O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Download 292.11 Kb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirishning oziga xos xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Hamshiraning vazifasi (majburiyati)
- Hamshiraning har kuni bajaradigan ishi
- 3. Hamshiraning huquqi
- Ombor mudirining lavozim yuriqomasi
- II. Ombor mudiri bilishi lozim
- Javobgarligi
- Oshpazning lavozim yo`riqnomasi I. Bajaradigan ish tavsifi
Hamshira: -muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan ish jadvali asosida faoliyat yuritadi; -muassasani ovqatlantirishni tashkil etishga oid ma`lumotlar bilan o`z vahtida ta`minlab boradi; -muassasa rahbarining ko`rsatmalarini bajaradi hamda unga ish jarayonida vujudga kelgan muammolar bo`yicha axborot berib turadi; -muassasa rahbariga oshxonada taom tayyorlash jarayonida hamda oziq-ovqat mahsulotlari ta`minotida uzulishlar bilan bog`liq bo`lgan favqulotda vaziyatlar yuzasidan axborot berib turadi. 2. Hamshiraning vazifasi (majburiyati) 2.1. Boshqaradi: -barcha oshxona xodimlarini; -taom tayyorlashning texnodogik jarayonini.
-muassasa oshxonasi va oziq-ovqat omborxonasida sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinishini; -oziq-ovqat mahsulotlari sifatini, saqlanish qoidalariga amal qilinishi hamda iste`molga berilishini; -tayyorlangan taomlar sifatini; -mahsulotlarni taomlarga to`g`ri taqsimlanishi va taom vaznini, mahsulot hamda taomlar berilishini; -taomlar portsiyasini belgilangan vazn me`yorlariga muvofiqligini; -tayyorlangan taom sifatini, mahsulotlarning belgilangan me`yorlar asosida sarflanishini;
42
-guruhlarni belgilangan jadval asosida ovqat olishlarini; -kunlik sinama olish uchun ajratilgan idish holatini va nomlanishini. Hamshiraning har kuni bajaradigan ishi: -xom va pishirilgan mahsulotlarni brokeraj daftariga qayd etib borish hamda taomnoma-talabnomasi bilan taqqoslash, shuningdek, taomnomadagi sarflangan mahsulotlarni brokeraj daftari bilan solishtirish; -bolalarning ovqatlanish tabellarini hamda taomlar kartotekasini yuritish, o`z vaqtida to`ldirib borish; -guruhlarda bolalar ovqatlantirilishini nazorat qilish. 2.4. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini me`yor bo`yicha ta`minlanishi yuzasidan dekada kesimida hisobot yuritish. 2.5. Taomlarning yig`ma hisobotidan ovqat ratsioniga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibiy qismi va energetik qiymatini doimiy ravishda tahdil qilib borish.
2.6. Tayyorlangan taomlarni tarqatishdan oldin sinama olish, organoleptik usul asosida baholab, jurnalga qayd etish hamda taomlardan olingan sinamayaarni talab etilgan darajada saqlanishini ta`minlash. 2.7. Ombor Mudiri va bosh oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzish. 2.8. Ota-onalar va xodimlar bilan sanitariya-ma`rifiy ishlar olib borish. 3. Hamshiraning huquqi 3.1. Oshpazlar tomonidan taom tayyorlash texnologiyasiga amal qilinmaganda yoki ular .o`z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashganlarida, ma`muriyat oldida chora ko`rish va jazolashni taklif qiladi. 3.2. Oziq-ovqat mahsulotlari ta`minotida uzilish bo`lganda, taomnomaga o`zgartirish (taomni almaiggirish) kiritish. 3.3. Muassasa rahbariga o`zining majburiyati va huquqi doirasida talab qo`yish. 43
3.4. Uzining malakasini oshirish. 3.5. Qonunda ko`rsatilgan boshqa huquqlardan foydalanish. Ombor mudirining lavozim yuriqomasi I. Bajaradigan ish tavsifi 1. Oziq-ovqat mahsulotlarini tushirish va yuklash ishlarini boshqarishni, ombor ichida ularni joylashtirish me`yorlarini, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish yo`riqnoma va qoidalarini, sanitariya-epidemiologiya qoidalarini hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirish me`yorlarini. 2. Mahsulotlardan bo`shagan idishlarni saqlash va o`z vaqtida ta`minlovchi korxonalarga qaytarish. 3. Har kuni taomnoma tuzishda ishtirok etish hamda oziq- ovqat mahsulotlari uchun buyurtmalar berish. 4. Kunli taomnomada belgilangan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini bosh oshpazning imzosi asosida omborxonadan oshxonaga berish. 5. Ta`minotchi korxonadan berilgan mahsulotlarni yuk xatiga mosligini tekshirib tortib olish, sifatini nazorat qilish, saralashni. 6. Mahsulotlarning o`z vaqida sarflanishini nazorat qilish; sifati tez buziluvchi va uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlarni to`g`ri saqlash; omborxonaning sanitariya holatini ta`minlash; jihozlar, inventarlar va yong`inga qarshi vositalar mavjudligi hamda sozligini ta`mindash. 7. Moddiy boyliklarni yo`qlamadan o`tkazishda qatnashish. Bir bola uchun belgilangan kunlik me`yorga mos ravishda buyurtma berish. II. Ombor mudiri bilishi lozim 1. Sanitariya-epidemiologiya qoidalarini. 2. Ombor xo`jaligini yuritish qoidalarini. 3. Tushirish-yuklash ishlarini tashkil etishni. 44
4. Omborxonadagi mahsulotlar hisob-kitobini yuritish, saqlash, kirim-chiqim qilish qoidalarini va ularga oid hujjatlar yuritishni. 5. Ovqat mahsulotlarini saqlash tartib-qoidalarini hamda ularni yuklash va tushirishda, urinib qolshpiga yo`l qo`ymaslikni. 6. Ovqat mahsulotlarining o`z vaqtida sarflanishini nazorat qilishni, sifati tez buziluvchi hamda uzoq mudtsat saqlanadigan mahsulotlar saqlanishini, omborxonaning sanitariya holatini. Mahsulotlarning sifat xarakteristikasini (ko`rinishi, navlari), saqlanish va foydalanish muddatlarini. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ovqatlantirish me`yorlarini. Ichki mehnat intizomiga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yong`indan himoyalanish qoidalarini bilishi. Javobgarligi --Maktabgacha ta`lim muassasasining nizomi va ichki mehnat intizomi qoidalarini uzrsiz sabablarga ko’ra, bajarmaganda yoki buzganda, shuningdek, muassasa rahbari tomonidan qonun doirasida talab etilgan ko`rsatmalarni bajarmaganda, lavozim majburiyatida ko`rsatilgan yo`riqnomaga amal qilmaganda; --Mussasada yong`in xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda ovqatlantirishni tashkil etishning sanitariya- gigiena talablariga rioya qilmaganda; --Hamshira lavozim majburiyatini bajarish jarayonida yoki bajarmasligi oqibatida muassasaga ziyon yoki modtsiy zarar etkazilganda; --O`zining xatti-harakatlari bilan muassasaga yoki bolalar mulkiga zarar etkazganda, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida javobgarlikka tortiladi. Oshpazning lavozim yo`riqnomasi I. Bajaradigan ish tavsifi 45
1. Turli yoshdagi bolalar uchun: sutli suyuq va quyuq taomlar; turli yormalardan suyuq, yarim quyuq va sochiluvchan bo`tqalar; qaynatilgan, dimlangan, bug`da pishirilgan, pyurelar va boshqa sabzavotli taomlar; sabzavotli, mevali, mevali- sabzavotli va go`shtli- sabzavotli salatlar hamda venegretlar tayyorlash. 2. Go`sht va tovuq go`shti qaynatmalarini tayyorlash, go`shtsiz, bo`tqasimon, yaxna taomlar hamda suyak qaynatmasida sho`rvalar tayyorlash. 3. Turli xil jazlamalar; tomat, smetana, sutli va mevali qaylalar; teftel, kotlet, gulyash va boshqa go`sht, tovuq hamda baliqdan tayyorlangan taomlar; yormalardan singdirib pishirilgan taomlar; sabzavot bilan go`shtli, tuxum va tvorogli; sutli va tuxumli taomlar; issiq va yaxna ichimliklar; meva va sabzavot sharbatlari, meva qaynatmalari, kisel, kakao va boshqa uchinchi taomlar tayyorlash. 4. Har turdagi xamirni qorish va undan bulochka, pirojki oladi, vatrushka va boshqa kulinariya maheulotlarini tayyorlash. 5. Bolalarni yoshlariga muvofiqravishda, ilk yoshli, o`rta yoshli hamda tayyorlov guruhi bolalari uchun taomlarni portsiyalarga bo`lish va tarqatish. 6. Har kuni taomnoma tuzishda ishtirok etish. 7. Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash va taomnoma asosida to`g`ri sarflanishini ta`minlash. Ko`z qorachig`imizdek asraydigan farzandimizni ertalab bog`chaga, tarbiyachi opalar qo`liga topshirgach, o`z yumushlarimizga sho`ng`ib ketamiz-u baribir xayolimiz bolada bo`ladi: qorni to`yib ovqatlanayaptimi, och qolmadimikan? Kechki payt uyga olib qaytayotib «Bog`chada nima eding?», deb so`rasangiz, «kasha» deb javob beradi. Bola go`yo «bahodirlar bo`tqasi»dan egandek ovqatdan bosh tortadi. Bog`chada 10 kunlik taxminiy taomnoma ishlab chiqilgan va bu davrda asosiy ovqatlarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Bolaning uglevod, oqsil, yog`larga bo`lgan kunlik ehtiyojiga qarab taomnoma tuziladi. Taomnomani 46
tuzishda mavsum
ham hisobga olinadi. Masalan, qishda shamollash kasalliklarining oldini olish uchun S vitaminiga boy tsitrus, quruq mevalar kiritiladi. Yozda kun uzoqligi va havo issiqligi hisobga olinib, ikkinchi nonushtaga sersuv mevalar, kefir, sharbatlar, tarvuz beriladi. Bolalar ovqati bog`cha oshxonasida tayyorlanadi va buning uchun har kuni yangi mahsulot keltiriladi. Masalliqlar o`ziga xos tartibda dimlab, qaynatib pishiriladi, qovurma taomlar berilmaydi. Bolada taom turlari bo`yicha tushuncha shakllanayotgani uchun shirguruchni ham, mosh-guruchli ovqatni ham «kasha» deb ataydi. Vaholanki, sutli bo`tqalar turlicha, guruchli, manniy yormasi yoki gerkulesli bo`lishi mumkin. Taomlarni farqlay bilishlari uchun ovqatlantirayotganda ularga «bugun oshqovoq solingan sutli bo`tqa eymiz», «tushlikka birinchi ovqatimiz guruchli sabzavotli sho`rva» tarzida ma`lumot berib borish yo`lga qo`yilgan. Bu orqali bola taom tanlash borasida o`z xohishlarini bayon qilishni ham o`rganadi. 10,5 soatlik va 12 soatlik bog`chalarda 3-4 mahal ovqatlanish uchun taomnoma turlicha tuzilsa-da, bolaning yosh xususiyatlari, vitamin va mikroelementlarga bo`lgan ehtiyoji bir xil hisobga olinadi. 3 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun kunlik norma 1540 kkal, 5-6 yoshgacha bolalarga 1900 kkal kaloriya etarli bo`ladi. Bola organizmi juda nozik. Sanitar-epidemiologik qoida va me`yorlar asosida tuzilgan taomnoma bola organizmi uchun xavfsiz ham bo`lishi kerak. Bog`cha taomnomasini tuzishda bolada qandli diabet, oziq-ovqat mahsulotlariga ta`sirchanlik (allergiya) yoki fermentativ buzilishlar bor-yo`qligi qat`iy inobatga olinadi. Baliqdan taom tayyorlaganda uni ikki marta go`shtqiymalagichdan chiqarib, suyaklari o`tib ketmasligi qattiq nazorat qilinadi. Yog`da qovurilgan xamirli taomlar, dudlangan go`sht, sifati noma`lum mahsulotlarga ham bog`cha oshxonasida o`rin yo`q. Jajji bolajonlarimiz bog`cha oshxonasida «Yoqimli ishtaha!», «Mazali taom uchun rahmat!», deb aytishni o`rganishyapti. Bola to`g`ri ovqatlanish, umuman, sog`lom hayot tarzini aynan bog`cha yoshidan o`rganib borsa, bu uning kelajakda sog`lom fikrli, jismonan barkamol bo`lib voyaga etishiga xizmat qiladi. Bolalar bog`chasi taomnomasini o`rganish chog`ida yana bir narsa e`tiborimni tortdi, ya`ni bog`chaga qatnaydigan bolalarda qondagi
gemoglobin miqdori
uyda 47
tarbiyalanayotgan bolanikiga nisbatan yuqori ekan. Bu holatga bog`cha mudiralari va bolalar shifokorlari ko`p marta guvoh bo`lishgan. «Tibbiy ko`rik natijalariga ko`z yugurtirar ekanman, guruhga yangi kelgan bolani qon tahliliga qarab ajratib olaman», deydi bog`cha mudiralaridan biri. Ertalabki nonushtaga etiltirib pishirilgan sutli bo`tqalar (grechkali, oshqovoqli, gerkules, manniy yormasi, vermishel bilan), tushlikka qaynatilgan yormalar, kartoshka pyuresi, engil xamirli taomlar, qiyma go`shtdan tayyorlangan quyuq ovqatlar, lavlagi solingan karam sho`rva, dimlab pishirilgan palov, bolalarbop salatlar, meva-sabzavotlar, kechki ovqatga engil bo`tqalar, pechen`e, meva pyurelari, keks, pryaniklar kiritilgan bog`cha taomnomasi bilan tanisha turib, xayolga bir o`y keladi: dam olish kunlari onalarning o`zlari ham bolasini shunday foydali taomlar bilan siylarmikan yoki tayyor ugra bilan aldab qo`yadimi? Ko`plab onalar farzandi ovqat emasligi, ishtahasi yo`qligidan nolib qoladi. Biroq taniqli psixolog Nayjell Latta fikricha, bolalarni oziqlantirish bilan bog`liq har qanday muammoni hal etishda quyidagi oltin qoidalarga rioya qilish kifoya: Och bolalar ovqat eydi. Hadeb tumshug`iga ovqat tiqishtiriladigan erkatoy bolalar hech narsa emaydi, biroq och bolalar eydi. Organizm «yoqilg`i» zaxiralarini eb tugatgach, oshqozon miyaga signallar yubora boshlaydi. Tantiq bolani ovqat eyishga majbur qilishning yagona yo`li — uni och qoldirish. Buning uchun biroz kutish zarur. Farzandingizga bir qoshiq bo`tqa tutayotganingizda, u uni eyishdan avval yigirma marta yuz o`girishiga tayyor turing. Ko`plab tadqiqotlar va kuzatuvlar yosh bolalar o`zini aynan shunday tutishini isbotladi. Bolani yangi turdagi mahsulotga qiziqtirish uchun, unga buni 17—20 marta taklif qilib ko`rish kerak.
Buning uchun ota-ona, albatta, sabrli va xotirjam bo`lgan holda, o`z so`zida qat`iy tura olishi ham kerak. Biroq, shu bilan birga, majburlash ham kerak emas.Bolalarni o`z oshqozoniga quloq tutishga o`rgatishimiz zarur.
48
Xulosa
Har qanday millatning asosiy boyligi-bu bolalar salomatligi. Farzandlarimiz salomatligini muhofaza qilish, millat kelajagini muhofaza qilish bilan barobar. Bolalar salomatligi, barkamol insonning kamol topishida muhim o`rin tutadi. Umrning shu pallasida shakllangan mustahkam sog`liq hayotimiz so`nggiga qadar bizga hamroh bo`ladi. Taraqqiyot va texnika asrida faqatgina ruhan hamda jismoniy sog`lom insonlargina omon qolib, hayotda nimagadir erishadi. Bunga zamin yaratishda, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta`lim-tarbiya olishlari jarayonida ularni to`g`ri ovqatlantirish nihoyatda muhimdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to`g`ri ovqatlantirishga qo`yiladigan asosiy talab, eng avvalo, rivojlanib borayotgan bola organizmining ulg`ayishi va rivojlanishini to`liq ta`minlashdan iborat. Bolalar ovqati ratsionini shakllantirishda asosiy ovqat mahsulotlari, ya`ni oksillar, yog`lar va uglevodlar ovqat tarkibida bir- biriga to`g`ri nisbatda bo`lmog`i lozim. Anna shu moddalar ovqat tarkibida etarli va zarur miqdorda bo`lganda, organizmning oziq-ovqat mahsulotlariga hamda biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondirilgan bo`ladi. Bolalar ovqatini to`g`ri tashkil etish bolalar muassasalari rahbarlari va ma`sul xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik me`yorlarda belgilangan ozik-ovqat maxsulotlarini ratsionga to`g`ri kiritishdir. Buning uchun birinchi urinda, bola organizmining fiziologik extiyojlarini qondiruvchi, oziq moddalarga boy, yuqori quvvatli bulgan asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini kunlik ratsionga kiritish zarur. Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasi va oila sharoitida ovqatlantirish bir- biriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada xamshira tomonidan xaftalik taomnoma (9-10.5 soatlik guruxlar faoliyat yuritadigan maktabgacha ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi. 49
Shu vaqtning o`zida xaftalik taomnomaga mos ravishda, kechki ovqat uchun tavsiya sifatida aloxida xaftalik taomnoma tuzilib, ota-onalar burchagiga ilib qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ota-onalar bog`chadagi kunlik taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga mos ravishda kechki ovqatni tashkil etishlari ham mumkin Bundan tashqari tarbiyachi va bog`cha xamshirasi tomonidan ota-onalarga kechki ovqatga (shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi. Maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar bilan suhbat o`tkazib, bolani bog`chaga olib kelishlaridan oldin, ya`ni ertalab ovqatlantirmasdan olib kelishlarini ogoxlantirib qo`yish lozim. Bola ertalab uyda ovqatlansa, avvalombor, ovkatlanish tartibi buziladi, qolaversa, bog`chaga kelganda, ishtaxasi susayib, yaxshi nonushta qilmaydi. Bolani bog`chaga juda erta, ya`ni ertalabki nonushtadan 1-2 soat oldin olib kelishga to`g`ri kelsa, u holda uyda engil nonushta(choy, kakao, sharbat, meva yoki buterbrod) berish mumkin. Bolaning maktabgacha ta`lim muassasasiga ko`nikish davrida uning ovqatlanishiga alohida e`tibor berish zarur. Bola oila tarbiyasidan bog`cha tarbiyasiga o`tishida, bolalar utrasida deyarli xar doim ma`lum ruxiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Bola qancha yosh bulca, bogcha sharoitiga kunikishi shuncha kiyin buladi. Bu davrda bolaning ishtaxasi bug`iladi, yaxshi uhlamaydi, asabi buziladi, organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyati susayadi. Bu vaqtda bolalarni to`g`ri ovqatlantirish ularning tezroq bog`cha sharoitiga ko`nikishiga bog`likdir. Bola bog`cha sharoitiga kirib kelishdan oldin ota-onalar tomonidan bog`chada kuproq tayyorlanadigan taomlar bilan tanishib borish hamda ushbu taomlarni uyda tayyorlab ( asosan, bola uyda iste`mol qilmagan taomlarni), bolani iste`mol qilishiga ko`niktirib borishlari tavsiya qilinadi.Ko`nikish davrining boshlarida bola uzi eyishni bilmasa yoki xoxlamasa, tarbiyachilar tomonidan ovqatlantirib qo`yish lozim.
50
Ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etishda, muassasa xodimlarining eng asosiy vazifalaridan biri oshxonaga hamda taomlarni tayyorlash va saqlashga qo`yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishlaridir. Bu talablarga rioya qilinmasa, bolaning sog`ligiga jiddiy ta`sir ko`rsatishi, jumladan, ovqatdan zaxarlanish, turli kasalliklarga chalinish xolatlari sodir etilishi mumkin. Muassasada maxsulotlarni alohida ( go`sht, baliq, sut va hokazo) tartibda saqlanishi talab qilinadi . Shuningdek, gusht va baliq yarim tayyor ma`hsulotlari ( go`sht va baliq qiymalari)ni xattoki, muzlatgichda saqlashga ru`hsat etilmaydi. Go`sht va baliq ma`hsulotini faqat kulinariya ishlovi berishdan oldin qiyma holatiga keltirish mumkin. Turli hildagi oziq-ovqat mahsulotlariga issiqlik ishlovi (kovurish shkafida) berishda, ularning pishirish uchun belgilangan harorat va ishlov berish muddatlariga amal qilish lozim. Qovurish shkafidagi xarorat 220 S dan past bo`lmasligi kerak. Qaynatilgan go`shtdan ikkinchi taom tayyorlansa, albatta, ikkinchi issiqlik ishlovi berilishi talab etiladi. Har kuni oshxonada ish tugatilgandan so`ng, xonalarni orasta kilib yig`ishtirib qo`yishlari lozim. Buning uchun yig`ishtirish vaqtida kiyishga muljallangan maxsus kiyimlar ( xalat, fartuk va boshq.) bo`lishi kerak. Har oyda bir marta asosiy yig`ishtirish-tozalash ishlarini o`tkazish va barcha xona, jixoz va anjomlar zararsizlantirilishi talab etiladi.
51
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. I.A.Karimov Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori: T. «Sharq», 1997 y. 2.
I.A. Karimov. «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda». T.«O`zbekiston» 1999 y. 3.
Ma’naviyat, 2008 y. 4.
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni T.1997 y. 5.
O`zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».T.1997 y. 6.
«Bolajon» tayanch dasturi. T. 2010 y. 7.
O`zbekiston Respublikasi «Maktabgacha ta`lim to`g`risida»gi Nizom. T-2000 y. 8.
9.
F.Qodirova Sh.Toshpolatova M.Azamova. Maktabgacha pedagogika. Toshkent-2013. 10.
«Sog’lom bola yili» Davlat dasturi T.2014y. 11.
1994y. 12.
K.Xoshimov, S.Ochilov O’zbek pedagogikasi antalogiyasi Toshkent- 1995. 13.
A.R. Sodikov, A.M.Mirzaaxmedov Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ovqatlantirish T. «Ilm Ziyo», 2008y 14.
A.N Еrshov, Z.N Sosnina i dr. Sbornik retseptur blyud i kulinarnix izdeliy dlya
predpriyatiy obщestvennogo pitaniya. M.,
«Ekonomika»1982. 15.
I.G Kislyakovskaya, L.P Vasil`eva i dr. Pitanie detey rannego doshkol`nogo vozrasta. M., «Prosveщenie», 1983. 16.
S.S.Salixo’jaev.Bolalar ovqatiga qo’yiladigan gigienik talablar T., «Meditsina», 1989. 17.
«Sog’lom ona-sog’lom bola» mavzusidagi xalqaro simpozium materiallari. 29-mart, 2016-yil. 18.
K. Maxmudov Mehmonnoma. T. «Yosh Gvardiya» 1989. 19.
1983 y. 20. G.A. Kalyujin., M.P.Deryugina. «Yo`rgakdan maktabgacha» -Toshkent «O`qituvchi» - 1988 y 21. T.Usmonxo`jaeva., F.Xo`jaev. Ming bir o`yin -Toshkent Ibn Sino nashriyoti-1990 22. O`.Otavalieva. Bola tarbiyasida bog`cha va oila hamkorligi. Т.O`qituvchi 1994 y. 23. V.G.Negacheva, T.A.Markova. Bolalar bog`chasida ahloqiy tarbiya. Т. O`qituvchi - 1990
52
24. V.G. Loginova., P.G.Samorukova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. O`qituvchi -1991-1992 yy. 25. «Voyaga etmaganlar nazoratsizligi hamda qarovsizligining oldini olishda oila, uzluksiz ta`lim muassasalari, mahalla va huquq-tartibot organlarining o`zaro hamkorligi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. - Guliston: Universitet, 2014
26. P.Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. O`qituvchi -1993 y. 27.Bolalar bog’chasining katta tarbiyachisi. Toshkent-1991. 28 «Maktabgacha ta’lim jurnali», 2014-yil, 3-son 29 «Maktabgacha ta’lim jurnali», 2014-yil, 11-son 30 w.w.w. Ziyonet 31 http: // w.w.w //uralrti/ru. 32 www. bankreferatov.ru
53
Ilova 1
MeTODIK IShLARNI TAShKIL ETISh BO`YIChA KO`RSATMALAR №
Bajariladigan ishlar Ishtirok etuvchilar O`tkazish vaqti Mas`ullar I.BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IShLAR MAZMUNI I.1. Mashg`ulotlarni ochiq havoda (bezatilgan yozgi maydonchada) o`tkazish Barcha guruhlar Iyun, iyul`, avgust
I.2. Sayr, turizm, ekskursiyalarni uyushtirish Barcha guruhlar Iyun, iyul`, avgust I.3.
“Salom yoz!”, “Yoz o`tadi soz” bayram tadbirlarini uyushtirish
1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Ertaklar ezgulikka etaklar” bayram tadbirini tashkil qilish, bolalarni shirinliklar bilan siylash Barcha guruhlar Iyun
I.5. “Yosh rassomlar ” tanlovini o`tkazish, qog`ozga mo`yqalam bilan rasm chizdirish Katta va tayyorlov guruhlari Iyun I.6.
“Yozgi olimpiadani o`tkazish” Katta va tayyorlov guruhlari Iyun I.7.
Hayvonot bog`iga tashrif buyurish Katta va tayyorlov guruhlari Iyun` I.8.
“Rangli pufaklar” suv bayrami O`rta, katta va tayyorlov guruhlari Iyul` I.9.
“Ehtiyotkor piyoda” haftaligi Barcha guruhlar Iyul` I.10.
“Qizil, sariq, yashil” sport musobaqasi Barcha guruhlar Iyul` I.11.
“Oltin baliqcha” suzish haftaligi Barcha guruhlar Iyul` I.12.
“Gullar bayrami” haftaligi Barcha guruhlar Avgust I.13.
“Tabiat qo`riqchilarimiz!” rasmlar va qo`l mehnati haftaligi Barcha guruhlar Avgust
I.14. “O`z uyingni o`zing asra” hayot xavfsizligi asoslari Barcha guruhlar Avgust
Mudira, metodist, tarbiyachi, musiqa rahbari va yo`riqchi, psixolog I.15. “Yosh ijodkor” origami bayrami haftaligi Barcha guruhlar Avgust
II.SOG`LOMLAShTIRISh VA ChINIQTIRISh IShLARI II.1. Ertalabki badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, engil
kiyimda, predmetlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash. Barcha guruhlar Avgust II.2.
Chiniqtirish - xonada engil kiyimda bo`lish, derazaning kichik darchasini ochib qo`yish. Kiyim va poyabzalni mavsumga va mashq turiga muvofiq tanlash. Sochiq bilan tana a`zolarini artish: avval qo`llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish. Faqat
kattalarning nazorati ostida cho`milishning asosiy qoidalariga rioya qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni shikastlantirish xavfi
yo`q joylarda yurish. Chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda bajarishga o`rgatish. Tabiiy va sun`iy chiniqtirish vositalaridan unumli foydalanish (qum,suv, havo va quyosh vannalari) Barcha guruhlar Avgust
II.3. Qomatni to`g`ri tutish ko`nikmasini tarbiyalash - badantarbiya mashqlari tarkibiga to`g`ri qomatni Barcha guruhlar Avgust
Metodist, tarbiyachi, musiqa rahbari va jismoniy tarbiya yo`riqchisi, psixolog
54
shakllantiradigan, yassitovonlikning oldini oladigan mashqlarni kiritish, to`g`ri qomatni mustaqil nazorat qilib borish qoidalariga rioya qilish: orqa bilan devorga suyanib, tik turish, devorga elkani tekkizib turish, yurishda ana shunday holatni saqlashga o`rgatish va doimo nazorat qilib turish II.4.
Harakat tartibi - uzoq davom etadigan sayrlar va ekskursiyalarda ishtirok etish.
Harakatli o`yinlarda faol qatnashish. Mashg`ulotlardan tashqari harakatli o`yinlar o`ynash. Bolalarni holatini muntazam kuzatib borish
Avgust II.5.
Shikastlanishning oldini olish – bolalar hatti- harakatlarini nazorat qilish va extiyotkorlikka o`rgatish
Barcha guruhlar Avgust II.6.
Madaniy–gigienik ko`nikmalarni egallash va o`z- o`ziga xizmat qilishni, umumiy va jamoa gigienasini tushuntirish: suvga tushish va chiqqandan avval cho`milish va h.k. Barcha guruhlar Avgust
III. TA`LIM-TARBIYa JARYoNINI ReJALAShTIRISh III.1.
“Bolajon” tayanch dasturi asosida ta`lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish Barcha guruhlar misolida Iyun`, iyul`, avgust III.2. Yozgi mavsumga mashg`ulotlar jadvaliga o`zgartirishlar kiritish Barcha guruhlar misolida Iyun`, iyul`, avgust III.3.
Yozgi mavsumga kerakli adabiyotlar va uslubiy qo`llanmalar bankini yaratish Barcha guruhlar misolida May Iyun`
III.4. Murakkab faoliyatlarni engil, musiqali va jismoniy daqiqalar bilan almashtirish, erkin mavzularda suhbatlar uyushtirish Barcha guruhlar misolida Iyun`, iyul`, avgust III.5. Katta tarbiyachi tomonidan maslahat kunini tashkil eish va tarbiyachilarga tanlangan yo`nalish bo`yicha tavsiyalarni berib borish. Barcha guruhlar misolida Iyun`, iyul`, avgust III.6. Ziyoratgohlarga va hayvonot bog`iga tashrif buyurish uchun tegishli joylardan ruxsatnoma olish va bolalar bilan tayyorgarlik ko`rish. Katta va tayyorlov guruh bolalari uchun Iyun`, iyul`, avgust III.7.
Yozgi mavsumni oqilona tashkil etishda milliy va harakatli o`yinlar, teatrlashtirilgan sahna ko`rinishlari uchun
ertak
qahramonlari kiyimlarini tayyorlash. MTM xodimlari va ota-onalar uchun Iyun`, iyul`, avgust
Metodist, tarbiyachi, musiqa rahbari va jismoniy tarbiya yo`riqchisi, psixolog IV. OTA-ONALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IShLAR IV.1. Ota-onalarga bolalarining oqilona dam olishlari uchun sharoitlarni hozirlash yuzasidan maslahatlar berib borish. Barcha guruhlar misolida Iyun`, iyul`, avgust IV.2.
Ota-onalar uchun ajratilgan e`lonlar taxtasini yozgi mavsumda bolalar faoliyatidan namunalar bilan doimiy ravishda yoritib borish. Barcha guruhlar misolida Iyun`, iyul`, avgust IV.3.
“Otam, onam va men sportchilar oilasimiz” mavzusida sport bayramlarini uyushtirish. Katta va tayyorlov guruhlari Iyun`, iyul`, avgust IV.4.
“Farzandim-dilbandim”, “Bolangizni qanchalik bilasiz?!” mavzularida ota-onalar orasida ko`rik- tanlov va psixologik testlar, so`rovnomalarni tashkil etish. Barcha guruhlar, ota-onalar Iyun`, iyul`, avgust
Mudira, metodist, tarbiyachi, musiqa rahbari va jismoniy tarbiya yo`riqchisi, psixolog hamda ota-onalar IV.5.
V. TAShKILIY MASALALAR V.1. Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilishni tashkil Barcha xodimlar Iyun`
55
etish tartibi to`g`risidagi nizom bilan xodimlarni yana bir bor tanishtirish. V.2.
uchun yozgi mavsum boshlanishidan bir oy avval yozgi bolalar maydonchalarini ta`mirlash va jihozlash hamda bezash. Barcha guruhlar uchun Iyun`, iyul`, avgust
Metodist, tarbiyachi, musiqa rahbari va jismoniy tarbiya yo`riqchisi, psixolog hamda xo`jalik ishlari mudiri VI. PROFILAKTIKA IShLARI VI.1.
Bolalarni ratsional ovqatlanishlarini tashkil etish, toza ichimlik suvi va sharbatlar bilan ta`minlash. Barcha guruhlar uchun
Iyun`, iyul`, avgust VI.2. Bolalarni oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishlarini oldini
olish maqsadida iste`molga tavsiya etilgan mahsulotlar sifatini muntazam tekshirib borish. Barcha guruhlar uchun
Iyun`, iyul`, avgust VI.3. Sayr va mashg`ulot chog`ida bolalar hayoti xafvsizligini saqlash
maqsadida hamshira xonasini va kerakli tibbiy vositalarni tayyorlash. Barcha guruhlar uchun
Iyun`, iyul`, avgust VI.4. Yozgi mavsumda ota-onalar va bolalar bilan “Yuqumli kasalliklar”, “Iflos qo`llar bizning dushmanimiz”, ”Yuvilmagan meva
va sabzavotlar sog`liq uchun zararli” mavzularida yakka va jamoa holda suhbatlar uyushtirish Barcha guruhlar bilan
avgust
Mudira, hamshira, xo`jalik ma`muriy ishlari mudiri, tarbiyachi
Download 292.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling