O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 292.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana21.08.2020
Hajmi292.11 Kb.
#127138
1   2   3   4   5
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirishning oziga xos xususiyatlari


               Hamshira: 

-muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan ish jadvali asosida faoliyat yuritadi; 

-muassasani  ovqatlantirishni  tashkil  etishga  oid  ma`lumotlar  bilan  o`z  vahtida 

ta`minlab boradi; 

-muassasa rahbarining ko`rsatmalarini bajaradi hamda unga ish jarayonida vujudga 

kelgan muammolar bo`yicha axborot berib turadi; 

-muassasa  rahbariga  oshxonada  taom  tayyorlash  jarayonida  hamda  oziq-ovqat 

mahsulotlari  ta`minotida  uzulishlar  bilan  bog`liq  bo`lgan  favqulotda  vaziyatlar 

yuzasidan axborot berib turadi. 

 2. Hamshiraning vazifasi (majburiyati) 

 2.1. Boshqaradi: 

-barcha oshxona xodimlarini; 

-taom tayyorlashning texnodogik jarayonini. 

2.2. Nazorat qiladi

-muassasa  oshxonasi  va  oziq-ovqat  omborxonasida  sanitariya-gigiena  qoidalariga 

amal qilinishini; 

-oziq-ovqat  mahsulotlari  sifatini,  saqlanish  qoidalariga  amal  qilinishi  hamda 

iste`molga berilishini; 

-tayyorlangan taomlar sifatini; 

-mahsulotlarni  taomlarga  to`g`ri  taqsimlanishi  va  taom  vaznini,  mahsulot  hamda 

taomlar berilishini; 

-taomlar portsiyasini belgilangan vazn me`yorlariga muvofiqligini; 

-tayyorlangan  taom  sifatini,  mahsulotlarning  belgilangan  me`yorlar  asosida 

sarflanishini; 


 

42 


-guruhlarni belgilangan jadval asosida ovqat olishlarini; 

-kunlik sinama olish uchun ajratilgan idish holatini va nomlanishini. 



Hamshiraning har kuni bajaradigan ishi

-xom  va  pishirilgan  mahsulotlarni  brokeraj  daftariga  qayd  etib  borish  hamda 

taomnoma-talabnomasi  bilan  taqqoslash,  shuningdek,  taomnomadagi  sarflangan 

mahsulotlarni brokeraj daftari bilan solishtirish; 

-bolalarning  ovqatlanish  tabellarini  hamda  taomlar  kartotekasini  yuritish,  o`z 

vaqtida to`ldirib borish; 

-guruhlarda bolalar ovqatlantirilishini nazorat qilish. 

2.4.  Asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlarini  me`yor  bo`yicha  ta`minlanishi  yuzasidan 

dekada kesimida hisobot yuritish. 

2.5.  Taomlarning  yig`ma  hisobotidan  ovqat  ratsioniga  kiritilgan  oziq-ovqat 

mahsulotlarini  tarkibiy  qismi  va  energetik  qiymatini  doimiy  ravishda  tahdil  qilib 

borish. 


2.6.  Tayyorlangan  taomlarni  tarqatishdan  oldin  sinama  olish,  organoleptik  usul 

asosida baholab, jurnalga qayd etish hamda taomlardan olingan sinamayaarni talab 

etilgan darajada saqlanishini ta`minlash. 

2.7. Ombor Mudiri va bosh oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzish. 

2.8. Ota-onalar va xodimlar bilan sanitariya-ma`rifiy ishlar olib borish. 

       3. Hamshiraning huquqi 

3.1.  Oshpazlar  tomonidan  taom  tayyorlash  texnologiyasiga  amal  qilinmaganda 

yoki ular .o`z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashganlarida, ma`muriyat 

oldida chora ko`rish va jazolashni taklif qiladi. 

3.2.  Oziq-ovqat  mahsulotlari  ta`minotida  uzilish  bo`lganda,  taomnomaga 

o`zgartirish (taomni almaiggirish) kiritish. 

3.3. Muassasa rahbariga o`zining majburiyati va huquqi doirasida talab qo`yish. 



 

43 


3.4. Uzining malakasini oshirish. 

3.5. Qonunda ko`rsatilgan boshqa huquqlardan foydalanish. 



Ombor mudirining lavozim yuriqomasi 

I. Bajaradigan ish tavsifi 

1.  Oziq-ovqat  mahsulotlarini  tushirish  va  yuklash  ishlarini  boshqarishni,  ombor 

ichida  ularni  joylashtirish  me`yorlarini,  texnika  xavfsizligi,  mehnatni  muhofaza 

qilish  yo`riqnoma  va  qoidalarini,  sanitariya-epidemiologiya  qoidalarini  hamda 

maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirish me`yorlarini. 

2.  Mahsulotlardan  bo`shagan  idishlarni  saqlash  va  o`z  vaqtida  ta`minlovchi 

korxonalarga qaytarish. 

3.  Har  kuni  taomnoma  tuzishda  ishtirok  etish  hamda  oziq-  ovqat  mahsulotlari 

uchun buyurtmalar berish. 

4.  Kunli  taomnomada  belgilangan  barcha  turdagi  oziq-ovqat  mahsulotlarini  bosh 

oshpazning imzosi asosida omborxonadan oshxonaga berish. 

5.  Ta`minotchi  korxonadan  berilgan  mahsulotlarni  yuk  xatiga  mosligini  tekshirib 

tortib olish, sifatini nazorat qilish, saralashni. 

6.  Mahsulotlarning o`z  vaqida sarflanishini  nazorat  qilish; sifati  tez buziluvchi va 

uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlarni to`g`ri saqlash; omborxonaning sanitariya 

holatini  ta`minlash;  jihozlar,  inventarlar  va  yong`inga  qarshi  vositalar  mavjudligi 

hamda sozligini ta`mindash. 

7. Moddiy boyliklarni yo`qlamadan o`tkazishda qatnashish. 

Bir bola uchun belgilangan kunlik me`yorga mos ravishda buyurtma berish. 



II. Ombor mudiri bilishi lozim 

1. Sanitariya-epidemiologiya qoidalarini. 

2. Ombor xo`jaligini yuritish qoidalarini. 

3. Tushirish-yuklash ishlarini tashkil etishni. 



 

44 


4. Omborxonadagi mahsulotlar hisob-kitobini yuritish, saqlash, kirim-chiqim qilish 

qoidalarini va ularga oid hujjatlar yuritishni. 

5.  Ovqat  mahsulotlarini  saqlash  tartib-qoidalarini  hamda  ularni  yuklash  va 

tushirishda, urinib qolshpiga yo`l qo`ymaslikni. 

6.  Ovqat  mahsulotlarining  o`z  vaqtida  sarflanishini  nazorat  qilishni,  sifati  tez 

buziluvchi  hamda  uzoq  mudtsat  saqlanadigan  mahsulotlar  saqlanishini, 

omborxonaning sanitariya holatini. 

Mahsulotlarning  sifat  xarakteristikasini  (ko`rinishi,  navlari),  saqlanish  va 

foydalanish muddatlarini. 

Maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirish me`yorlarini. 

Ichki mehnat intizomiga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi 

va yong`indan himoyalanish qoidalarini bilishi. 



Javobgarligi 

--Maktabgacha ta`lim muassasasining nizomi va ichki mehnat intizomi qoidalarini 

uzrsiz  sabablarga  ko’ra,  bajarmaganda  yoki  buzganda,  shuningdek,  muassasa 

rahbari  tomonidan  qonun  doirasida  talab  etilgan  ko`rsatmalarni  bajarmaganda, 

lavozim majburiyatida ko`rsatilgan yo`riqnomaga amal qilmaganda; 

--Mussasada  yong`in  xavfsizligi  va  mehnatni  muhofaza  qilish  qoidalari  hamda 

ovqatlantirishni tashkil etishning sanitariya- gigiena talablariga rioya qilmaganda; 

--Hamshira  lavozim  majburiyatini bajarish  jarayonida  yoki  bajarmasligi  oqibatida 

muassasaga ziyon yoki modtsiy zarar etkazilganda; 

--O`zining  xatti-harakatlari  bilan  muassasaga  yoki  bolalar  mulkiga  zarar 

etkazganda,  O`zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  asosida  javobgarlikka 

tortiladi. 



Oshpazning lavozim yo`riqnomasi 

I. Bajaradigan ish tavsifi 

 

45 


1.  Turli  yoshdagi  bolalar  uchun:  sutli  suyuq  va  quyuq  taomlar;  turli  yormalardan 

suyuq,  yarim  quyuq  va  sochiluvchan  bo`tqalar;  qaynatilgan,  dimlangan,  bug`da 

pishirilgan,  pyurelar  va  boshqa  sabzavotli  taomlar;  sabzavotli,  mevali,  mevali-

sabzavotli va go`shtli- sabzavotli salatlar hamda venegretlar tayyorlash. 

2.  Go`sht  va  tovuq  go`shti  qaynatmalarini  tayyorlash,  go`shtsiz,  bo`tqasimon, 

yaxna taomlar hamda suyak qaynatmasida sho`rvalar tayyorlash. 

3.  Turli  xil  jazlamalar;  tomat,  smetana,  sutli  va  mevali  qaylalar;  teftel,  kotlet, 

gulyash  va  boshqa  go`sht,  tovuq  hamda  baliqdan  tayyorlangan  taomlar; 

yormalardan  singdirib  pishirilgan  taomlar;  sabzavot  bilan  go`shtli,  tuxum  va 

tvorogli;  sutli  va  tuxumli  taomlar;  issiq  va  yaxna  ichimliklar;  meva  va  sabzavot 

sharbatlari,  meva  qaynatmalari,  kisel,  kakao  va  boshqa  uchinchi  taomlar 

tayyorlash. 

4.  Har  turdagi  xamirni  qorish  va  undan  bulochka,  pirojki  oladi,  vatrushka  va 

boshqa kulinariya maheulotlarini tayyorlash. 

5.  Bolalarni  yoshlariga  muvofiqravishda,  ilk  yoshli,  o`rta  yoshli  hamda  tayyorlov 

guruhi bolalari uchun taomlarni portsiyalarga bo`lish va tarqatish. 

6. Har kuni taomnoma tuzishda ishtirok etish. 

7.  Oziq-ovqat  mahsulotlarini  belgilangan  tartibda  saqlash  va  taomnoma  asosida 

to`g`ri sarflanishini ta`minlash. 

          Ko`z  qorachig`imizdek  asraydigan  farzandimizni  ertalab  bog`chaga, 

tarbiyachi  opalar  qo`liga  topshirgach,  o`z  yumushlarimizga  sho`ng`ib  ketamiz-u 

baribir  xayolimiz  bolada  bo`ladi:  qorni  to`yib  ovqatlanayaptimi,  och 

qolmadimikan?  Kechki  payt  uyga  olib  qaytayotib  «Bog`chada  nima  eding?»,  deb 

so`rasangiz,  «kasha»  deb  javob  beradi.  Bola  go`yo  «bahodirlar  bo`tqasi»dan 

egandek ovqatdan bosh tortadi.  

          Bog`chada  10  kunlik  taxminiy  taomnoma  ishlab  chiqilgan  va  bu  davrda 

asosiy  ovqatlarni  takrorlamaslikka  harakat  qilamiz.  Bolaning  uglevod,  oqsil, 

yog`larga  bo`lgan  kunlik  ehtiyojiga  qarab  taomnoma  tuziladi.  Taomnomani 



 

46 


tuzishda 

mavsum 


ham 

hisobga  olinadi. 

Masalan, 

qishda  shamollash 

kasalliklarining  oldini  olish  uchun  S  vitaminiga  boy  tsitrus,  quruq  mevalar 

kiritiladi. Yozda kun uzoqligi va havo issiqligi hisobga olinib, ikkinchi nonushtaga 

sersuv  mevalar,  kefir,  sharbatlar,  tarvuz  beriladi.  Bolalar  ovqati  bog`cha 

oshxonasida  tayyorlanadi  va  buning  uchun  har  kuni  yangi  mahsulot  keltiriladi. 

Masalliqlar  o`ziga  xos  tartibda  dimlab,  qaynatib  pishiriladi,  qovurma  taomlar 

berilmaydi.  Bolada  taom  turlari  bo`yicha  tushuncha  shakllanayotgani  uchun 

shirguruchni ham, mosh-guruchli ovqatni ham «kasha» deb ataydi. Vaholanki, sutli 

bo`tqalar  turlicha,  guruchli,  manniy  yormasi  yoki  gerkulesli  bo`lishi  mumkin. 

Taomlarni  farqlay  bilishlari  uchun  ovqatlantirayotganda  ularga  «bugun  oshqovoq 

solingan  sutli  bo`tqa  eymiz»,  «tushlikka  birinchi  ovqatimiz  guruchli  sabzavotli 

sho`rva»  tarzida  ma`lumot  berib  borish  yo`lga  qo`yilgan.  Bu  orqali  bola  taom 

tanlash borasida o`z xohishlarini bayon qilishni ham o`rganadi.  10,5 soatlik va 12 

soatlik  bog`chalarda  3-4  mahal  ovqatlanish  uchun  taomnoma  turlicha  tuzilsa-da, 

bolaning yosh xususiyatlari, vitamin va mikroelementlarga bo`lgan ehtiyoji bir xil 

hisobga  olinadi.  3  yoshgacha  bo`lgan  bolalar  uchun  kunlik  norma  1540  kkal,  5-6 

yoshgacha bolalarga 1900 kkal kaloriya etarli bo`ladi.  Bola organizmi juda nozik. 

Sanitar-epidemiologik  qoida  va  me`yorlar  asosida  tuzilgan  taomnoma  bola 

organizmi  uchun  xavfsiz  ham  bo`lishi  kerak.  Bog`cha  taomnomasini  tuzishda 

bolada  qandli  diabet,  oziq-ovqat  mahsulotlariga  ta`sirchanlik  (allergiya)  yoki 

fermentativ  buzilishlar  bor-yo`qligi  qat`iy  inobatga  olinadi.  Baliqdan  taom 

tayyorlaganda  uni  ikki  marta  go`shtqiymalagichdan  chiqarib,  suyaklari  o`tib 

ketmasligi  qattiq  nazorat  qilinadi.  Yog`da  qovurilgan  xamirli  taomlar,  dudlangan 

go`sht, sifati noma`lum  mahsulotlarga ham bog`cha oshxonasida o`rin yo`q.  Jajji 

bolajonlarimiz  bog`cha  oshxonasida  «Yoqimli  ishtaha!»,  «Mazali  taom  uchun 

rahmat!», deb aytishni o`rganishyapti. Bola to`g`ri ovqatlanish, umuman, sog`lom 

hayot tarzini aynan bog`cha yoshidan o`rganib borsa, bu uning kelajakda sog`lom 

fikrli, jismonan barkamol bo`lib voyaga etishiga xizmat qiladi.  Bolalar bog`chasi 

taomnomasini  o`rganish  chog`ida  yana  bir  narsa  e`tiborimni  tortdi,  ya`ni 

bog`chaga 

qatnaydigan 

bolalarda 

qondagi 


gemoglobin 

miqdori 


uyda 

 

47 


tarbiyalanayotgan bolanikiga nisbatan yuqori ekan. Bu holatga bog`cha mudiralari 

va  bolalar  shifokorlari  ko`p  marta  guvoh  bo`lishgan.  «Tibbiy  ko`rik  natijalariga 

ko`z  yugurtirar  ekanman,  guruhga  yangi  kelgan  bolani  qon  tahliliga  qarab  ajratib 

olaman»,  deydi  bog`cha  mudiralaridan  biri.        Ertalabki  nonushtaga  etiltirib 

pishirilgan  sutli  bo`tqalar  (grechkali,  oshqovoqli,  gerkules,  manniy  yormasi, 

vermishel bilan), tushlikka  qaynatilgan  yormalar,  kartoshka pyuresi,  engil xamirli 

taomlar,  qiyma  go`shtdan  tayyorlangan  quyuq  ovqatlar,  lavlagi  solingan  karam 

sho`rva,  dimlab  pishirilgan  palov,  bolalarbop  salatlar,  meva-sabzavotlar,  kechki 

ovqatga  engil  bo`tqalar,  pechen`e,  meva  pyurelari,  keks,  pryaniklar  kiritilgan 

bog`cha taomnomasi bilan tanisha turib, xayolga bir o`y keladi: dam olish kunlari 

onalarning  o`zlari  ham  bolasini  shunday  foydali  taomlar  bilan  siylarmikan  yoki 

tayyor ugra bilan aldab qo`yadimi?             

         Ko`plab  onalar  farzandi  ovqat  emasligi,  ishtahasi  yo`qligidan  nolib  qoladi. 

Biroq  taniqli  psixolog  Nayjell  Latta  fikricha,  bolalarni  oziqlantirish  bilan  bog`liq 

har qanday muammoni hal etishda quyidagi oltin qoidalarga rioya qilish kifoya: 

Och bolalar ovqat eydi.  Hadeb tumshug`iga ovqat tiqishtiriladigan erkatoy bolalar 

hech  narsa  emaydi,  biroq  och  bolalar  eydi.  Organizm  «yoqilg`i»  zaxiralarini  eb 

tugatgach,  oshqozon  miyaga  signallar  yubora  boshlaydi.  Tantiq  bolani  ovqat 

eyishga  majbur  qilishning  yagona  yo`li —  uni och  qoldirish.  Buning uchun biroz 

kutish  zarur.  Farzandingizga  bir  qoshiq  bo`tqa  tutayotganingizda,  u  uni  eyishdan 

avval  yigirma  marta  yuz  o`girishiga  tayyor  turing.  Ko`plab  tadqiqotlar  va 

kuzatuvlar  yosh  bolalar  o`zini  aynan  shunday  tutishini  isbotladi.  Bolani  yangi 

turdagi  mahsulotga qiziqtirish uchun,  unga  buni  17—20  marta  taklif  qilib ko`rish 

kerak. 


       Buning  uchun  ota-ona,  albatta,  sabrli  va    xotirjam  bo`lgan  holda,  o`z  so`zida 

qat`iy  tura  olishi  ham  kerak.  Biroq,  shu  bilan  birga,  majburlash  ham  kerak 

emas.Bolalarni o`z oshqozoniga quloq tutishga o`rgatishimiz zarur. 

 

 



 

 

48 


Xulosa 

 

  Har qanday millatning asosiy boyligi-bu bolalar salomatligi. Farzandlarimiz 



salomatligini  muhofaza  qilish,  millat  kelajagini  muhofaza  qilish  bilan  barobar. 

Bolalar  salomatligi,  barkamol  insonning  kamol  topishida  muhim  o`rin  tutadi. 

Umrning shu pallasida shakllangan mustahkam sog`liq hayotimiz so`nggiga qadar 

bizga  hamroh  bo`ladi.  Taraqqiyot  va  texnika  asrida    faqatgina  ruhan  hamda 

jismoniy  sog`lom  insonlargina  omon  qolib,  hayotda  nimagadir  erishadi.  Bunga 

zamin  yaratishda,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  ta`lim-tarbiya  olishlari 

jarayonida ularni to`g`ri ovqatlantirish nihoyatda muhimdir.  

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  to`g`ri  ovqatlantirishga  qo`yiladigan  asosiy 

talab,  eng  avvalo,  rivojlanib  borayotgan  bola  organizmining  ulg`ayishi  va 

rivojlanishini to`liq  ta`minlashdan iborat. Bolalar ovqati ratsionini shakllantirishda 

asosiy ovqat mahsulotlari, ya`ni oksillar, yog`lar va uglevodlar ovqat tarkibida bir-

biriga  to`g`ri  nisbatda  bo`lmog`i  lozim.  Anna  shu  moddalar  ovqat  tarkibida  etarli 

va  zarur  miqdorda  bo`lganda,  organizmning  oziq-ovqat  mahsulotlariga  hamda 

biologik  birikmalarga  bo`lgan  ehtiyoji  to`liq  qondirilgan  bo`ladi.  Bolalar  ovqatini  

to`g`ri  tashkil  etish  bolalar    muassasalari  rahbarlari  va  ma`sul  xodimlarining   

asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.   

Bolalar  ovqatini  tashkil  etishda,  eng  avvalo,  kunlik  me`yorlarda  belgilangan 

ozik-ovqat  maxsulotlarini  ratsionga  to`g`ri  kiritishdir.  Buning  uchun  birinchi 

urinda,  bola  organizmining  fiziologik  extiyojlarini  qondiruvchi,  oziq  moddalarga 

boy,  yuqori  quvvatli  bulgan  asosiy  oziq-ovqat  maxsulotlarini  kunlik  ratsionga 

kiritish zarur. 

Bolalarni  maktabgacha  ta`lim  muassasasi  va  oila  sharoitida  ovqatlantirish  bir-

biriga  mos  ravishda  amalga  oshirilishi  lozim.  Buning  uchun  uyda  bog`chadagi 

ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada xamshira tomonidan 

xaftalik  taomnoma  (9-10.5  soatlik  guruxlar  faoliyat  yuritadigan  maktabgacha 

ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi. 



 

49 


      Shu  vaqtning  o`zida  xaftalik  taomnomaga  mos  ravishda,  kechki  ovqat  uchun 

tavsiya  sifatida  aloxida  xaftalik  taomnoma  tuzilib,  ota-onalar  burchagiga  ilib 

qo`yilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Shuningdek,  ota-onalar    bog`chadagi  kunlik 

taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga 

mos  ravishda  kechki  ovqatni  tashkil  etishlari  ham  mumkin  Bundan  tashqari 

tarbiyachi  va  bog`cha  xamshirasi  tomonidan  ota-onalarga  kechki  ovqatga 

(shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha 

taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi. 

   Maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  ota-onalar  bilan  suhbat  o`tkazib,  bolani 

bog`chaga  olib  kelishlaridan  oldin,  ya`ni  ertalab  ovqatlantirmasdan  olib  

kelishlarini ogoxlantirib  qo`yish lozim. Bola ertalab uyda ovqatlansa, avvalombor, 

ovkatlanish  tartibi  buziladi,  qolaversa,  bog`chaga  kelganda,  ishtaxasi  susayib, 

yaxshi nonushta qilmaydi. 

    Bolani  bog`chaga  juda  erta,  ya`ni  ertalabki  nonushtadan  1-2  soat  oldin  olib 

kelishga  to`g`ri  kelsa,  u  holda  uyda  engil  nonushta(choy,  kakao,  sharbat,  meva 

yoki buterbrod) berish mumkin. 

   Bolaning  maktabgacha  ta`lim 

muassasasiga  ko`nikish  davrida  uning 

ovqatlanishiga  alohida  e`tibor  berish  zarur.  Bola  oila  tarbiyasidan  bog`cha 

tarbiyasiga o`tishida, bolalar utrasida deyarli xar doim ma`lum ruxiy qiyinchiliklar 

kuzatiladi. 

     Bola qancha yosh bulca, bogcha sharoitiga kunikishi shuncha kiyin buladi. Bu 

davrda  bolaning  ishtaxasi  bug`iladi,  yaxshi  uhlamaydi,  asabi  buziladi, 

organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyati susayadi. Bu vaqtda bolalarni 

to`g`ri ovqatlantirish ularning tezroq bog`cha sharoitiga ko`nikishiga bog`likdir. 

     Bola  bog`cha  sharoitiga  kirib  kelishdan  oldin  ota-onalar  tomonidan  bog`chada 

kuproq tayyorlanadigan taomlar bilan tanishib borish hamda ushbu taomlarni uyda 

tayyorlab  (  asosan,  bola  uyda  iste`mol  qilmagan  taomlarni),  bolani  iste`mol 

qilishiga ko`niktirib borishlari tavsiya qilinadi.Ko`nikish davrining boshlarida bola 

uzi eyishni bilmasa yoki xoxlamasa, tarbiyachilar tomonidan ovqatlantirib qo`yish 

lozim. 


 

50 


            Ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etishda, muassasa xodimlarining eng asosiy 

vazifalaridan  biri  oshxonaga  hamda  taomlarni  tayyorlash  va  saqlashga  qo`yilgan 

sanitariya-gigiena  talablariga  rioya  qilishlaridir.  Bu  talablarga  rioya  qilinmasa, 

bolaning  sog`ligiga  jiddiy  ta`sir  ko`rsatishi,  jumladan,  ovqatdan  zaxarlanish,  turli 

kasalliklarga chalinish xolatlari sodir etilishi mumkin. 

            Muassasada  maxsulotlarni  alohida  (  go`sht,  baliq,  sut  va  hokazo)  tartibda 

saqlanishi talab qilinadi . Shuningdek, gusht va baliq yarim tayyor ma`hsulotlari ( 

go`sht  va  baliq  qiymalari)ni  xattoki,  muzlatgichda  saqlashga  ru`hsat  etilmaydi. 

Go`sht  va  baliq  ma`hsulotini  faqat  kulinariya  ishlovi  berishdan  oldin  qiyma 

holatiga keltirish mumkin.  

          Turli  hildagi  oziq-ovqat  mahsulotlariga  issiqlik  ishlovi  (kovurish  shkafida) 

berishda,  ularning  pishirish  uchun  belgilangan  harorat  va  ishlov  berish 

muddatlariga  amal  qilish  lozim.  Qovurish  shkafidagi  xarorat  220 S  dan  past 

bo`lmasligi  kerak.  Qaynatilgan  go`shtdan  ikkinchi  taom  tayyorlansa,  albatta, 

ikkinchi issiqlik ishlovi berilishi talab etiladi. 

           Har  kuni  oshxonada  ish  tugatilgandan  so`ng,  xonalarni  orasta  kilib 

yig`ishtirib  qo`yishlari  lozim.  Buning  uchun  yig`ishtirish  vaqtida  kiyishga 

muljallangan  maxsus  kiyimlar  (  xalat,  fartuk  va  boshq.)  bo`lishi  kerak.  Har  oyda 

bir  marta  asosiy  yig`ishtirish-tozalash ishlarini  o`tkazish va  barcha  xona,  jixoz va 

anjomlar zararsizlantirilishi talab etiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

51 


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 

1.



 

I.A.Karimov    Barkamol  avlod  -  O`zbekiston  taraqqiyotining 

poydevori: T. «Sharq», 1997 y. 

2.

 



I.A. Karimov. «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda». T.«O`zbekiston»             

1999 y.  

3.

 

I.A.  Karimov  “Yuksak  ma’naviyat  yengilmas  kuch”  -  Toshkent, 



Ma’naviyat, 2008 y.   

4.

 



   O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni T.1997 y. 

5.

 



O`zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».T.1997 y.  

6.

 



«Bolajon» tayanch dasturi. T. 2010 y. 

7.

 



O`zbekiston Respublikasi «Maktabgacha ta`lim to`g`risida»gi Nizom. 

T-2000 y. 

8.

 

Sh.Sodiqova Maktabgacha pedagogika T. Fan va texnologiya 2012 y. 



9.

 

F.Qodirova    Sh.Toshpolatova    M.Azamova.    Maktabgacha 



pedagogika. Toshkent-2013. 

10.


 

 «Sog’lom bola yili» Davlat dasturi T.2014y.  

11.

 

 Munavvarov  A.K.  «Oila  pedagogikasi».T.:  «O`qituvchi»  nashriyoti. 



1994y. 

12.


 

K.Xoshimov,  S.Ochilov  O’zbek  pedagogikasi  antalogiyasi  Toshkent- 

1995. 

13.


 

A.R.  Sodikov,  A.M.Mirzaaxmedov  Maktabgacha  va  maktab 

yoshidagi bolalarni ovqatlantirish  T. «Ilm Ziyo», 2008y 

14.


 

 A.N  Еrshov,  Z.N  Sosnina  i  dr.  Sbornik  retseptur  blyud  i  kulinarnix 

izdeliy 

dlya 


predpriyatiy 

obщestvennogo 

pitaniya. 

M., 


«Ekonomika»1982. 

15.


 

 I.G  Kislyakovskaya,  L.P  Vasil`eva  i  dr.  Pitanie  detey  rannego 

doshkol`nogo  vozrasta. M., «Prosveщenie», 1983. 

16.


 

 S.S.Salixo’jaev.Bolalar  ovqatiga  qo’yiladigan  gigienik  talablar    T., 

«Meditsina», 1989.  

17.


 

«Sog’lom  ona-sog’lom  bola»  mavzusidagi  xalqaro  simpozium 

materiallari. 29-mart, 2016-yil. 

18.


 

 K. Maxmudov Mehmonnoma. T. «Yosh Gvardiya» 1989. 

19.

 

 N.M.Aksarina . «Go`dak bolalar tarbiyasi» - Toshkent «Meditsina» -



1983 y. 

20.  G.A.  Kalyujin.,  M.P.Deryugina.  «Yo`rgakdan  maktabgacha»  -Toshkent                

«O`qituvchi» - 1988 y 

21.  T.Usmonxo`jaeva.,  F.Xo`jaev.  Ming  bir  o`yin  -Toshkent  Ibn  Sino 

nashriyoti-1990 

22. O`.Otavalieva. Bola tarbiyasida bog`cha va oila hamkorligi. Т.O`qituvchi 

1994 y. 

23.    V.G.Negacheva,  T.A.Markova.  Bolalar  bog`chasida  ahloqiy  tarbiya.  Т.               

O`qituvchi - 1990 


 

52 


24.  V.G.  Loginova.,  P.G.Samorukova.  Maktabgacha  tarbiya  pedagogikasi. 

O`qituvchi -1991-1992 yy.  

25. «Voyaga etmaganlar nazoratsizligi  hamda qarovsizligining oldini  olishda  

oila, uzluksiz ta`lim  muassasalari,  mahalla  va  huquq-tartibot organlarining 

o`zaro  hamkorligi»  mavzusidagi  Respublika  ilmiy-amaliy  konferentsiya 

materiallari. - Guliston: Universitet, 2014

 

26. P.Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. O`qituvchi -1993 y. 



27.Bolalar bog’chasining  katta tarbiyachisi. Toshkent-1991. 

        28 «Maktabgacha ta’lim jurnali», 2014-yil, 3-son 

        29 «Maktabgacha ta’lim jurnali», 2014-yil, 11-son 

        30  w.w.w. Ziyonet 

        31 http: // w.w.w //uralrti/ru. 

        32 www. bankreferatov.ru  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

53 


Ilova 1 

 

MeTODIK IShLARNI TAShKIL ETISh BO`YIChA KO`RSATMALAR 



     

 



Bajariladigan ishlar  

Ishtirok 

etuvchilar 

O`tkazish vaqti  

Mas`ullar  

 I.BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IShLAR MAZMUNI  

I.1. 

Mashg`ulotlarni ochiq havoda (bezatilgan yozgi 



maydonchada) o`tkazish  

Barcha guruhlar  

Iyun, iyul`, 

avgust  


I.2. 

Sayr, turizm, ekskursiyalarni uyushtirish  

Barcha guruhlar  

Iyun, iyul`, 

avgust 

I.3. 


“Salom yoz!”, “Yoz o`tadi soz” bayram 

tadbirlarini uyushtirish 

 

 

I.4. 



1 iyun -  “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” 

munosabati bilan “Ertaklar ezgulikka etaklar” 

bayram tadbirini tashkil qilish, bolalarni 

shirinliklar bilan siylash 

Barcha guruhlar  

Iyun   


I.5. 

“Yosh rassomlar ” tanlovini o`tkazish, qog`ozga 

mo`yqalam bilan rasm chizdirish 

Katta va 

tayyorlov 

guruhlari 

Iyun 

I.6. 


“Yozgi olimpiadani o`tkazish”  

Katta va 

tayyorlov 

guruhlari 

Iyun 

I.7. 


Hayvonot bog`iga  tashrif buyurish  

Katta va 

tayyorlov 

guruhlari 

Iyun`  

I.8. 


“Rangli pufaklar” suv bayrami  

O`rta, katta va 

tayyorlov 

guruhlari  

Iyul`   

I.9. 


“Ehtiyotkor piyoda” haftaligi  

Barcha guruhlar  

Iyul` 

I.10. 


“Qizil, sariq, yashil”  sport musobaqasi  

Barcha guruhlar 

Iyul`  

I.11. 


“Oltin baliqcha” suzish haftaligi  

Barcha guruhlar 

Iyul`  

I.12. 


“Gullar bayrami” haftaligi  

Barcha guruhlar 

Avgust  

I.13. 


“Tabiat qo`riqchilarimiz!” rasmlar va qo`l 

mehnati haftaligi 

Barcha guruhlar 

Avgust  


I.14. 

“O`z uyingni o`zing asra” hayot xavfsizligi 

asoslari 

Barcha guruhlar 

Avgust  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Mudira, metodist, tarbiyachi, 



musiqa rahbari va yo`riqchi, 

psixolog   

I.15. 

“Yosh ijodkor”  origami bayrami haftaligi  



Barcha guruhlar 

Avgust  


 

II.SOG`LOMLAShTIRISh VA ChINIQTIRISh IShLARI  

II.1. 

Ertalabki    badantarbiya  mashqlarini  ochiq 



havoda 

gilamcha 

ustida, 

engil 


kiyimda, 

predmetlar  bilan  va  ularsiz  bajarish,  mashqlarni 

suv muolajalari bilan tugallash.  

Barcha guruhlar 

Avgust  

II.2. 


Chiniqtirish  -  xonada    engil  kiyimda  bo`lish, 

derazaning  kichik  darchasini  ochib  qo`yish. 

Kiyim va poyabzalni mavsumga va mashq turiga 

muvofiq  tanlash.  Sochiq  bilan  tana  a`zolarini 

artish:  avval  qo`llarni,  keyin  badanni  quruq 

sochiq  bilan  tana  qizarguncha,  tezda  quruq  qilib 

artish. 

Faqat 


kattalarning 

nazorati 

ostida 

cho`milishning  asosiy  qoidalariga  rioya  qilish. 



Yalangoyoq  yurganda  oyoqni  shikastlantirish 

xavfi 


yo`q 

joylarda 

yurish. 

Chiniqtirish 

qoidalarini  ongli  ravishda  bajarishga  o`rgatish. 

Tabiiy    va  sun`iy  chiniqtirish  vositalaridan  

unumli  foydalanish  (qum,suv,  havo  va  quyosh 

vannalari)  

Barcha guruhlar 

Avgust  


II.3. 

Qomatni to`g`ri tutish ko`nikmasini tarbiyalash - 

badantarbiya  mashqlari  tarkibiga  to`g`ri  qomatni 

Barcha guruhlar 

Avgust  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Metodist, tarbiyachi, musiqa 

rahbari va jismoniy tarbiya 

yo`riqchisi, psixolog   


 

54 


shakllantiradigan, 

yassitovonlikning 

oldini 

oladigan  mashqlarni  kiritish,  to`g`ri  qomatni 



mustaqil  nazorat  qilib  borish  qoidalariga  rioya 

qilish:  orqa  bilan  devorga  suyanib,  tik  turish, 

devorga  elkani  tekkizib  turish,  yurishda  ana 

shunday  holatni  saqlashga  o`rgatish  va  doimo 

nazorat qilib turish 

II.4. 


Harakat  tartibi - uzoq davom etadigan sayrlar va 

ekskursiyalarda 

ishtirok 

etish. 


Harakatli 

o`yinlarda  faol  qatnashish.  Mashg`ulotlardan 

tashqari  harakatli  o`yinlar  o`ynash.  Bolalarni  

holatini muntazam kuzatib borish 

 

 

Barcha guruhlar 



Avgust  

II.5. 


Shikastlanishning  oldini  olish  –  bolalar  hatti-

harakatlarini  nazorat  qilish  va  extiyotkorlikka 

o`rgatish 

 

Barcha guruhlar 



Avgust  

II.6. 


Madaniy–gigienik ko`nikmalarni egallash va o`z-

o`ziga  xizmat  qilishni,  umumiy  va  jamoa 

gigienasini  tushuntirish:  suvga  tushish  va 

chiqqandan avval cho`milish va h.k. 

Barcha guruhlar 

Avgust  


III. TA`LIM-TARBIYa JARYoNINI ReJALAShTIRISh 

III.1. 


“Bolajon”  tayanch  dasturi  asosida  ta`lim-tarbiya 

jarayonini rejalashtirish 

Barcha guruhlar 

misolida  

Iyun`, iyul`, 

avgust   

III.2. 

Yozgi  mavsumga    mashg`ulotlar  jadvaliga 



o`zgartirishlar kiritish 

Barcha guruhlar 

misolida  

Iyun`, iyul`, 

avgust   

III.3. 


Yozgi  mavsumga  kerakli  adabiyotlar  va  uslubiy 

qo`llanmalar bankini yaratish  

Barcha guruhlar 

misolida 

May  

Iyun`  


III.4. 

Murakkab  faoliyatlarni  engil,  musiqali  va 

jismoniy  daqiqalar  bilan  almashtirish,  erkin 

mavzularda suhbatlar uyushtirish 

Barcha guruhlar 

misolida  

Iyun`, iyul`, 

avgust   

III.5. 

Katta  tarbiyachi  tomonidan  maslahat  kunini  



tashkil  eish    va  tarbiyachilarga  tanlangan 

yo`nalish bo`yicha tavsiyalarni berib borish. 

Barcha guruhlar 

misolida 

Iyun`, iyul`, 

avgust   

III.6. 

Ziyoratgohlarga  va  hayvonot  bog`iga  tashrif 



buyurish  uchun  tegishli  joylardan  ruxsatnoma 

olish va  bolalar bilan tayyorgarlik ko`rish. 

Katta va 

tayyorlov guruh 

bolalari uchun 

Iyun`, iyul`, 

avgust   

III.7. 


Yozgi  mavsumni  oqilona  tashkil  etishda  milliy 

va  harakatli  o`yinlar,  teatrlashtirilgan  sahna 

ko`rinishlari 

uchun 


 

ertak 


qahramonlari 

kiyimlarini tayyorlash. 

MTM xodimlari 

va ota-onalar 

uchun 

Iyun`, iyul`, 



avgust   

 

 



 

 

 



Metodist, tarbiyachi, musiqa 

rahbari va jismoniy tarbiya 

yo`riqchisi, psixolog   

IV. OTA-ONALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IShLAR 

IV.1. 

Ota-onalarga  bolalarining  oqilona  dam  olishlari 



uchun 

sharoitlarni 

hozirlash 

yuzasidan 

maslahatlar berib borish.  

Barcha guruhlar 

misolida  

 Iyun`, iyul`, 

avgust   

IV.2. 


Ota-onalar  uchun  ajratilgan  e`lonlar  taxtasini 

yozgi  mavsumda  bolalar  faoliyatidan  namunalar 

bilan doimiy ravishda yoritib borish. 

Barcha guruhlar 

misolida  

 Iyun`, iyul`, 

avgust   

IV.3. 


“Otam,  onam  va  men  sportchilar  oilasimiz” 

mavzusida sport bayramlarini uyushtirish. 

Katta va 

tayyorlov 

guruhlari 

 Iyun`, iyul`, 

avgust   

IV.4. 


“Farzandim-dilbandim”,  “Bolangizni  qanchalik 

bilasiz?!”  mavzularida  ota-onalar  orasida  ko`rik-

tanlov  va  psixologik  testlar,  so`rovnomalarni 

tashkil etish. 

Barcha guruhlar, 

ota-onalar 

Iyun`, iyul`, 

avgust   

 

 

 



 

Mudira, metodist, tarbiyachi, 

musiqa rahbari va jismoniy 

tarbiya yo`riqchisi,  psixolog 

hamda ota-onalar   

IV.5. 


 

 

 



 

V. TAShKILIY MASALALAR  

V.1. 

Maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  bolalarning 



hayoti  va  sog`lig`ini  muhofaza  qilishni  tashkil 

Barcha xodimlar  

Iyun` 

 

 



 

55 


etish  tartibi  to`g`risidagi  nizom  bilan  xodimlarni 

yana bir bor tanishtirish. 

V.2. 

 

Bolalarni  sayr  chog`ida  miriqib  hordiq  olishlari 



uchun  yozgi  mavsum  boshlanishidan    bir  oy 

avval   yozgi bolalar maydonchalarini ta`mirlash 

va jihozlash hamda bezash.  

Barcha guruhlar 

uchun  

Iyun`, iyul`, 



avgust   

 

 



Metodist, tarbiyachi, musiqa 

rahbari va jismoniy tarbiya 

yo`riqchisi,  psixolog hamda 

xo`jalik ishlari  mudiri   

VI. PROFILAKTIKA IShLARI 

VI.1. 


Bolalarni ratsional ovqatlanishlarini tashkil etish, 

toza ichimlik suvi va  sharbatlar bilan ta`minlash. 

Barcha guruhlar 

uchun  


Iyun`, iyul`, 

avgust   

VI.2. 

Bolalarni 



oziq-ovqat 

mahsulotlaridan 

zaharlanishlarini 

oldini 


olish 

maqsadida 

iste`molga  tavsiya  etilgan  mahsulotlar    sifatini 

muntazam  tekshirib borish. 

Barcha guruhlar 

uchun  


Iyun`, iyul`, 

avgust   

VI.3. 

Sayr  va  mashg`ulot  chog`ida  bolalar  hayoti 



xafvsizligini 

saqlash 


maqsadida 

hamshira 

xonasini    va    kerakli  tibbiy    vositalarni 

tayyorlash. 

Barcha guruhlar 

uchun  


Iyun`, iyul`, 

avgust   

VI.4. 

Yozgi  mavsumda  ota-onalar  va  bolalar  bilan 



“Yuqumli  kasalliklar”,  “Iflos  qo`llar  bizning 

dushmanimiz”, 

”Yuvilmagan 

meva 


va 

sabzavotlar  sog`liq  uchun  zararli”  mavzularida 

yakka va jamoa holda suhbatlar uyushtirish 

Barcha guruhlar 

bilan  

 

Iyun`, iyul`, 



avgust   

 

 



 

 

 



Mudira, hamshira, xo`jalik 

ma`muriy ishlari mudiri,    

tarbiyachi 


Download 292.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling