O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi


III. To‘garakning tashkiliy shakllari


Download 222.27 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi222.27 Kb.
#1537522
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2022-2023 to\'garak yangi (1)

III. To‘garakning tashkiliy shakllari
3.1. To‘garakning talabalarga berilgan vazifalarga ko‘ra tashkiliy shakllari:
-yakka tartibdagi ish, bunda a) alohida topshiriqlar (mir martalik ma’ruza tayyorlash, adabiyotlar tanlash, kompyuterda ishni taqdim etishga yordam berish va b.); b) talabalar bilan alohida dastur asosida ishlash (ilmiy tadqiqot mavzularini ishlab chiqishda yordam berish, maslahatlaruyushtirish va boshq.)
-guruhda ishlash (turli sohalardagi ma’lumotlardan foydalanib, birgalikda bajariladigan tadqiqiy loyihalar ustida ishlash);
-ommaviy ishlash-fan va madaniyat arboblari bilan uchrashuvlar, turli badiiy tadbirlarga, fan o‘qituvchilariga olimpiadalarini o‘tkazishda yordam berish; o‘qituvchilarning maktab ilmiy-amaliy konferentsiyalarida, tuman shahar tadbirlarida ishtirok etish.
3.2. To‘garakni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlari, shuningdek, har bir to‘garak a’zosining qiziqishi va o‘zlashtirish darajalari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
-ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida to‘garakda o‘rganish;
-berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
-olimpiada, ko‘rik-tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish;
-biror loyixani bajarish;
-ilmiy maqola. anjumanlarga ma’ruza tezislarni tayyorlash.
To‘garakdagi fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘garak faoliyatini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin.
3.3. To‘garakning na’munaviy va ishchi dasturlarida to‘garak ishining shakli, mazmuni va xajmi ifoda etiladi.
3.4. Talabalarning vaqt byudjetiga mos ravishda har bir to‘garak bo‘yicha tegishli o‘qituvchi tomonidan to‘garakning tashkiliy shakllari, mazmuni ishlab chiqiladi va maktab, akademik litsey, kasb-hunar-kollejlari uslubiy kengashida tasdiqlanadi.
3.5. To‘garak mazmuni bo‘yicha talabalarga zaruriy metodik qo‘llanma, ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
IV. To‘garakning axborot ta’minoti
4.1. To‘garakning ish faoliyati uchun o‘qituvchiga axborot manbaasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommabop davriy nashrlar, Internet tarmog‘da tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
4.2. Fakutet raxbariyati tomonidan to‘garak rejasini o‘z vaqtida bajarish uchun kompyuter texnikasi va Internet tarmog‘idan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi.



Download 222.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling