlar va dag‘al bargli domiy yashil o‘rmonlar (O‘rta dengiz) tuproqlari
Tuproqlar genezisi. Tuproqlar tasnifi. Tuproqlar tarkibi va xususiyatlari. Tuproqlar tuzilmasi. Issiqlik tartiblari. Mintaqalar tuproqlarining qishloq xo‘jaligida foydalanilishida Janubiy Osiyo va Yevropaning janubidagi mamlakatlar tajribalari.
6- mavzu. Mavsumiy (musson) nam ekvatorial o‘rmonlar tuproqlari
Tuproqlar genezisi. Tuproqlar tasnifi. Tuproqlar tarkibi va xususiyatlari. Tuproqlar tuzilmasi. Issiqlik tartiblari. Mintaqalar tuproqlarining qishloq xo‘jaligida foydalanilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |