O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Xayoliy tasavvurni uyg‘otuvchi masalalar


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

Xayoliy tasavvurni uyg‘otuvchi masalalar. Basseynning ichidagi suvdan 350 
litrini chiqarib yuborib, keyin unga 200 litr suv quyganlarida undagi suv 650 litrga 
etdi. Dastlab basseynda necha litr suv bo‘lgan? 
Yechilishi. O‘quvchi masala shartiga nazar soladigan bo‘lsa, basseynda 350 
litrdan ko‘proq suv borligini payqaydi. Demak, 350 litr suvni chiqarib, 200 litr suv 


- 245 - 
quyilganidan keyin basseynda ko‘proq suv bor ekanligi, o‘quvchining xayoliy 
tassavvurini o‘yg‘otadi. Natijada quyidagi natijaga erishadi 
650
200
350
=
+

х

x=800 litr.
Analitik fikrlashni rivojlantirish: a) analitik usulda echishga doir masalalar; 
b) mulohazaga olib keluvchi masalalar.
A)analitik usulda echishga doir masalalar. Do‘konda mahsulotlarga 
bayramoldi chegirmalar e’lon qilindi va ularning narxi 30% ga arzonlashtirildi. Agar 
ko‘ylakning narxi 3600 so‘mga arzonlashgan bo‘lsa, uni necha so‘mga sotib olsa 
bo‘ladi. 
Yechilishi. O‘quvchi masala shartini o‘qib, mahsulotning 30% ga 
arzonlashgani, uni 3600 so‘mga arzon sotib olish mumkin ekanligini fikran o‘ylab 
ko‘radi. Agar ko‘ylak narxi x so‘m bo‘lsa, uni quyidagi ko‘rinishda topadi 
100%,
3600
30%.
х



:
:
12000
30
100
3600
=

=
х
so‘m 
ko‘ylakning 
dastlabki 
narxi 
8400
3600
12000
=

so‘mga sotib olishini topadi.
Ushbu ko‘rinishdagi masalalardan o‘quvchilarning tushuncha va tasavvurlarini 
rivojlantiruvchi masalalar sifatida hamda analitik fikrlash ko‘nikmalarini 
shakllantirishda foydalanish mumkin. 
Bugungi kunda o‘quvchilarda matematikaviy kompetensiyalarni rivojlantirish 
orqali analitik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘quv rejalarida 
matematika fani uchun ajratilgan soatlar hajmini oshirish; kadrlar iste’molchilari 
mutaxassislarini jalb etgan holda o‘quvchilarda sohaga oid matematika bo‘yicha 
amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirishga 
qaratilgan loyiha ishlarini amalga oshirish lozim. Fikrimizcha, o‘quvchilarda 
matematikaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv 
didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, didaktik o‘yinlar, elektron ta’lim 
resurslarini ishlab chiqish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik 
parkining IT-akademiyasida tashkil qilingan o‘qishlarda o‘quvchilarni sayohatga olib 
chiqib, tanishtirib borish muhim bo‘lib hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’limda 
kompyuterli o‘yin metodlari yordamida quyidagi vazifalarni bajarish mumkin: 
- matematik kattaliklarni tushunish. Bu jarayonda o‘quvchilarda xush kayfiyat, 
tabassum, rahmdillik, ko‘tarinkilik, quvonch, do‘stona munosabatlar, muloqotga 
kirishuvchanlik, qiyin daqiqalarda bir-birlariga ko‘maklashish, kechira olish
mas’uliyatlilik, haqgo‘ylik, bag‘rikenglik, toqatlilik, tushunish kabilar kuzatiladi. 
Matematik qobiliyatni namoyon etadigan o‘quvchilar uchun masalalarni ratsional 
yo‘l bilan echishga harakat qilish odatiy holdir. Ular eng oddiy, eng qisqa va shuning 
uchun maqsadga erishishning eng “nafis” usulini topishga harakat qilishadi. 
Fikrlashning bu o‘ziga xos tendensiyasi matematik masalalarni echishning eng 
optimal usullarini izlashda ifodalanadi. O‘quvchi matematikaga qanchalik qobiliyatli 
bo‘lsa, unda ratsional, chiroyli echimni izlashga qiziqish shunchalik kuchli 
ifodalanadi. O‘quvchilarning isbotlashga doir masalalarni echishi xususiyatlarini 
tadqiq qila turib E.P.Ivanitsina deydiki, ba’zi o‘quvchilar nisbatan qisqa yo‘l bilan 
borishga harakat qilsa, boshqalari uzoq, ko‘p sondagi amallarni qo‘llab, odatda ko‘p 
hollarda ratsional yo‘ldan uzoqlashib ketadilar [71, 11-bet]. 


- 246 - 
Xulosa shuki, birinchidan, Respublikamizda boshlang‘ich ta’lim jarayonida 
ta’lim sifatini tubdan o‘zgartirish, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion 
texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy etish orqali 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematikaviy kompetensiyalarini rivojlantirish 
mexanizmlarini takomillashtirishga zamin yaratilgan. Biroq, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari uchun axborot resurslaridan keng foydalanish, interfaol ta’limni 
rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, pedagogik jarayonlarni aks ettiruvchi 
logfreym, konseptual loyiha, metodika, texnologiya, elektron dasturlarni ishlab 
chiqish muhitini takomillashtirish zarurati mavjud; 
Ikkinchidan, boshlang‘ich ta’lim - bolaning individual va yosh xususiyatlarini 
inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlovchi, uni uzluksiz 
ta’limning keyingi bosqichiga har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya 
jarayoni ekan, ushbu jarayonning ta’lim sifatini takomillashtirish, zamonaviy 
pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda 
o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy etish muhim ekanligi tadqiqotlar tahlili natijasida 
aniqlandi. 
Aynan: 
boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarida 
matematikaviy 
kompetensiyalarini 
rivojlantirish 
orqali 
analitik 
fikrlash 
ko‘nikmalarini 
shakllantirishda turli didaktik va axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish 
jarayonini tashkil etish o‘zining umumpedagogik, didaktik hamda psixologik 
xususiyatlariga ega bo‘lib, bu xususiyatlarni ochib berish natijasida boshlang‘ich 
ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkoniyati vujudga keladi; 
Uchinchidan, 
boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilarida 
matematikaviy 
kompetensiyalarini 
rivojlantirish 
orqali 
analitik 
fikrlash 
ko‘nikmalarini 
shakllantirishda axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish jarayonini 
tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash uchun bu sohada mavjud 
bo‘lgan yondashuvlar, tushunchalar, qarashlar, ta’limotlarni to‘plash, tasnif qilish va 
uni o‘qituvchi faoliyatiga joriy etish maqsadida tegishli ilmiy-metodik tavsiyalar 
ishlab chiqish zaruriyatining mavjudligi ayon bo‘ldi. 
To‘rtinchidan, boshlang‘ich ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, 
ta’lim mazmunini umumevropa xalqaro standartlari asosida tashkil etishda 
o‘quvchilarning matematikaviy kompetensiyalarini rivojlantirish doirasida o‘rganish 
zarurati mavjud.

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling