O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi 5-9-sinflarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma egamberdiyeva durdonaxon
Download 409.07 Kb.
|
SSENARIY-NAVOIY-VA-BBOBUR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher
- Bayqaro
- 1-boshlovchi
Alisher: Olampanoh!
Bayqaro: (Boshini ko’tarib, Alisherga qaraydi,o’rnidan turib quchoq ochib Alisher tamon yuradi) Alisher, do’stim! Alisher: (Quchoq ochib u ham Bayqaro tomon yaqinlashadi) Olompanoh, endi ko’rgilik, olampanoh. (Quchoqlashib ko’rishadilar. Bir muddat turadilar) Bayqaro: (Og’ir xo’srinib, hazin ohangda) Boshimizda shunday kunlar ham bor ekan, og’ir gunohga botdik. (Yig’lamsirab) Nuriydiydamni, o’z jigarbandimni, Temur kabi ulug’ qo’shinlarga sardor bo’lguvchi shunqorimni o’z qo’llarim ila jallod qo’liga topshirmishmen, mavlono. Tangrim o’zi kechirmasa ahvolim mushkul. Alisher: (Hazing ohanda) Yuz qarolig’ bo’libdi, hazratim. Tangrim, tangrim hech qaysi bandasining boshiga bunday kunlarni solmasin. Bayqaro: Es-hushimdan, ixtiyorimdan ayrilgan vaqtda noinsoflar… Alisher: Haqiqiy jinoyatkorlarni bilurmisiz ular kimlar? Bayqaro: Noshukurlar, nobakorlar, fitnachilar, qo’yimda asrab yurgan chayonlar. (Bir oz sukutdan so’ng) Endi nima qilmoq kerak, mavlono. Alisher: Davlat taqdirini, xalqni zolim vazirlar makriga havola qilmoq jinoyatdir. Mansabdorar o’z vazifalarini halol bajarsinlar. Hatto,hatto tojdor podshoh ham davlat va xalq manfaatlari uchun xizmat qilmoqqa mas’uldir, hazratim. Bayqaro: (Uzoq tin olib) Haq so’zni aytdingiz, mavlono. Ammo, ammo siz juda yumshoq ko’ngulsiz. Men, men makkorlaning boshiga shunday daxshatli kunlarni solayki… Alisher: Fitnachilar qilmishiga yarasha jazosini olsin. To’g’onbek kabi razil mahluqlarni bu aziz tuproqdan haydamoq kerak, hazratim. Bayqaro: Mavlono, siz davlatimning tayanchi, saroyimning ustini, mening esa yuragim edingiz. Yana ham saroyda qolsangiz bu musibatlar girdobidan meni halos etsangiz. Alisher: (Qat’iy ohangda) Men fasod, g’iybatlarga to’la bu dargohda qololmayman. Bayqaro: Bizni tashlab qayoqlarga ketursiz. Alisher: (Sahnaga qarab qulochini yozib) Endi men xalqimga, ijodimga keturmen. (Qo’lini ko’ksiga qo’yib Bayqaroga ta’zim qiladi) Boshqa iloji yo’q, hazratim. (Ta’zim qilib chiqib ketadi) Bayqaro: Yo’q, mavlono, siz bor ekansiz bu dargohda makkorlarga o’rin yo’q, qayting, qayting do’stim… Alisher! Bayqaro Alisher tamon qo’lini cho’zgancha qotib qoladi. Alisher chiqib ketadi. 1-boshlovchi: Ulug’lar nomi o’chmaydi sira, Navoiy bobomning yodi ham mangu, Axir uning nurafshon, shonli hayoti Tarixdan bizlarga eng yorqin ko’zgu. 2-boshlovchi: Shunday ekan, bunday ajdodlarimiz merosini qadrlamoq, ularga munosib voris bo’lmoq bizning sharafli burchimizdir. Mir alisher na’rasiga aks sado berdi jahon, She’riyat mulkida bo’ldi shoh-u sulton o’zbegim Sahna ortidan Sh, Jo’rayev ijrosidagi “O’zbegim” ashulasi yangraydi. Barcha tadbir ishtirokchilari sahnaga chiqib ta’zim qiladilar. Download 409.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling