O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Download 292.11 Kb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirishning oziga xos xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamutova Mexriban Kenesbaevna BITIRUV MALAKAVIY IShI
- Tadqiqot ishining dolzarbligi
- Tadqiqot ishining maqsadi
- Tadqiqot ishining ob`ekti
- Tadqiqot ishining vazifalari
- Tadqiqot ishining ilmiy ahamiyati
- Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati
- Tadqiqot ishining tuzilishi
1 O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakul’teti Maktabgacha ta’lim kafedrasi «Maktabgacha ta'lim» ta`lim yo`nalishining 4 D guruh talabasi
MAVZU: Maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirishning o`ziga xos хususiyatlari
Ilmiy rahbar: MTM mudiri J.Jiyemuratova Kafedra mudiri: ps.f.n. Q.Tleumbetova
NUKUS - 2016 2
Kafedra mudiri: ps.f.n. Q.Tleumbetova
Ilmiy raxbar: J.Jiemuratova MTM mudiri
Bitiruvchi Mamutova Mexriban Kenesbaevnaning «Maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirishning o`ziga xos хususiyatlari» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi ko’rib chiqildi, davlat attestatsiya komissiyasining
Bitiruvchi Mamutova Mexriban Kenesbaevnaning «Maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirishning o`ziga xos хususiyatlari» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga «_____» ball qoyilsin.
MAK raisi: dotsent P.Abdimuratov
MAK a`zolari: ps.f.n. Q.Tleumbetova ____________________ ____________________ ____________________ ____________________
3
Kirish…………………………………………………..…………...………...…4 I- bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning nazariy asoslari I.1. Maktabgacha ta`lim muassasalari tizimi……………………..…..……..…11
Bolalar bog’chasida bolalar hayotini tashkil etish…………………..……...15 I.3. Maktabgacha ta`lim muassasacidagi yoz oylarida o`tkaziladigan sog`lomlashtirish ishlari mazmuni………………………………………..…….23 I-bob bo’yicha hulosa…………………………………………………..……….26 II bob. Maktabgacha ta`lim muassasasida ovqatlantirishning muvofiqligi II.1.Bolalar ovqatini tashkil etishning asosiy usullari………………………......28 II.2.Maktabgacha ta`lim muassasalarida taomnomaning tuzilish tartibi………..31 II.3. Oshxonaga qo`yiladigan sanitariya talablari…………………………….....35 Xulosa……………………………………………………………………..….....48 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….......51 Ilovalar……………………………………………………………………….….53
4 Kirish Tadqiqot ishining dolzarbligi: Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 2016 yilni «Sog`lom ona va bola» deb belgilashi bejiz emas, bunda bolalar ta’lim-tarbiyasi, ularning ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi islohotlarni tizimli, bosqichma- bosqich amalga oshirish strategiyasi belgilab olindi. «Shuni unutmaslik kerakki, - deydi Yurtboshimiz I.Karimov, - kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq» 1 . Zero ta`lim va tarbiyaning uyg`unligi yoshlarda bilim egallash bilan birga vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik, demokratik va umuminsoniylik kabi qadriyatlarni shakllanishiga yaqindan yordam beradi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar yuksalishlariga e`tibor berib qaraladigan bo`lsa, ularning negizida sog`lom bola, sog`lom avlod tarbiyasi turganligini anglash qiyin emas. Chunki, Vatanimizning porloq kelajagi sog`lom tarzda voyaga etayotgan farzandlarimiz qo`lida. Prezidentimiz «Biz hech kimdan kam emasmiz, hech kimdan kam bo`lmaymiz!» deganida sog`lom, zakovatli, etuk, malakali yoshlarimizga katta umid bog`laganini tushunishimiz joiz. Jahon arenalarida o`zlarining Amir Temurga xos matonatini, To`marisga xos shijoatini namoyish qilib, O`zbekistonni mashhur qilayotgan sportchi, bilimdon, san`atkor yoshlarimiz soni yil sayin ortib bormoqda. Yosh chempionlarimiz qo`lga kiritayotgan ajoyib yutuqlar Yurtboshimizning mashhur da`vati ro`yobini ko`rsatmoqda. Mustaqillik yillarida uzluksiz ta`lim tizimini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirish, dunyoning ilg`or pedagogik tajribalarini o`rganish hamda tatbiq etish, o`quvchi va talaba yoshlarning bir necha xorijiy tillarni bilishlari, dunyodagi nufuzli universitetlarda tahsil olishlari, xalqaro musobaqalarda sportchilarimizning sovrinli o`rinlarni egallashlari, Prezidentimizning istiqlolning dastlabki yillarida «Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo`lishlari
1 I.A.Karimov Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch T. Ma’naviyat, 2008yil 5 shart» degan ezgu niyatlari bosqichma-bosqich ravishda hayotimizda o`z ifodasini topmoqda. Har qanday millatning asosiy boyligi- bu bolalar salomatligi. Farzandlarimiz salomatligini muhofaza qilish, millat kelajagini muhofaza qilish bilan barobar. Bolalar salomatligi, barkamol insonning kamol topishida muhim o`rin tutadi. Umrning shu pallasida shakllangan mustahkam sog`liq hayotimiz so`ngiga qadar bizga hamroh bo`ladi.
Tariximizdan ma’lumki bobokolonlarimiz bolani har tomonlama uyg’un rivojlantirishga katta e’tibor qaratganlar. Qadim qadimdan ajdodlarimizni ko’pchiligi muayyan maxsus bilimga ega bo’lmasdan turib, jismonan va manan xayot kechirib bo’lmasligini yaxshi tushunganlar. Bobokolonlarimizdan A. Temur, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro kabi ulug’ allomalarning asarlaridagi, qarashlarini ta’kidlab o’tish kerak 2 . Mutafakkir «Shayx ur-Rais», «Donishmandlar sultoni», «Tabiblar shohi»- buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tabiat muvozanati, tabiatni asrash, kishi salomatligini mustahkamlash va kasallarni davolash borasida bebaho asarlarni yozib qoldirgan. Uning uzoq yillar dovomida olib borgan ilmiy tajribalarining mahsuli sanalmish asarlari talim-tarbiya soxalari va badantarbiya ta’limotining xususiyatlari va ijtimoiy pedagogik jarayonlariga qaratilgan. «Tib qonunlari» kitobida insonning paydo bo’lishi, uni yoshligidan avaylab tarbiyalash, bunda badan tarbiya mashqlari, uqalash, sovuq suvda cho’miltirish, sof havoda sayir qildirish, turli faol harakatlarga o’rgatish kabi tavsiyalari mazmun topib, ular hozirgi kunda ham jaxon xalqlarining badan tarbiyasida amaliy jixatdan qo’llanilib kelinmoqda. Ulug’ olim o’z asarlarida tarbiya muammolariga faqat tabobatchi sifatida emas, balki atoqli pedagog sifatida ham yondashadi. Abu Ali «Tib qonunlari» kitobida bolani jismoniy tarbiyalash masalalarini to’liq ko’rib chiqadi. U bolalarni ovqatlantirish, cho’miltirish, ularni uyqu- oromi kabi muhim jihatlarga alohida
2 «Voyaga etmaganlar nazoratsizligi hamda qarovsizligining oldini olishda oila, uzluksiz ta`lim muassasalari, mahalla va huquq-tartibot organlarining o`zaro hamkorligi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. - Guliston: Universitet, 2014 6 etibor beradi. Ayniqsa, bola uchun sof havo, quyosh, suv va jismoniy mashqlarning benixoyat zarurligini uqtiradi. Shu bilan birga, olim bolaning anatomik-fizologik xususiyatlarni xisobga olish lozimligini ko’rsatadi. Abu Ali «Tib qoninlari»da jismoniy mashqlarni ilmiy ta’rif qilish bilan bir qatorda, ularning turlarini tavsiflab, organizm uchun naqadar foydasi borligini tushuntirib beradi. «Mo’tadil ravishda va o’z vaqtida badantarbiya bilan shug’ullanuvchi odam buzulgan xolatlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o’tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklarning davosiga muxtoj bo’lmaydi. Bunda albatta, o’zga tadbirlar xam muvofiq va to’g’ri amalga oshirilishi kerak», deb aloxida ta’kidlaydi. Ibn Sino bolaning tug’ilganidan boshlab uni jismonan chiniqtirish masalalariga aloxida e’tibor qaratish zarurligini ilmiy ravushda asoslab bergan bolani cho’miltirish, ovqatlantirish toza havoga olib chiqish xatto beshikka bog’lab unga oxista ohangda qushiq aytish lozimligini uqtiradi. Ibn Sino bolalarning qiziqishini tabiiy rivojlanish jarayonini besh davrga bo’lib o’rganadi unga chaqaloqlik, bolalik, chiniqish yoshlik, yetuklik davrlarini kiritib ularning har bir davrida bolalar bilan o’ziga xos jismoniy mashq qilish zarurligini ko’rsatadi. Olim insonlarni jismoniy mashq qilishga da’vat etar ekan bu ish bilan shug’ullangan kishi doriga muxtojlik sezmasligini ta’kidlaydi. Abu Alining 1000-yil oldin aytgan fikrlari bugungi barkamol avlodni jismonan baquvvat manan teran fikirli qilib tarbiyalashda muhum ahamiyat kasb etib kelmoqda. Qomusiy olimning fikiriga ko’ra ishtimoiy munasabatlarni tartibga solishda insonni to’g’ri-jismonan baquvvat aqli raso qilib tarbiyalashda mamlakatda amalda bo’lgan qonunlar miqdori emas balki ularning sifati hal qiluvchi ahamiyatga egadir «Tib qonunlari» kitobining salomatlikni saqlashga bag’shlangan uchunchi qismining ikkinchi bo’limida o’sib kelayotgan yoki voyaga yetgan kishilar uchun kundalik hayot tarzi mohiyati bayon etilgan. Bu o’rinda shuni aloxida ta’kidlash mumkinki, buyuk alloma jismoniy tarbiyani kishi salomatligini saqlashda 7 ovqatlanish va uyqu tartibidan ustun quyadi. Bunda u barcha tartib-qoidalar jismoniy tarbiyadan boshlanish kerakligini ochiq – oydin aytadi. Salomatlikni saqlashda to’g’ri ovqatlanish va me’yorida uxlash ham muxum ahamiyat kasb etadi. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, me’yoridan ko’proq ovqatlanganda uning bir qismi tanada parchalanmay qolib, u turli kasalliklarni chaqirish xafini keltirib chiqaradi. Jismoniy tarbiya yoki mashq esa bunday bulishiga yo’l qo’ymaydi. Taraqqiyot va texnika asrida faqatgina ruhan hamda jismoniy sog`lom insonlargina omon qolib, hayotda nimagadir erishadi. Bunga zamin yaratishda, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta`lim-tarbiya olishlari jarayonida ularni to`g`ri ovqatlantirish nihoyatda muhimdir.
«Sog’lom ona-sog’lom bola» mavzusidagi xalqaro simpozium qatnashchisi Muhammad Al-Muhayribiy (Birlashgan Arab Amirliklarining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi) yurtimizda Onalar va bolalar salomatligi xususida olib borilayotgan ishlar haqida shunday dedi: «Mamlakatda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Butun respublikada keng miqyosida maktabgacha ta`lim muassasalari, umumta’lim va sport maktablarini, kasb-hunar kollejlarini, eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan sog’liqni saqlash muassasalarini bunyod etish ishlari olib borilmoqda» 3 .
Maktabgacha yoshdagi bolalarni to`g`ri ovqatlantirishga qo`yiladigan asosiy talab, eng avvalo, rivojlanib borayotgan bola organizmining ulg`ayishi va rivojlanishini to`liq ta`minlashdan iborat. Bolalar ovqati ratsionini shakllantirishda asosiy ovqat mahsulotlari, ya`ni oksillar, yog`lar va uglevodlar ovqat tarkibida bir- biriga to`g`ri nisbatda bo`lmog`i lozim. Anna shu moddalar ovqat tarkibida etarli va zarur miqdorda bo`lganda, organizmning oziq-ovqat mahsulotlariga hamda biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondirilgan bo`ladi. Bolalar ovqatini to`g`ri tashkil etish bolalar muassasalari rahbarlari va ma`sul xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
3 «Sog’lom ona-sog’lom bola» mavzusidagi xalqaro simpozium materiallari. 29-mart, 2016-yil .
8 «O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim to`g`risida»gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta`limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta`lim va tarbiya berish orqali yoki doimo faoliyat ko`rsatadigan maktabgacha ta`lim muassasalariga jalb qilinadigan bolalar uchun bolalar bog`chalarida, maktablarda, mahallarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko`prik vazifasini o`tashini, oila yoki bog`chadagi ta`lim va tarbiya sharoitlaridan maktab ta`limiga ozorsiz o`tkazishni ta`minlash zarurligi va bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligi bir qator olimlar, mutaxasis psixologlar tomonidan isbotlangan. Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim- tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog`lom va etuk, maktabga o`qishga tayyorlangan tarzida shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu mavzuda bolalarni maktabga tayyorlashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash milliy g`urur, vatanparvarlikni shakllantirish, bilim olishga, o`qishga ehtiyojni, mayllarni shakllantirish va jismoniy, ruhiy sog`ligini ta`minlash maqsadini vazifa qilib qo`ygan. Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga etishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi bilan belgilangan. Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik me`yorlarda belgilangan ozik-ovqat maxsulotlarini ratsionga to`g`ri kiritishdir. Buning uchun birinchi urinda, bola organizmining fiziologik extiyojlarini qondiruvchi, oziq moddalarga boy, yuqori quvvatli bulgan asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini kunlik ratsionga kiritish zarur, bunday maxsulotlarga go`sht, go`sht maxsuloti( shu jumladan, parranda go`shti), balik va tuxum (oksil, yog, A, V 12 ,
kal`tsiy, A, V 2 darmondori manbai), sariyog` va usimlik moyi (yog kislotasi, A va e darmondori manbai), non va non maxsulotlari, yorma va makaron maxsulotlari ( 9 uglevod, V 1 , V
2 , RR darmondori, temir, magniy manbai, sabzavot va mevalar ( S,R darmondori, beta-karotin, kaliy, va organik kislota manbai) xamda shakar va qandolat maxsulotlari kiradi. Gurux tarbiyalanuvchilarining jushkin va yaxshi kayfiyatli bo`lishlarida ovqatlantirish to`g`ri tashkil etilishining muxim axamiyati bor. Bolalarni ovqatlantirishda idish-tovoqlar etarli bo`lishi va stol atrofida utirishlari uchun qo`lay shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi, taomlarni tarqatishda esa did bilan chiroyli bezatib, juda issik yoki sovuk bo`lmagan xolda berilishi kerak. Bolalarni stol atrofida tozalikka va saranjom-sarishtalikka e`tiborli bo`lishlarini uqtirmoq lozim. Shuningdek, bolalar ovqatlanish uchun stol atrofiga utirganlarda, taomlar qo`yilishi yoki bir taomni iste`mol qilib bo`lganlaridan keyin, ikkinchisi tortilishini kutib qolmasliklari kerak.
Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasi va oila sharoitida ovqatlantirish bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada xamshira tomonidan xaftalik taomnoma (9-10.5 soatlik guruxlar faoliyat yuritadigan maktabgacha ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi. Shu vaqtning o`zida xaftalik taomnomaga mos ravishda, kechki ovqat uchun tavsiya sifatida aloxida xaftalik taomnoma tuzilib, ota-onalar burchagiga ilib qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ota-onalar bog`chadagi kunlik taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga mos ravishda kechki ovqatni tashkil etishlari ham mumkin Bundan tashqari tarbiyachi va bog`cha xamshirasi tomonidan ota-onalarga kechki ovqatga (shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi. Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg`urishi lozim. Shu bois «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlashning asosiy omili bo`lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan. Sog`lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustivor yo`nalishidir.
10
Tadqiqot ishining maqsadi: Bolalar salomatligini saqlash har bir kishining asosiy vazifalaridan biri sanaladi, ovqatlanishni to`g`ri tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega. MTM shifokori yoki hamshira bolalar ovqati uchun zaruriy bo`lgan texnologiyalarini bilishini va ovqat tayyorlash texnologiyasi va tibbiy me’yorlar bir-biriga muvofiq kelishini aniqlash.
tayyorlash jarayoni. Tadqiqot ishining predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirishning o`ziga xos hususiyatlarini shakllantirish shart-sharoitlari va mazmuni. Tadqiqot ishining vazifalari: Maktabgacha ta’lim muassasalarining yo`nalishiga qarab taomnomalarni tuzishjarayonini aniqlash. Taomnomalarning oldindan tuzilganligini, sarflanishi zarur bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarining oldindan hisoblanishi va muassasaga o`z vaqtida etkazib berilishini aniqlash. Tadqiqot ishining ilmiy ahamiyati: Tadqiqot jarayonida maktabgacha ta`lim muassasasi bolalarini ovqatlantirish muammolari o’rganilib chiqildi. Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachining bolalar salomatligiga e`tibor berishi va ish faoliyati kuzatildi, tahlil qilindi va ularga uslubiy yordamlar berildi hamda ularni amaliyotda qo’llash yo’llari ishlab chiqildi. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati: maktabgacha ta`lim muassasasi bolalarini ovqatlantirishda oziq-ovqat tayyorlash samaradorligi va ish sifatini oshirishga oid ma’lumotlarni to’plash hamda MTM xodimlarining ish jarayonida amaliy yordam berish bilan ahamiyatlidir. Tadqiqot ishining tuzilishi: Kirish,
2-bob, ilova,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 11
I- bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning nazariy asoslari I.1. Maktabgacha ta`lim muassasalari tizimi
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo`lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’ligini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi 4 . Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’ligini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar «Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’ligini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida» Nizom bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
4 Sh.Sodikova Maktabgacha pedagogika T. Fan va texnologiya, 2012y 12
Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni «O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risida» Nizomdan olishimiz mumkin. Download 292.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling