O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
Annotatsiya: innovatsiyalar fakatgina ta’lim jarayoni samaradorligini oshirib 
qolmasdan. balki bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion jarayonlarni tasavvur eta 
olishlari, ana shu asosda ularni innovatsion faoliyatga muvaffaqiyatli tayyorlash 
imkoniyatini yuzaga keltiradi. 
“Innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan olingan bo‘lib (innovatsion-yangi), 
ya’ni tarjimasi “yangilanish”, “o‘zlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish". 
“yangini joriy qilish”. “Innovatsiya” tushunchasi doimo bir xil ma’noda 
ta’riflanmaydi, ko‘p hollarda u “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida ko‘rib 
chiqiladi.
Jumladan, S.Turg‘unovning fikricha, innovatsiya - maqsadga yo‘naltirilgan 
o‘zgartirishlar bo‘lib, ma’lum bir ijtimoiy birlikka – muassasa, uyushma, jamoa va 
guruhlarga yangi, nisbatan barqaror bo‘lgan elementlarni. umumiy holda xalqning 
ma’naviy- madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yangiliklarni kiritishdir.[1, 4-sahifa] 
“Innovatsiya” tushunchasi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Birinchi ma’noda 
innovatsiya - biror bir yangi ijtimoiy ehtiyojni yaxshiroq qondirish uchun yangi ilmiy, 
amaliy vosita, ya’ni yangilik yaratish, tarqatish va qo‘llashni o‘z tarkibiga oladigan 
kompleks jarayon sifatida qaraladi. “Innovatsiya”, ikkinchi ma’nosi, biror bir jamoa 
faoliyatini takomillashtirish uchun kiritilayotgan va bu innovatsiya sub’ekti 
tomonidan yangilik deb qabul qilingan yangi vosita, uslub, yondashuvlar tizimiga 
nisbatan ishlatiladi. 


- 235 - 
N.Mamadov o‘zining “Umumiy ta’lim maktablarini innovatsion boshqarish” 
deb nomlangan tadqiqotida innovatsiya - bu boshqaruv ob’ektini o‘zgartirish hamda 
yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik samaralari qo‘lga kiritish 
maqsadida muayyan sohalarga yangilikni tatbiq qilishning yakuniy natijasi 
ekanligini qayd etib o‘tadi.[2, 17-bet] 
Respublikamiz olimlarining “innovatsiya” tushunchasiga bergan ta’riflaridagi 
xilma-xillik chet el olimlarining tadqiqotlarida ham ko‘zga ya qqol tashlanadi. 
Mazkur ta’riflarning qiyosiy tahlili asosida tushunchaning quyidagi mohiyatli 
jixatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) innovatsiya - bu yangilik (A.M.Saranov, E.M.Rodjers); 
2) innovatsiya - bu o‘zgartirish, yaxshilash, takomillashtirish demakdir 
(K.Angelovski); 
3) innovatsiya - bu o‘zida taraqqiyparvar asosni aks ettiruvchi tarkibiy qismlar 
majmui (V.I.Zagvyazinskiy); 
4) innovatsiya - bu yangi vosita, yangi metod, yangi texnologiya (V.A.Slastenin, 
V.I.Podimova); 
5) innovatsiya - bu yangi metodlarni va ta’limning yangi mazmundagi 
metodlarini ishlab chiqishdir (P.G.Shedroviskiy).[3, 63-bet] 
Biroq shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki. pedagogik innovatikaga oid 
adabiyotlarda “innovatsiya" tushunchasi bilan birgalikda “yangilik” tushunchasi ham 
qo‘llaniladi. 
Pedagogik innovatikaning asosiy ko‘rsatkichi uning boshlang‘ich rivojiga 
bog‘liq bo‘lib. pedagogikadagi yangilik - bu faqatgina g‘oya, yondashuv, metod, 
texnologiya, shunchaki taqdim etilgan va hali foydalanilmagan holatdagi emas, balki 
bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa o‘zida 
o‘zgaruvchan sharoitlarda va holatlarda ta’lim-tarbiya masalalarini yetarlicha 
samarali hal etishni ifoda etadi. 
Innovatsiya esa - bu ma’lum bir bosqich asosida rivojlanadigan jarayondir. U bir 
nechta ma’nodagi tushunchalarni beradi: 
1. Innovatsiya bu - ta’limning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab 
chiqish. 
2. Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish. 
3. Ta’lim muassasasini boshqarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini 
ishlab chiqish. 
4. Tajriba-sinov ob’ekti sifatida. 
5. Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash 
6. Yangliklarning qo‘llanilish darajasini yangi mahsuldorliklar bilan 
o‘zgartirish bosqichi. 
Agar faoliyat muayyan konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan 
bo‘lsa, uning natijasi o‘sha tizimning rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga 
olib kelsa, biz buni “innovatsiya" deya olamiz. Faoliyat xususiyati jixatdan novatsiya 
ko‘lami va vaqti bo‘yicha chegaralangan, innovatsiya esa yaxlit va davomli bo‘ladi. 
Novatsiya natijasida amaldagi tizimda alohida elementlar o‘zgartiriladi, innovatsiya 
natijasida esa amaliyot sub’ektlarining pozitsiyalari to‘la yangilanadi, tizimdagi 


- 236 - 
aloqalar va tizim isloh qilinadi. Pedagogik innovatsiyaga doir qator tadqiqotlarni 
tahlil etish asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: “Innovatsiya tushunchasi 
mazmunan “yangi", “yangilik” tushunchalarining aynan o‘zi emas. Istalgan yangilik, 
qachonki, amaliy faoliyatda o‘zining keng qamrovli samarasini bersa va keng 
ko‘lamli ehtiyoj ob’ektiga aylansagina, tom ma’nodagi innovatsiya deb atash mumkin 
bo‘ladi. Pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli ko‘rinishga ega bo‘lib. ularning 
umumtomonidan qabul qilingan aniq tipologiyasi yoki tasnifi mavjud emas. 
Innovatsiyalarni guruhlashtirishga doir yigirmadan ortiq tasnif mavjud, masalan: 
uzoq muddatli innovatsiyalar va qisqa muddatli innovatsiyalar, radikal va 
reformagorli, avtoritar va liberal, initsiativ va administratnv va boshqalar. Pedagogik 
jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda innovatsion salohiyatiga ko‘ra yangiliklar 
modernizatsiya, unifikatsiya, faoliyatchi takomillashtirish, shaklan o‘zgartirish, 
rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan modifikatsion innovatsiyalar; oldindan ma’lum 
bo‘lgan metodlarning elementlarini yangi tizimga birikishini nazarda tutuvchi 
birikkan innovatsiyalar; o‘xshashlikka va umumiylikka ega bo‘lmagan radikal 
innovatsiyalar innovatsion jarayonlarning asosi sifatida belgilanishi mumkin. 
Innovatsiyalarning xususiyatlariga ko‘ra, ularni turli xil asoslar bilan turlicha 
tasniflash mumkin, ya’ni bugungi kunda yangilik kiritishning tugallangan tasnifi 
mavjud emas. Pedagogik jarayonlarni tashkil etishda va samaradorligini ta’minlashda 
eng avvalo, yangiliklarni pedagogik jarayonlarning qaysi bog‘iniga tegeshli 
ekanligini inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Pedagogik innovatikaning asosiy ko‘rsatkichi uning boshlang‘ich rivojiga 
bog‘liq bo‘lib, pedagogikadagi yangilik - bu faqatgina g‘oya, yondashuv. metod, 
texnologiya, shunchaki taqdim etilgan va xali foydalanilmagan holatdagi emas, balki 
bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa o‘zida 
o‘zgaruvchan sharoitlarda va holatlarda ta’lim-tarbiya masalalarini yetarlicha 
samarali hal etishni ifoda etadi.
Innovatsiyalarning xilma-xil turlari orasida pedagogik innovatsiyalar alohida 
ahamiyatga ega bo‘lib, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. 
Pedagogik innovatsiyalar deganda, pedagogik yangiliklarni o‘rganish, 
o‘zlashtirish, ularni baholash, foydalanish va amaliyotga tatbiq etish tushuniladi. O‘z 
navbatida 
pedagogik 
innovatsiyalarning 
bir 
nechta 
turlari 
mavjud: 
modifikatsiyalashgan tuzatish kirituvchi, o‘zgartirish kirituvchi, lokal, modulli, 
tizimli va boshqalar. Biroq pedagogik innovatsiyalarning ko‘proq umumlashgan 
tasnifi o‘zida quyidagi ko‘rinishni aks ettiradi: 
1) ta’lim va tarbiya maqsadi va vazifalari hamda mazmuniga doir 
innovatsiyalar; 
2) o‘quv-tarbiya jarayoni metodlari, metodika va texnologiyasiga doir 
innovatsiyalar; 
3) o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga doir innovatsiyalar. 
Demak, ta’lim tizimidagi innovatsiyalar: 

maqsad, mazmun, metod va texnologiya, ta’limni tashkil etish shakli, 
boshqaruv tizimi; 

pedagogik 
faoliyat 
va 
o‘quv-bilish 
jarayonini 
tashkil 
etish 


- 237 - 
uslubi;

nazorat va ta’lim olganlik darajasini baholash tizimi; 

ta’limni moliyalashtirish tizimi; 

o‘quv-metodik ta’minot; 

tarbiyaviy ishlar tizimi; 

o‘quv reja va o‘quv dasturlari; 

professor-o‘qituvchi 
va 
talaba, 
ta’lim 
beruvchi 
va 
ta’lim 
oluvchilar 
faoliyatidagi 
o‘zgarishlar bilan bog‘lik ravishda yuzaga 
kelmoqda. 
Pedagogik 
innovatsiyalar 
o‘z 
navbatida 
ta’lim 
jarayonini 
tashkil 
etish 
parametrlarining 
o‘zgarishiga 
olib 
kelmoqda. 
Birinchidan. 
zamonaviy 
ta’lim 
doimiy 
ravishda 
fan 
va 
texnologiya 
rivoji 
bilan 
bog‘liqlikda 
ta’lim 
maqsadi, 
mazmuni, 
shakl, 
metod 
va 
vositalarining 
yangilanib 
borishini 
talab 
qilayotgan 
bo‘lsa, 
ikkinchidan, 
ta’lim 
muassasalari 
variativligining 
qiyosiy 
modellarining ko‘rsatkichlari ham murakkablashib bormoqda. O‘quv-tarbiya 
jarayonini amalga oshirish eng avvalo, kutiladigan natija bilan bog‘liqlikda o‘quv 
maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yishdan boshlanadi. O‘quv-tarbiya maqsadini bu tarzda 
belgilash o‘zida innovatsion yondashuvni aks ettirib, identiv o‘quv maqsadini o‘quv 
vazifalariga aylantirishini talab etadi. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirishda esa, 
Blum taksonomiyasida ifodalangan toifalar(bilish, tushunish, qo‘llash. analiz, sintez, 
baholash)ga mos usullardan foydalanish lozim. O‘quv-tarbiya jarayoni tashkil 
etishga innovatsion yondashuvning o‘ziga xosliklaridan yana biri bu kichik 
guruhlarda ishlashni tashkil etishdir. Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish orqali 
nafaqat talabalarning yangi bilimlarni o‘zlashtirishlari, amaliy ko‘nikma va malakalar 
hosil qilishlari, balki ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashhis etish 
imkoniyati yuzaga keladi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling