O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb masalalari» Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari (
- Nashr uchun mas’ul
- 1 - O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI ABDULLA AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY- TADQIQOT INSTITUTI «Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb masalalari» Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari (2021-yil 28-may) Toshkent – 2021 - 2 - « Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb masalalari » Toshkent: - 2021-y. 269 bet. Tahrir hay’ati raisi: A.Radjiyev – Institut direktori. Tahrir hay’ati: A.Baxramov, F.Karimov, B.Pulatov, M.Ergasheva, M.Abdullayeva, A.Gaffarov, B.Qarshiyev, D.Pulatova, N.Ermetova Nashr uchun mas’ul: A.Baxramov. Dizayn va sahifalash: G.Bekmuradova, G.Amanova Matnlarda foydalanilgan misol, ko‘chirma va ma’lumotlar aniqligi uchun mualliflar javobgardirlar. A.Avloniy nomidagi ITI Ilmiy kengash nashrga tavsiya etgan (2021-yil 10-iyundagi 2 - son bayonnoma). © A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti. 2021 yil. - 3 - Kirish Mamlakatimizda barkamol avlodni yetishtirish, yoshlarni har tomonlama puxta ta’lim olishini ta’minlash, ularni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol toptirish, jamiyatimizning mustaqil fikrlay oladigan faol fuqarosi sifatida tarbiyalash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda qaror topgan uzlyuksiz ta’lim tizimining umumiy o‘rta ta’lim bosqichiga, ayniqsa maktab ta’limini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son Qarorida xalq ta’limi tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Mazkur hujjatlar bilan O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta’lim tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirishdan iborat. Yuqorida qayd etilgan farmon va qarorlarning mantiqiy davomi va ijrosi sifatida malaka oshirish sohasini tubdan yangilash bo‘yicha davlatimiz rahbarining «Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4963-son qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorning qabul qilinishi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini isloh qilish ishlarini jadallashtirdi. Qaror qabul qilingunga qadar amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra soha xodimlari 3-5 yilda bir marta – 144 soatlik dastur asosida bir oy muddatli malaka oshirish kurslariga jalb qilinar edi. Joriy qilinayotgan yangi tartibga ko‘ra xalq ta’limi muassasalarining rahbar, pedagog va mutaxassis xodimmlari har yili 30-36 soatlik dastur asosida malaka oshirishlari lozim bo‘ladi. Ya’ni, xalq ta’limi xodimlarining har yili malaka oshirishlarini nazarda tutuvchi «hayot davomidagi kasbiy uzluksiz kasbiy rivojlanish ta’limi» joriy etilmoqda. Avvalgi tartibga ko‘ra har yili soha xodimlarining faqat 20 foizi malaka oshirishga jalb qilingan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra ularning barchasi, ya’ni 100 foizi har yili malaka oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 78-F Farmoyishi bilan tasdiqlangan “2021-yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash yuzasidan A.Avloniy - 4 - nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida 2021-yilning 28-may kuni “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada xorijiy ekspertlar, institutning xalqaro hamkorlari, mamlakatimiz oliy ta’lim tashkilotlari hamda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ta’limni boshqaruv idoralari mutaxassislari, ilmiy-uslubiy muassasalar xodimlari, doktorant va mustaqil izlanuvchilar anjuman mavzusi doirasidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy maqsadi – xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining dolzarb masalalarini, shuningdek, soha xodimlarining malakasi oshirish tizimidagi islohotlar va ularning natijalarini soha rahbarlari, mutaxassislari, olimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan tahlil qilish, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qilish asosida navbatdagi vazifalarni belgilab olishdir. Mazkur to‘plam ilmiy konferensiya ma’ruzalari asosida shakllantirilgan. Ilmiy-amaliy konferensiyaning ishi quyidagi 5 ta sho‘ba yo‘nalishi bo‘yicha tashkil qilindi: 1-sho‘ba – Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning ehtiyojlarga asoslangan samarali tizimini joriy etish: muammo va yechimlar; 2-sho‘ba – Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish ta’limi mazmunini takomillashtirishning dolzarb masalalari; 3-sho‘ba – Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishda masofaviy ta’lim va raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari; 4-sho‘ba – Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimini isloh qilishda xorij tajribasini o‘rganish va hamkorlikni amalga oshirish masalalari; 5-sho‘ba – Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishda sifat va samaradorlikni ta’minlash masalalari. Yalpi majlis va sho‘balar yig‘ilishida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida konferensiyaning yakuni bo‘yicha tavsiyalar, mazkur tavsiyalar asosida qarorlar qabul qilindi. Yalpi majlis va sho‘balar majlislarida tinglangan ma’ruzalar, muzokaralar, munozaralar asosida qabul qilingan takliflar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini zamon talablariga asosan rivojlantirishga, tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muvafaqqiyati va samaradorligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi, deb umid bildiramiz. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling