O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

Masofaviy ta’lim bu – ta’lim beruvchi (instruktor, trener) va ta’lim 
oluvchining bir-biridan ajralgan holda amalga oshiriladigan rejalashtirilgan bilim
olish tajribasi yoki usulidir. Masofaviy ta’lim tizimi doirasida axborot almashinuvi 
va muloqot chop qilingan materiallar yoki elektron media vositalari orqali amalga 
oshiriladi[4].
Bugungi kun ta’labidan kelib chiqib, xalq ta’limi xodimlarini malakasini 
oshirish tizimida masofaviy ta’lim turini, xajmini kengaytirish quyidagi 
muammolarni oldini oladi. 
- Byudjet mablag‘larining salmoqli qismi tejaladi 
- Malaka oshirish davrida o‘qituvchilarning ayni fanni o‘zlashtirib olishlarida 
ta’sir etuvchi salbiy psixologik ta’sirlarga chek qo‘yiladi. 
- Pedagoglarning 
axborot 
kommunikatsion 
texnologiyalar 
bo‘yicha 
bilimlarini mustahkamlaydi. 
Bugungi kunda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimi 
pedagoglari hamda, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyasini yanada oshirishda 
turli usullardan, ayniqsa masofaviy ta’lim shaklidan foydalanishlari samarali 
hisoblanadi. N.A.Muslimov o‘zining tadqiqot ishlarida o‘qituvchining kasbiy 
kompetentligini shakllanganlik asosini oltita sifat ko‘rinishida ta’kidlab o‘tgan, bular: 
- motivatsion xislatlar; 
- intellektual salohiyat; 
- irodaviy sifatlar
- amaliy ko‘nikmalar; 
- hissiy sifatlar; 
- o‘z-o‘zini boshqara olish [5]. 
Pedagog o‘zida kasbiy kompitensiyani shakllantirishda o‘z ustida ishlashi va 
o‘z-o‘zini rivojlantirishi ahamiyatlidir. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini- o‘zi 
tahlil qilish va o‘zini-o‘zi baholash orqali aniqlanadi. «Uzluksiz kasbiy ta’lim» 
maxsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish 
traektoriyasi joriy qilinishi pedogoglarni o‘z ehtiyojlariga mos ravishda malaka 
oshirishlarini ta’minlaydi. Natijada xalq ta’limi xodimlarining kasbiy mahorati va 
faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratiladi va malaka oshirish tizimi «hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida 
takomillashtiriladi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, pedagog xodimning uzluksiz malaka 
oshirishini amalga oshirish, shaxsiy malaka oshirish yo‘nalishini mustaqil tuzish, 
shaxsiy yoki ta’lim muassasasi ehtiyojlariga asoslanish, pedagog xodim uchun 
maqbul variant va muddatlarni belgilash, umumiy qilib aytganda, xalq ta’limi 
xodimlarining malaka oshirish tizimiga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq qilish va 
uni muvofiqlashtirib borish ta’lim sifati va uning mazmun-mohiyatini yanada 
takomillashtiradi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling