O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

Ўқитувчи 
Малака ошириш 
жараёни 
Узлуксиз ўқиш 
фаолияти 
ТАҲЛИЛ,
МАСЛАҲАТ 
1-расм. Математика фани ўқитувчисининг узлуксиз касбий 
фаолияти методик тизими 
Педагогик 
фаолият


- 240 - 
FIZIKA O‘QITUVCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA 
LABORTORIYA MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISH MUAMMOLARI VA 
YECHIMLARI HAQIDA. 
 
Xoliqov Qurbonboy To‘ychiyevich – Samarqand viloyati XTXQTMOHM “Aniq va 
tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti, - f.m.f.n, 
Alinazarova Mahfuza Alisherovna – Namangan viloyati XTXQTMOHM “Aniq va 
tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, fizika-matematika fanlari 
bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada fizika fanidan malaka oshirish kurslarida elektr 
bo‘limiga doir laboratopriya ishlarini amaliy kompyuter dasturlaridan foydalanib 
virtual tarzda tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bayon qilingan. 
O‘quv fanlari ichida fizika bevosita atrof muhitda yuz beradigan kundalik 
jarayonlar bilan bog‘liqligi, bu jarayonlarning yuzaga kelish qonunlarini 
umumlashgan holda o‘rganishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari fizika 
eksperimental fan hisoblanadi. Ko‘rgazma eksperimentlari va laboratoriya ishlari 
ko‘rinishida fizikani o‘qitish fizika kursining ajralmas va muhim qismidir. Nazariy 
material va eksperimental faoliyatning muvaffaqiyatli uyg‘unlashuvi pedagogik 
nuqtai-nazardan eng yaxshi natijaga erishishga, faol bilim faoliyati va 
o‘rganilayotgan mavzuga o‘quvchilarning ijodiy yondashuvini rivojlantirishga 
yordam beradi. 
Afsuski, bugungi kunda fizika o‘quv laboratoriyasida murakkab fizik tajribalarni 
tabiiy tarzda namoyish qilishning har doim ham iloji yo‘q, masalan: kosmik 
mashtabdagi jarayonlar, o‘ta yuqori kuchlanishlar sohasi, yadroda yuz beradigan 
jarayonlar, mikro elementlarning o‘zaro ta’siri va boshqalar. Aksariyat hollarda 
zamonaviy o‘lchov-tajriba uskunalari yetishmovchiligi tufayli namoyish tajribalarni 
tashkil qilishda katta qiyinchiliklarga duch kelinadi. Maktablarning ko‘rgazma va 
laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi fizika fani va texnologiyalar 
rivojlanishining hozirgi holatiga mos kelmaydi. Natijada o‘quv rejasiga kiritilgan 
namoyish tajriba va laboratoriya ishlari to‘liq hajmda bajarilmay qolish holatlari 
kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifati va samaradorligi pasayishiga olib keladi 
[1].
Virtual laboratoriya ishlariga bo‘lgan qiziqishlari hamda virtual laboratoriya 
ishlaridan foydalnish istiqbollarini aniqlash maqsadida so‘rovlar o‘tkazildi. So‘rovlar 
o‘qituvchilar uchun shakllantirildi va Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn tarzda 
o‘tkazildi. Ishtirokchilar so‘rovlarda berilgan savollarga javob variantlaridan birini 
tanlash orqali ixtiyoriy ravishda qatnashdilar.

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling