O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


“O‘qituvchi ijodiyoti doimo ijobiy natijalar berishi shart”


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
 “O‘qituvchi ijodiyoti doimo ijobiy natijalar berishi shart” 
V. I. Zagvyazinskiy 
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash 
milliy Dasturi” va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablarini 
amaliyotga joriy etish, darslarda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, 
darslarni samarali tashkil etishda turli usul va vositalardan foydalanishni keng yo‘lga 
qo‘yish uchun boshlang‘ich ta’limdagi ona tili darslarida turli o‘yin va usullardan
foydalanish darslarning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. 
O‘yin va usullardan o‘z o‘rnida unumli foydalanib ijobiy natijaga erishish 
uchun o‘qituvchining o‘zidan ham izlanuvchanlik va eng asosiysi kreativlik talab 
etiladi. 
Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativligini (Kreativlik 
tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ijod 
ma’nosini anglatadi) rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlashga odatlantirish, ilmiy-
tadqiqot faoliyatini olib borish ko‘nikmalarini puxta o‘zlashtirishlariga erishish, 
mutaxassislik fani yutuqlari hamda ilg‘or tajribalardan foydalanish imkoniyatlarini 
mustaqil tahlil qila olishlariga va pedagogik jamoa tomonidan olib borilayotgan
ilmiy tadqiqot va ijodiy loyihalarni bajarishda faol ishtirok etishlariga erishish 
bugungi kunning dolzarb vazifasidir. 
Shularni inobatga olgan holda malaka oshirish ta’limi mashg‘ulotlarida 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy yo‘naltirish, bilag‘onlik, mantiqiy fikrlash 


- 250 - 
qobiliyatini oshirish, ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskor bo‘lishlariga, o‘z 
ijodkorligini to‘la-to‘kis namoyish etishlariga erishish lozim.
Shundagina ular kreativlik darslarida ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topish (o‘ziga 
xoslik), ularni kengaytirish (ishlab chiqish), yoki boshqa g‘oyalar bilan solishtirish va 
ulardagi bog‘liqlikni topishga erishish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. 
Buning uchun boshlang‘ich ta’limda ona tili fanini o‘qitish metodikasi 
mavzularida innovatsion ta’lim texnologiyalardan unumli foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 
Masalan: “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini tashkil etishda o‘qituvchining
kreativ yondashuvini rivojlantirish” mavzusini o‘tish jarayonida “Ma’ruza”, 
“Tushuntirish”, “Namoyish qilish”, “Kichik guruhlar”da, “Yakka tartib”da ishlash 
kabi metodlardan va “Men kimman”, “Timsoh ovchilar”, “So‘z yasash”, “Topishmoq 
o‘yin”lardan foydalanish yoki “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning 
lug‘at boyligini oshirishning zamonaviy usullari” mavzusida guruhlarda ishlash 
jarayonida fonetik tahlil, savol-javob, pontomimolardan, “Alifbodan foydalanib 
maqolni top” o‘yinlaridan foydalanish, “Ona tili darslarida o‘quvchilarning fanga
oid kompetensiyalarini nazorat qilishning kognitiv shakllari” mavzusini yoritishda 
esa guruhlarga ijodiy matn yaratish, tinglovchilar bilan yakka tartibda ishlash, ya’ni 
ularga “Sinkveyn”lar tuzish vazifasini topshirish, yanada ular bilan mavzuni yoritish 
jarayonida “Talaffuzdan adashma”, “Maqollarni to‘ldir”, “Bo‘g‘inlar ko‘prigi”, 
“Mantiqiy o‘yinlar”, “Aqlni rivojlantiruvchi mashqlar”dan, “Ona tili darslarida
o‘quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllari” mavzusini 
yoritishda esa, ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil etish 
shakllari, ta’limiy va tekshiruv diktanti, bayon, ijodiy mashqlar haqida va 
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishdagi metod va o‘yinlar borasida 
tushunchalar berish o‘rinlidir.
O‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirish darslarida dialog darslar, munozara,
bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qo‘yish va ularni yechish 
darslari, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar yaratish, insholar 
yozish, ishbop o‘yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar 
berish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tashabbuskorlik, izlanuvchanlik, faollik 
kabi kreativlik potentsialiga ega bo‘lishlarida yordam beradi. 
Natijada ular, zamonaviy o‘qituvchi egallashi lozim bo‘lgan o‘zaro bir-biriga 
bog‘liq bo‘lgan, kreativ maqsad, kreativ yo‘nalish, ijodiy intilish, kreativ faollik, 
kreativ o‘z-o‘zini boshqarish kabi kretiv layoqatga ega bo‘lishadi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling