O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Download 353.01 Kb. Pdf ko'rish
|
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika fakul`teti Pedagogika va psixologiya kafedrasi Dots. Nurjanova R.
«QIYOSIY PEDAGOGIKA» fani bo`yicha o`quv uslubiy majmuasi (bakalavriat bosqichi talabalari uchun) NUKUS - 2012 Qiyosiy pedagogika fani predmeti, vazifalari, ilmiy-tadqiqot metodlari
Joba: 1.
Qiyosiy pedagogika fanining tadqiqot ob`ekti, maqsadi, vazifalari. 2.
Pedagogik taqqoslash fanining rivojlanish bosqichlari. 3.
Fanning ilimiy-tadqiqot metodlari.
Qiyosiy pedagika haqida umumiy tushuncha, rivojlanish bosqichlari, fanning ilimiy- tadqiqot metodlari
Kelajagi buyuk davlatni qurayotgan kishining tafakkuri, axloqi yangi iqtisodiy munosabatlarni tiklashga, moddiy ne`matlar ishlab chiqishga astoydil kirishib doimo yonib yashash hissi bilan sug’orilgan bo’lishi lozim. Mana shunday ijobiy xislatlarga boy insonlarni tarbiyalash pedagoglarning vazifasi hisoblanadi. Pedagogik taqqoslash fani O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta`lim to’g’risida»gi Qonun talablari asosida oliygohlarda bo’lg’usi o’qituvchilarni jahon pedagogikasi, ayniqsa rivojlangan davlatlarda ta`limning o’ziga xos jihatlari haqida ma`lumotlarga ega bo’lish va ta`lim-tarbiyada qotib qolgan va eskirgan o’z dolzarbligini yo’qolib borayotgan ish shakli va uslublaridan xolos etish, ta`limni munosib tarzda yaxshilashda va yangilashda ustuvor fanlardan biri sifatida xizmat qiladi. Pedagogik taqqoslash fanining maqsadi-bo’lg’usi o’qituvchilarni fanning nazariy metodologik muammolari, taraqqiyot bosqichlari, chet el ta`limi, uning mazmuni, tuzilishi, rivojlanishi, o’ziga xos xususiyatlari, ta`lim-tarbiya orasidagi uzviyliklar, ilg’or g’oyalar va tajribalar xususidagi bilimlar bilan tanishtiradi. Shu orqali ta`lim mazmunini rivojlantirish, uni jahon talablari darajasiga olib chiqish, pirovard natijada yuqori malakali kadrlar tayyorlab, mustaqil Respublikamiz iqtisodiy, ma`naviy qudratini oshirishga xizmat qildirishdan iboratdir. Tarbiya jamiyat vazifasi bo’lib u faqat ishlab chiqarish munosabatlari ta`sirida emas, balki turli tarixiy davrlarda ilgari surilgan u yoki bu tarbiya nazariyasining g’oyalari ta`sirida aniq shaklga ega bo’ladi. Jamiyatda tarbiya jarayonida to’plangan tajribani umumlashtirish ehtiyoji tug’ilib, o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotga durustroq va rejali tarzda tayyorlash imkonini beradigan maxsus o’quv yurtlarini ochish zaruriyati paydo bo’lishi bilan birga ta`lim nazariyasi ham fan sifatida rivojlanib boshladi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy nomi bilan bevosita bog’liq. Uning mashhur G’Buyuk didaktikaG’ asari pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasida birinchi muhim pedagogik asar hisoblanadi.
hisoblanadi. Pedagogika-bu insonni qanday qilib tarbiyalash, unga qanday qilib ma`naviy boylikka erishish mumkinligini, ijodiy faol hamda hayotdan zavqlana olishi, jamiyat va tabiat bilan to’g’ri munosabat o’rnata olish haqidagi fan. Pedagogika atamasi qadimgi Yunonistondan kelib chiqqan. Bu erda quldorlar bolalarini maktabgacha kuzatib qo’yadigan, olib boradigan odamlarni G’pedagogG’ deb atashgan. Keyinchalik bu atamaning ma`nosi birmuncha o’zgardi. Oldingi bolalar tarbiyasi kattalar tomonidan bevosita mehnat faoliyatida amalga oshirilgan bo’lsa, jamiyat rivojlanib borgan sari tarbiya bilan bilimdon, tajribasi etarli odamlar shug’ullana boshlagan. Mashg’ulotlar tobora tashkiliy shakllarga, ko’rinishlarga ega bo’lib, asta- sekin maktablar paydo bo’ldi. Pedagogika fani o’z mazmun mohiyatini boyitichda, yangilashda mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari degnada yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlarga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, uslublari va vositalari majmuyi tushuniladi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa, ta`lim tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi: Ammo shuni ta`kidlamoq lozimki, ilmiy tadqiqot metodlari tizimi hali hozirgacha fanda to’la yaratilgan, hal etilgan emas. Mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy-tadqiqot usullariga tayanib fikr yuritish mumkin.
tabiiy
kuzatish orqali
o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq atvori va ularning muomaladagi o’zgarishlarini hisobga olish va tegishli ta`limiy-tarbiyaviy ta`sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va xodisalarni biror maqsadni ko’zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob`ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hakozolar hisobga olinadi.
ko’rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita alohida bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshning javoblarini yozmasdan erkin muomala shaklida qo’llaniladi. Suhbat metodida-maktab o’qituvchilari va o’quvchilar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganida qo’llaniladi. Pedagogik so’rash metodi- tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. Test, so’rovnomalar- bu so’rovnoma, ya`ni anketa usuli qo’llanganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash o’quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi. Test savollaridan ko’zlangan maqsad oz vaqt ichida o’quvchilarning bilimlarini yoppasiga baholashdir.
Test sinovlarini (anketalarni) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to’ldirilgan anketalar soniga bog’liq bo’ladi. Odatda test savollarining ma`lumotlarini komp`yuterda matematik statistika metolari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi.
o’sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o’quvchilarning fanlar bo’yicha o’zlashtirish darajasiga, sinfdan qolishning oldini olish, rag’batlantirish va jazolash choralari turlariga maktabning moddiy bazasiga e`tibor beriladi. Eksperiment, tajriba-sinov metodlari-ushbu tajriba asosan ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
ajratilgan mablag’larning doimiy o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali qurollari, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, ho’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Matematika va kibernetika usullari-o’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta`lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta`lim- tarbiya samaradorligini oshirish diferentsial va individual ta`lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlardir. Ilmiy tadqiqot usullari qonuniyatli aloqalar, munosabatlar, bog’liqliklarni anishlash va ilmiy nazariyalar yaratish maqsadida ilmiy axborot olish usullaridir. Har bir bilish jarayonining, shu jumladan, pedagogik hodisa va faktlarni bilish jarayonining strukturasi ikki darajadagi tadqiqotni -amaliy va nazariy tadqiqotni o’z ichiga oladi. Tadqiqot usullarini tanlash masalasi ana shunga qarab hal qilinadi. Pedagogik hodisa va jarayonlarni bilishning amaliy darajasi tadqiqot davomida aniqlangan pedagogik dalillarni to’plash, tanlash, taqqoslashni, tafakkurda analiz va sintez qilishni, son va sifat jihatidan ishlab chiqishni bildiradi. Tadqiqotning bu darajasida kuzatish, so’rash usullari, o’quvchilar faoliyatining natijalarini va ta`lim-tarbiya muassasalarining hujjatlarini o’rganish keng qo’llaniladi. Kuzatish - tadqiqotchining pedagogik jarayonni, uning ayrim turlari va tomonlarini tabiiy sharoitda maxsus dasturga muvofiq ko’p yoki oz muddat idrok qilishidir. So’rash- usullariga interv`yu olish (suhbatlashish) va anketalashtirish kiradi. Interv`yu olish oldindan belgilangan, pedagogik vaziyatga qarab o’zgartirilishi mumkin bo’lgan reja asosida og’zaki o’tkaziladi. Puxta o’ylab maqsadga muvofiq tuzilgan, aniq-ravshan ifodalangan savollar to’plamidan iborat anketa yozma so’rash shaklidir. Anketadagi savollar ochiq savollar (bunda berilishi taxmin qilingan javoblar oldindan ma`lum qilinmaydi), yopiq savollar (bunda savol berilgan bola taklif etilgan javoblardan bittasini yoki ikkitasini tanlaydi) va yarim yopiq savollar (bunda savol berilgan o’quvchiga bir yoki bir necha javob tanlash taklif etiladi va shu haqda o’z fikrini bayon qilishiga imkoniyat beriladi) bo’lishi mumkin. O’quvchilarning shaxsiy hujjatlari, meditsina kartochkalari, majlis va kengashlarning protokollari, sinf jurnallari va hisobot materiallari bilan tanishish tadqiqotchini foydali ob`ektiv ma`lumotlar bilan qurollantiradi. Tarbiya mazmunini tashkil qiluvchi amaliy bog’liliklar, aloqa va munosabatlar yuqorida aytilgan usullar yordamida aniqlanadi va ifodalanadi. Biroq pedagogika fan bo’lgani uchun bu bilan cheklanib qolmaydi. U amaliy bilimlarga tayanib, nazariy bilish darajasiga ko’tarilishi, umumiy bilimga ega bo’lishi, pedagogik hodisalarning qonuniyatlari va mohiyatini bilishi kerak. Bunga pedagogik tajriba va pedagogik model` yasash usullari yordam beradi.
natijalari o’rtasidagi sababli-oqibatli bog’lanishlar nimaligini aniqlashdir. Tajriba pedagogik ishda biror usul yoki uslubning samarali bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi ilmiy jihatdan ishonchli faraz asosida o’tkaziladi. Tajriba o’quvchilarning odatdagi hayoti va faoliyati sharoitida o’tishi mumkin. Bu tabiiy tajriba deb atalmoqda. Laboratoriya tajribasi sinab ko’rilayotgan o’quvchilarga ko’rsatilgan pedagogik ta`sirlarning xarakterini va o’quvchilar bu ta`sirlarga qanday javob qaytarganlarini qayd qilish uchun maxsus sharoitlar yaratilishi bilan farq qiladi. Tajriba natijalari ommaviy ravishda joriy qilishga tavsiya etilishdan oldin boshqa tadqiqot usullari (kuzatish, anketalashtirish va hokazolar) yordamida tekshirilishi va, zarur bo’lsa, ularga tuzatishlar kiritilishi kerak. Model` yasash - haqiqatda mavjud pedagogik tizimni shu tizimning tuzilish va ishlash tamoyillari aks ettirilgan maxsus o’xshatmalar (modellar) yasash yo’li bilan moddiy yoki fikriy gavdalantirishdir. Modellashtirish orqali tizimning shu aniq holda ahamiyatsiz bo’lgan xususiyatlarini e`tibordan soqit qilish mumkin. Pedagog-tadqiqotchi model` yasash usulidan foydalanganda ayrim xossa, shakl va jarayonlarni analitik usulda o’rganishdan yaxlit tizimlarni sintetik usul bilan bilishga o’tish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Mustahkamlash uchun savollar. 1. Qiyosiy pedagogik fanining tadqiqot ob`ekti. 2.
3.
Pedagogik taqqoslash fanining rivojlanish bosqichlari. 4.
Fanning ilimiy-tadqiqot metodlari. 5. Mustaqil O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimi, I.A.Karimov asarlarida barkamol avlod tarbiyasi
1. Karimov I.A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotning poydevori. T., 1997. 1.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997. 2.Ta`lim to’g’risidagi qonun. T., 1997. 3. G’aybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshq. Pedagogika, 1999. 4. Inog’omov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 5. Tursunmetov K., Ahmedov Sh. O’quvchilar bilimini sinashning ba`zi bir muammolari. 6. Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta`lim tizimi, I.A.Karimov asarlarida barkamol avlod tarbiyasi
Reja: 1.
Mustaqil O’zbekistonda pedagogika fanining ravnaq topishi. 2.
Ta`lim tizimini isloh qilish -davr talabi. 3.
Ta`lim tizimini isloh qilishdagi asosiy yo’nalishlar. 4.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 5.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy yo’nalishlari. 6.
I.A.Karimov asarlarida, nutq va risolalarda pedagogik tadqiqotlar ularning asosiy yo’nalishlari va natijalari. 7.
O’zbek xalqining ma`rifiy qadriyatlardan ta`lim-tarbiyada foydalanish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy yo’nalishlari, qiyosiy pedagika haqida umumiy tushuncha, rivojlanish bosqichlari, fanning ilimiy-tadqiqot metodlari, uzliksiz ta`lim turlari.
balki tinchlik tarafdori bo’lgan barcha demokratik davlatlar uchun ahamiyatli voqea sifatida qabul qilindi. Shu yildan boshlab O’zbekiston har yili 1 sentyabrni mustaqillik kuni bayramini nishonlaydi. Avvalom bor islohatlarning tamoyillari ishlab chiqiladi.
Ushbu besh asosiy tamoyil albatta pedagogika fanining ham keyingi rivojini belgilab beruvchi yo’nalishlar sifatida qaralishi kerak. Chunki ana shu tamoyil O’zbekiston Respublikasini mustaqil, demokratik davlat sifatida shakllanishi va keyingi rivojlanishin ta`minlovchi kuchga ega. Demak, pedagogika fani o’z oldiga qo’ygan maqsadlaridan ana shu tamoyillariga hamohang bo’lishi lozim. Pedagogika fani ta`lim-tarbiya ishini shunday uyushtirishi kerakki, bu jarayonda bir necha
Mustaqillik tarbiyasining shu yo’nalishlari-milliy axloq odobning tarkibiy qismidir. Shuningdek, ular mustaqillik tarbiyasining asosini tashkil qiladi. Zikr qilingan pedagogik asoslari xalq xo’jaligining barcha sohalarini rivojlantirishda, xalqni tarbiyalashda muhim rol` o’ynashi tabiiy holdir. Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar qalbi va ongiga singdirish ta`lim- tarbiyaning turli shakllari orqali amalga oshiriladi va u bir qancha vazifalarni o’z ichiga oladi. -ta`lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasini singdirishning diferentsial pedagogik-psixologik dasturini yaratish; -kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o’quvchi-talabalar ongida milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini uzluksiz tarzda olib borish; -o’quv dasturlari, darslik va qo’llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini terang aks ettirish; -maktab, litsey, kollej, institutlarda milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini terang aks ettirish; -pedagogik kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish. Respublikamizning istiqlolga erishuvi jamiyat hayotining barcha jabhalarida shu jumladan ta`lim-tarbiya sohasida ham o’z aksini topdi. O’zbek pedagogikasi tarixida burilish davri, yangilanish davri boshlanda. O’zbekiston Respublikasidagi mustaqil huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini qurish yo’lida ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni intellektual- amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib berdi. Bu o’z navbatida insoniyat yaratgan ma`naviy-ilmiy boyliklarga, insonning o’ziga yangicha munosabat, yondoshuvni yuzaga keltirdi. Endi pedagogika fani faqat ta`lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy ta`minlovchi emas, komil insonning shakllanishini, rivojlanishini ta`minlovchi keng sohalarni o’z ichiga ola boshladi. Endilikda pedagogika fani o’z oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalarini qo’ydi. Shuning uchun ham yangi ta`lim kontseptsiyasi qabul qilindi va unda keyingi rivojlanishlarning barcha yo’nalishlari qayta ko’rib chiqildi. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, qaerda ta`lim va tarbiyaga e`tibor katta bo’lsa, o’sha erda tarqqiyot yuksalish bor. Shuning uchun respublikamizning istiqboli uzluksiz ta`limni qay darajada amalga oshirilishiga bog’liq. Uzluksiz ta`lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy- iqtisodiy, ijtimoiy-ilmiy-texnikaviy va ma`daniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohalar. Uzluksiz ta`limning faoliyat ko’rsatish printsiplari mavjud. -ta`limning ustuvorligi-uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta`lim va yuksak intellektning nufuzi; -ta`limning demokratlashuvi-ta`lim va tarbiya uslublarining tanlanishida o’quv yurtlarining mustaqilligining kengayishi, boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o’tilishi; -ta`limning insonparvarlashuvi-inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta`limga nisbatan bo’lagn turli-tuman ehtijlarning qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta`minlanishi, inson jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarning uyg’unlashuvi; -ta`limning ijtimoiylashuvi-ta`lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish ularda yuksak ma`naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlarni shakllantirish; - ta`limning milliy yo’naltirilganligi- ta`limning milliy tarix, xalq an`analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg’unligi, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta`limni milliy taraqqiyotning o’ta muhim omili sifatidan e`tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini xurmatlash; -ta`lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama komil topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi; -iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta`limning eng yuqori darajasida, izchil darajasida fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar. Uzluksiz ta`lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta`lim standartlari asosida turli darajadagi ma`lum dasturlarning izchilligi asosida ta`minlanadi va bir necha ta`lim turlarini o’z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy iodelining o’ziga xosligi mustaqil ravishda 9 yillik umumiy o’rta ham q yillik o’rta maxsus kasb-hunar ta`limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta`lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi dasturlariga izchil o’tilishini ta`minlaydi. Umumiy ta`lim dasturlari: maktabgacha ta`lim, boshlang’ich ta`lim(1-4 sinf), umumiy o’rta ta`lim(1-9 sinflar) o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limini qamrab oladi. Kasb-hunar ta`limi dasturlari o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy (bakalavriyat, magistratura) ta`lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta`limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi. Maktabgacha ta`lim O’zbekiston xalq ta`limi tizimidagi birinchi bosqichdir. Bu bosqichda xilma-xil toifadagi turlicha muassasalarni ko’rish mumkin. Ya`ni yaslilar, bolalar bog’chalari, sog’lomlashtirish bog’chalari, aqliy, jismoniy jihatdan nuqsonli bolalar bog’chalari, xonadon bog’chalari mavjud. Umumiy ta`lim uzluksiz davlat ta`limi tizimida asosiy bo’g’in bo’lib, ta`lim oluvchilarning ilmiy bilimlar olishini, mehnat ta`limi, boshlang’ich kasb ko’nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallashlarini, shuningdek o’z ijodiy qobiliyatlari va ma`naviy fazilatlarini rivojlantirishlarini ta`minlaydi. Umumiy ta`lim G’Ta`lim to’g’risidagiG’ Qonunning 9-bandiga muvofiq 3 bosqichdan iborat:
-boshlang’ich ta`lim (1-4 sinflar); -tayanch ta`limi (5-9 sinflar); -o’rta ta`lim (10-11-12 sinflar). Ta`lim haqidagi davlat siyosatining asosiy mohiyati tayanch ta`limining (9 yillik) majburiyligidir. O’rta maxsus ta`lim (akademik litsey, kasb-hunar kollejlari) 3 yillik muddatini o’z ichiga oladi. Oliy ta`lim tabaqalashtirilgan bo’lim: Birinchi bosqich-bakalavr; Ikkinchi bosqich-magistraturadan iborat. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim: aspirantura, doktorantura, tadqiqotchi kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmog’i. O’tish davri juda murakkab jarayon bo’lib, bu davrda ayniqsa uyushqoqlik va bir yo’nalishdagi harakatlar talab etiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlashicha G’O’tish davrida davlat jilovini qo’ldan bermaslik kerak. Shundagina u davlat bo’la oladi. Jilov qo’ldan ketgan joylarda ahvol qanday ayanchli ekanligini hammamiz ko’rib turibmizG’. Prezidentimiz I.A.Karimovning iqtisodiyot haqidagi, davlatning bosh islohatchilik roli to’g’risidagi dono fikr va mulhazalarini pedagogik jihatdan tahlil va talqin etish hozirgi kuch va kelajak uchun muhim ahamiyatga egadir. Chunki yaratilajak shu pedagogik ruhdagi tadqiqotlar yoshlarni yangi mustaqillik iqtisodiyoti talablari asosida tarbiyalashda qo’llanma va yo’llanma vazifasini o’tashi mumkin. O’quvchilarda yangicha moddiy va iqtisodiy faravonlik haqidagi tuyg’ularni tarbiyalashga ahamiyat berish, ezgu maqsadga erishish malakalarini vujudga keltirish va takomillashtirish, halollik va fidoyilik odobini tarbiyalash masalalar bugungi kunda pedagogika fani oldida turgan asosiy masaladir. Bu masalalarni hal etishda biz albatta ma`rifiy qadriyatlarga murojaat etishimiz va ulardan samarali foydalanishimiz lozim. O’zbek xalqi asrlar maboynida avaylab saqlanib, sayqal topib kelgan o’z milliy urf-odatlari, rasm-rusumlari va an`analari, g’ururi, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzi, huquqiy ongi, e`tiqodi, bir so’z bilan aytganda, madaniy-ma`naviy dunyosi bilan ajralib turadi. Buyuk ajdodlarning umumbashariy ma`rifatparvarligini yaratishda bevosita ishtirok etganlar, ular jahon tsivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shganlar. Mustaqillik poydevorining tayanchi xalqimizning milliy ma`naviy poydevoriga, ma`naviy poydevori esa milliy istiqlol mafkurasini yaratishga borib taqaladi. Bizning ta`lim-tarbiya an`analarimiz tarixi Avesto davriga borib taqaladi. Bu davrda ham tarbiyaning o’ziga xos go’zal xususiyatlari, tajribalari mavjud bo’lgan, albatta. Lekin ularning barchasida halollik odobi birinchi darajaga ko’tarilgan. Halol insonlar uchun ruhsat qilingan ishlar, xatti-harakatlar majmuasi, qolaversa, mehnat evaziga topilgan.
Download 353.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling