O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi 5-9-sinflarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma egamberdiyeva durdonaxon


-9- sinf uchun “Boburxonlik kechasi”ni o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi


Download 409.07 Kb.
bet18/24
Sana11.02.2023
Hajmi409.07 Kb.
#1189888
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
SSENARIY-NAVOIY-VA-BBOBUR

8-9- sinf uchun “Boburxonlik kechasi”ni o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi

Sahna markazida Boburning surati. Suratning bir tamonida uning “Har kimki vafo qilsa vafo topqusidur…” deb boshlanuvchi ruboiysi, bir tomonda esa I.Karimovning “Bobomiz Zahiriddin nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. O’zbek xalqi tarixini dunyoga tanitgan ajdodlarimizdan biri o’laroq bu zot bizni tarixni qadrlashga, kelajakka ishonch kozi bilan boqishga o’rgatdi”degan so’zlari yozilgan foster. Sahnaninig bir chetida Boburning asarlari, u haqida yaratilgan ilmiy, ijodiy ishlaridan tashlik topgan kichik kutubxona. Sahnada taxt qo’yilgan bo’ladi. Tadbir boburning hayo yo’li va ijod olami yoritilgan rolik qo’yilishi bilan Bobur siymosidagi o’quvchi sahnaga asta qadamlar bilan chiqib keladi. Taxtga borib o’tiradi. Taqdimot davomida Bobur ko’zini bir nuqtaga qadab turadi. Ro’lik yakunida “Mirza Bobur” nomli qo’shiq yangrashi bilan Bobur o’rnidan turib, sekin sahnaning oldi tomon yaqinlashadi. Qo’shiq tugagandan so’ng


Bobur: Tole’ yoqe jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.
O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Hindistonda shoh bo’lsamda


Andijonda qoldi yodim.
Shukur, bu kun nom-u shonim,
Yodga olmish shu avlodim.
“Ey, sabo” kuyi ostida Bobur sahnani tark etadi. Boshlovchilar sahnaga chiqib keladilar.
1-boshlovchi: Buyukligi uning shohlikda emas,
Taxt o’tkinchi shon-shavkat, xolos
G’azal bitgan hassos qalami uchun
Butun dunyo ahli qo’ygandir ixlos.
1-boshlovchi: Bu kun o’zbek o’g’lonlariga,
Shijoati meros bo’ldi Boburning.
Bag’ringa sig’magan bo’lsa ham ammo,
Dillarda yashaydi bugun Boburing.


1-boshlovchi: Assаlomu alaykum, aziz ustozlar, tadbirimiz mehmonlari. Barchangizga xush kelibsiz deymiz.
1-boshlovchi: Yaqindagina so’z mulkining sultoni bobomiz Alisher Navoiy hazratlarining tavvalud ayyomini keng nishonlagan edik. Mana bugun ham o’zbek xalqi tarixida o’zining shonli o’tmishi, diltortar adabiy merosi bilan dunyo xalqlarini e’tiborini qozongan va hali ham ularni hayratga solayotgan shoh va shoir, buyuk sarkarda zahiriddin Muhammad Boburning ___-yilligini nishonlamoqdamiz.
1-boshlovchi: Zahirriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas, balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi.
2-boshlovchi: Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta bir tarzda otasi Umarshayx Mirzoning kutilmaganda vafot etishi munosabati bilan boshlangan. Shunda u bor-yo’g’i 12 yoshda edi. G’animlarning tazyiqi va Shayboniyxon bilan bo’lgan tinimsiz mojarolar va janglar tufayli u vatanini tashlab ketishga majbur bo’ladi. Hindistonga borib ulkan Boburiylar imperiyasiga asos soladi. Umri bo’yi vatan sog’inchi bilan yashagan Bobur 1530-yilning 26-dekabrda Agrada vafot etadi.
1-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur o’zbek xalqining chin iste’dodli va har tomonlama yetuk farzandi edi. U o’ta notinch, sargardonlikda kechgan umrini o’zining yuksak salohiyati bilan jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat taxt boshqaruvi bilangina emas, ilhomiy onlarga ham to’la edi.
2-boshlovchi: U yigirma yoshidayoy “Xatti Boburiy”ni kashf etdi. She’rlarini yig’ib ikki devon tartib qildi. “Chorgoh” maqomiga “savt”lar bitdi. Aruz vazni haqida “Muxtasar” nomli risola yozadi. Tarjimonlik sohasida Xo’ja Ahrorning “Volidiya” asarini she’riy yo’l bilan o’zbekchaga o’giradi.
1-boshlovchi: Bobur dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur olimlari qatoridan ham joy oldi.

Download 409.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling