O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
ERISHISH YO‘LLARI
Djurayeva Perdegul Saidovna – Navoiy viloyat XTXQTMOHM katta o‘qituvchisi Annotatsiya. Matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etishga e’tibor qaratilmoq, tushuncha va tasavvurni rivojlantirish, ijodiy masalalar, xayoliy tasavvurni uyg‘otuvchi masalalar, analitik fikrlashni rivojlantirish. Mamlakatimizda 2020-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida matematika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning maqsadli dasturi amalga joriy qilindi. Mazkur dasturning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda. Mazkur maktablarda matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar bosqichma-bosqich, mavjud ehtiyoj va o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi; o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi; matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasalarining matematika ta’lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi. Bugungi kunda matematikani bilish darajasini baholash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatini berish o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Matematikani bilish darajasini baholash tabaqalashtirilgan holda amalga oshirilib, imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abiturient davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi. 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlangan tadbirlar O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlarni rivojlantirish, ularning matematik savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinfi uchun mo‘ljallangan masalalarni ko‘rib chiqsak. Bular: tushuncha va tasavvurni rivojlantirish: a) og‘zaki va aniq rasmiylashtirilgan masalalar; b) ijodiy masalalar; v) xayoliy tasavvurni uyg‘otuvchi masalalar hisoblanadi. Masalan: Shartlari ortiqcha bo‘lgan masalalar (Ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinfiga mo‘ljallangan masala). Avtomobil turar joyida 40 ta – - 244 - avtomobil va mototsikl turibdi. Ularda birgalikda hisoblansa 130 ta g‘ildirak va 40 ta rul bor. Ularning soni nechtadan? Yechish. Bu sharti ortiqcha bo‘lgan masala bo‘lib, o‘quvchi birinchi navbatda 40 ta avtomobil va mototsiklni ularning g‘ildiraklari va rullari soniga moslashtirishga harakat qiladi. O‘quvchilar quyidagicha mulohaza yuritadilar: avtomabil turar joyida 20 ta avtomobil 20 4 =80 ta g‘ildirak, 20 ta mototsikl 20 2 =40 ta ballon bo‘lib, 10 130 ) 40 80 ( = − + ta ballon ortiqcha ekanligini topadi. Masala o‘quvchilarni matematik materialni formal idrok qilishga undaydi. Nihoyat x – avtomobil, y – mototsikl deb belgilab quyidagi sistemani oladi va uni yechib 4 2 130, 4 2 130, 2 30, 25, 40. 4 4 160. 40 . 15. х у х у y х х y х y x y у + = + = = = + = + = = − = avtomobil – 25 ta, mototsikl - 15ta degan javobni oladi. Bundan o‘quvchilar 40 ta rul haqidagi ma’lumot ortiqcha ekanligi, u shundoq ham ma’lum ekanligini idrok qiladilar. SHunday qilib shartlar ortiqcha masalani echishda ham ko‘rib turganingizdek o‘quvchilarning idrok etish qobiliyati rivojlanadi. Ayrim o‘quvchilar bu muloxazalarni yana davom ettirishi mumkin. Bu o‘quvchilarda analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling