O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bilimga asoslangan iqtisodiyot va uzluksiz kasbiy ta’lim.
- Bilimga asoslangan iqtisodiyotda foydali qazilmalar, energetika resurslari emas, balki bilim eng muhim boylikka aylanadi.
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI ISLOHOTLAR DAVRIDA A.Baxramov - A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Annotatsiya: Zamonaviy iqtisodiyot – bilimga asoslangan iqtisodiyotda uzluksiz kasbiy ta’limning ahamiyati. Soha xodimlarini kasbiy rivojlantirish tizimida islohotlarning zarurati. “Hayot davomida o‘qish” tamoyili. Soha xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etishga innovatsion yondashuvlar. Uzluksiz kasbiy rivojlanishga innovatsiyalarni joriy etishning afzalliklari va o‘ziga xos murakkabliklari. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining istiqbollari. 1. Bilimga asoslangan iqtisodiyot va uzluksiz kasbiy ta’lim. Bilimga asoslangan global iqtisodiyotning qaror topishi va rivojlanishi butun dunyoda ta’lim olishni alohida dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Hayot davomida ta’lim ko‘plab mamlakatlarda zaruriyatga aylandi. Hayot davomida ta’lim hayot davomidagi har qanday o‘qish va o‘rganishni o‘z ichiga oladi: erta bolalikdan keksalikka qadar va turli xil sharoitlarda: rasmiy (ta’lim muassasalarida), norasmiy ravishda ish joyida va ijtimoiy hayotda - norasmiy. Hayot davomida o‘qish imkoniyati dunyo bo‘ylab bilimga asoslangan iqtisodiyotda raqobatdosh bo‘lishga intilayotgan mamlakatlar uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hayot davomida ta’lim bu bilimga asoslangan iqtisodiyot sharoitida yashash uchun o‘qishdir. Bilimga asoslangan iqtisodiyotda foydali qazilmalar, energetika resurslari emas, balki bilim eng muhim boylikka aylanadi. Bunga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Jarubiy Koreya, Yaponiya, Singapur kabi mamlakatlar tabiiy resurslarga ega bo‘lmagan mamlakatlar bo‘lib, bugungi kunda bilimga asoslangan texnologiyalarni ishlab chiqish va eksport qilish hisobiga iqtisodiy baquvvat va rivojlangan mamlakatlarga aylandilar. 1 «Школа будущего. Как вырастить талантливого ребенка / Кен Робинсон и Лу Ароника»: Манн, Иванов и Фербер; Москва; 2016. - 16 - Jahon banki Prezidenti Djeyms Vulfanson 1999 yilda Umumiy rivojlanish konsepsiyasini taqdim etganda hayot davomida o‘qish kambag‘allikni bartaraf etishning asosiy omillaridan biri, deb ataydi. Hayot davomida o‘qish tushunchasi erta bolalikdan keksalikkacha butun hayot davomida kechadigan ta’lim jarayonlarini ko‘zda tutadi. Unga rasmiy (maktablar, o‘quv muassasalari, universitetlar), norasmiy (ish joyidagi uyushgan mashg'ulotlar) va ijtimoiy maishiy (oila va jamiyatda olingan ko‘nikmalar) ta’lim shakllari kiradi. Hayot davomida ta’lim odamlarga ma’lum bir yoshga etganda emas, balki zarurat tug'ilganda ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. Rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotiga ega bo‘lgan davlatlar ta’lim tizimlarining o‘quvchilarda zarur ko‘nikmalarni rivojlantirmaganligi uchun bilimga asoslangan global iqtisodiyotdan chetda qolishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun ta’lim siyosatiga tub o‘zgartirishlar kiritish zarur. Ya’ni uzluksiz ta’lim tizimini, jumladan, uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini joriy etish, barcha xodimlarning mustaqil ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish lozim. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling