O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi
O’simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o’rni
Download 1.29 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- o’simlik – tuproq – o’simlik
O’simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o’rni
O’simliklar olami nafaqat tuproqning kimyoviy, balki mineral tarkibida ham faol ta’sir ko’rsatadi. Minerallarning salmoqli qismi o’simliklarningtanasida vujudga keladi va ular nobud bo’lganidan so’ng yana tuproqqa qaytadi. Tuproqda biogen minerallarning vujudga kelishida o’simliklar ham faol ishtirok etadi. O’simliklar tuproqda nafaqat biokimyoviy va geokimyoviy rol o’ynab qolmay, uning fizik xossalari (tuzilmasi, suv sig’imi, zichligi va b.), issiqlik va suv tartibiga ham ta’sir ko’rsatadi. Tuproq va o’simlik xaritalarini taqqoslashdan ko’rinib turibdiki , tuproqning ma’lum turi bilan o’simliklarning ayrim turlari o’rtasida chambarchas bog’liqlik mavjud. Yer shari tirik moddalarini deyarli 99 % i o’simlik organizmlari massasidan tashkil topgan bo’lib, shu tufayli Yerda biologik aylanma harakatning xarakteri yashil o’simliklarning hayot faoliyati bilan belgilanadi. Organik moddalar to’planishining eng yuqori darajasi o’rmonlarga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatgich nam tropik o’rmonlarda 5000 s/ga va undan ortiq,Braziliyaning tog’li tropik o’rmonlarida-17 000 s/ga. Sezilarli darajada kam biomassa keng bargli o’rmonlar (4000 s/ga) va ayniqsa, boreal mintaqaning igna bargli o’rmonlariga (1000-3300 s/ga) to’g’ri keladi. O’tsimon o’simliklar biomassaning kamligi bilan xarakterlanadi. O’tloq dashlarining biomassasi 250 s/ga, bu miqdor janubga tomon kamayadi, quruq dashtlarda 100, chala butasimon cho’llarda – 43 s/ga. Arktik tundra organik moddalarining massasi deyarli cho’lnikiga teng (50 s/ga), butasimonlarniki dashtnikiga yaqinroq (280 s/ga). Alohida qayd etish lozimki, ormon biomassasining asosiy miqdori yerning ustki qismida, ildizining hissasi barcha mintaqalarda nisbatan kam farqlanadi, hamda 16-26 % ga teng. Otsimonlarda esa aksincha, biomassaning asosiy qismi yerning ostki qismida mujassamlashgan. Dashtlarda ildiz 70-85 % biomassani tashkil etadi, chala butasimon cho’llarda -87 %, tundrada-70-83 %. Tuproqning paydo bo’lishi va geografik tarqalishi daraxtsimon va o’tsimon o’simkiklardan tuproqqa tushadigan barg, shox-shabba, meva, ildiz, po’stloq va boshqalar (obad), qurum moddalar (zol) miqdoriga ham bog’liq. Umuman olganda o’simliklar turli va biologik aylanma harakat tuproq hosil bo’lish turi bilan chambarchas bog’liq. Tuproq hosil bo’lish jarayoni, tuproq turlarining shakllanishi va tuproq unumdorligi o’simlik – tuproq – o’simlik tizimidagi tirik moddalarning ta’siri hamda mineral moddalarning aylanishi bilan bevosita belgilanadi. Ayni damda o’simliklarning o’zi tuproq va iqlimning mahsuli hisoblanadiki, qaysiki uning shakllanishini ular hal qiladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling