O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi


Download 222.27 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi222.27 Kb.
#1537522
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2022-2023 to\'garak yangi (1)

Kafedra mudiri ________ _______________________

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Matematik analizdan kontr misollar” nomli
TO‘GARAGI NIZOMI

I. Umumiy qoidalar


1.1. Mazkur Nizom “Matematik analizdan kontr misollar” to‘garagini tashkil etish, o‘tkazish, nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi.
1.2. To‘garak “60110600 – Matematika va informatika” o‘quv rejasidagi matematik analiz fani mavzularini chuqur o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarning ajralmas qismi bo‘lib, u to‘garak rahbari-o‘qituvchi boshchiligida olib boriladi hamda uslubiy va axborot resurslari jixatdan ta’minlanadi, to‘garkning ish faoliyati kafedra mudiri tomonidan nazorat qilinadi.
1.3. To‘garakka ajratilgan xaftalik soat ikki soatni tashkil etadi.
1.4. To‘garak ishtirokchilari soni 15-20 nafar bo‘lishi maqsadga muvofiq.
1.5. To‘garak o‘z maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda auditoriya (sinf xonalari), jihozlari, kutubxona, kompyuterlardan foydalanishi mumkin.


II. To‘garakning maqsad va vazifalari
2.1. To‘garakning asosiy maqsadi-ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ulanishga moyil talabalarni aniqlash va ularga yordam ko‘rsatish; talabalarning intellektual, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; doimo o‘zgaruvchan ijtimoi-madaniy sharoitlarda o‘z o‘rnini topa oladigan, atrof-muhitga insonparvarlik nuqtai nazar bilan qaraydigan shaxsni rivojlantirish, o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada talabada muayyan fanga yoki fanlar turkumiga qiziqishini rivojlantirish, shu fan yoki fanlar turkumi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
2.2. To‘garakning vazifalari quyidagilardan iborat:
-ilmiy qarashlarni shakllantirish;
-zamonaviy ilmiy-tadqiqot metodlari bilan tanishtirish;
-fakultetda, universitetda, oliy o‘quv yurtlariaro o‘tkaziladigan olimpiadalar, konfferentsiyalar, ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etish;
- matematik analiz turkumidagi fanlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berish;
-talabalarni fan olimpiadalariga tayyorlash;
-talabalarni turli tanlovlar va ko‘rgazmalarga tayyorlash;
-to‘garak a’zolarini axborot manbaalari va manzillaridan samarali foydalanishga; an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, meyoriy xujjatlar bilan ishlashga; elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlashga; internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishga; berilgan topshiriqlarning ratsional yechimini topishga; topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshishga o‘rgatish;
-to‘garakda ishlab chiqilgan yechim, loyixa yoki g‘oyani asoslash va to‘garakda himoya qilish.
2.3. To‘garakning faoliyat yo‘nalishlari
-talabalarning tadqiqiy faoliyatini tashkillashtirish;
-fakultet doirasida seminarlar, konferentsiyalar tashkil etish va mintaqaviy loyiha va dasturlarda ishtirok etish;
-boshqa ta’lim muassasalaridagi to‘garaklar bilan aloqa o‘rnatish;

Download 222.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling