O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi guliston Davlat universeteti
Download 0.68 Mb.
|
suvda hamda quruqlikda yashovchilar tuzilishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`payish organlari .
- Ko’pchilik dumlilar
Ayirish organlari. Suvdan quruqlikka chiqish umurtqali hayvon-larning suv va tuz almashinuv harakatiga va organizmda azotli mahsulotlar almashinuviga ham sezilarli ta’sir ko`rsatadi. Amfibiyalarning itbaliqlarida birlamchi bosh buyrak (pronefros) taraqqiy etadi. Amfibiyalarning buyragi baliqlarning buyragidan farqli
o`laroq, yalpoqlashgan tana shaklida bo`lib, dumg`aza umurtqasi atrofida umurtqa pog`onasining ikki yenida joylashadi. Har bir buyrakdan siydik yo`llari (Volf nayi) chiqib, kloakaga ochiladi. Kloakaning tagidan chiqqan teshik siydik pufagiga ochiladi. Oziqa mahsulotlarining parchalanishidan hosil bo`lgan mochevina ajratiladi. Bu birlamchi siydik-buyrak naylari bo`ylab oqadi. Buyrak naychalaridan oqayotganda suvni va qimmatli oziqa moddalarni yo`qotishni ka-maytiradi. siydik pufagining ichki devorida ham suv qayta so`riladi. siydik pufagi to`lganda, uning devoridagi muskullarning qisqarishi natijasida siydik kloaka orqali tashqariga chiqariladi. Ko`payish organlari. Erkaklarida juft urug`don bo`lsa-da, Urug` chiqarish yo`llari yo`q. Urug` kanali buyrakning oldingi qismi orqali o`tib Vol’f kanaliga quyiladi. Shunday qilib, Vol’f kanali ham siydik yo`li ham urug` yo`li vazifasini bajaradi. Vol’f kanali kloakaga olishdan oldin kengayib urug` pufagini hosil qiladi.Tuxumdonlari ham juft bo`lib, tana bo`shlig`ida joylashadi. Pishgan tuxum hujayralari tuxum yo`lining og`ziga tushadi. Tuxum yo`llari kloakaga ochiladi.Bakalarning urug`lanichi tashqi, ikralaridan lichinkalar- itbaliq chiqadi. Lichinkalari faqat suvda yashaydi, jabra bilan nafas oladi. Qonaylanish sistemasi baliqlarni qonaylanish sistemasiga o`xchash. Yon chiziq organi bor, dum suzgich qanoti yordamida so`zadi. Keyin lichinka metamorfozga uchrab, uning organlari keskin o`zgaradi. Beshbarmoqli oyoqlar hosil bo`ladi, dumlari yon chiziq organlari yo`qolib ketadi. Jabralari yo`qolib, o`pka rivojlanadi va xoqazo. Urchishi. Amfibiyalar rivojlanish vaqtida ko’pincha yashash joylarini almashtiradilar, chunki ularning ko’pi baliqlar singari tuxum tashlash va tuxumni tashqarida urug`lantirish yo’li bilan suvda urchish usulini saqlab qolgan. Bularning erkagi va urg`ochisi orasidagi farqlar unchalik bilinmaydi. Dumsizlarning ko’pchiligida erkaklari urg`ochisiga nisbatan kichik. Тaroqli triton erkaklarining bahor paytida orqa tomonida va dumlarida teri bo’rtmalari kuchli rivojla-nib, bunda qon tomirlarining zich to’ri paydo bo’ladi. Dumsizlarning erkaklari oldingi oyoq panjalarining ichki barmog`ida qadoqdar urchish davrida ancha rivojlanadi, u urg`ochisini ushlash va unga yopishishga imkon beradi. Amfibiyalar ko’payishiniig umumiy xususiyati ko’payish davrida tuxum qo’yish, tuxumning rivojlanishi va itbalig`ining yashash joyi suv muhitiga bog`liq bo’lishidir. Shubhasizki, bu hol amfibiyalarning baliqlar kabi birlamchi xususiyati bo’lgan. Keyinchalik ularda suvdan tashqarida ko’payishga imkon byeruvchi moslamalar paydo bo’la boshladi. Lekin bu imkoniyatlar ayrim turlariga xos bo’lib, ikkilamchi xarakgyerga egadir.Hozirgi paytda yashayotgan amfibiyalarning hayot kechirishi va urchishi turlichadir. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda nasl uchun qayg`urish taraqqiyotning ancha yuqori bosqichida turadi. Bu amfibiyalarning ko’payishidagi progressiv xususiyatlar dumsizlar guruhi bilan raqobat qilishga imkon beradi. Masalan, tritonlarning erkaklari bevosita urg`ochisini urug`lantirmasdan, spyermatofor deb ataladigan spyermatozoidli paketlarni suvga tashlaydi, bu paketlarni urg`ochisi kloakasi bilan to`tib oladi. Odatdagi tritonda nasl uchun qayg`urish birmuncha murakkabroq o’tadi, uning urg`ochisi ko’pincha har qaysi tuxumini suv o’simligi bargiga o’rab qo’yadi, natijada tuxum berkingan barg orasida qoladi, erkaklari tuxumni qo’riqlab yuradi. Oyoqsizlarning erkaklari quruqlikka qo’yilgan tuxumni g`avdasi bilan o’rab oladi. Zigotaning rivojlanishi to’g`risida dumsizlar misolida yuqorida gapirildi. Neoteniya. Dumli amfibiyalarning` bir qancha turlarida metamorfoz jarayoni yashash sharoitining xususiyatlari munosabati bilan birmuncha vaqggacha to’xtab qolishi yoki butunlay bo’lmasligi ham mumkin. Bu hodisa neoteniya deb ataladi. Neoteniya, ayniqsa, lichinkasi aksolotl deb ata-ladigan Amerika ambistomasida juda yaxshi namoyon bo’ladi.Barcha dalillarga ko’ra, dumli amfibiyalar metamorfozlanish layoqati-ni yo’qotgan neotenik lichinkalardan boshqa narsa emas. Masalan, Тexas g`orida yashovchi ko’r triton yoki o’pkasiz triton, protey, amfiuma va boshqa ko’pgana turlar allaqanday bir salamandraning lichinkasidir. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar , asosan, suvda ko’payadi. Ko’pchilik dumsizlar va ayrim dumlilar uchun tashqi urug’lanish, Ko’pchilik dumlilar va barcha oyoqsizlar uchun ichki urug’lanish xos. Odatda, tuxum qo’yadi; ayrim turlari tirik tug’adi yoki tuxumdan tirik tug’adi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling