O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 353.01 Kb.

bet3/5
Sana15.02.2017
Hajmi353.01 Kb.
1   2   3   4   5

Yaponiyada  ta`lim  tizimi:    Yaponiya    ta`limining  shakllanishi  1h6o’-1h6h  yillarda 

boshlangan.  Yaponiya  o’z  oldiga  ikki  vazifani:  1-boyish,  g’-Garb  texnologiyaisni  Yaponiya 



ishlab  chiqarish  masalasini  qo’yadi  va  bu  ishni  amalga  oshirish  uchun  birinchi  galda  ta`lim 

tizimini tubdan  o’zgartirish kerakligi aytildi. 

1ho’g’  yili  G’Ta`lim  haqida  QonunG’  qabul  qilindi.  Bunda  ta`lim  Garb  ta`limi  bilan 

uyg’unlashtirildi.  190h  yil  Yaponiyada  boshlang’ich  ta`lim  Garb  ta`limi  bilan  uyg’unlashtirildi. 

190h  yil  Yaponiyada  boshlang’ich  ta`lim  majburiy  6  yillikka  aylantirildi.  1h9q  yili 

kasbyo’nalishidagi dastlabki kollej paydo bo’ldi. 

1946  yili  qabul  qilingan  Konstituttsiya  fuqarolarning  ta`lim  sahosidagi  huquq  va 

burchlarini  belgilab  qo’yilgan.  Hozirgi  zamon  yapon  ta`limi  tizimlarining  tarkibi  quyidagicha: 

bog’chalar,  boshlang’ich  maktab,  kichik  o’rta  maktab,  yuqori  o’rta  maktab,  oliy  ta`lim 

tizimlariga  kiruvchi  o’quv  yurtlari.  Bolalar  yosh  xususiyatlarga  qarab  q,  g’,  1  yillik  ta`lim 

kurslariga jalb qilinadi.  

Majburiy ta`lim: 

Ta`limning  bu  pag’onasi  6  yoshdan  1o’  yoshgacha  bo’lgan  bolalarni  o’z  ichga  oladi.  6 

yillik boshlang’ich ta`lim va q yillik kichik o’rta maktab, 9 yillik majburiy ta`limni tashkil etadi 

va  u  bepuldir,  tekin  darslar  bilan  ta`minlangan.  Muxtoj  oilalarning  bolalari  bepul  nonushta, 

o’quv  qurollari,  tibbiy  xizmat  bilan  ta`minlanadi.  Zarur  bo’lgan  taqdirda  ularning  oilalariga 

moddiy yordam ko’rsatiladi. Shu qatorda xususiy maktablar ham mavjud.  

Yuqori  bosqich  o’rta  maktab  10,  11,1g’  sinflarni  o’z  ichiga  oladi,  bunday  maktablarning 

kunduzgi,  sirtqi  va  kechki  bo’limlari  mavjud.  O’quvchilarning  9o’  foizi  kunduzgi  maktablarda 

o’qiydilar.  Yaponiyada  o’quv  yili  g’40  kun  (AQShda  –1h0)  o’quv  yili  1-aprelda  boshlanib 

martda tugaydi. YOzgi dam olish iyun` oyining oxirida boshlanib, avgust oyida tugaydi. Darslar 

o’ soatdan o’tiladi.  

Dorilfununlarga  katta  o’rta  maktabni  yoki  1g’  yillik  oddiy  maktabni  tugatgan  o’quvchilar 

qabul  qilinadi.  U  erda  460  ta  universitet  bo’lib,  9o’  tasi  davlat  tassarufida,  qq1  tasi  xususiy.  1-

toifadagi universitetlarda har bir o’qituvchiga h nafar, g’-toifadagi universitetlarda esa g’0 tadan 

talaba to’g’ri keladi. Universitetlarga qabul qilish g’ bosqichga bo’linadi: 1-bosqichi turar joyda 

o’tkaziladi:  buning  uchun  yapon,  eski  yapon  tili,  matematika,  fizika,  ximiya,  jamiyatshunoslik, 

tarix bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar.  

Bu  sinovlardan  o’tgan  o’quvchilar  universitetga  yo’llanma  oladilar  va  yana  sinovdan  

o’tadilar.  Universitetdan  talabalarni  haydab  yuborish  mumkin  emas.  Lekin  o’qish  muddatini 

cho’zish mumkin emas. Kollejlar q guruhga bo’linadi. 



Kollejlar: 

1-kichik kollej; 

g’- texnik kollej; 

q- maxsus kollejlarga bo’linadi. 

Uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va universitetning q kursiga qabul qilinadi. 



Frantsiyada ta`lim tizimi: Frantsiyada jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida 

etachi  o’rinlardan  birini  egallaydi.  Uning  ta`lim  tizimlari  ham  qadimiy  va  boy  tarixga  ega.  Bu 

mamlakatda  G’Ta`lim  to’g’risidagiG’  Qonun  dastlab  19o’o’  yilda  qabul  qilinib,  19o’o’  yilda 

unga qator o’zgartirishlari kiritilgan. 

Frantsiyada ta`limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta`minlash, 

uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, 

ishbilarmonlik  va  omilkorlikka  o’rgatish,  shunga  yarasha  kasbi-koriga  ega  qilishdan  iboratdir. 

Bu erda bir necha maktab turlari mavjud. 



1.

 

Davlat maktablari;  

2.

 

Xususiy maktablar; 

3.

 

Oraliq maktablar mavjud. 

O’qitiladigan  predmetlar  ichida  frantsuz  tili  va  adabiyoti,  o’qish  va  yozuv  alohida 

ahamiyatga  molik  bo’lib  hisoblanadi.  Ular  uchun  dars  vaqtining  q0  foizi  ajratiladi.  O’rtacha 

haftalik  soatlar  g’6  soatdan  iborat,  darsning  davomiyligi  esa  60  minut.  O’quv  yili  o’  chorakka 

bo’linadi.  Frantsuz  maktablari  boshlang’ich  sinflarida  o’qish  ertalabki  va  tushdan  keyingi 

qismlarga  bo’linadi.  Ertalab  o’quvchilar  ona  tilidan,  tushdan  keyin  esa  matematika  va  boshqa 



predmetlardan  saboq  oladilar.  Matematika  va  ona  tili  va  adabiyoti  baza  predmeti  tarix, 

geografiya, mehnat jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi. 

Frantsiyada boshlang’ich ta`lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb 

qilinadilar.  Boshlang’ich  maktab  bepul  va  majburiy.  Uning  vazifasi  o’qish,  yozish,  hisoblash 

malakasini berishdir. O’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9 dan, 1g’ gacha, hamda soat 14 dan, 16 

gacha besh soat davom etadi. 

Boshlang’ich sinflarda o’qish 3 bosqichda amalga oshiriladi: 

1.

 

Tayyorlov bosqichi; 

2.

 

Elementar kurs (bu bosqich 2 yil davom etadi); 

3.

 

Chuqurlashtirilgan bosqich. 

O’quvchilar  11  yoshida  boshlang’ich  maktabga  o’tadilar.  O’rta  ta`lim  esa  kollejlar  va 

litseylarda amalga oshiriladi. O’rta ta`lim ikki bosqichda beriladi.  

Birinchi bosqich (11-19 yoshgacha) 4 yil bo’lib eng kichik sinf 6-sinf, 9-4 o’rta sinf, 1-sinf 

esa katta sinf hisoblanadi. Demak, sinflarni raqamlash yuqoridan  pastga qarab amalga oshiriladi. 

6-9 sinflar umumiy o’rta ta`lim, 4-1 sinflar esa o’quvchilarning moyilliligiga qarab beriladi. Bu 

birinchi  bosqichni  tugatgach,  o’quvchilar  kasbiy  yo’nalilari  bo’yicha  guvohnoma  oladilar. 

So’ngra  ikkinchi  bosqich  boshlanadi.  Bu  bosqichda  19-18  yoshgacha  bo’lgan  bolalar  ta`lim 

oladilar.  Ular    uch  yil    o’qib  bakalavr  unvoni  va  diplomi  uchun  imtio’on  topshiradilar.  Ana 

shunda diplom olgan o’quvchilargina oliy o’quv yurtlariga qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar. 



Germaniyada  ta`lim  tizimi:  Maktabgacha  tarbiya  tizimi  Germaniya  ta`lim  tizimida  ham 

muhim hisoblanadi. Uning yuz yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta`lim tizimi tarkibiga 

kirmaydi. Bog’chalarni mablag’ bilan ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, 

korxonalar,  xususiy  shaxslar,  diniy  muassasalar  zimmasidadir.  Ota-onalar  bolalar  bog’chalariga 

o’z  farzandlarini  tarbiyalanganliklari  uchun  ancha  miqdorda  pul  to’laydilar.  q-6  yoshgacha 

bolalarning  h0  foizi  bog’chalarga  qatnaydilar.  Germaniyada  odatda  bolalar  tushgacha 

tarbiyalanadilar.  Kunning  yarmida  esa,  uyda,  oilada  bo’ladilar.  Germaniyada  kuni  uzaytirilgan 

bog’chalar ham bor. Majburiy ta`lim 6  yoshdan,  1h  yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli,  ya`ni 

bu  jarayon  1g’  yil  davom  etadi.  Bundan  9  yillik  (ba`zi  joylarda  10  yil)  maktabda  to’la  haftalik 

o’qishda  o’qiydi.  O’qish  davlat  maktablarida  tekin.  Maktab  o’quvchilarga  o’quv  qo’llanmasi, 

asosan darsliklar tekin ta`minlanadi. Xususiy maktablar kamroq. O’qish 6 yoshdan boshlanib, 4 

yil  davom  etadi(faqat  Berlinda  6  yil).  Boshlang’ich  maktabdan  so’ng  o’quvchilar  yo’nalish 

bosqichidagi  maktabga  o’tadilar.  Bu  erda  o’-6  sinf  bosqichdagi  yo’nalish  maktablarda  maxsus 

dastur  asosida  o’qiydilar.  Keyin  navbatdagi  maktab  tipiga  ko’chadilar:  bular-asosiy,  maxsus 

maktab, real bilim yurtlari. Deyarli q0 foiz bola asosiy maktabga o’tadi. 9 yoki 10  yillik o’qish 

tugatilgandan  keyin  kasbiy  tayyorgarlikka  o’tiladi.  Maxsus  maktablarda  nuqsonga  ega  bo’lgan 

bolalar  o’qiydi.  Real  bilim  yurtlari  asosiy  maktab  va  yuqori  bosqich  maktabi  o’rtasida  turadi. 

Qoidaga ko’ra bu erda o’qish 6 yil davom etadi. (o’-10 sinfgacha) va to’la o’rta ma`lumot berish 

bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o’rta maxsus o’quv yurtiga  yoki yuqori bosqichdagi 

hunar  texnika  maktabiga  kirib  o’qish  huquqiga  ega  bo’ladi.  Germaniyada  gimnaziyalar  ham 

mavjud.  Ular  o’-1q  sinflarni  o’z  ichiga  oladi.  11-1q  sinflar  oliy  o’quv  yurtlariga  tayyorlash 

vazifasini  ham  bajaradi.  Gimnaziyani  bitirganlik  haqidagi  etuklik  attestati  oliy  o’quv  yurtida 

o’qish imkonini beradi. 

Oliy  maktab  o’z-o’zini  boshqarish  huquqiga  ega.  Oliy  o’quv  yurtini  shtatdagi  rektor  yoki 

bir  necha  yilga  saylangan  Prezident  boshqaradi.  O’z-o’zini  boshqarishda  vazifalari  aniq 

taqsimlab  berilgan  bir  necha  guruhlar  bosqichma-bosqich  ishtiroki  printsipiga  amal  qilinadi. 

Uning tarkibiga professor-o’qituvchilar, o’quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. 

Talabalar  o’qishi  erkin  tashkil  etilgan.  Ko’p  sonli  o’quv  bosqichlari  bilan  birga  o’quv  rejalari 

taklif  etiladi.  O’qishga  haq  to’lanmaydi.  Agar  talaba  yoki  ularning  ota-onalari  oziq-ovqat 

xarajatlarini  ko’tara  olmasa  o’qish  uchun  moliyaviy  yordam  ko’rsatish  to’g’risidagi  fideral 

qonunga  ko’ra  ular  moliya  yordamida  oladilar.  Bu  yordamning  yarmini  stipendiyaga  qo’shib 

berilsa, ikkinchi yarmini qarz tariqasida beriladi. Germaniya ta`limi o’ziga xos yo’nalishga, juda 



murakkab  tizimga  ega.  Shu  bilan  bir  qatorda  hozirda  Germaniya  ta`lim  tizimini  isloh  etish 

yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda. 



 

 

Mustahkamlash uchun savollar. 

1.   Rivojlangan davlatlarda ta`lim-tarbiya 

2.

 

AQShda  ta`lim tizimining tuzilishi. 



3.

 

AQSh ta`limining o`ziga xos xususiyatlari. 



4.

 

Yaponiya ta`lim tizimi va xususiyatlari. 



5.

 

Germaniyada ta`lim tizimining rivojlanishi. 



6.

 

Frantsiyada ta`lim tizimining o`ziga xos jihatlari. 



7.

 

Yaponiya ta`lim va tarbiya orasidagi uzviylik. 



 

Adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotning poydevori. T., 1997. 

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997. 

3.Ta`lim to’g’risidagi qonun. T., 1997. 

4. G’aybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshq. 

Pedagogika, 1999. 

5. Inog’omov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 

6. Tursunmetov K., Ahmedov Sh. O’quvchilar bilimini sinashning ba`zi bir muammolari. 

7. Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992. 

 

 

 


G’ARBIY OVRO’PA MAMLAKATLARIDA TA`LIM VA TARBIYa 

 

Reja: 



1.

 

Feodalizm  tuzumi  davrida  cherkov  maktablarining  vujudga  kelishi,  uning  asosiy 



turlari va ta`lim-tarbiyadagi o’rni. 

2.

 



Monastr` maktablarining faoliyati va irtsarlar tarbiyasi. 

3.

 



Tsex, Gil`din va magistrat maktablarining vujudga kelishi va ularning faoliyati. 

4.

 



Ovro’pada  birinchi  universitetni  vujudga  kelishida  va  ularning  rivojlanishida 

arablarning roli. 



Tayanch tushunchalar: 

 

Cherkov  maktablarining  vujudga  kelishi,  monastr`  maktablarining  faoliyati  va 



irtsarlar  tarbiyasi,  magistrat  maktablarining  vujudga  kelishi  va  ularning  faoliyati,  

Ovro’pada birinchi universitetni vujudga kelishi 

 

G’arbiy Ovro’pa mamlakatlararo quldorlik jamiyatining o’rnini olgan feodalizm V-asrdan, 



XVIII-asrgacha  davom  etdi.  Feodalizm  jamiyatida  feodallar  bilan  ruhoniylar  jamiyatining 

hukmron toifalari bo’lib qoldilar.  

O’rta  asr  feodal  jamiyatining  hayotida  fan  va  unga  xizmat  qiluvchi  ruhoniylar  katta  rol` 

o’ynaydilar.  Feodalizm  tuzumini  mustahkamlash  maqsadida  ruhoniylar  bu  dunyodagi  hamma 

narsa  xudodan.  Xalq  ommosi  esa  cherkov  va  feodallarga  so’zsiz  bo’sinish  kerak.  O’z  orzu  va 

istaklarini  tiyish  bu  dunyoda  rohatni  tark  qilish  kerak,  shundagina:  oxiratingiz  obod  bo’ladi, 

rohatni  «arigi  dunyoda»  ko’rasiz  itoat  qilmasangiz,  sabr  qilmasangiz,  narigi  dunyoda  do’zax 

ozobini  chekasiz  degan  gaplarni  ommoga  singdirishga  harakat  qilardilar.  Bu  davrda  fan  dinga 

xizmat qildirilar edi.  

O’rta asr G’arbiy Ovro’pa mamlakatlarida ikki guruhga bo’lingan va etti fanni o’z ichiga 

olgan  ta`lim  dasturi  vujudga  keltirildi.  Birinchi  guruh  3  a  fandan  iborat  bo’lib,  unga  lotincha 

«Trivium»  nomi  berildi.  Bunga  grammatika,  lotorika  va  dialektika  kirar  edi.  Ikkinchi  guruh  

fandan iborat bo’lgani uchun uni lotincha «Kvadrivium» deyiladi. Unga arifmetika, geometriya, 

astronomiya va musiqa kirar edi. Bu etti fanni «Etti erkin san`at» deb atash rasm bo’ldi.  

Mazkur o’quv fanlari qadimgi Yunoniston ta`lim tizimidan olingan edi, biroq o’rta asrlarda 

ularda diniy mazmun berilib, hammasi ramz bilan diniy ma`noda tushuntirilar edi.  

Cherkov maktablarining asosiy q turi mavjud.  

Prixod  maktabi  (ya`ni  bir  cherkovga  qarashli),  magistr  maktabi  bosh  cherkov  yoki 

episkov maktablardan iborat edi.  

Prixod  maktablari  boshlang’ich  diniy  maktablari  bo’lib,  unda  o’g’il  bolalar  o’g’ir  edi.  Bu 

maktablar  mahaladagi  cherkovga  qarashli  bo’lib,  unda  ruhoniylar  yoki  uning  yordamchilari 

o’qituvchilik vazifasini bajarar edi. 

Magistr  maktablari  monostr`  huzurida  bo’lganligi  uchun  shu  nom  bilan  yurgizilar  edi. 

Magistr maktablarida «Ettita erkin san`at» ya`ni grammatika, ritorika, dialektika, arifmetika, 

geometriya, astronomiya, musiqadan dars berilar edi.  

Monastr`  maktablariga  boshida  faqat  manax  bo’lishga  tayyorlanadigan  er  bolalar  qabul 

qilinar edi, keyinchalik esa bu maktablarga o’qishni xoxlagan har bir kishi qabul qilinarverardi.  

Bosh  cherkov  yoki  episkov  maktablari  markaziy  diniy  okrugdagi  bosh  cherkov  (sabor)ga 

qarashli  maktablar  bo’lib,  uni  boshida  yuqori  lavozimli  ruhoniy-episkov  turar  edi.  Bu 

maktablarda yuqorida ko’rsatilgan o’ fanning hammasi o’qitilib bu fanlardan tashqari eng oliy va 

asosiy fan deb hisoblangan tiologiya (din aqidalari) ham o’qitilar edi.  

Monastr` maktablari singari, bunda ham o’qish lotin tilida olib borilar edi.  

Bu maktablarda qattiq intizom o’rnatilar edi. O’quvchilar qilgan har bir aybi uchun qattiq 

va shafqatsiz jazolanardilar.  

Bunday maktablarda odatda o’quvchilarga tan jazosi berilar edi (savalash, och qoldirish va 

shu kabilar). 



O’rta  asrlarda  G’arbiy  Ovro’pada  xotin-qizlar,  ayniqsa,  mehnatkashlarning  xotin-qizlari, 

yoppasiga  deyarli  savodsiz  edilar.  Mulkdor  feodal  va  aslzoda  tabaqalariga  mansub  xotin-qizlar 

monostrlari  ichida  yoki    maxsus  murabbiylar  va  oilaga  biriktirilgan  ruhoniylar  qo’l  ostidagi 

uylarda tarbiya olardilar. 

G’arbiy  Ovro’pa  mamlakatlarida  ritsar`  tarbiyasi  XII  asrga  kelib,  to’la  tarkib  topdi  va 

rivojlandi.  Ritsar`  tarbiyasining  mazmuni,  «Ritsarlarga  oid  ettita  fazilat»  dan  tashkil  topdi, 



ya`ni  ot  minib  yurishni  bilish,  qilichbozlikni  bilish,  nayzabozlikni  bilish,  suza  bilish,  she`r 

to’qish va qo’shiq ayta bilish, ritsar` otliq askar, qilich va nayza asosiy quroli edi.  

O’rta  asrlarda  G’arbiy  Ovro’pa  dvor`yanlar  jamiyatida  shunday  rasm  bor  ediki,  ya`ni  har 

bir  ritsar`  bironta  aslzoda  feodal  xonimga  xomiylik  qilishi  kerak  edi.  Ritsar`  o’zining  xomiysi 

bo’lgan xonimning diliga jo qilib, uning oldida tiz cho’kar va o’zini unga bag’ishlar edi. Odob va 

nazokat qoidalarini o’rganar, g’1 yoshga kirganda unga tantana bilan ritsarlik unvoni berilar edi.  

G’arbiy  Ovro’pada  XII-XIII  asrlarda  hunarmandchilik  va  savdoning  rivojlanishi 

shaharlarning  o’sishi,  madaniyatni  taraqqiy  qilishga  olib  keldi.  Shuningdek  hunarmandlar 

tayyorlaydigan tsex maktablari tashkil topdi. Bu maktablarda pul to’lab o’qilardi. 

Ovro’pada  birinchi  universitetlar  XII  asrning  ikkinchi  yarmida  Italiyada  (Balon`ya 

shahrida),  Angliyada  (Oksfara  shahrida),  Frantsiya  (Parij  shahrida)  tashkil  qilindi.  Bu 

universitetlar  dastlab  professor  va  studentlarning  mustaqil  idora  qilinadigan  uyushmasi 

(koporatsiya)dan  iborat  edi.  Keyinchalik  XIII  asrda  talabalarga  ilmiy  daraja  va  o’qituvchilik 

huquqini  berishni  o’z  ixtiyoriga  oldi.  XIV-XV  asrlarga  kelib  universitetlar  Ovro’pa 

mamlakatlarning hammasida ochilgan edi. 

O’rta asr universitetlarida 4 ta fakul`tet bo’lib, tayyorlov fakul`teti, yuridik, meditsina va 

teologiya(din)  oqidalari  fakul`tetlaridan  iborat  edi.  Tayyorlov  fakul`tetida  6-o’  yil,  asosiy 

fakul`tetlarda esa o’-6 yil edi.  

Universitetlar  cherkov  nazorati  ostida  bo’lib,  o’qish  faqat  lotin  tilida  olib  borilar  edi. 

Universitetlarning  vujudga  kelishiga  o’sha  vaqtlarda  ko’p  Ovro’paliklarning  Arab  madaniyati, 

fani  bilan  tanishuv  katta  ta`sir  ko’rsatgan.  O’sha  zamon  Arab  mamlakatlarida  madaniyat  va 

ma`rifat G’arbiy Ovro’padagi madaniyatga nisbatan ko’p jihatdan  taraqqiy qilgan edi. Xususan 

Arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan Arab oliy o’quv yurtlari 

Ovro’pa  universitetlari  uchun  na`muna  bo’ldi.    Ispaniyada  Arablar  barpo  qilgan  feodal 

musulmon  davlatning  poytaxti  Kardova  shahrida  tashkil  qilingan  Arab  oliy  o’quv  yurtlarida 

falsafa,  matematika,  astronomiya,  meditsina  fanlari  o’qitilar  edi.  Ovro’paning  turli 

mamlakatlaridan kelgan ko’p talabalar Kardovada o’quv, oliy ma`lumot olardilar. 

Universitetlarning  tashkil  topishiga  yana  bir  sabab  Ovro’pada  katta  davlatlar  barpo 

qilinganligi, iqtisodiy madaniy o’zgarishlarning yuzaga kelishi, hunar va savdoning rivojlanishi, 

xalqaro aloqalarning kengayishi va yoshlar o’rtasida oliy ma`lumot olish harakatining kuchayishi 

kabilar katta ta`sir ko’rsatdi. 

 

Mustahkamlash uchun savollar. 

1. G`arbiy Ovro`pa mamlakatlarida ta`lim va tarbiya 

2.

 



 Feodalizm tuzumi davrida cherkov maktablarining vujudga kelishi 

3.

 



 Uning asosiy turlari va ta`lim-tarbiyadagi o`rni. 

4.

 



 Monastr` maktablarining faoliyati va ritsarlar tarbiyasi. 

5.

 

Tsex, Gil`din va magistrat maktablarining vujudga kelishi va ularning faoliyati. 

6.

 

 Ovro`pada  birinchi  universitetni  vujudga  kelishida  va  ularning  rivojlanishida 



arablarning roli. 

7.

 



 Cherkov maktablarining asosiy turlari 

 

Adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotning poydevori. T., 1997. 

2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997. 

3.

 

Ta`lim to’g’risidagi qonun. T., 1997. 



4. G’aybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshq. 

Pedagogika, 1999. 

5. Inog’omov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 

6. Tursunmetov K., Ahmedov Sh. O’quvchilar bilimini sinashning ba`zi bir muammolari. 

7. Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992. 

 

 


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASh 

MUAMMOLARI 

 

Reja: 



1.

 

O’zbekiston  Respublikasida  pedagog  kadrlarni  tarbiyalash  muammosi  haqida 



tushuncha. 

2.

 



Pedagog kadrlarni tayyorlashga qo’yiladigan talablar. 

3.

 



Pedagogik kasbning o’zgachaligi, ahamiyati. 

 

Tayanch tushunchalar: 

 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  o`qituvchilarga  qo`yiladigan  talablar,  pedagog 



kasbi haqida tushuncha. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  siyosiy  mustaqillikni  qo’lga  kiritgach  ijtimoiy  haetimizning 



barcha  sohalarida  islohatlar  amalga  oshirila  boshaladi.  Totolitar  boshqaruv  usuli  asosida  ish 

yuritilaetgan  xalq  ta`limi  tizimida  ham  so’ngi  o’n  yilliklar  davomida  yuzaga  kelgan 

muammolarni  hal  etish  vazifasi  respublika  hukumati  hamda  mutasaddi  tashkilotlarni  ta`lim 

tizimida  ham  jiddiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirishga  undadi.  Bu  boradagi  xarakatlarimizning 

samarasi  sifatida  qoow-yil  iyul`  oyida  Mustaqil    O’zbekistonning  ilk.  }Ta`lim  to’g’risida}gi 

Qonun  qabul  qilindi.  Mazkur  qonun  mazmunida  respublika  ta`lim  tizimi,  uning  asosiy 

yo’nalishlari,  maqsad,  vazifalar,  ta`lim  bosqichlari  va  ularning  mohiyati  kabi  masalalar  o’z 

ifodasini topdi. 

O’zbekiston  Respublikasi  istiqlolini  ta`lim  muassasalari  xalq  xo’jaligini  turli  sohallari 

uchun  tayerlaetgan  kadrining  kasbiy  tayergarlik,  aqliy  salohiyati  hamda  ijodiy  qobiliyati 

belgilaydi  degan  g’oya  }Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi}ning  yaratilishi  uchun  asos  bo’ldi. 

Mazkur  hujjat  Respublika  ta`lim  tizimida  amalga  oshirilaetgan  islohatlar  mazmunini  ochib 

beruvchi  muhim  hujjatdir.  Unda  ta`limiy  islohatlarning  asosiy  maqsadi  }inson  uchun  har 

tomonlama  o’yg’un  kamol  topishi  va  faravonligi,  shaxs  manfaatlarini  ro’ebga  chiqarishning 

sharoitini  va  ta`sirchang  mexanizmini  yaratish,  eskirgan  tafakkur  va  ijtimoiy  xulq  atvorning 

andozalarni o’zgartirish} dan iborat ekanligi qayd etib o’tildi. 

Dastur kadrlar tayerlash milliy modelini ruebga chiqarishni har tomonlama kamol topgan, 

jamiyatda  turmushga  moslashgan,  ta`lim  va  kasb-hunar  dasturlarini  ongli  ravishda  tanlash  va 

keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siesiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa 

tarzdagi  sharoitlarni  yaratishni,  jamiyat,  davlat  va  oila  oldida  o’z  javobgarligini  xis  etadigan 

fuqarolarni nazarda tutadi. 

}Kadrlar  tayerlash  milliy  dasturi}ning  maqsadi-  ta`lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni 

o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la holos etish, rivojlangan demokratik 

davlatlar  darajasida  yuksak  ma`naviy  va  ahloqiy  talabalarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali 

kadrlar tayerlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir. 

Ushbu maqsadni ruebga chiqarish bir necha vazifalar orqali hal etiladi. 



-ta`lim    va  kadrlar  tayerlash  tizimini  jamiyatda  amalga  oshiraetagn  yangilanish, 

rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurulishi jaraenlariga moslashish. 

-kadrlar  tayerlash  tizimi  muassaslarini  yuqori  malakali  mutaxassislar  bilan 

ta`minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish` 

-ta`lim oluvchilarni ma`naviy axloqiy tarbiyalashning va ma`rifiy ishlarning samarali 

shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish` 

-  ta`lim  va  kadrlar  tayerlash,  ta`lim  mutaxassislarini  attestatsiyadan  o’tkazish  va 

akkreditatsiya qilish sifatida baho berishning holis tizimini joriy etish` 

-kadrlar  tayerlash  sohasida  o’zaro  manfaatli  halqaro  hamkorlikni  rivojlantirish  va 

hokazolar. 

Milliy  dasturning  maqsad  va  vazifalari  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilib  boradi.  Har 

bir bosqich muayyan vazifalarni hal etishni nazarda tutadi. Vazifalar qo’ydagilardan iboratdir. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling