O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Tuproqdagi suvlarning turlari


Download 1.29 Mb.
bet19/129
Sana02.06.2024
Hajmi1.29 Mb.
#1833855
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   129
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi

Tuproqdagi suvlarning turlari.
Suv tuproqning turli teshik kavaklarida saqlanib, o’zining ximiyaviy tarkibi va xossalariga ko’ra, tuproq zarralari bilan doimo o’zaro tahsir va munosabatda bo’ladi. Bu esa o’z navbatida tuproqdagi namning harakati, xossasi va o’simlikka shimilish holatini belgilaydi.
Tuproqdagi suv har xil tabiiy kuchlar tahsirida bo’lib, bu kuchlar tuproqning tarkibi va xossalari (mexanikaviy tarkibi, chirindi miqdori va strukturasi) ga ko’ra o’zgarib turadi. Shuning uchun ham suv tuproqda har xil, ya’ni ximiyaviy birikkan suv; gigroskopik suv; parda suv; kapiliar suv; gravitatsion suv; bug’simon suv; qattiq holdagi suv; sizot suvlari kabi shakl va holatda bo’lishi mumkin.
Ximiyaviy birikkan suv – tuproq tarkibidagi mineral kolloidlar va minerallar tarkibida gidroksil birikma Fe (OH) 3 , Al (OH) 3 , Ca (OH) 2 , yoki molekula holida (CaSO4 * 2H2O, NaSO4 * 1H2O) uchraydi. Gigrokkopik birikmalardagi suvni ajratishda tuproqni ancha yuqori darajada (400 - 8000) qizdirish kerak bo’ladi, ammo gips (CaSO4 * 2H2O) va mirabilit (NaSO4 * 1H2O) singari minerallardagi suv molekulasini ajratib yuborish uchun esa tuproqni 100 - 2000 qizdirish kifoya qiladi. Tuproqning muhim tarkibiy qismi hisoblangan ximiyaviy suv o’simlikka singmaydigan holatdadir, yahni o’simlikning suvga bo’lgan talabini tahmin etishda qatnasha olmaydi.
Gigroskopik suv – tuproq zarralari yuzasiga adsorbsiyalangan (singdirilgan) suv hisblanadi. Tuproqning havodagi namni singdirib olish qobiliyatiga gigroskopiklik va singdirilgan namga esa gigroskopik suv deyiladi. Gigroskopik suvning miqdori havoning nisbiy namligi va haroratiga hamda tuproqning minerologik, mexanikaviy va organik tarkibiga bog’liq.
Havoning nisbiy namligi qancha yuqori bo’lsa, tuproq suv molekulalarini shuncha ko’p singdiradi va natijada tuproqda gigroskopik suv miqdori ham ko’payadi. Issiqlik ortgan sayin tuproqda suv oz singdiriladi va aksincha, temperatura pasayishi bilan tuproq suvni ko’proq singdira boshlaydi. Havo suv bug’i to’yingan (havoning nisbiy namligi 100 % ga yaqin) sharoitda tuproq zarralari yuzasidagi gigroskopik suv miqdori 1,5 – 2 baravar ko’payadi va maksimal gigroskopiklik vujudga keladi.
Gigroskopik suvning miqdori birinchi navbatda tuproqning mexanikaviy va mineralogik tarkibi hamda organik moddalar tarkibiga bog’liq. Serchirindi va o’g’ir mexanikaviy tarkibli tuproqlarda gigroskopik suv oz chirindi yengil tuproqdagiga nisbatan ko’p bo’ladi.
Erkin holdagi suvda eriydigan moddalar odatda gigroskopik suvda erimaydi. Bu suv tuproqdagi harorat – 4 dan - 780 orlig’ida bo’lgandagina muzlaydi. Gigroskopik suv zarra yuzasida harakat etmaydi, uni chiqarib yuborish uchun tuproqni bir necha soat davomida 100 - 1050 issiqlikda qizdirish kerak bo’ladi. Ana shundagina tuproq absalyut quruq holga o’tadi. Demak, tabiiy sharoitda har qanday tuproqda ham mahlum miqdorda gigroskopik suv bo’ladi. Gigrasko’ik nam o’simliklar o’zlashtiraolmaydigan nam kategoriyasiga kiradi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling