O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 353.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana15.02.2017
Hajmi353.01 Kb.
#475
1   2   3   4   5

Mustahkamlash uchun savollar. 

1. YuNeSKOning tashkil topishi. 

2.

 

YuNeSKOning rivojlanish bosqichlari. 



3.

 

YuNeSKO tashkilotining tashkil topishi 



4.

 

Zamonaviy o`qituvchi qiefasi qanday bo`lishi kerak. 

5.

 

 Fan texnikaning hozirgi davrdagi taraqqiyoti. 



6.

 

 Chet el ta`lim taraqqiyotining asosiy yo`nalishlari 



 

Adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotning poydevori. T., 1997. 

2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997. 

3.Ta`lim to’g’risidagi qonun. T., 1997. 

4. G’aybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshq. 

Pedagogika, 1999. 

5. Inog’omov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 

6. Tursunmetov K., Ahmedov Sh. O’quvchilar bilimini sinashning ba`zi bir muammolari. 

7. Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992. 

 

 



 

CHET EL TA`LIM TARAQQIYOTINING  

ASOSIY Y?NALIShLARI 

                                      

Reja: 

1.

 



Ta`limni isloh qilish yo’llari 

2.

 



Kasbga yo’naltirish 

3.

 



Maxsus maktablar, qobiliyatli bolalar bilan ishlash 

 

Tayanch tushunchalar: 

 

YuNESKOning  tashkil  topishi,  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti,  maxsus  maktablar 



faoliyati. 

 

 



Vatanimiz  ta`limi  keng  qamrovli  islohotlarni  hamda  qayta  qurush  ishlarini  amalga 

oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda. Ulardan ko’zda tutilgan maqsad-maktab 

faoliyatini  demokratlashtirish,  uning  insonparvarlik  tamoyillarini  rivojantirish,  shu  asosida 

o’quv-tarbiya  ishlari  mazmunini,  uning  shakl  va  uslubini  kompleks  yangilash  va 

takomillashtirishdan  iboratdir.  Bu  vazifalarni  muvaffaqiyatli  hal  qilishning  muhim  shartlaridan 

biri  chet  el  maktabi  va  pedagogikasi  tajribalariga  munosabatni  tubdan  o’zgartishdan  iborat 

ekanligini hayotning o’zi ko’rsatmoqda. 

Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali biz ta`limda xato va  yangilash 

ishlaridan,  shubhali  xulosalardan  o’zimizni  saqlashimizdan  tashqari,  ta`lim-tarbiyada  qotib 

qolgan,  eskirgan  o’z  dolzarbligini  yo’qotib  borayotgan  ish  shakllarini  va  uslublardan  tezroq 

xolos bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega 

bo’lamiz. 

Shuni  e`tirof  etish  kerakki,  rivojlanganmamlakatlarda  ta`lim  sohasida  ulkan  o’zgarishlar 

sodir  bo’layotgan  bir  davrda,  bizda  ta`lim  mazmunini  yangilash,  uni  boshqarish,  yangi 

pedagogik texnologiyani maktab hayotiga tatbiq etishda hamon kamchiliklar mavjud. 

Ta`lim-tarbiyada  samarali  islohotlarni  amalga  oshirish  talab  etilyotgan  hozirgi  davrda 

esa,  ilmiy  texnika  taraqqiyoti,  yangi  texnologik  revolyutsiya  sharoitida  muvaffaqiyatli  faoliyat 

ko’rsata oladigan jamiyat a`zolarining etishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirishda 

davlat  xizmatini  hamda  o’rta  ta`limning  ko’p  variantli  uchinchi  bosqichini  joriy  etish,  ta`lim 

mazmunini  yaxshilashda  pedagogik  vositalarini  qo’llash,  ta`limda  tashabbuskorlik  va 

ijodkorlikka keng yo’l olish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish 

ayni mudoadir. 

Ushbu  mavzuni  risola  tarkibiga  kiritilishidan  maqsad  ham,  maktabni  isloh  qilish  yangi 

pedagogik  texnologiyani  joriy  etish,  maktabdagi  ta`lim-tarbiya  ishlarini  maktabda  o’zgarib 

turgan  ijtmoiy-iqtisodiy  muhitga  muvofiqlashtirish  kabi  ilg’or  yo’nalishlardan  keng  pedagogik 

jamoatchilikni,  ta`lim  boshqaruv  muassasalari  xodimlarini,  ta`limni  boshqaruvchilarni  hamda 

ota-onalarni voqif qilishdan iboratdir. 

 

TA`LIMNI ISLOH QILISh YO’LIDA 

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning, mamlakat ichki siyosatga faol ta`sir etadigan 

ijtimoiy  jarayon  ekanligi,    e`tirof  qilingan  haqiqatdir.  Shu  tufayli  ham  chet  mamlakatlarda 

maktab  ehtiyojini  iqtisodiy  ta`minlashga  ajratilayotgan  mablag’  miqdori  yildan-yilga  oshib 

bormoqda.  

Yaponlarda,  masalan,  G’maktab  muvaffaqiyat  va  farovonlik  timsoliG’  gina  bo’lib 

qolmay, G’u insonlarni yaxshilaydiG’ degan fikr, ishonch va e`tiqodga aylangan. 

Ta`lim  to’g’risidagi  g’amxo’rlik  taniqli  siyosatchilarning  ham  hamisha  diqqat-e`tiborida 

bo’lgan.  

Rivojlangan  mamlakatlarda  pedagogika  tadqiqotlarini  amalga  oshiradigan  ko’p  sonli 

ilmiy  muassasalar  ishlab  turibdi.  Germaniyada  uning  soni  g’000  dan  ortiq.  Frantsiya,  AQSh, 


Yaponiyada  ta`lim-tarbiya  nazariyasi  muammolari  bilan  yuzlab  davlat  va  xususiy  tashkilotlar 

universitetlar,  pedagogika  tadqiqot  markazlari  shug’ullanmoqdalar.  Ular  faoliyatini  esa  xalqaro  

ta`lim  markazlari,  masalan,  AQShda  xalqaro  ta`lim  instituti  muvofiqlashtirib  bormoqda. 

Ko’pchilikning faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.  



 

O’QUV DASTURLARINI QAYTA KO’RIB ChIQISh 

Maktab dasturlarini o’zgartirish ikki asosiy  yo’nalishda: ekstensiv va intensiv  yo’l bilan 

amalga oshiriladi.  

Birinchi  holatda  o’quv  muddati  uzaytiriladi,  o’quv  materiallari  hajmi  ko’paytiriladi; 

ikkinchi  holda  esa  mutloqa  yangi  dastur  yaratiladi.  Bu    o’rinda  ikkinchi  yo’l,  ko’pchilik 

mutaxassislarning e`tiroficha maqbul hisoblanadi. 

1961  yilda  «Bosh  yangi  bazis»  tamoyillari  asosida  AQSh  o’rta  maktablarini  isloh  qilish 

boshlangan edi.  

Buning  mohiyati  shundaki,  ingliz  tili  va  adabiyoti  (4  yil),  matematika  (4  yil),  tabiiy 

bilimlar  (3  yil),  ijtimoiy  fanlar  (3  yil),  komp`yuter  texnikasi  yarim  yil  kabilardan  iborat  o’ 

yo’nalishdagi majburiy ta`lim joriy qilindi.  

h0  yillarda  majburiy  ta`lim  hajmini  qisqartirish  jarayoni  yanada  chuqurlashtirildi.  Hatto 

ayrim  kollejlarda  bu  sohada  q  yangi:  ingdiz  tili  va  adabiyoti,  matematika  ijtimoiy  bilimlar 

bazislari  asosida  ish  olib  borilmoqda  ta`limning  boshqa  turlari  esa  ixtisoslashtirish  davrigacha 

amalga oshiriladigan bo’ldi.  

Amerikadagi ko’zga ko’ringan G’Found KarnsgiyG’ pedagogik markazi bu dasturni XXI 

asr  dasturi  deb  baholamoqda.  O’quv  dasturlarini  qayta  qurish  jara1ni  G’arbiy  Evropa 

davlatlarida  ham  amalga  oshirilmoqda.  Masalan,  Buyuk  Britaniyada  ta`lim  vazirligining 

tavsiyalariga muvofiq o’quv rejasi va dasturini ta`lim muassasalarining o’zlari belgilaydilar.  

Mazkur  tavsiyalarga  muvofiq  o’0  O’  o’quv  soatlari  o’qitilishi  shart  bo’lgan  G’yadroG’ 

predmetlar:  ingliz  tili  va  adabiyoti,  matematika,  din  darsi,  jismoniy  tarbiyaga  ajratiladi.  O’quv 

soatlarining  boshqa  qismi  esa,  o’qitilishi  shart  hisoblanib,  tanlab  olingan  predmetlarga 

(gumanitar,  tabiiy,  matematik  majmuidagi)  ajratiladi.  h0  yillardan  boshlab  Buyuk  Britaniyada 

ham  AQShdagi  singari  o’rganilishi  majburiy  bo’lgan  fanlar  doirasi  kengaytirildi.  Ingliz  tili  va 

adabiyoti,  matematika  va  tabiiy  fanlar  o’quv  setkasining  yadrosini  tashkil  etadigan  bo’ldi. 

Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir.  

Germaniya  to’liqsiz  o’rta  maktablarida  asosiy  predmetlar  bilan  bir  qatorda  tanlab 

olinadigan  ximiya,  fizika,  chet  tililar  kiritilgan  o’quv  dasturlari  ham  amalga  oshirilayotir.  Bu 

o’quv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni 

ham qamrab olmoqda.  

Frantsiya  boshlang’ich  maktablarida  ta`lim  mazmuni  ona  tili  va  adabiyoti  hamda 

matematikadan iborat bo’lib, asosiy tarix, georafiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar mashg’ulotlari 

va  musoboqalari  jarayonida  bolalarning  hzini  idora  eta  olishi  bir-birini  qo’llab-quvvatlash, 

do’stlik va hamjihatlikni tarbiyalashga asosiy e`tibor qaratildi. 

Ta`limni turli tsikllar orqali amalga oshirish Kanada ta`lim tizimiga keyingi yillarda kirib 

kelgan  yangilik deb baholash mumkin. Aynan talimdagi tsikllashtirish unga vorislik uzluksizlik 

bolalar  individual  qobiliyatlarini  butun  boshlang’ich  ta`lim  jarayonida  ta`minlab  beruvchi 

omildir.  Bundan  tashqari  ta`limni  tsikllashtirish  o’qituvchi  faoliyatiga  keng  erkinliklar  ham 

berdi, uning pedagoglik ma`suliyatini oshiradi.  

1990  yildagi  hukumat  qaroriga  muvofiq,  maktabgacha  va  boshlang’ich  ta`limga 

modullashtirish, bolalarning bilimiga u  yoki bu fanga moyilliligiga qarab, tabaqalashtirish, dars 

jadvalini  ham  shu  asosda  tuzish  huquqi  berildi.  Bunday  dars  jadvallari  1  yilga,  yarim  yilga, 

choraklar  bo’yicha  alohida-alohida  tuzilishi  mumkin.  Keyingi  paytlarda  o’qituvchi  tomonidan 

o’quvchiga  puxta  bilim  berish,  ota-onalar  tomonidan  esa,  o’z  farzandiga  etarli  sharoit  yaratish, 

ularning  bilim  olishlariga  ma`suliyat  bilan  qarash  ifodalangan  bitimlar  tuzish,  odat  tusiga  kirib 

bormoqda. 



O’RTA TA`LIM 

O’quvchilar  11  yoshda  boshlang’ich  maktabni  tugallab  o’rta  maktabga  o’tadilar.  O’rta 

ta`lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. 

O’rta  ta`lim  g’  bosqichda  beriladi.  Birinchi  bosqich  (11  yoshdan-1o’  yoshgacha)  4  yil 

bo’lib,  eng  kichik  sinf  6-sinf,  o’,  4  o’rta,  q-sinf  esa  katta  sinf  hisoblanadi.  Demak,  sinflarni 

raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 

Birinchi  bosqichda  quyidagi  predmetlar  o’rgatiladi:  frantsuz  tili  va  adabiyoti,  chet  tili 

(ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix Kanada geografiyasi, matematika, tabiiy fanlar. 

Shunday  qilib  6-o’  sinflar  umumiy  o’rta  ta`limberadi:  4-q  sinflarda  o’quvchilarga 

qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.  

Birinchi  bosqich  yakunlangach  o’quvchilar  kasbiy  yo’nalishlari  bo’yicha  guvohnoma 

oladilar.  Shundan  keyin  o’quvchining  ikkinchi  bosqichi  boshlanadi.  Bu  bosqichda  o’quvchilar 

1o’-1h  yoshgacha  ta`lim  oladilar.  O’qish  q  yil  davom  etib,  g’-sinf  kichik,  1-sinf  o’rta  va 

yakunlovchi sinflarga bo’linadi. 

O’quvchilar umumiy ta`lim va texnik litselarni tugatganlaridan so’ng bakalavr unvoni va 

diplomi  uchun  imtihon  topshiradilar.  Ana  shunday  diplomga  ega  bo’lganlargina  oliy  o’quv 

yurtlariga kirish huquqini qo’lga kiritadilar. 

Umumiy  ta`lim  yo’nalishidagi  q  yillik  ta`lim  litseylarda  quyidagi  fanlar  o’qitiladi. 

Adabiyot  tarixi,  ona  tili  va  adabiyoti,  lotin  tili,  chet  tili  (ingliz,  nemis,  ispan,  ital`yan  tillari 

bo’lishi mumkin), tarix, geografiya, Frantsiya ekonomikasi. 

Xuddi  shu  q  yillik  bosqichli  texnik  litseylarda  uning  yo’nalishlariga  qarab  matematika, 

fizika,  ximiya  hamda  boshqa  tabiiy  fanlar  o’qitiladi.  Shunisi  diqqatga  sazovorki,  o’quvchining 

bu  bosqichda  chet  tillarini  o’rganishga  katta  e`tibor  beriladi.  Talab  o’qishni  tugatgach, 

o’quvchilar kamida g’ ta chet tilini mukammal bilishlari kerak. 

Yuqorida  bayon  etganimizdek,  o’quvning  bu  bosqichini  guvohnoma  bilan  tugallagan 

o’quvchilar  oliy  maktab  sanalmish  institutlar  va  universitetlarga  imtihonsiz  kirish  imkoniyatiga 

ega bo’ladilar. 



 

KADRLAR BILAN TA`MINLASh 

Kanadada  maktab  rahbarlari  lavozimiga  erishmoq  uchun  ta`limga  rahbarlik  qilishdan 

saboq beruvchi maxsus markazlarda o’qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilib, maktab 

iqtisodiyotini  boshqarish,  ta`limdagi  yuridik  masalalar,  qonunchilik,  ota-onalar  bilan  ishlash, 

madaniy  oqartuv  ishlarini  tashkil  etish,  jamoada  yaxshi  psixologik  muhitni  barpo  etish  kabi 

jihatlarini  o’rganadilar.  Markazdagi  o’quv  yakunlangach,  suhbatdan,  test  imtihonlaridan 

o’tadilar. 

Direktor  dars  bermaydi.  Uning  ish  faoliyati  ikki  yil  davomida  diqqat  bilan  kuzatib 

boriladi.  Aksariyat  hollarda  direktorlar  maktab  qoshidagi  uyda  yashaydilar.  Shu  ikki  yil 

davomida  maktab  diretori  talantli  tashkilotchi,  etuk  rahbar  siyaatida  faoliyat  ko’rsata  olmasa,  u 

yana qaytadan o’qituvchilikka o’tkaziladi. Direktor 6o’ yoshdan so’ng umuman ishlamaydi.  

O’qituvchilarni  ishdan  olishni  maktab  direktori  amalga  oshirmaydi.  Yaxshi 

ishlamaydigan  o’qituvchilarni  direktor  tavsiyasiga  muvofiq  ta`lim  inspektsiyasi  tomonidan 

tavtish  qilinadi.  Uning  intizomi,  o’qituvchilik  faoliyati,  bolalar,  ota-onalar  o’rtasidagi  obro’si 

diqqat  bilan  o’rganiladi  va  tegishli  chora  ko’riladi.  Maktab  o’qituvchilarga  qo’yilgan  talab 

Kanadada o’ta yuqori. Ayniqsa, boshlang’ich maktablarda o’qituvchi o’z kasbining ustasi, ajoyib 

notiq san`atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, na`munali xulq-atvor egasi bo’lmog’i lozim.  

O’qituvchilar  o’z  nazariy-uslubiy  malakalarini  oshirishga  katta  ahamiyat  beradilar. 

Malaka  oshirish  kurslaridan  o’tish  uchun  aniq  muddat  belgilab  qo’yilmagan.  Vaqti-vaqti  bilan 

o’qituvchilar o’z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida 

o’qituvchi faoliyatida  ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj  aniqlansa, o’z vaqtalri 

va  mablag’lari  hisobiga  malaka  oshiradilar.  Kanada  ta`lim  tizimlarida  maktabdan  va  sinfdan 

tashqari muassasalar ko’zda tutilmagan. Biroq maktablarda, litseylarda turli to’garaklar mavjud. 

O’quvchilar  uchun  turli  sport  sektsiyalari,  uchrashuvlar  sayohatlar,  musobaqalar  o’quv 

muassasasining o’zida tashkil etiladi. 


Mustahkamlash uchun savollar. 

1.  Fan texnikaning hozirgi davrdagi taraqqiyoti. 

2.

 

Chet el ta`lim taraqqiyotining asosiy yo`nalishlari 



3.

 

Ta`limni isloh qilish yo`llari 



4.

 

Kasbga yo`naltirish 



 

 

Adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotning poydevori. T., 1997. 

2.

 



Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997. 

3.

 



Ta`lim to’g’risidagi qonun. T., 1997. 

4. G’aybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshq. 

Pedagogika, 1999. 

5. Inog’omov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 

6. Tursunmetov K., Ahmedov Sh. O’quvchilar bilimini sinashning ba`zi bir muammolari. 

7. Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992. 



 

Download 353.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling