Parda suv. Maksimal gigroskopik nam holdagi sernam sharoitda bo’lganida uning zarralari yuzasiga tag’in suv molekulalari singdirilishi natijasida yupqa suv qatlami hosil bo’ladi va unga parda suv yoki bo’sh birikkan suv deyiladi. Bu suv tuproq zarralari yuzasidagi maksimal gigroskopik nam ustidan parda singari yupqa suv qatlam o’rab oladi. Bu suv pardasining qalinligi maksimal gigroskopiklikka nisbatan 2 – 4 barobar ortiq.
Parda suv tuproq zarralari yuzasida suyuq holda bo’lib, oz-moz harakat etadi. Suv pardasi qalin bo’lgan zarradan yupqa pardali zarraga qarab va tuproq qatlamining issiq tomonidan juda sekin harakat qiladi. Prada suvning o’simliklarga qisman singishi so’ngi tadqiqodlar asosida aniqlangan.parda suvnig miqdori havoning nisbiy namligi, tuproqning tipi, ximiyaviy va mexanikaviy tarkibiga ko’ra turlichadir. Parda suv, ayniqsa tuproq qatlamida loyqa va kolloid zarrachalarning ko’payishiga mutanosib ravishda ko’paya boradi. Parda suuv o’simliklarga qisman singsada, lekin ularning suvga bo’lgan talabini tahmin eta olmaydi.
Kapiliyar suv. Tuproq qatlamlarining mayda zarralar oralig’ida juda noziq qilsimon yo’llar orqali pastdan yo’qoriga qarab erkin harakat eta oladigan suvga kapiliyar suv deyiladi. Kapilyar suvning qatlamlar orasida yo’qoriga qarab harakat etish tezligi va ko’tarilish balandligi tuproqlarning mexanikaviy tarkibi hamda struktura holatiga ko’ra turlichadir.
Tuproqlarda kapilyar suvning harakati odatda qatlamdagi noziq qilsimon yo’llarning diametri 10 mm bo’lgandan boshlanib, ayniqsa ular 0,1 – 0,01 mm ga yetganda kuchayadi.
Tabiiy sharoitda o’tkazilgan kuzatishlar asosida qumoq tarkibli tuproq qatlamlarda kapiliar suv bahzan 6 metrgacha yo’qori ko’tarilsa-da, lekin ko’pincha 3 – 4 m dan oshmasligi, qumloq, qumli tuproqlarda esa ko’tarilish 40 – 80 sm atrofida ekanligi aniqlangan. Kapiliyar suvning qatlamlar orqali ko’tarilish balandligi tuproqning mexanikaviy tarkibi, strukturasi va zichlik darajasiga ko’ra har xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |