O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Download 292.11 Kb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirishning oziga xos xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hamshiraning lavozim yo`riqnomasi
- Hamshira quyidagilarni bilishi shart
23
I.3. Maktabgacha ta`lim muassasacidagi yoz oylarida o`tkaziladigan sog`lomlashtirish ishlari mazmuni
Maktabgacha ta`lim muassasacidagi yoz oylarida o`tkaziladigan sog`lomlashtirish, ta`lim-tarbiya jarayonlarining asosiy maqsad va vazifalari bola shaxsini sog`lom, jismonan barkamol va tetik qilib, yangi o`quv yiliga tayyorlashdan iboratdir. Fasllarning ichida eng ajoyib taassurotlarga ega bo`lgan yoz oyi bolalarda atrof – olamga bo`lgan munosabatlarini oydinlashtirib, o`z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish imkoniyatlarini yaratish bilan birga, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini yana bir karra oshiradi. Bola organizmining jismonan sog`lom bo`lishi va chiniqishi uchun zaruriy sharioitlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta`lim muassasasida va oilada bolalarni kichik yoshidan boshlab sayrga, ochiq havoga tez-tez olib chiqish, suv muolajalarini o`rinli qo`llash va kun tartibiga qat`iy amal qilish tavsiya etiladi. Tabiatning tabiiy omillaridan foydalangan holda bolaning salomatligini mustahkamlash va chiniqtirish lozim. Chiniqtirish ishlari bosqichma-bosqich va muntazam amalga oshirilib, chiniqtirish davomida bolalarning asab tizimini tez qo`zg`atadigan havo harorati va boshqa tadbirlarni ehtiyotkorlik bilan qo`llash kerak. Jismoniy rivojlanishda ortda qolgan bolalarga esa ko`proq e`tibor qaratib, chiniqtirish ishlari bilan birga tetiklashtiruvchi tadbirlarni ham amalga oshirish zarur. Bu tadbirlarni maxsus shifokor nazorati bilan amalga oshirish esa tadbirlar samaradorlikni oshiradi. Shuningdek, reja asosida maqsadli sayr va bayram tadbirlarini uyushtirish bolalarning e`tiborini jalb etib, o`zlari yaratgan ijod namunalaridan zavqlanishga imkoniyat yaratadi. Yoz mavsumida ta`lim-tarbiya jarayonlarini to`g`ri tashkil etish bolaning barkamol bo`lib voyaga etishishida beqiyos o`rin egallaydi. Yozgi mavsumda maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar: -Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash; -Kichkintoylar orasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish;
24
-Ta`lim-tarbiya jarayonini oqilona va
metodik jihatdan to`g`ri tashkillashtirish; -Bolalarning atrof-olam haqidagi qarashlarini tarbiyalash hamda ularning qiziqishlarini oshirish; -Bolalarni turli hildagi faoliyatlar bilan mashg`ul bo`lishlari uchun sharoitlarni hozirlash; -MTMning barcha xodimlari bilan yozgi mavsumga tayyorgarlik ko`rish; -Ota-onalarni yozgi sog`lomlashtirish va chiniqtirish ishlariga jalb etish; -Bolalarga erkin, ijodiy muhit va sharoitni yaratish; -Milliy o`yinlarni o`ynashga bo`lgan ehtiyojlarini uyg`otish; -Chiniqtirish ishlarini muntazam va izchil yo`lga qo`yish; -Harakat faolligini nazorat qilish (aktiv-passiv); -Sport tadbirlarida jonbozlik ko`rsatish; -O`zini va jamoani hurmat qilishga o`rgatish; Yozgi mavsumda ta`lim-tarbiya jarayonini tashkillashtirish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan, jadvallarga maktabgacha ta`lim muassasasining pedagog- xodimlari ijodiy yondoshgan holda ta`lim jarayonini mazmunan boyitishlari mumkin. (ilova 1) Maktabgacha yoshdagi bolalarni (6-7 yosh) sport to`garaklariga jalb qilishda birinchi navbatda bolalarning yoshi, jismoniy ko`rsatkichlari va albatta qobiliyatiga qarab yo`naltirish maqsadga muvofiqdir 8 . Hozirgi zamon globalashuvi tez suratlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda bolalarda ham akseliratsiya jaryoni tezlashib bormoqda, zamonaviy sport turlariga, jumladan, gimnastika (u o`z ichiga sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va akrobatikani oladi), badiiy gimnastika elementlari; gardish bilan, lenta bilan, ayniqsa to`p bilan va arqonchalar bilan mashq bajarish kabi turlariga qiziqish katta. Shuningdek, engil atletika - masofaga yugurish, marraga etib kelish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash mashqlariga qiziqtirish va bajartirish hamda
8
25
bolaning holatini kuzatib borish lozim. Yana bir keng tarqalgan sport turi suzishdir. Ota-onalar orasida farzandining yutug`ini ko`rishni istaganlari ko`proq suzish sport turini tanlashadi. Haqiqatdan ham suzish bolalarni nafaqat jismonan, balki ruhan tarbiyalashi isbotlangan, chunki organizmni chiniqtiruvchi vositalardan biri bu suvdir. Suzish orqali bolalarning muskullari rivojlanib, o`pka faoliyatining ishi yanada yaxshilanadi, tana praportsiyalari bir tekisda rivojlanadi.
Kurash - bu o`zbek xalqining, Surxon vohasining qadimgi sport turlaridan biri hisoblanadi. Bu o`yin boladan epchillik va chaqqonlik hamda bardoshlilikni talab etadi. Kurash bu mard, paxlovon, epchil ikki yigit o`rtasida o`tkaziladigan olishuv, kuch sinashishdir. Kurashda halollik, mardlik va kuchlilik mezon bo`lib hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasida jamoa bo`lib ishtirok etish mumkin bo`lgan sport turlaridan voleybol, basketbol va futbol o`yinlari ham tashkil etilgan bo`lib, reja asosida to`garaklar olib boradi. Shuningdek mavsumiy o`yinlar, suv estafetalari va qishki qor o`yinlari bolalarda zavq uyg`otadi, eng muhimi faoliyatni to`g`ri tashkillashtirish va bolalar uchun qulay bo`lgan jihoz va vositalardan foydalanishdir. Yuqorida sanab o`tilgan sport turlariga bolalarni jalb qilishda, albatta, murabbiylarning ma`lumoti, ish tajribasi va mutaxassisligi inobatga olinib, faqat maxsus tayyorgarlik asosida tayyorlangan trenerlargina jalb etiladi. Ertalabki badantarbiya bolalarni kayfiyatini ko`tarib, tetiklik baxsh etadi va keyingi faoliyatlarga ham tayyorlab beradi. Ertalab badantarbiyani ochiq havoda sport kiyimida o`tkazgan ma`qul. Umumrivojlantiruvchi mashqlarda qo`l, oyoq va gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni to`g`ri tutishga ahamiyat berish lozim. Ertalabki badantarbiya mashqlari 10-15 daqiqagacha olib borish mumkin. mashqlarni muntazam bajarish bola sog`lig`ini mustahkamlab, mushaklarni bir tizimda rivojlantiradi. Bolalar yoshiga qarab URM (umumrivojlantiruvchi mashqlar) soni tanlanadi, masalan kichik guruhda 3-4 ta, tayyorlov guruhi bolalari uchun 6-8 tagacha yana bolalarning jismoniy yuklamasini, muntazam, izchil shug`ullanganligini ham hisobga olish maqsadga muvofiq.
26
I- Bob bo`yicha Xulosa Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim- tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog`lom va etuk, maktabga o`qishga tayyorlangan tarzida shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu mavzuda bolalarni maktabga tayyorlashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash milliy g`urur, vatanparvarlikni shakllantirish, bilim olishga, o`qishga ehtiyojni, mayllarni shakllantirish va jismoniy, ruhiy sog`ligini ta`minlash maqsadini vazifa qilib qo`ygan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari ta`lim- tarbiyada ham ko`pgina yangiliklarni amalga oshirish ehtiyoji tug`ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma`lum maqsad va vazifalarni o`zida mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilar edi. Prezidentimizning mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ushbu sohaga bo`lgan alohida e`tibori, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini, davlatimizning buyukligi tasavvur etganligining natijasi o`laroq 1997-yilda «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» dunyoga keldi. Unda uzluksiz davom etadigan bir butun ta`lim-tarbiya jarayonning belgilovchi ilk turi-maktabgacha ta`lim, deya ataladi. Birgina ushbu yondashuvning o`ziyoq bu ta`lim turiga har tamonlama ehtiyotkorlik, e`tiborlilik va mehribonlilik bilan qaramoqni talab etadi. Negaki, bugungi bolakay yoki qizaloq XXI asrda kuchga to`lib, sog`lom, bilimli, aqlli bo`lib jamiyatimizning faol azolariga aylanishdek ulkan fazifa turibdi. Bunda ular siz-u bizga-kattalarga ishonishadi. Agar yoshlarimizdagi shijoatni, kuch- quvvatni, bilimdonlikni, fidoiylik va vatanparvarlik bilan uyg`unlashtira olsak, bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz. Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishni taminlash,
27
ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg`ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o`yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o`z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o`z-o`ziga xizmat qilish, sayrlar o`tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog`chasidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil etishga bog`liqdir. Bolalar bog`chasining pedagogik jarayonida ta'lim muxim axamiyat kasb etadi va u kundalik xayotda, o`yinda, mehnatda, mashg`ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg`ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi xayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o`stirish va savod o`rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo`yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko`nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar bolalar bog`chasi dasturida belgilab berilgan bo`lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg`ulotlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib
ma'lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi
28
II-bob. Maktabgacha ta`lim muassasasida ovqatlantirishning muvofiqligi II.1.Bolalar ovqatini tashkil etishning asosiy usullari
Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik me`yorlarda belgilangan ozik-ovqat maxsulotlarini ratsionga to`g`ri kiritishdir. Buning uchun birinchi urinda, bola organizmining fiziologik extiyojlarini qondiruvchi, oziq moddalarga boy, yuqori quvvatli bulgan asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini kunlik ratsionga kiritish zarur, bunday maxsulotlarga go`sht, go`sht maxsuloti( shu jumladan, parranda go`shti), balik va tuxum (oksil, yog, A, V 12 , darmondori, mineral modda, temir kabilar manbai), sut va sut maxsulotlari (oksil, kal`tsiy, A, V 2 darmondori manbai), sariyog` va usimlik moyi (yog kislotasi, A va e darmondori manbai), non va non maxsulotlari, yorma va makaron maxsulotlari ( uglevod, V 1 , V
2 , RR
darmondori, temir, magniy manbai, sabzavot va mevalar ( S,R darmondori, beta- karotin, kaliy, va organik kislota manbai) xamda shakar va qandolat maxsulotlari kiradi 9
Gurux tarbiyalanuvchilarining jushkin va yaxshi kayfiyatli bo`lishlarida ovqatlantirish to`g`ri tashkil etilishining muxim axamiyati bor. Bolalarni ovqatlantirishda idish-tovoqlar etarli bo`lishi va stol atrofida utirishlari uchun qo`lay shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi, taomlarni tarqatishda esa did bilan chiroyli bezatib, juda issik yoki sovuk bo`lmagan xolda berilishi kerak. Bolalarni stol atrofida tozalikka va saranjom-sarishtalikka e`tiborli bo`lishlarini uqtirmoq lozim. Shuningdek, bolalar ovqatlanish uchun stol atrofiga utirganlarda, taomlar qo`yilishi yoki bir taomni iste`mol qilib bo`lganlaridan keyin, ikkinchisi tortilishini kutib qolmasliklari kerak.
Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasi va oila sharoitida ovqatlantirish bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada xamshira tomonidan xaftalik taomnoma (9-10.5 soatlik guruxlar faoliyat yuritadigan maktabgacha ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi.
9 N.M.Aksarina . «Go`dak bolalar tarbiyasi» - Toshkеnt «Mеditsina» -1983 y. 29
Shu vaqtning o`zida xaftalik taomnomaga mos ravishda, kechki ovqat uchun tavsiya sifatida aloxida xaftalik taomnoma tuzilib, ota-onalar burchagiga ilib qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ota-onalar bog`chadagi kunlik taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga mos ravishda kechki ovqatni tashkil etishlari ham mumkin Bundan tashqari tarbiyachi va bog`cha xamshirasi tomonidan ota-onalarga kechki ovqatga (shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi 10 .
bog`chaga olib kelishlaridan oldin, ya`ni ertalab ovqatlantirmasdan olib kelishlarini ogoxlantirib qo`yish lozim. Bola ertalab uyda ovqatlansa, avvalombor, ovkatlanish tartibi buziladi, qolaversa, bog`chaga kelganda, ishtaxasi susayib, yaxshi nonushta qilmaydi. Bolani bog`chaga juda erta, ya`ni ertalabki nonushtadan 1-2 soat oldin olib kelishga to`g`ri kelsa, u holda uyda engil nonushta(choy, kakao, sharbat, meva yoki buterbrod) berish mumkin. Bolaning maktabgacha ta`lim muassasasiga ko`nikish davrida uning ovqatlanishiga alohida e`tibor berish zarur. Bola oila tarbiyasidan bog`cha tarbiyasiga o`tishida, bolalar utrasida deyarli xar doim ma`lum ruxiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Bola qancha yosh bo’lca, bogcha sharoitiga kunikishi shuncha kiyin buladi. Bu davrda bolaning ishtaxasi bug`iladi, yaxshi uhlamaydi, asabi buziladi, organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyati susayadi. Bu vaqtda bolalarni to`g`ri ovqatlantirish ularning tezroq bog`cha sharoitiga ko`nikishiga bog`likdir. Bola bog`cha sharoitiga kirib kelishdan oldin ota-onalar tomonidan bog`chada kuproq tayyorlanadigan taomlar bilan tanishib borish hamda ushbu taomlarni uyda tayyorlab ( asosan, bola uyda iste`mol qilmagan taomlarni), bolani iste`mol qilishiga ko`niktirib borishlari tavsiya qilinadi.Ko`nikish davrining
10
A.R. Sodikov, A.M.Mirzaaxmedov Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ovqatlantirish T. «Ilm Ziyo», 2008y
30
boshlarida bola uzi eyishni bilmasa yoki xoxlamasa, tarbiyachilar tomonidan ovqatlantirib qo`yish lozim. Bola agar ovqat eyishni xoxlamasa, uni zurlab ovqatlantirish yaramaydi. Bu bolaning taomga va maktabgacha ta`lim muassasasiga kelishga bo’lgan munosabatini yomonlashtiradi.
31
II.2.Maktabgacha ta`lim muassasalarida taomnomaning tuzilish tartibi
Bolalar salomatligini saqlash har bir kishining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Bunda ovqatlanishni to`g`ri tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega. Endigina maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan bolaning ovqat ratsioni uning ulg`ayishi va rivojlanishini qay darajada ta’minlay olayapti? Mamlakatimiz Maktabgacha ta`lim muassasalari oshxonalarida tayyorlanayotgan ovqatlar talab darajasidami? Taomnomalarni kim tuzishi kerak, bu borada mutaxassislar yetarli bilimga egami? Ushbu savollarga javob olish istagida Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o`quv-metodika markazi
metodisti Akmaljon Mirzaaxmedovning ma`ruzalariga murojaat qildik 11 . – Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ovqatlanishini to`g`ri tashkil qilishda asosiy mas’uliyat kimning zimmasiga yuklanadi? Har bir ota-ona farzandini maktabgacha ta’lim muassasalariga olib kelishda ularning jismoniy va aqliy sog`lom bo`lib ulg`ayishini maqsad qiladi. O`z o`rnida ta’kidlash joizki, bolaning bu yoshida muassasa oshxonasi ratsionidagi taomlar ushbu maqsadning qay darajada amalga oshayotganligini belgilaydi. Bolalar ovqatlanishini to`g`ri tashkil etish orqali o`sib kelayotgan bolalar salomatligini saqlash, ularning rivojlanishini namunali ta’minlash ko`zda tutiladi. Asosiy oziq moddalar, ya’ni oqsil, yog` va uglevodlar ovqat tarkibida bir-biriga to`g`ri nisbatda bo`lgandagina ovqatlanish to`g`ri tashkillashtirilgan hisoblanadi. Ana shu moddalar ovqat tarkibida yetarli va zarur miqdorda bo`lganda organizmning oziq-ovqat mahsulotlariga hamda biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondiriladi. Bolalar ovqatlanishining to`g`ri yo`lga qo`yilishi shifokor va hamshiralarning asosiy vazifalaridan biri bo`lib, ular taomnomaga kiritilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining energetik qiymati va tarkibining xilma-xilligiga bevosita mas’ul shaxslar hisoblanadi. Ular kunlik va haftalik taomnomalarning taxminiy rejasini tuzadi va oshpazlar shu asosida bolalar uchun ovqatlar tayyorlaydi.
11 «Maktabgacha ta’lim» jurnali 4 son 2014 y 32
Shifokor yoki hamshira bolalar ovqati uchun zaruriy bo`lgan texnologiyani yaxshi bilishi shart. Unga ko`ra, ovqat tayyorlash texnologiyasi va tibbiy me’yorlar bir-biriga muvofiq kelishi talab etiladi. Taomnomaga kiritilayotgan taomlar maxsus retseptlar asosida ko`rsatilishi yoki belgilangan holda tuzilishi, shuningdek, shu tartibda tavsiya etilayotgan taomnoma bolalar uchun belgilangan tibbiy me’yorlarga mos kelsa, ularning salomatligi ta’minlanadi. 1 nafar bola uchun belgilangan 1 kunlik oziq-ovqat mahsuloti miqdori kamaysa yoki ko`payib ketsa, tibbiy me’yor buziladi. Ovqat tayyorlash texnologiyasi qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Masalan, choy damlash texnologiyasi – bu jarayon oddiy ko`ringani bilan o`ziga xos murakkabliklarga ega. Ovqat tayyorlash texnologiyasi ham xuddi shunday. Shu bois bir bolaga bir kunlik taom me’yorining ham tibbiy, ham texnologik me’yorini aniqlash hamshira (ayrim hollarda shifokor)ga katta mas’uliyat yuklaydi. – Kunlik va haftalik taomnomalar qanday tartibda tuziladi va buning ahamiyati nimalarda o`z aksini topadi? Maktabgacha ta’lim muassasalarining yo`nalishiga qarab taomnomalar 5-6 yoki 7-10 kun uchun tuziladi. Taomnomalarning oldindan tuzilganligining qulayligi shundaki, sarflanishi zarur bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarining oldindan hisoblanishi va muassasaga o`z vaqtida yetkazib berilishi ta’minlanadi. Haftalik taomnomani tuzishda muassasa rahbari, bosh hisobchi, ombor mudiri, bosh oshpaz va hamshira ishtirok etadi. Bosh hisobchi kerakli idoralar bilan shartnoma tuzilishini tashkil etadi, ombor mudiri esa muassasa zaxirasidagi mahsulotlar haqida ma’lumot beradi. Hamshira shunga qarab taomnoma ro`yxatini tuzadi va bosh oshpazga taqdim etadi. Muassasa rahbari bu jarayonni nazoratga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ovqatlanish rasioniga kunlik me’yorlarda belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari kiritilishi muhim. Chunki bu mahsulotlar orqali bola organizmi asosiy oziq moddalar bilan ta’minlanib tursa, u tashqi muhit ta’siriga chidamli bo`ladi, ayniqsa, uning yuqumli kasalliklarga qarshilik ko`rsatishi hamda jismoniy va aqliy ish qobiliyati ortib boradi. Zero, bunda bolaning yoshiga qarab uning oziq moddalarga bo`lgan ehtiyoji qondiriladi. Shu 33
nuqtai nazardan taomnomadagi mahsulotlarning kimyoviy tarkibi va kaloriyasi alohida e’tiborga ega. Taomnoma ikki nusxada tuzilib, muassasa rahbari va hamshira tomonidan tasdiqlangan holda oshpazlarga beriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida haftalik taomnomalar bilan ishlashning bir qator afzalliklari bor. Jumladan, tarbiyalanuvchilarning vitaminlar, mineral modda va kaloriyaga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to`laqonli ta’minlanish darajasi yaxshilanadi. Shuningdek, ushbu taomnoma ovqatlanishni tashkil etish bo`yicha bilim va tajribaga ega bo`lgan mutaxassis tomonidan tuzilganda ovqat tayyorlash texnologiyasi hamda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinishi ta’minlanadi. Bundan tashqari, shahar, tuman xalq ta’limi bo`limlari tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining barchasida bir xil taomlar tayyorlanadi va bu bilan hududdagi barcha tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish darajasi yaxshilanishiga erishiladi. – Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishiga doir qanday me’yoriy hujjatlar yuritiladi? Taomnomalar xalq ta’limi bo`limi mudiri va bosh hisobchisi tomonidan imzolanib, muhrlanib, ro`yxatdan o`tkaziladi. Taomnomani tuzuvchi mas’ul shaxslar uchun eslatmalar har bir Maktabgacha ta`lim muassasalarida ilingan bo`lishi kerak. Unda kunlik taomnomalarning tibbiy me’yorlarga asoslangan holda to`g`ri tuzilishi, bir kishilik ovqat hajmi, bir bola uchun kunlik sarflanadigan mahsulot miqdorining bog`cha va yasli guruhlari uchun alohida belgilanishi, taomlarning xilma-xilligiga e’tibor qaratish, taomnomada oziq-ovqat mahsulotlarini to`liq ko`rsatish lozim. Bundan tashqari ombor daftari bo`lib, u tikilgan, sahifalangan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan bo`lishi shart. Unda har bir mahsulot uchun alohida varaq ochiladi, kirim-chiqim qilinib, qoldiqlar ko`rsatiladi. Brakeraj daftarida ovqatlarning sifati, mazasi, kunlik sinamalar olinganligi hamda ovqatning iste’molga tarqatilishiga ruxsat berilganligi haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda yozib boriladi. U xom va tayyor mahsulotlar uchun alohida yuritiladi. Me’yoriy hujjat sifatida yana sifati tez buziluvchi mahsulotlarni qayd etish daftari yuritiladi. Bu daftarda sifati tez 34
buziluvchi mahsulotlarning ishlab chiqarilgan va qabul qilib olingan sanasi hamda oxirgi saqlanish muddati belgilanadi. Shuni hisobga olgan holda olib kelingan va so`nggi saqlanish muddatlari sana va soat bo`yicha qayd etiladi. – Bolalar uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish qat’iy tartibda taqiqlanadi? Bolalar ovqatlanish ratsionini tuzishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Ularning organizmi ta’sirchan bo`lib, bir bola kasallansa, ikkinchisiga tez yuqishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, birinchi navbatda, yuqumli kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida bolalar ovqati uchun xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi hujjati bo`lmagan oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolar; saqlanish muddati tugagan va sifatsiz ko`rinishda bo`lgan mahsulotlar; veterinariya ko`rigidan o`tmagan barcha turdagi go`sht mahsulotlari, jumladan, mol, baliq, parranda go`shti; yovvoyi hayvonlar go`shti; suvda suzuvchi parrandalar go`shti va tuxumi; yorilgan, oqqan, po`chog`i ifloslangan, shuningdek, uy xo`jaliklaridan olingan tuxum; shishib qolgan, germetik berkitilishida kamchiligi bo`lgan, yorliqsiz hamda qopqog`ida zang paydo bo`lgan konserva bankalaridagi mahsulotlar; har xil aralashmalar bilan ifloslangan, ombor zararkunandalaridan zararlangan yorma, un, quruq meva va boshqa mahsulotlar; tashqi ko`rinishida mog`or, chirik bo`lgan sabzavot va mevalar; krem va kremli qandolat mahsulotlari (pirojniy, tort); go`sht mahsulotidan tayyorlangan rulet hamda liver kolbasalar; pasterizasiya qilinmagan sutdan tayyorlangan tvorog, flyagali tvorog va smetana; qo`ziqorin va undan tayyorlangan mahsulotlar, qo`ziqorin buloni hamda konsentrati; issiqlik ishlovi berilmagan salqin ichimliklar (mors, kvas va boshqalar); okroshka va sovutilgan sho`rvalar; makaron (go`sht qiymasi bilan), makaron bilan maydalangan tuxum; bir tomonlama chala qovurilgan tuxum; go`shtli va tvorogli blinchiklardan foydalanish va muassasaga qabul qilib olish taqiqlanadi.
35
II.3. Oshxonaga qo`yiladigan sanitariya talablari
Ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etishda, muassasa xodimlarining eng asosiy vazifalaridan biri oshxonaga hamda taomlarni tayyorlash va saqlashga qo`yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishlaridir. Bu talablarga rioya qilinmasa, bolaning sog`ligiga jiddiy ta`sir ko`rsatishi, jumladan, ovqatdan zaxarlanish, turli kasalliklarga chalinish xolatlari sodir etilishi mumkin 12 .
saqlanishi talab qilinadi . Shuningdek, gusht va baliq yarim tayyor ma`hsulotlari ( go`sht va baliq qiymalari)ni xattoki, muzlatgichda saqlashga ru`hsat etilmaydi. Go`sht va baliq ma`hsulotini faqat kulinariya ishlovi berishdan oldin qiyma holatiga keltirish mumkin. Turli hildagi oziq-ovqat mahsulotlariga issiqlik ishlovi (kovurish shkafida) berishda, ularning pishirish uchun belgilangan harorat va ishlov berish muddatlariga amal qilish lozim. Qovurish shkafidagi xarorat 220 S dan past bo`lmasligi kerak. Qaynatilgan go`shtdan ikkinchi taom tayyorlansa, albatta, ikkinchi issiqlik ishlovi berilishi talab etiladi. Har kuni oshxonada ish tugatilgandan so`ng, xonalarni orasta kilib yig`ishtirib qo`yishlari lozim. Buning uchun yig`ishtirish vaqtida kiyishga muljallangan maxsus kiyimlar ( xalat, fartuk va boshq.) bo`lishi kerak. Har oyda bir marta asosiy yig`ishtirish-tozalash ishlarini o`tkazish va barcha xona, jixoz va anjomlar zararsizlantirilishi talab etiladi. Ovqat ratsionini shakllantirishda, qo`yidagilarga amal qilish tavsiya etiladi. I Taomnoma tuzishni tushlikdan boshlash. Chunki asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining ko`p qismi tushlikda sarflanadi. Shuningdek, me`yordagi go`sht mahsuloti to`liq tushlikda, asosan, ikkinchi taom uchun sarflanadi.
12 A.R. Sodikov, A.M.Mirzaaxmedov Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ovqatlantirish T. «Ilm Ziyo», 2008y 36
2. An`anaga ko`ra, tushlik tarkibiga: yaxna taom (salatlar), birinchi taom (issiq sho`rvalar), ikkinchi taom (go`shtli yoki baliqli taom garnir bilan) va uchinchi taom (ichimlik) kiradi. 3. Yaxna taom sifatida ko`proq turli xil sabzavotlardan (bodring, pomidor, yangi karam, sabzi, qizil lavlagi va hokazo) ko`kat qo`shib tayyorlangan salatlardan foydalaniladi. Salatning mazasini yanada yaxshilash uchun unga yangi yoki quritilgan meva (olma, qora olxo`ri, mayiz) qo`shish mumkin. Salatlarga faqat o`simlik moyi (makkajo`xori, kungaboqar, zaytun) qo`shiladi. 4. Maktabgacha ta`lim muassasalarida birinchi taomlarning turi keng bo`lishi bilan birga ular tarkibiga, karam sho`rva hamda turli xil go`sht, baliq va tovuq qaynatmalarida tayyorlangan sho`rvalar kiritilishi lozim. Bundan tashqari, birinchi taomlar tarkibiga go`shtsiz, jumladan, sabzavotli, yormali, frikadelkali sho`rvalar, yorma oshlar, shuningdek, sutli va mevali suyuq oshlar kiritilishi kerak. Biroq ovqat ratsionining hozirgi davr talabiga mos kelishini hisobga olganda, go`sht qaynatmasida tayyorlangan birinchi taomlar ratsion ga hafta davomida uch martadan ortiq kiritilmagani ma`qul. Haftaning qolgan kunlari go`shtsiz va sutli suyuq ovqatlar berilishi lozim. 5. Ratsionga ikkinchi taom sifatida kotlet, bitochka, gulyash, qaynatilgan, dimlangan va boshqa shu kabi ko`rinishdagi go`sht yoki baliqdan tayyorlangan taomlarni, shuningdek, go`shtli, go`shtli-sabzavotli, go`shtli-yormali taomlarni kiritish tavsiya etiladi. Garnir tayyorlashda, kartoshka, sabzavotlar, yorma va makaron mahsulotlaridan foydalaniladi. Murakkab garnir sifatida yorma va turli xil sabzavotlar berilishi mumkin. 6. Tushlikda ichimlik sifatida meva va quritilgan mevalardan tayyorlangan kompot yoki kisel berilishi mumkin. Shuningdek, qadoqlangan meva va sabzavot sharbatlari, na`matak ichimligi berilishi tavsiya etiladi. 7. Ertalabki nonushta va kechki ovqat, odatda, yaxna taom, issiq taom va issiq ichimliqtsan iborat bo`ladi. Yaxna taom sifatida pishloq (pishloqli buterburod), 37
salat, portsiyali sabzavotlar, meva, yangi sabzavot va mevalardan tayyorlangan salatlar beriladi. 8. Albatta, ertalabki nonushta va kechki ovqatga issiq taom sifatida—sutli, baliqli, tvorogli, tuxumli yoki yormali taomlardan kiritilishi zarur. Bolalarga ko`proq turli hil sutli bo`tqalar, sabzavot yoki mevalar, sabzavotli taomlar (dimlangan karam yoki qizil lavlagi, sutli suosli sabzi, sabzavot ikralari va boshq.), toblab qizartirib pishirilgan taomlar, yorma va sabzavot kotletlari, tvorogli taomlar, baliq yoki tuxumdan tayyorlangan taomlar, shuningdek, yormali-sabzavotli aralash taomlar (sabzavot va guruchli golubtsi, qayla bilan sabzi, kartoshka yoki karam kotleti, singdirib qizartirib pishirilgan taomlar), asosiy issiq taom sifatida baliq (qaynatib dimlangan, qaynatilagan yoki dimlangan holda) berilishi mumkin. Hafta davomida bir-ikki marta sosiska yoki sardelka berilsa bo`ladi. 9. Ichimlik sifatida ertalabki nonushtaga — sutli kakao, qahva (tarkibida kofe va kofein bo`lmagan), sut, sutli choy, kechki ovqatga — sut, qatiq, choy, sutli choy, limonli choy berilishi tavsiya qilinadi. Ertalabki nonushta va kechki ovqatga o`simlik damlamalaridan (na`matak kabi) tayyorlangan choy, kechki ovqatga yangi yoki quritilgan mevalardan tayyorlangan kompotlar berilishi mumkin. 10. Ikkinchi tushlik, asosan, ikki taomdan: sut mahsuloti (nordon sut ichimligi) va yog`, tuxum, sut hamda shirinliklar solib tayyorlangan bulochka mahsulotlari yoki unli qandolat mahsulotlari (pechene, suxari, vafli)dan iborat bo`ladi. Ikkinchi tush- likka turli xildagi meva yoki rezavor mevalar berilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. 12 soatlik ta`lim muassasasida tarbiyalanuvchi bolalar uchun (agar ular uch mahal ovqatlantirilsa) ikkinchi tushlikda qo`shimcha sabzavotli yoki yormali taom, masalan, qizartirib toblab pishirilgan taom, puding, tvorog va tuxumdan tayyorlangan taomlar berilishi lozim. 11. Kechki ovqat, odatda, sutli, yormali, sabzavotli, tvorogli taom va tuxumli taomdan iborat bo`ladi. 24 soatlik ta`lim muassasasida tarbiyalanuvchi bolalar uchun ikkinchi tushlikda sutli ichimlik berilishi tavsiya qilinmaydi, balki ushbu ichimlikni bola uyquga yotishdan oldin (non, bulochka, olma, pechene kabilar
38
bilan birga) beshinchi ovqatlanish sifatida berilgani ma`qul. Bunday holatlarda ikkinchi tushlikda sharbat yoki darmondoriga boyitilgan ichimliklar beriladi. Bolalar ovqatini tashkil etishda, ratsionga kiritiladigan taom, kulinariya va qandolat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati «Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi» ma`lumotlar to`plamiga hamda «Taom, kulinariya, qandolat va bulochka mahsulotlarining kimyoviy tarkibi» jadvalida keltirilgan texnologik me`yorlarga asoslanib aniqlanadi. Ovqat ratsionining ozuqaviy va energetik qiymati taomnoma- taqsimotga asoslanib hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilotlar tomonidan etkazib berilgan qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotining ozuqaviy va energetik qiymati ko`rsatilishi lozim. Oziq-ovqat mahsuloti tarkibidagi mineral moddalar va darmondorilar miqdorini to`g`ri baholash. Oziq-ovqat mahsuloti tarkibidagi mineral moddalar va darmondorilar miqdori qadoqlangan idishda qayd etilmagan bo`lsa, u holda «Taom va kulinariya mahsulotlarining kimyoviy tarkibi» hamda «Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi» ma`lumotlar to`plamida keltirilgan jadvallar asosida hisoblanadi. Shuningdek, taom va kulinariya mahsulotlariga ishlov berishda, mahsulotning oziq modda va energetik qiymatini yo`qotishini aniqlash ham ushbu ma`lumotlar to`plami va unda keltirilgan jadvallar asosida amalga oshiriladi. Texnologik xaritalar kartotekasi. Har bir maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar ovqati ratsioniga kiritilayotgan barcha taom va kulinariya mahsulotlarining texnologik xaritadan iborat bo`lgan kartotekasi bo`lishi lozim. Texnologik xaritaga taom yoki kulinariya mahsuloti uchun sarflanadigan mahsulotlar to`plami (taom yoki kulinariya mahsuloti uchun sarflanadigan mahsulotlarning chigitli va chigitsiz miqdori hamda tayyor taom va kulinariya mahsulotining sof vazni aks etgan), shuningdek, taom va kulinariya mahsulotining tayyorlanish texnologiyasi kiritilishi lozim. 39
Texnologik xaritada mahsulotlarning ozuqaviy va energetik qiymatlari, albatta, ko`rsatilishi shart. Shunda, texnologik xarita yuritilishining afzalligi, bir taomni ikkinchi bir taom bilan almashtirishga to`g`ri kelsa, har ikki taomning tarkibi va energetik qiymatining muvofiqligini solishtirishda qo’lay bo`ladi. Bola yoshligida etarli miqdorda darmondori iste`mol qilmasligi, uning salomatligi salbiy holatga tushishining eng asosiy sabablaridan biridir. Ya`ni bolaning sog`lig`i yomonlashib, turli kasalliklarga chalinishi va organizmning fizologik rivojlanishi susayishi mumkin. Darmondorilar etishmasligi, asosan, kuz va bahor fasllarida vujudga keladi. Bunda bolalarning e`tiborliligi va o`zlashtirish qobiliyatlari susayadi. Mineral moddalarning bola organizmiga ta`siri Mineral moddalar etishmasligi xavfi darmondori tanqisligidan kam emas. Shuning uchun bolalar yoshiga qarab, jadvalda belgilangan kunlik ehtiyojlari qondirib borilishi lozim. Bolalar organizmining bir kunlik ehtiyojiga ko`ra, tavsiya etiladigan makro va mikroelementlar miqdori (mg hisobida) Bolaning Yoshi
Kal` tsiy
Fos for
Mag niy
Te mir
Rux Mis Yod Selen Xrom 1-3 Yoshli
800 800
150 10
5 0,34 60 20 11
4-10 900-
1350- 200-
10- 0,44- 70- 30- 15-
. yoshli 1100
1650 250
12 10
0,6 100
40 20
Kal`tsiy — organizmda suyak va mo`shak to`qimalarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bola organizmida kal`tsiy bilan fosfor tuzi hamda D, S va V guruhlariga mansub darmondorilari etishmasligi suyakning noto`g`ri rivojlanishiga, raxit, tish kariesi va markaziy asab tizimi faoliyati buzilishiga olib keladi.
40
Magniy — moddalar almashinuvida yurak faoliyatiga, organizmdan ortiqcha xolestirin moddasi chiqarishda muhim vazifani bajaradi. Magniy moddasi etishmasligi organizmda asab to`qimalarining bezovtaligiga, immunitet pasayishiga, turli xil teri kasalliklariga olib keladi. Temir moddasi — to`qima va hujayralarga kislorodni etkazadi, qon tarkibidagi gemoglabinning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Organizmda murakkab oksidlanish va moddalar almashinuvi jarayoni temir ishtirokida sodir bo`ladi, shuningdek, fermentlar sintezida ishtirok etadi. Temir moddasi hamda S va V guruhi darmondorilari etishmasligi kamqonlikka, mo`shaklar susayishiga, tez-tez kasallanishga, shuningdek, bola organizmi aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishiga olib keladi. Hamshiraning lavozim yo`riqnomasi 1. Umumiy qoidalar 1.1. Hamshira kichik tibbiyot xodimi hisoblanadi, uning lavozimiga tayinlanishi va bo`shatilishi muassasa rahbari tomonidan amalga oshiriladi. 1.2. Hamshira lavozimiga o`rta tibbiy ma`lumotga ega bo`lgan hamda uch yildan ortiq tibbiy ish stajiga ega bulgan shaxs saylanadi. 1.3. Hamshira muassasa rahbariga bo`ysunadi. ' 1.4. Hamshira xizmat vazifasiga ko`ra, maktabgacha ta`lim muassasasida ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan qonun va me`yoriy hujjatlarga, asosan, ish yuritadi. Hamshira quyidagilarni bilishi shart: -bolalarning hayot xavfsizligini muhofaza qilish bo`yicha qo`llanma va yo`l- yo`riqlarni; -muassasaning ishi yuzasidan sanitariya va
sanitariya-epidiomiologiya me`yorlarini; -ovqatlantirishni tashkil etishga qo`yilgan talablarni;
41
-bolalarning rivojlanish fiziologiyasi, sanitariya va gigiena talablarini; -ichki mehnat tartib-qoidalarini. Download 292.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling