O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi 5-9-sinflarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma egamberdiyeva durdonaxon
Download 409.07 Kb.
|
SSENARIY-NAVOIY-VA-BBOBUR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- 1-o’quvchi
- 2-o’quvchi
- 3-o’quvchi
- 4-o’quvchi
- 2-boshlovchi
2-boshlovchi: G’urbatda g’arib shodumon bo’lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo’lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul utsa, Bulbulg’a tikondek oshiyon bo’lmas emish. Maktab raqossa qizlari ansabili tomonidan Navoiy so’zi nilan aytilgan ashullaga raqs ijro etiladi. 1-boshlovchi: Baytinga bir bora qovushgan har lab, Takrorlab ketgusi mashxargacha to. Qaratib turibsan bu yon, ne ajab, Milliard martabali jahonni hatto. Bunday kechalar, albatta, mushoirasiz bo’lmaydi. Endigi navbatni mushoiraga beramiz. 4 ta o’quvchi chiqib Navoiyning g’azallaridan o’qiydi. Past ohangda “Munojot” kuyi chalinib turadi. 1-o’quvchi: Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko’rmadim?! Ko’rguzib yuz mehr, ming dard-u balosin ko’rmadim?! Kimga boshimni fido qildimki, boshim qasdig’a, Har tarafdin yuz tuman tig’I jafosin ko’rmadim?! Kimga ko’nglim ayladi mehr-muhabbat foshkim, Har vafoga yuz jafo, aning jzosin ko’rmadim?! Kimga soldim ko’z qaro-vu oqini ishq ichra kim, Qon aro pinhon ko’zum oq-u qarosin ko’rmadim?! Sen vafo husn ahlidin qilma tavaqqu, ey rafiq, Kim, men ushbu xaylning husni vafosin ko’rmadim?! Ey Navoiy, tavba andin qilmadim shayx ollida, Kim, bu ishq dayr pirining rizosi ko’rmadim. 2-o’quvchi: Rahm etib, ey do’stlar, majruh ko’ksumni yoring, Qo’l yolang aylab solib, har yon ichimni axtaring. Uchrasa yuzi qora ko’nglum tutub, tortib, uzub, O’tqa solib o’rtabon, jonimni andin qutqoring. Ketgan ersa choklik ko’ksim tikib, voqif bo’lub, Kelsa bu jonib, sinolar birla sanchib qaytaring. Chun o’larmen yorni istang, boshimg’a kelmasa, Bosh yalong aylab, qo’yib tufroq uza yuz yolboring. Kelsa ayturda oshiqmangkim, farahdin o’lmayin, Nuktadonlig’ birla ul so’zni qoshimda o’tkoring. Gar muyassar bo’lmasa bu ish, Navoiy xastani, Qo’ldabon yo sudrabon mayxona sari boshqaring. 3-o’quvchi: Mening firoqim-u aning visoli tun bila tong, Bu nav dahrda yo’q ehtimoli tun bila tong. G’arib zulf-u yuz ermasmukim, jahon elide, Ko’rinmamish bu ikining misoli tun bilatong. Tongim yorug’-u tunum tiyradurki, chirmashdur, Ko’ngul aro zulfing xayoli tun bila tong. Biravki, tong-u tunin boda birla o’tkargay, Yaqinki, bo’lmag’ay aning misoli tun bila tong. Navoiy etmadi zulf-u yuzun visolin kashf, Valek erur g’amining ittisoli tun bila tong. 4-o’quvchi: Men jahondin kechtim-u kechmas mening jonimdin el, Men ilg jondin yundum, chekmas ilig qonimdin el. To’sh-to’shimdin baski rasvolig’ o’ti lov-lov yonar, Har taraf yo’lida chiqarlar o’tsalar yonimdin el. Baxtim uyqusig’a go’yokim surudedur hazing, Ko’yida bukim uyimas hart un afg’onimdin el. Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf, Ka’bayi ko’yin xabar topquncha bormog’imdin el. Ey Navoiy, qilmag’aylar ayb agar devonamen, Ul pari vasfin o’qug’on soyi devonimdin el. G’azal o’qigan o’quvchilar mushoirani davomini bog’da davom ettirishlarini aytib chiqib ketadilar. 2-boshlovchi: Navoiyning hayot yo’li ibratga to’la edi. Chin insoniyli, vatansevarlik, do’stlik, xalqparvarlik tuyg’ularini Navoiydan o’rganish kerak. Hozir e’tiboringizga Navoiyning ana shunday ibratga to’la hayotidan lavhani havola etmiz. O’quvchilar tomonidan sahna ko’rinishi qo’yiladi. Sahnada Husayin Bayqaro siymosi g’amgni va horg’in qiyofada; shohona liboslarda taxtda o’tiribdi. Alisher asta qadamlar bilan uning oldiga kirib boradi. “Cho’li iroq” musiqasi past ohangda yangrab turadi. Download 409.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling