O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 292.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.08.2020
Hajmi292.11 Kb.
#127138
1   2   3   4   5
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirishning oziga xos xususiyatlari


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

23 


I.3. Maktabgacha ta`lim muassasacidagi yoz oylarida o`tkaziladigan 

sog`lomlashtirish ishlari mazmuni 

 

           Maktabgacha 



ta`lim 

muassasacidagi 

yoz 

oylarida 



o`tkaziladigan 

sog`lomlashtirish,  ta`lim-tarbiya  jarayonlarining  asosiy  maqsad  va  vazifalari  bola 

shaxsini  sog`lom,  jismonan  barkamol  va  tetik  qilib,    yangi  o`quv  yiliga 

tayyorlashdan  iboratdir.  Fasllarning  ichida  eng    ajoyib  taassurotlarga  ega  bo`lgan  

yoz  oyi  bolalarda    atrof  –  olamga  bo`lgan  munosabatlarini  oydinlashtirib,  o`z 

ishlaridan  va  tabiatdan  zavqlanish  imkoniyatlarini    yaratish  bilan  birga,  ularning 

jismoniy  va  aqliy  salohiyatlarini  yana  bir  karra  oshiradi.  Bola  organizmining 

jismonan  sog`lom  bo`lishi  va  chiniqishi  uchun  zaruriy  sharioitlardan  foydalanish 

maqsadga muvofiq.  

         Maktabgacha  ta`lim  muassasasida  va  oilada  bolalarni  kichik  yoshidan  

boshlab sayrga, ochiq havoga tez-tez olib chiqish, suv muolajalarini o`rinli qo`llash 

va    kun  tartibiga  qat`iy  amal  qilish  tavsiya  etiladi.    Tabiatning  tabiiy  omillaridan 

foydalangan  holda  bolaning  salomatligini    mustahkamlash  va  chiniqtirish  lozim. 

Chiniqtirish  ishlari    bosqichma-bosqich  va    muntazam  amalga  oshirilib, 

chiniqtirish  davomida  bolalarning  asab  tizimini  tez  qo`zg`atadigan    havo  harorati  

va  boshqa  tadbirlarni  ehtiyotkorlik  bilan  qo`llash  kerak.  Jismoniy  rivojlanishda 

ortda qolgan  bolalarga esa ko`proq e`tibor qaratib, chiniqtirish ishlari bilan birga 

tetiklashtiruvchi  tadbirlarni  ham  amalga  oshirish  zarur.    Bu  tadbirlarni  maxsus 

shifokor  nazorati  bilan  amalga  oshirish  esa  tadbirlar  samaradorlikni  oshiradi. 

Shuningdek,  reja  asosida  maqsadli  sayr  va  bayram  tadbirlarini  uyushtirish 

bolalarning  e`tiborini  jalb  etib,  o`zlari  yaratgan ijod namunalaridan    zavqlanishga  

imkoniyat yaratadi.  

      Yoz  mavsumida  ta`lim-tarbiya  jarayonlarini    to`g`ri  tashkil  etish  bolaning 

barkamol  bo`lib  voyaga  etishishida    beqiyos  o`rin  egallaydi.  Yozgi  mavsumda 

maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar:  

-Tarbiyalanuvchilarning  jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash;  

-Kichkintoylar orasida  sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish; 


 

24 


-Ta`lim-tarbiya 

jarayonini 

oqilona 

va 


metodik 

jihatdan 

to`g`ri 

tashkillashtirish; 

-Bolalarning  atrof-olam  haqidagi  qarashlarini  tarbiyalash  hamda  ularning 

qiziqishlarini oshirish; 

-Bolalarni    turli  hildagi    faoliyatlar  bilan  mashg`ul  bo`lishlari  uchun 

sharoitlarni hozirlash; 

-MTMning barcha xodimlari bilan  yozgi mavsumga tayyorgarlik ko`rish; 

-Ota-onalarni yozgi sog`lomlashtirish va chiniqtirish ishlariga jalb etish; 

-Bolalarga erkin,  ijodiy muhit va sharoitni yaratish; 

-Milliy o`yinlarni o`ynashga bo`lgan ehtiyojlarini uyg`otish; 

-Chiniqtirish ishlarini  muntazam va izchil yo`lga qo`yish; 

-Harakat faolligini nazorat qilish (aktiv-passiv); 

-Sport tadbirlarida jonbozlik ko`rsatish; 

-O`zini va jamoani hurmat qilishga o`rgatish; 

    Yozgi  mavsumda  ta`lim-tarbiya  jarayonini    tashkillashtirish  bo`yicha 

ko`rsatmalar  berilgan,  jadvallarga  maktabgacha  ta`lim  muassasasining    pedagog-

xodimlari  ijodiy  yondoshgan  holda  ta`lim  jarayonini  mazmunan  boyitishlari 

mumkin. (ilova 1) 

          Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  (6-7  yosh)  sport  to`garaklariga    jalb 

qilishda  birinchi  navbatda  bolalarning  yoshi,  jismoniy  ko`rsatkichlari  va    albatta 

qobiliyatiga  qarab  yo`naltirish      maqsadga  muvofiqdir

8

.  Hozirgi  zamon 



globalashuvi  tez  suratlar  bilan  rivojlanib  borayotgan  bir  davrda    bolalarda  ham 

akseliratsiya  jaryoni  tezlashib  bormoqda,  zamonaviy    sport  turlariga,  jumladan, 

gimnastika    (u  o`z  ichiga  sport  gimnastikasi,  badiiy  gimnastika  va  akrobatikani 

oladi), badiiy gimnastika elementlari; gardish bilan, lenta bilan,  ayniqsa to`p bilan 

va    arqonchalar  bilan  mashq  bajarish  kabi  turlariga  qiziqish  katta.  Shuningdek, 

engil  atletika  -    masofaga  yugurish,  marraga  etib  kelish,  yugurib  kelib  uzunlikka 

sakrash,    balandlikka  sakrash  mashqlariga    qiziqtirish  va    bajartirish  hamda  

                                                 

8

 

O`.Otavalieva. Bola tarbiyasida bog`cha va oila hamkorligi. O`qituvchi 1994 y 



 

 

25 


bolaning  holatini  kuzatib  borish  lozim.  Yana  bir    keng  tarqalgan  sport  turi 

suzishdir.  Ota-onalar  orasida    farzandining  yutug`ini ko`rishni  istaganlari  ko`proq 

suzish  sport  turini  tanlashadi.  Haqiqatdan  ham  suzish  bolalarni  nafaqat  jismonan, 

balki ruhan tarbiyalashi isbotlangan, chunki organizmni chiniqtiruvchi vositalardan 

biri bu suvdir. Suzish orqali bolalarning muskullari rivojlanib, o`pka faoliyatining 

ishi yanada yaxshilanadi, tana praportsiyalari bir tekisda rivojlanadi. 

  

Kurash  -  bu  o`zbek  xalqining,    Surxon  vohasining  qadimgi  sport  turlaridan 



biri  hisoblanadi.  Bu  o`yin  boladan  epchillik  va  chaqqonlik  hamda  bardoshlilikni 

talab etadi. Kurash bu  mard, paxlovon, epchil  ikki yigit o`rtasida  o`tkaziladigan 

olishuv, kuch sinashishdir. Kurashda  halollik, mardlik va kuchlilik  mezon bo`lib 

hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasida jamoa bo`lib ishtirok etish mumkin 

bo`lgan sport turlaridan voleybol, basketbol va futbol o`yinlari ham tashkil etilgan 

bo`lib, reja asosida to`garaklar olib boradi.  Shuningdek mavsumiy o`yinlar,   suv 

estafetalari  va  qishki  qor  o`yinlari  bolalarda  zavq  uyg`otadi,  eng  muhimi   

faoliyatni  to`g`ri  tashkillashtirish  va  bolalar  uchun    qulay  bo`lgan  jihoz  va 

vositalardan    foydalanishdir. Yuqorida  sanab  o`tilgan  sport turlariga  bolalarni  jalb 

qilishda,  albatta,  murabbiylarning  ma`lumoti,  ish  tajribasi  va    mutaxassisligi  

inobatga olinib, faqat maxsus tayyorgarlik asosida tayyorlangan  trenerlargina jalb 

etiladi. 

Ertalabki badantarbiya bolalarni kayfiyatini ko`tarib, tetiklik baxsh etadi va 

keyingi  faoliyatlarga  ham  tayyorlab  beradi.    Ertalab  badantarbiyani  ochiq  havoda  

sport  kiyimida o`tkazgan ma`qul. Umumrivojlantiruvchi  mashqlarda  qo`l, oyoq 

va  gavda  uchun  mashqlarni  aniq    va  izchillik  bilan  bajarish,  qomatni    to`g`ri  

tutishga  ahamiyat  berish  lozim.  Ertalabki  badantarbiya  mashqlari  10-15 

daqiqagacha olib borish mumkin. mashqlarni  muntazam  bajarish  bola sog`lig`ini 

mustahkamlab, mushaklarni  bir tizimda rivojlantiradi. Bolalar yoshiga qarab URM 

(umumrivojlantiruvchi  mashqlar) soni  tanlanadi, masalan kichik guruhda 3-4 ta, 

tayyorlov  guruhi  bolalari  uchun  6-8  tagacha  yana    bolalarning    jismoniy 

yuklamasini,  muntazam,  izchil  shug`ullanganligini  ham    hisobga  olish  maqsadga 

muvofiq. 


 

26 


I- Bob bo`yicha Xulosa 

 

Maktabgacha  ta`lim,  bola  shaxsini  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ta`lim-

tarbiyasiga  qo`yiladigan  Davlat  talablariga  muvofiq  sog`lom  va  etuk,  maktabga 

o`qishga  tayyorlangan  tarzida  shakllantirish  maqsadini  ko`zlaydi.  Bu  mavzuda 

bolalarni  maktabga  tayyorlashda  xalqning  boy  milliy,  madaniy-tarixiy  merosi  va 

umumbashariy  qadriyatlar  asosida  aqliy  va  ma`naviy-axloqiy  jihatdan  tarbiyalash 

milliy  g`urur,  vatanparvarlikni  shakllantirish,  bilim  olishga,  o`qishga  ehtiyojni, 

mayllarni  shakllantirish  va  jismoniy,  ruhiy  sog`ligini  ta`minlash  maqsadini  vazifa 

qilib qo`ygan. 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach,  barcha  sohalar  singari  ta`lim-

tarbiyada  ham  ko`pgina  yangiliklarni  amalga  oshirish  ehtiyoji  tug`ildi.  Buning 

uchun  esa  pishiq-puxta  ishlangan,  ma`lum  maqsad  va  vazifalarni  o`zida 

mujassamlashtirgan  istiqbolli  dastur  talab  etilar  edi.  Prezidentimizning 

mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ushbu sohaga bo`lgan alohida e`tibori, uning 

taraqqiyoti  timsolida  yurtimizning  porloq  kelajagini,  davlatimizning  buyukligi 

tasavvur  etganligining  natijasi  o`laroq  1997-yilda  «Ta`lim  to`g`risida»gi  Qonun 

hamda  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»    dunyoga  keldi.  Unda  uzluksiz  davom 

etadigan  bir  butun  ta`lim-tarbiya  jarayonning  belgilovchi  ilk  turi-maktabgacha 

ta`lim,  deya  ataladi.  Birgina  ushbu  yondashuvning  o`ziyoq  bu  ta`lim  turiga  har 

tamonlama ehtiyotkorlik, e`tiborlilik va mehribonlilik bilan qaramoqni talab etadi. 

Negaki,  bugungi  bolakay  yoki  qizaloq  XXI  asrda  kuchga  to`lib,  sog`lom,  bilimli, 

aqlli bo`lib jamiyatimizning faol azolariga aylanishdek ulkan fazifa turibdi. Bunda 

ular  siz-u  bizga-kattalarga  ishonishadi.  Agar  yoshlarimizdagi  shijoatni,  kuch-

quvvatni,  bilimdonlikni,  fidoiylik  va  vatanparvarlik  bilan  uyg`unlashtira  olsak, 

bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz. 

Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va 

vazifalari  bolalarni  jismoniy  va  aqliy  jihatdan  rivojlantirish,  ularning  ruhiyat, 

shaxsiy  qobiliyatlari,  intilishi  va  ehtiyojlarini  qondirish,  milliy  va  umuminsoniy 

qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga  sodiq holda voyaga etib borishni taminlash, 


 

27 


ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga 

muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat. 

Bolalarning  har  tomonlama  rivojlanishini  ta'minlashga  qaratilgan  pedagogik 

jarayon  murakkab  va  rang-barangdir.  Tarbiya  masalalari  ta'lim-tarbiya  ishining 

tashkiliy  shakllari,  bolalar  faoliyatining  har  xil  turlari:  mashg`ulotlarda  ta'lim 

berish orqali, ijodiy va qoidali o`yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning 

o`z  mehnati va kattalar  mehnati  bilan tanishtirish orqali, o`z-o`ziga  xizmat  qilish, 

sayrlar o`tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.  

Ta'lim-tarbiya  ishlarini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  bolalar  bog`chasidagi 

pedagogik  jarayonni,  har  bir  faoliyat  turini  to`g`ri  tashkil  etishga  bog`liqdir. 

Bolalar bog`chasining pedagogik jarayonida ta'lim muxim axamiyat kasb etadi va 

u  kundalik  xayotda,  o`yinda,  mehnatda,  mashg`ulotlar  orqali  amalga  oshiriladi. 

Mashg`ulotda  ta'lim  va  tarbiya  vazifalari  hal  etiladi.  Bolalar  tevarak-atrofdagi 

xayot  va  tabiat  bilan  tanishish,  nutqni  o`stirish  va  savod  o`rgatish,  matematika, 

jismoniy  madaniyat,  tasviriy  faoliyat,  musiqa  bo`yicha  eng  oddiy  tasavvur  va 

bilimlarni,  malaka  va  ko`nikmalar  sistemasini  egallab  oladilar.  Bolalar  egallab 

olishlari  kerak  bo`lgan  bilim,  malaka  va  ko`nikmalar  bolalar  bog`chasi  dasturida 

belgilab  berilgan  bo`lib,  u  bolalarning  umumiy  rivojlanishida  va  ularni  maktab 

ta'limiga  tayyorlashda  muhim  ahamiyatga  ega.  Mashg`ulotlarda  ta'lim  berish 

didaktika  printsiplari  asosida  bolalarning  yosh  va  o`ziga  xos  xususiyatlarini 

e'tiborga 

olib 


ma'lum 

izchillikda 

olib 

boriladi, 



mazmuni 

sekin-asta 

murakkablashtirib boriladi 

 

 



 

 

 



 

 


 

28 


II-bob. Maktabgacha ta`lim muassasasida ovqatlantirishning muvofiqligi 

                 II.1.Bolalar ovqatini tashkil etishning asosiy usullari 

        

          Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik me`yorlarda belgilangan 

ozik-ovqat  maxsulotlarini  ratsionga  to`g`ri  kiritishdir.  Buning  uchun  birinchi 

urinda,  bola  organizmining  fiziologik  extiyojlarini  qondiruvchi,  oziq  moddalarga 

boy,  yuqori  quvvatli  bulgan  asosiy  oziq-ovqat  maxsulotlarini  kunlik  ratsionga 

kiritish  zarur,  bunday  maxsulotlarga  go`sht,  go`sht  maxsuloti(  shu  jumladan, 

parranda go`shti), balik va tuxum (oksil, yog, A, V

12

, darmondori, mineral modda, 



temir  kabilar  manbai),  sut  va  sut  maxsulotlari  (oksil,  kal`tsiy,  A,  V

2

  darmondori 



manbai), sariyog` va usimlik moyi (yog kislotasi, A va e darmondori manbai), non 

va  non  maxsulotlari,  yorma  va  makaron  maxsulotlari  (  uglevod,  V

1

,  V


2

,  RR 


darmondori,  temir,  magniy  manbai,  sabzavot  va  mevalar  (  S,R  darmondori,  beta-

karotin,  kaliy,  va  organik  kislota  manbai)  xamda  shakar  va  qandolat  maxsulotlari 

kiradi

9



          Gurux  tarbiyalanuvchilarining  jushkin  va  yaxshi  kayfiyatli  bo`lishlarida 

ovqatlantirish  to`g`ri  tashkil  etilishining  muxim  axamiyati  bor.  Bolalarni 

ovqatlantirishda  idish-tovoqlar  etarli  bo`lishi  va  stol  atrofida  utirishlari  uchun 

qo`lay  shart-sharoitlar  yaratilgan  bo`lishi,  taomlarni  tarqatishda  esa  did  bilan 

chiroyli bezatib, juda issik yoki sovuk bo`lmagan xolda berilishi kerak. 

         Bolalarni  stol  atrofida  tozalikka  va  saranjom-sarishtalikka  e`tiborli 

bo`lishlarini  uqtirmoq  lozim.  Shuningdek,  bolalar  ovqatlanish  uchun  stol  atrofiga 

utirganlarda, taomlar qo`yilishi yoki bir taomni iste`mol qilib bo`lganlaridan keyin, 

ikkinchisi tortilishini kutib qolmasliklari kerak. 

 

Bolalarni  maktabgacha  ta`lim  muassasasi  va  oila  sharoitida  ovqatlantirish 



bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi 

ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada xamshira tomonidan 

xaftalik  taomnoma  (9-10.5  soatlik  guruxlar  faoliyat  yuritadigan  maktabgacha 

ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi. 

                                                 

9

 N.M.Aksarina . «Go`dak bolalar tarbiyasi» - Toshkеnt «Mеditsina» -1983 y. 



 

29 


      Shu  vaqtning  o`zida  xaftalik  taomnomaga  mos  ravishda,  kechki  ovqat  uchun 

tavsiya  sifatida  aloxida  xaftalik  taomnoma  tuzilib,  ota-onalar  burchagiga  ilib 

qo`yilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Shuningdek,  ota-onalar    bog`chadagi  kunlik 

taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga 

mos  ravishda  kechki  ovqatni  tashkil  etishlari  ham  mumkin  Bundan  tashqari 

tarbiyachi  va  bog`cha  xamshirasi  tomonidan  ota-onalarga  kechki  ovqatga 

(shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha 

taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi

10



         Maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  ota-onalar  bilan  suhbat  o`tkazib,  bolani 



bog`chaga  olib  kelishlaridan  oldin,  ya`ni  ertalab  ovqatlantirmasdan  olib  

kelishlarini ogoxlantirib  qo`yish lozim. Bola ertalab uyda ovqatlansa, avvalombor, 

ovkatlanish  tartibi  buziladi,  qolaversa,  bog`chaga  kelganda,  ishtaxasi  susayib, 

yaxshi nonushta qilmaydi. 

          Bolani bog`chaga  juda  erta,  ya`ni  ertalabki  nonushtadan  1-2 soat oldin olib 

kelishga  to`g`ri  kelsa,  u  holda  uyda  engil  nonushta(choy,  kakao,  sharbat,  meva 

yoki buterbrod) berish mumkin. 

         Bolaning  maktabgacha  ta`lim  muassasasiga  ko`nikish  davrida  uning 

ovqatlanishiga  alohida  e`tibor  berish  zarur.  Bola  oila  tarbiyasidan  bog`cha 

tarbiyasiga o`tishida, bolalar utrasida deyarli xar doim ma`lum ruxiy qiyinchiliklar 

kuzatiladi.  Bola  qancha  yosh  bo’lca,  bogcha  sharoitiga  kunikishi  shuncha  kiyin 

buladi.  Bu  davrda  bolaning  ishtaxasi  bug`iladi,  yaxshi  uhlamaydi,  asabi  buziladi, 

organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyati susayadi. Bu vaqtda bolalarni 

to`g`ri ovqatlantirish ularning tezroq bog`cha sharoitiga ko`nikishiga bog`likdir. 

         Bola  bog`cha  sharoitiga  kirib  kelishdan  oldin  ota-onalar  tomonidan 

bog`chada  kuproq  tayyorlanadigan  taomlar  bilan  tanishib  borish  hamda  ushbu 

taomlarni uyda tayyorlab ( asosan, bola uyda iste`mol qilmagan taomlarni), bolani 

iste`mol  qilishiga  ko`niktirib  borishlari  tavsiya  qilinadi.Ko`nikish  davrining 

                                                 

10

 



A.R.  Sodikov,  A.M.Mirzaaxmedov  Maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  bolalarni  ovqatlantirish    T.  «Ilm 

Ziyo», 2008y 

 


 

30 


boshlarida  bola  uzi  eyishni  bilmasa  yoki  xoxlamasa,  tarbiyachilar  tomonidan 

ovqatlantirib qo`yish lozim. 

      Bola  agar  ovqat  eyishni  xoxlamasa,  uni  zurlab  ovqatlantirish  yaramaydi.  Bu 

bolaning  taomga  va  maktabgacha  ta`lim  muassasasiga  kelishga  bo’lgan 

munosabatini yomonlashtiradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

31 


II.2.Maktabgacha ta`lim muassasalarida taomnomaning tuzilish tartibi 

          

            Bolalar  salomatligini  saqlash  har  bir  kishining  asosiy  vazifalaridan  biri 

sanaladi.  Bunda  ovqatlanishni  to`g`ri  tashkil  etish  ham  muhim  ahamiyatga  ega. 

Endigina  maktabgacha  ta’lim  muassasasiga  qatnay  boshlagan  bolaning  ovqat 

ratsioni  uning  ulg`ayishi  va  rivojlanishini  qay  darajada  ta’minlay  olayapti? 

Mamlakatimiz  Maktabgacha  ta`lim  muassasalari  oshxonalarida  tayyorlanayotgan 

ovqatlar  talab  darajasidami?  Taomnomalarni  kim  tuzishi  kerak,  bu  borada 

mutaxassislar  yetarli  bilimga  egami?  Ushbu  savollarga  javob  olish  istagida 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  xodimlarini  qayta  tayyorlash  va  malakasini 

oshirish 

respublika 

o`quv-metodika 

markazi 


metodisti 

Akmaljon 

Mirzaaxmedovning ma`ruzalariga murojaat qildik

11



–  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarining  ovqatlanishini  to`g`ri 

tashkil  qilishda  asosiy  mas’uliyat  kimning  zimmasiga  yuklanadi?  Har  bir  ota-ona 

farzandini  maktabgacha  ta’lim  muassasalariga  olib  kelishda  ularning  jismoniy  va 

aqliy  sog`lom  bo`lib  ulg`ayishini  maqsad  qiladi.  O`z  o`rnida  ta’kidlash  joizki, 

bolaning  bu  yoshida  muassasa  oshxonasi  ratsionidagi  taomlar  ushbu  maqsadning 

qay  darajada  amalga  oshayotganligini  belgilaydi.  Bolalar  ovqatlanishini  to`g`ri 

tashkil  etish  orqali  o`sib  kelayotgan  bolalar  salomatligini  saqlash,  ularning 

rivojlanishini  namunali  ta’minlash  ko`zda  tutiladi.  Asosiy  oziq  moddalar,  ya’ni 

oqsil, yog` va uglevodlar ovqat tarkibida bir-biriga to`g`ri nisbatda bo`lgandagina 

ovqatlanish  to`g`ri  tashkillashtirilgan  hisoblanadi.  Ana  shu  moddalar  ovqat 

tarkibida  yetarli  va  zarur  miqdorda  bo`lganda  organizmning  oziq-ovqat 

mahsulotlariga hamda biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondiriladi. 

Bolalar  ovqatlanishining  to`g`ri  yo`lga  qo`yilishi  shifokor  va  hamshiralarning 

asosiy  vazifalaridan  biri  bo`lib,  ular  taomnomaga  kiritilayotgan  oziq-ovqat 

mahsulotlarining  energetik  qiymati  va  tarkibining  xilma-xilligiga  bevosita  mas’ul 

shaxslar  hisoblanadi.  Ular  kunlik  va  haftalik  taomnomalarning  taxminiy  rejasini 

tuzadi va oshpazlar shu asosida bolalar uchun ovqatlar tayyorlaydi. 

                                                 

11

 «Maktabgacha ta’lim» jurnali     4 son 2014 y  



 

32 


        Shifokor  yoki  hamshira  bolalar  ovqati  uchun  zaruriy  bo`lgan  texnologiyani 

yaxshi bilishi shart. Unga ko`ra, ovqat tayyorlash texnologiyasi va tibbiy me’yorlar 

bir-biriga  muvofiq  kelishi  talab  etiladi.  Taomnomaga  kiritilayotgan  taomlar 

maxsus  retseptlar  asosida  ko`rsatilishi  yoki  belgilangan  holda  tuzilishi, 

shuningdek, shu tartibda  tavsiya  etilayotgan taomnoma  bolalar  uchun belgilangan 

tibbiy  me’yorlarga  mos  kelsa,  ularning  salomatligi  ta’minlanadi.  1  nafar  bola 

uchun belgilangan 1 kunlik oziq-ovqat mahsuloti miqdori kamaysa  yoki ko`payib 

ketsa, tibbiy  me’yor  buziladi. Ovqat tayyorlash texnologiyasi qat’iy tartib asosida 

olib  borilishi  kerak.  Masalan,  choy  damlash  texnologiyasi  –  bu  jarayon  oddiy 

ko`ringani bilan o`ziga xos murakkabliklarga ega. Ovqat tayyorlash texnologiyasi 

ham xuddi shunday. Shu bois bir bolaga bir kunlik taom me’yorining ham tibbiy, 

ham  texnologik  me’yorini  aniqlash  hamshira  (ayrim  hollarda  shifokor)ga  katta 

mas’uliyat yuklaydi. 

–  Kunlik  va  haftalik  taomnomalar  qanday  tartibda  tuziladi  va  buning  ahamiyati 

nimalarda  o`z  aksini  topadi?  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  yo`nalishiga 

qarab taomnomalar 5-6 yoki 7-10 kun uchun tuziladi. Taomnomalarning oldindan 

tuzilganligining  qulayligi  shundaki,  sarflanishi  zarur  bo`lgan  oziq-ovqat 

mahsulotlarining  oldindan  hisoblanishi  va  muassasaga  o`z  vaqtida  yetkazib 

berilishi  ta’minlanadi.  Haftalik  taomnomani  tuzishda  muassasa  rahbari,  bosh 

hisobchi,  ombor  mudiri,  bosh  oshpaz  va  hamshira  ishtirok  etadi.  Bosh  hisobchi 

kerakli  idoralar  bilan  shartnoma  tuzilishini  tashkil  etadi,  ombor  mudiri  esa 

muassasa  zaxirasidagi  mahsulotlar  haqida  ma’lumot  beradi.  Hamshira  shunga 

qarab  taomnoma  ro`yxatini  tuzadi  va  bosh  oshpazga  taqdim  etadi.  Muassasa 

rahbari bu jarayonni nazoratga oladi. 

         Maktabgacha yoshdagi bolalarning ovqatlanish rasioniga kunlik me’yorlarda 

belgilangan  oziq-ovqat  mahsulotlari  kiritilishi  muhim.  Chunki  bu  mahsulotlar 

orqali bola organizmi asosiy oziq moddalar bilan ta’minlanib tursa, u tashqi muhit 

ta’siriga  chidamli  bo`ladi,  ayniqsa,  uning  yuqumli  kasalliklarga  qarshilik 

ko`rsatishi  hamda  jismoniy  va  aqliy  ish  qobiliyati  ortib  boradi.  Zero,  bunda 

bolaning  yoshiga  qarab  uning  oziq  moddalarga  bo`lgan  ehtiyoji  qondiriladi.  Shu 



 

33 


nuqtai  nazardan  taomnomadagi  mahsulotlarning  kimyoviy  tarkibi  va  kaloriyasi 

alohida  e’tiborga  ega.  Taomnoma  ikki  nusxada  tuzilib,  muassasa  rahbari  va 

hamshira tomonidan tasdiqlangan holda oshpazlarga beriladi. 

         Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  haftalik  taomnomalar  bilan  ishlashning 

bir  qator  afzalliklari  bor.  Jumladan,  tarbiyalanuvchilarning  vitaminlar,  mineral 

modda  va  kaloriyaga  boy  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  to`laqonli  ta’minlanish 

darajasi  yaxshilanadi.  Shuningdek,  ushbu  taomnoma  ovqatlanishni  tashkil  etish 

bo`yicha  bilim  va  tajribaga  ega  bo`lgan  mutaxassis  tomonidan  tuzilganda  ovqat 

tayyorlash  texnologiyasi  hamda  sanitariya-gigiena  qoidalariga  amal  qilinishi 

ta’minlanadi. 

         Bundan  tashqari,  shahar,  tuman  xalq  ta’limi  bo`limlari  tasarrufidagi 

maktabgacha ta’lim muassasalarining barchasida bir xil taomlar tayyorlanadi va bu 

bilan hududdagi barcha tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish darajasi yaxshilanishiga 

erishiladi. 

–  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  tarbiyalanuvchilarning  ovqatlanishiga  doir 

qanday me’yoriy hujjatlar yuritiladi? Taomnomalar xalq ta’limi bo`limi mudiri va 

bosh  hisobchisi  tomonidan  imzolanib,  muhrlanib,  ro`yxatdan  o`tkaziladi. 

Taomnomani  tuzuvchi  mas’ul  shaxslar  uchun  eslatmalar  har  bir  Maktabgacha 

ta`lim muassasalarida ilingan bo`lishi kerak. Unda kunlik taomnomalarning tibbiy 

me’yorlarga  asoslangan  holda  to`g`ri  tuzilishi,  bir  kishilik  ovqat  hajmi,  bir  bola 

uchun kunlik sarflanadigan mahsulot miqdorining bog`cha va yasli guruhlari uchun 

alohida  belgilanishi,  taomlarning  xilma-xilligiga  e’tibor  qaratish,  taomnomada 

oziq-ovqat  mahsulotlarini  to`liq  ko`rsatish  lozim.  Bundan  tashqari  ombor  daftari 

bo`lib,  u  tikilgan,  sahifalangan,  muassasa  rahbari  tomonidan  imzolangan  bo`lishi 

shart.  Unda  har  bir  mahsulot  uchun  alohida  varaq  ochiladi,  kirim-chiqim  qilinib, 

qoldiqlar  ko`rsatiladi.  Brakeraj  daftarida  ovqatlarning  sifati,  mazasi,  kunlik 

sinamalar olinganligi hamda ovqatning iste’molga tarqatilishiga ruxsat berilganligi 

haqidagi  ma’lumotlar  belgilangan  tartibda  yozib  boriladi.  U  xom  va  tayyor 

mahsulotlar  uchun  alohida  yuritiladi.  Me’yoriy  hujjat  sifatida  yana  sifati  tez 

buziluvchi  mahsulotlarni  qayd  etish  daftari  yuritiladi.  Bu  daftarda  sifati  tez 



 

34 


buziluvchi mahsulotlarning ishlab chiqarilgan va qabul qilib olingan sanasi hamda 

oxirgi  saqlanish  muddati  belgilanadi.  Shuni  hisobga  olgan  holda  olib  kelingan  va 

so`nggi saqlanish muddatlari sana va soat bo`yicha qayd etiladi. 

–  Bolalar  uchun  qanday  oziq-ovqat  mahsulotlarini  iste’mol  qilish  qat’iy  tartibda 

taqiqlanadi?  Bolalar  ovqatlanish  ratsionini  tuzishda  ehtiyotkorlik  talab  etiladi. 

Ularning organizmi ta’sirchan bo`lib, bir bola kasallansa, ikkinchisiga tez yuqishi 

mumkin.  Shuni  hisobga  olgan  holda,  birinchi  navbatda,  yuqumli  kasalliklar  kelib 

chiqishi  va  tarqalishining  oldini  olish  maqsadida  bolalar  ovqati  uchun  xavfsizligi 

va  sifatini  kafolatlovchi  hujjati  bo`lmagan  oziq-ovqat  mahsulotlari  va 

xomashyolar;  saqlanish  muddati  tugagan  va  sifatsiz  ko`rinishda  bo`lgan 

mahsulotlar;  veterinariya  ko`rigidan  o`tmagan  barcha  turdagi  go`sht  mahsulotlari, 

jumladan, mol, baliq, parranda go`shti; yovvoyi hayvonlar go`shti; suvda suzuvchi 

parrandalar go`shti va tuxumi; yorilgan, oqqan, po`chog`i ifloslangan, shuningdek, 

uy  xo`jaliklaridan  olingan  tuxum;  shishib  qolgan,  germetik  berkitilishida 

kamchiligi  bo`lgan,  yorliqsiz  hamda  qopqog`ida  zang  paydo  bo`lgan  konserva 

bankalaridagi  mahsulotlar;  har  xil  aralashmalar  bilan  ifloslangan,  ombor 

zararkunandalaridan  zararlangan  yorma,  un,  quruq  meva  va  boshqa  mahsulotlar; 

tashqi  ko`rinishida  mog`or,  chirik  bo`lgan  sabzavot  va  mevalar;  krem  va  kremli 

qandolat  mahsulotlari  (pirojniy,  tort);  go`sht  mahsulotidan  tayyorlangan  rulet 

hamda  liver  kolbasalar;  pasterizasiya  qilinmagan  sutdan  tayyorlangan  tvorog, 

flyagali  tvorog  va  smetana;  qo`ziqorin  va  undan  tayyorlangan  mahsulotlar, 

qo`ziqorin buloni hamda konsentrati; issiqlik ishlovi berilmagan salqin ichimliklar 

(mors,  kvas  va  boshqalar);  okroshka  va  sovutilgan  sho`rvalar;  makaron  (go`sht 

qiymasi  bilan),  makaron  bilan  maydalangan  tuxum;  bir  tomonlama  chala 

qovurilgan  tuxum;  go`shtli  va  tvorogli  blinchiklardan  foydalanish  va  muassasaga 

qabul qilib olish taqiqlanadi. 

 

 

 



 

 

35 


                                II.3. Oshxonaga qo`yiladigan sanitariya talablari 

 

         Ovqatlantirishni  to’g’ri  tashkil  etishda,  muassasa  xodimlarining  eng  asosiy 



vazifalaridan  biri  oshxonaga  hamda  taomlarni  tayyorlash  va  saqlashga  qo`yilgan 

sanitariya-gigiena  talablariga  rioya  qilishlaridir.  Bu  talablarga  rioya  qilinmasa, 

bolaning  sog`ligiga  jiddiy  ta`sir  ko`rsatishi,  jumladan,  ovqatdan  zaxarlanish,  turli 

kasalliklarga chalinish xolatlari sodir etilishi mumkin

12



        Muassasada  maxsulotlarni  alohida  (  go`sht,  baliq,  sut  va  hokazo)  tartibda 



saqlanishi talab qilinadi . Shuningdek, gusht va baliq yarim tayyor ma`hsulotlari ( 

go`sht  va  baliq  qiymalari)ni  xattoki,  muzlatgichda  saqlashga  ru`hsat  etilmaydi. 

Go`sht  va  baliq  ma`hsulotini  faqat  kulinariya  ishlovi  berishdan  oldin  qiyma 

holatiga keltirish mumkin.  

       Turli  hildagi  oziq-ovqat  mahsulotlariga  issiqlik  ishlovi  (kovurish  shkafida) 

berishda,  ularning  pishirish  uchun  belgilangan  harorat  va  ishlov  berish 

muddatlariga  amal  qilish  lozim.  Qovurish  shkafidagi  xarorat  220 S  dan  past 

bo`lmasligi  kerak.  Qaynatilgan  go`shtdan  ikkinchi  taom  tayyorlansa,  albatta, 

ikkinchi issiqlik ishlovi berilishi talab etiladi. 

        Har kuni oshxonada ish tugatilgandan so`ng, xonalarni orasta kilib yig`ishtirib 

qo`yishlari  lozim.  Buning  uchun  yig`ishtirish  vaqtida  kiyishga  muljallangan 

maxsus kiyimlar ( xalat, fartuk va boshq.) bo`lishi kerak. Har oyda bir marta asosiy 

yig`ishtirish-tozalash  ishlarini  o`tkazish  va  barcha  xona,  jixoz  va  anjomlar 

zararsizlantirilishi talab etiladi. 

Ovqat ratsionini shakllantirishda, qo`yidagilarga amal qilish tavsiya etiladi. 

I  Taomnoma  tuzishni  tushlikdan  boshlash.  Chunki  asosiy  oziq-ovqat 

mahsulotlarining  ko`p  qismi  tushlikda  sarflanadi.  Shuningdek,  me`yordagi  go`sht 

mahsuloti to`liq tushlikda, asosan, ikkinchi taom uchun sarflanadi. 

                                                 

12

 A.R. Sodikov, A.M.Mirzaaxmedov Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ovqatlantirish  T. «Ilm Ziyo», 



2008y 

 

36 


2.  An`anaga  ko`ra,  tushlik  tarkibiga:  yaxna  taom  (salatlar),  birinchi  taom  (issiq 

sho`rvalar),  ikkinchi  taom  (go`shtli  yoki  baliqli  taom  garnir  bilan)  va  uchinchi 

taom (ichimlik) kiradi. 

3.  Yaxna  taom  sifatida  ko`proq  turli  xil  sabzavotlardan  (bodring,  pomidor,  yangi 

karam,  sabzi,  qizil  lavlagi  va  hokazo)  ko`kat  qo`shib  tayyorlangan  salatlardan 

foydalaniladi.  Salatning  mazasini  yanada  yaxshilash  uchun  unga  yangi  yoki 

quritilgan  meva  (olma,  qora  olxo`ri,  mayiz)  qo`shish  mumkin.  Salatlarga  faqat 

o`simlik moyi (makkajo`xori, kungaboqar, zaytun) qo`shiladi. 

4. Maktabgacha ta`lim muassasalarida birinchi taomlarning turi keng bo`lishi bilan 

birga  ular  tarkibiga,  karam  sho`rva  hamda  turli  xil  go`sht,  baliq  va  tovuq 

qaynatmalarida tayyorlangan sho`rvalar kiritilishi lozim. Bundan tashqari, birinchi 

taomlar  tarkibiga go`shtsiz,  jumladan, sabzavotli,  yormali,  frikadelkali  sho`rvalar, 

yorma  oshlar,  shuningdek,  sutli  va  mevali  suyuq  oshlar  kiritilishi  kerak.  Biroq 

ovqat  ratsionining  hozirgi  davr  talabiga  mos  kelishini  hisobga  olganda,  go`sht 

qaynatmasida  tayyorlangan  birinchi  taomlar  ratsion  ga  hafta  davomida  uch 

martadan  ortiq  kiritilmagani  ma`qul.  Haftaning  qolgan  kunlari  go`shtsiz  va  sutli 

suyuq ovqatlar berilishi lozim. 

5.  Ratsionga  ikkinchi  taom  sifatida  kotlet,  bitochka,  gulyash,  qaynatilgan, 

dimlangan  va  boshqa  shu  kabi  ko`rinishdagi  go`sht  yoki  baliqdan  tayyorlangan 

taomlarni,  shuningdek,  go`shtli,  go`shtli-sabzavotli,  go`shtli-yormali  taomlarni 

kiritish  tavsiya  etiladi.  Garnir  tayyorlashda,  kartoshka,  sabzavotlar,  yorma  va 

makaron mahsulotlaridan foydalaniladi. Murakkab garnir sifatida yorma va turli xil 

sabzavotlar berilishi mumkin. 

6. Tushlikda ichimlik sifatida meva va quritilgan mevalardan tayyorlangan kompot 

yoki  kisel  berilishi  mumkin.  Shuningdek,  qadoqlangan  meva  va  sabzavot 

sharbatlari, na`matak ichimligi berilishi tavsiya etiladi. 

7.  Ertalabki  nonushta  va  kechki  ovqat,  odatda,  yaxna  taom,  issiq  taom  va  issiq 

ichimliqtsan  iborat  bo`ladi.  Yaxna  taom  sifatida  pishloq  (pishloqli  buterburod), 



 

37 


salat,  portsiyali  sabzavotlar,  meva,  yangi  sabzavot  va  mevalardan  tayyorlangan 

salatlar beriladi. 

8. Albatta, ertalabki nonushta va kechki ovqatga issiq taom sifatida—sutli, baliqli, 

tvorogli, tuxumli yoki yormali taomlardan kiritilishi zarur. Bolalarga ko`proq turli 

hil  sutli  bo`tqalar,  sabzavot  yoki  mevalar,  sabzavotli  taomlar  (dimlangan  karam 

yoki  qizil  lavlagi,  sutli  suosli sabzi,  sabzavot  ikralari  va  boshq.),  toblab  qizartirib 

pishirilgan  taomlar,  yorma  va  sabzavot  kotletlari,  tvorogli  taomlar,  baliq  yoki 

tuxumdan  tayyorlangan  taomlar,  shuningdek,  yormali-sabzavotli  aralash  taomlar 

(sabzavot  va  guruchli  golubtsi,  qayla  bilan  sabzi,  kartoshka  yoki  karam  kotleti, 

singdirib  qizartirib  pishirilgan  taomlar),  asosiy  issiq  taom  sifatida  baliq  (qaynatib 

dimlangan, qaynatilagan yoki dimlangan holda) berilishi mumkin. Hafta davomida 

bir-ikki marta sosiska yoki sardelka berilsa bo`ladi. 

9.  Ichimlik  sifatida  ertalabki  nonushtaga  —  sutli  kakao,  qahva  (tarkibida  kofe  va 

kofein bo`lmagan), sut, sutli choy, kechki ovqatga — sut, qatiq, choy, sutli choy, 

limonli  choy  berilishi  tavsiya  qilinadi.  Ertalabki  nonushta  va  kechki  ovqatga 

o`simlik damlamalaridan (na`matak kabi) tayyorlangan choy, kechki ovqatga yangi 

yoki quritilgan mevalardan tayyorlangan kompotlar berilishi mumkin. 

10. Ikkinchi tushlik, asosan, ikki taomdan: sut mahsuloti (nordon sut ichimligi) va 

yog`, tuxum, sut hamda shirinliklar solib tayyorlangan bulochka mahsulotlari yoki 

unli qandolat mahsulotlari (pechene, suxari, vafli)dan iborat bo`ladi. Ikkinchi tush- 

likka  turli xildagi  meva  yoki  rezavor  mevalar berilsa,  maqsadga  muvofiq bo`ladi. 

12 soatlik ta`lim muassasasida tarbiyalanuvchi bolalar uchun (agar ular uch mahal 

ovqatlantirilsa)  ikkinchi  tushlikda  qo`shimcha  sabzavotli  yoki  yormali  taom, 

masalan,  qizartirib  toblab  pishirilgan  taom,  puding,  tvorog  va  tuxumdan 

tayyorlangan taomlar berilishi lozim. 

11.  Kechki  ovqat,  odatda,  sutli,  yormali,  sabzavotli,  tvorogli  taom  va  tuxumli 

taomdan  iborat  bo`ladi.  24  soatlik  ta`lim  muassasasida  tarbiyalanuvchi  bolalar 

uchun  ikkinchi  tushlikda  sutli  ichimlik  berilishi  tavsiya  qilinmaydi,  balki  ushbu 

ichimlikni  bola  uyquga  yotishdan  oldin  (non,  bulochka,  olma,  pechene  kabilar 


 

38 


bilan  birga)  beshinchi  ovqatlanish  sifatida  berilgani  ma`qul.  Bunday  holatlarda 

ikkinchi tushlikda sharbat yoki darmondoriga boyitilgan ichimliklar beriladi. 

Bolalar  ovqatini  tashkil  etishda,  ratsionga  kiritiladigan  taom,  kulinariya  va 

qandolat  mahsulotlarining  ozuqaviy  qiymati  «Oziq-ovqat  mahsulotlarining 

kimyoviy  tarkibi»  ma`lumotlar  to`plamiga  hamda  «Taom,  kulinariya,  qandolat va 

bulochka  mahsulotlarining  kimyoviy  tarkibi»  jadvalida  keltirilgan  texnologik 

me`yorlarga asoslanib aniqlanadi. 

        Ovqat  ratsionining  ozuqaviy  va  energetik  qiymati  taomnoma-  taqsimotga 

asoslanib hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilotlar 

tomonidan  etkazib  berilgan  qadoqlangan  oziq-ovqat  mahsulotining  ozuqaviy  va 

energetik qiymati ko`rsatilishi lozim. 

        Oziq-ovqat 

mahsuloti 

tarkibidagi 

mineral 

moddalar 

va darmondorilar miqdorini to`g`ri baholash. 

        Oziq-ovqat mahsuloti tarkibidagi mineral moddalar va darmondorilar miqdori 

qadoqlangan  idishda  qayd  etilmagan  bo`lsa,  u  holda  «Taom  va  kulinariya 

mahsulotlarining  kimyoviy  tarkibi»  hamda  «Oziq-ovqat  mahsulotlarining 

kimyoviy tarkibi» ma`lumotlar to`plamida keltirilgan jadvallar asosida hisoblanadi. 

Shuningdek, taom va kulinariya mahsulotlariga ishlov berishda, mahsulotning oziq 

modda  va  energetik  qiymatini  yo`qotishini  aniqlash  ham  ushbu  ma`lumotlar 

to`plami va unda keltirilgan jadvallar asosida amalga oshiriladi. 

Texnologik xaritalar kartotekasi. 

        Har  bir  maktabgacha  ta`lim  muassasasida  bolalar  ovqati  ratsioniga 

kiritilayotgan  barcha  taom  va  kulinariya  mahsulotlarining  texnologik  xaritadan 

iborat bo`lgan kartotekasi bo`lishi lozim. Texnologik xaritaga taom yoki kulinariya 

mahsuloti  uchun  sarflanadigan  mahsulotlar  to`plami  (taom  yoki  kulinariya 

mahsuloti uchun sarflanadigan mahsulotlarning chigitli va chigitsiz miqdori hamda 

tayyor taom va kulinariya mahsulotining sof vazni aks etgan), shuningdek, taom va 

kulinariya mahsulotining tayyorlanish texnologiyasi kiritilishi lozim. 



 

39 


      Texnologik xaritada mahsulotlarning ozuqaviy va energetik qiymatlari, albatta, 

ko`rsatilishi  shart.  Shunda,  texnologik  xarita  yuritilishining  afzalligi,  bir  taomni 

ikkinchi  bir  taom  bilan  almashtirishga  to`g`ri  kelsa,  har  ikki  taomning  tarkibi  va 

energetik qiymatining muvofiqligini solishtirishda qo’lay bo`ladi. 

      Bola  yoshligida  etarli  miqdorda  darmondori  iste`mol  qilmasligi,  uning 

salomatligi  salbiy  holatga  tushishining  eng  asosiy  sabablaridan  biridir.  Ya`ni 

bolaning  sog`lig`i  yomonlashib,  turli  kasalliklarga  chalinishi  va  organizmning 

fizologik  rivojlanishi  susayishi  mumkin.  Darmondorilar  etishmasligi,  asosan,  kuz 

va bahor fasllarida vujudga keladi. Bunda bolalarning e`tiborliligi va o`zlashtirish 

qobiliyatlari susayadi. 

      Mineral moddalarning bola organizmiga ta`siri 

      Mineral  moddalar  etishmasligi  xavfi  darmondori  tanqisligidan  kam  emas. 

Shuning  uchun  bolalar  yoshiga  qarab,  jadvalda  belgilangan  kunlik  ehtiyojlari 

qondirib borilishi lozim.  

      Bolalar organizmining bir kunlik ehtiyojiga ko`ra, tavsiya etiladigan makro va 

mikroelementlar miqdori (mg hisobida) 

Bolaning 

Yoshi 


Kal` 

tsiy 


Fos 

for 


Mag 

niy 


Te 

mir 


Rux  Mis 

Yod  Selen  Xrom 

1-3 

Yoshli 


800 

800 


150 

10 


0,34  60 

20 

11 


4-10 

900- 


1350- 

200- 


10- 

0,44-  70- 

30- 

15- 


. yoshli 

1100 


1650 

250 


12 

10 


0,6 

100 


40 

20 


 

        Kal`tsiy  —  organizmda  suyak  va  mo`shak  to`qimalarining  asosiy  tarkibiy 

qismi  hisoblanadi.  Bola  organizmida  kal`tsiy  bilan  fosfor  tuzi  hamda  D,  S  va  V 

guruhlariga 

mansub 

darmondorilari 



etishmasligi 

suyakning 

noto`g`ri 

rivojlanishiga,  raxit,  tish  kariesi  va  markaziy  asab tizimi  faoliyati buzilishiga  olib 

keladi. 


 

40 


        Magniy  —  moddalar  almashinuvida yurak  faoliyatiga,  organizmdan ortiqcha 

xolestirin  moddasi  chiqarishda  muhim  vazifani  bajaradi.  Magniy  moddasi 

etishmasligi 

organizmda 

asab 

to`qimalarining 



bezovtaligiga, 

immunitet 

pasayishiga, turli xil teri kasalliklariga olib keladi. 

        Temir  moddasi  —  to`qima  va  hujayralarga  kislorodni  etkazadi,  qon 

tarkibidagi gemoglabinning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Organizmda  murakkab 

oksidlanish  va  moddalar  almashinuvi  jarayoni  temir  ishtirokida  sodir  bo`ladi, 

shuningdek,  fermentlar  sintezida  ishtirok  etadi.  Temir  moddasi  hamda  S  va  V 

guruhi  darmondorilari  etishmasligi  kamqonlikka,  mo`shaklar  susayishiga,  tez-tez 

kasallanishga, shuningdek, bola organizmi aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada 

qolishiga olib keladi. 

                Hamshiraning lavozim yo`riqnomasi 

1. Umumiy qoidalar 

1.1. Hamshira kichik tibbiyot xodimi hisoblanadi, uning lavozimiga tayinlanishi va 

bo`shatilishi muassasa rahbari tomonidan amalga oshiriladi. 

1.2.  Hamshira  lavozimiga  o`rta  tibbiy  ma`lumotga  ega  bo`lgan  hamda  uch  yildan 

ortiq tibbiy ish stajiga ega bulgan shaxs saylanadi. 

1.3. Hamshira muassasa rahbariga bo`ysunadi. ' 

1.4.  Hamshira  xizmat  vazifasiga  ko`ra,  maktabgacha  ta`lim  muassasasida 

ovqatlantirishni  tashkil  etish  yuzasidan  ishlab  chiqilgan  qonun  va  me`yoriy 

hujjatlarga, asosan, ish yuritadi. 

               Hamshira quyidagilarni bilishi shart

-bolalarning  hayot  xavfsizligini  muhofaza  qilish  bo`yicha  qo`llanma  va  yo`l-

yo`riqlarni; 

-muassasaning 

ishi 

yuzasidan 



sanitariya 

va 


sanitariya-epidiomiologiya 

me`yorlarini; 

-ovqatlantirishni tashkil etishga qo`yilgan talablarni; 


 

41 


-bolalarning rivojlanish fiziologiyasi, sanitariya va gigiena talablarini; 

-ichki mehnat tartib-qoidalarini. 



Download 292.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling