O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti
Vasko da Gama ekspedisiyasi marshruti
Download 492.11 Kb. Pdf ko'rish
|
buyuk geografik kashfiyotlar va toponimika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vasko da Gama ekspedisiyasi kemalari
- PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O’QITILIShI
- JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIATShUNOSLIK VA GEOGRAFIYa FAKULTETI GEOGRAFIYa VA UNI O’QITISh METODIKASI KAFEDRASI
- BITIRUV MALAKAVIY ISh BO’YIChA TOPShIRIQ
- 0.05.2013 y.
- H.Hasanov Geografik nomlar siri ------------------------------------ N.Oxunov Joylar va nomlar …………………………………………….
- KAFEDRA MUDIRI: g.f.n. Q.HAKIMOV TOPShIRIQNI BAJARIShGA OLDIM: _____________ Sh.SAFAROV
Vasko da Gama ekspedisiyasi marshruti
Ekspedisiya a’zolari 1497 yilning noyabrida Afrikaninig janubiy nuqtasi bo’lgan Umid burnidan o’tib, sohil bo’ylab shimol tomon harakat qilishadi. Ammo, oziq-ovqat zaxirasini kamligi va bir xilligidan ekipaj a’zolari orasida singa kasalligi tarqaladi. Shimol tomon harakatlangan sari musulmonlar yashaydigan hududlar kengayadi, bu esa ekspedisiya a’zolarini ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada qiyinlashtiradi. 1498 yilning 2-martida portugallar Mozambikka, 7-aprel kuni Mombasa shahriga, 14-aprel Malindi portiga yetib kelishadi. Faqat Malindida mahalliy arab shayxi g’ayridinlarga yordam berishga rozi bo’ladi, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlaydi va Hindustonga
29 olib boradigan yo’lni biladigan yo’lboshchi beradi. 24-aprelda Malindidan yo’lga chiqqan Vasko da Gamma 1498 yilning 20 mayida Hindustonning Kalikut shahriga yetib keladi.
Vasko da Gama ekspedisiyasi kemalari
Bu esa Afrika sohillari bo’ylab qilingan mashaqqatli sayohatni nihoyasiga yetganligi, boy va afsonaviy Hindustonga to’g’ridan-to’g’ri yo’l ochish orzusi haqiqatga aylanganidan dalolat berar edi. Shu kundan boshlab Vasko da Gamma nomi dengiz yo’li orqali Portugaliyadan Hindustonga kelgan birinchi yevropalik sifatida dunyoga mashhur bo’ladi. Vasko da Gamma Afrika materigi sohillarining to’g’ri shaklini birinchi bo’lib kartaga tushirgan va Hinduston yarim orolini o’rab turgan suvlar ichki suvlar emas, balki yagona okeanga tegishli ekanligini isbotlandi. 1499 yilning sentyabr oyida tirik qolgan ekspedisiya a’zolaridan 55 kishi Lissabonga qaytib kelishadi. Vasko da Gammani katta tantana bilan kutib olishadi, katta sovg’alar bilan birga unga admiral unvoni va Hinduston vise-qiroli etib
30 tayinlashadi. Vasko da Gamma haqida yozib qoldirganlarni ko’pchiligi uni juda qattiq qo’l inson bo’lganligi, qo’yilgan maqsadga yetish yo’lida har qanday imkoniyatdan foydalanganligi, ammo shu bilan birga u hyech kimdan sovg’a- salom olmagan sarkarda sifatida portugallar va hindlarni hayratga solgan. Vasko da Gamma qo’rqmas va dovyurak inson bo’lgan. Yozishlaricha, bir safar ekspedisiya suv ostida qattiq zilzila bo’layotgan hududga tushib qolgan. +attiq vahimaga tushib qolgan ekspedisiya a’zolari orasida faqat Vasko da Gamma xotirjam sheriklariga qarab, «xursand bo’ling do’stlar qarang hatto dengiz ham bizdan qo’rqib qaltiramoqda» deb xitob qilgan. Admiral Vasko da Gamma yana ikki marotiba Hindustonga safar qilib 1524 yili 64 yoshda to’satdan vafot etadi. Oradan 15 yil o’tgandan keyin uni jasadini vataniga olib kelib qaytadan dafn etishadi. Qabr toshi ustida shunday yozuvlar bitilgan, «mashhur argonavt, Vidigeyra grafi, Hinduston admirali va kashfiyotchisi don Vasko da Gamma». Shunday qilib admiral Vasko da Gammaning buyuk iste’dodi tufayli elkanli kemalarda Hindustonga borishning eng qulay dengiz yo’li ochilgan.
31 III-BOB. MAKTAB GEOGRAFIYASI VA BUYUK GEOGRAFIK KAShFIYOTLAR 3.1. BUYUK GEOGRAFIK KAShFIYOTLAR DAVRIGA OID MAVZULARNI YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O’QITILIShI Geografiya fani o’quvchilarda Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, sosial-iqtisodiy bilimlarni tarkib topdiradi, dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatning o’zaro bog’liqligi, geografik obyekt jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi. Dunyo tabiiy manzarasi bilan bog’liq umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi. Qayerda qanday geografik obyekt joylashgan, ular bir biriga nisbatan anday o’rinda ekanligini o’rganish orqali - har bir obyektning nomi, uning xususiyatini ifodalovchi hodisa va jarayonlarning maxsus geografik terminlardan iborat ekanligi aniqlab, uning mohiyatini o’quvchi bilib oladi. Qayerda qanday geografik obyekt joylashgan uning nomi, ma’no- mazmunini bilish geografik bilim va geografik dunyoqarash hisoblanadi. Shuning uchun quyidagilar “Maktab geografiyasini qayta qurishning ilmiy, uslubiy konsepsiyasi” ning ta’lim mazmunining majburiy minimumi hisoblanadi: geografiyaning nazariy asoslari; geografik tadqiqot metodlari; tabiiy va iqtisodiy obyektlar; hodisa va jarayonlar; olamni idrok etishning moddiy va ma’naviy madaniyatga ifodalanishi; hudud geografik tavsifi kabi olti yo’nalish ko’rsatilgan. Ulardan, tabiiy va iqtisodiy obyektlarda toponimikani bilish, hodisa va jarayonlar bo’limida - geografik terminlarni o’rganish talab etiladi. Geografik obyektlar nomi va joylashuvini xaritadan ko’rsata olish, muayyan jarayon va hodisaning mohiyatini ifodalovchi terminning mazmunini ta’riflay olish – bu toponimika mazmunidagi ta’limiy ishdir.
32 Har qanday geografik nomini bilishda birinchi va asosiy vazifa obyektning shu xildagi obyektlardan alohida ajratilishi va nomlanishida namoyon bo’ladi. Obyekt nomidan foydalanib og’zaki va yozma nutqda ushbu toponimning biror bir predmet yoki hodisa bilan bog’lash imkoniyati paydo bo’ladi. Nomlar ayni shu obyektning shu singari boshqa obyektlarga nisbatan hududiy joylashishi boshqalari bilan hududiy bog’liqligi hamda geografik hodisa va jarayonlarni obyekt bilan bog’lashga yordam beradi. Ta’lim mazmuning majburiy minimumi o’quvchilar egallashi shart bo’lgan ko’nikma va malakalar – ko’rsatish, aniqlash, tasvirlash, tushintirish, bashorat qilish kabi ko’rsatkichlar vositasida ifodalangan. Ular asosan obyektni xaritadan ko’rsata olish va uning xususiyatini ta’riflay olish toponimikaning bilish bilan bog’liq. Nomning hududiy o’rnini belgilash natijasida yangi nomlar yasaladi. Chunonchi, Sibir – G’arbiy Sibir pasttekisligi O’rta Sibir yassi tog’ligi, namlik hududiy doirasini aniqlash geologik geografik ifodalar, ilmiy atamalar yasash uchun qulaydir. Baykal burmalanishi – Perm davri , Toshkent geologik asri, Qo’qon shamoli, Tyanshan sirtlari, Sibir antisikloni, Yenisey kryaji, Aldan qalqoni va hokazo. Toponimlar obyektning o’rni, turi, tabiiy hodisa va jarayonlar bilan bog’liqligini ifodalashi bilan geografik ta’limda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ular geografik obyektning joylashishi bilan birga, uning turi, obyektning qanday xildagi tabiiy voqyealikka mansubligini ham bildiradi. Ma’lumki, uzoq o’tmishda ham qadimgi odamlar tabiat bilan yuzma-yuz kelganda tabiatni tashkil etgan tarkibiy qismlarga ajratish ehtiyojini sezganlar, odamlarni o’rab turgan tabiatni qismlarga ajratish, har bir qismning hususiyatini aniqlash lozim bo’lgan, ammo ularda so’z boyligi yetishmagan. Shuning uchun suv, daryo, dengiz, ko’l va boshqa shu kabi oddiy so’zlar bilan ifodalashgan. Shu boisdan ham hozirgi toponimlar ichida – suv (Oqsuv, Qorasuv) - shu (Xeyshue) va (Obva, Lobva Vodva – fin-ugor tillarda - va - suv) - don (ardon, sardon, nordon, razdon, osetin tilida don - daryo) ko’plab uchraydi. Keyinchalik
33 bu oddiy so’zlar bilan ifodalangan obyektlarni bir-biridan ajratish kerak bo’lgan, natijada bu so’zlar yoniga - oldiga - old qo’shimcha sifatida bu obyekt rangi, tezligini bildiruvchi sifatlar qo’shimchalar qo’shilgan. Natijada Qizilsuv, Sarisuv, Sovuqsuv, Jilisuv kabi nomlar paydo bo’lgan. Shuni aytish kerakki, geografik nomlarning paydo bo’lishi juda murakkab va uzoq davom etgan tarixiy jarayon. Shu tufayli ko’pgina gidronimlarning paydo bo’lgan vaqti aniq tarixiy voqyealik bilangina to’g’ri tushuntirib berish mumkin. Darhaqiqat, har bir geografik obyektning aniq o’ziga xosligini ifodalash uchun tashqi qiyofasi jihatdan inson tanasining a’zolari yoki tanish narsalarning shakllariga o’xshashlikni bildiruvchi so’zlarni ayni shu obyektning shakliga muqoisa qilingan. Shu sababdan, daryo, irmoqlar nomlarida “ko’z” so’zi harakterlidir. Geografik nomlar tarkibidagi og’iz (og’zi keng qishloq, yaylov, - Og’zikent, Oqdahana) ko’z - (chashma - Hazorchashma) nomlarini ko’rsatish mumkin. Inson tanasining a’zolariga o’xshatib ataladigan geografik nomlar rus va boshqa xalq tillarida ko’p uchraydi. Masalan, Ob gubasi (Ob daryosining qo’ltig’i), qo’ltiq, bel, tumshuq, burun kabi bir qator terminlar ukchraydi. Oddiy sifatiy ma’nodagi so’zlarning geografik nomlarga aylanishi barcha xalqlarda uchraydi. Sahroi Kabir - arabchada Kata Sahro, Gobi –mo’g’ilcha - suvsiz cho’l, Pireneya basklar tilida piren – tog’. Geografik xususan, hozirgi siyosiy va kundalik matbuotda yurtimizning geografik o’rniga nisbat berish Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’i - ikki daryo orasidagi arabcha Movarounnahr deb yuritiladi. Bu o’rta asrlarda paydo bo’lgan nom arablar yurtiga nisbatan Amudaryoning orqasidagi yurt degan ma’noni anglatadi. Yevropa kitoblarida Transoksiana - Oks orqasi - Amu orqasidagi yurt deb ham yuritiladi. Aslida Oks - O’ks - daryo, Amuning yunoncha nomi Movorounnahrga qadar mahaliy xalqlar Vorajayhun yoki Vorozrud deb yuritganalri haqida ma’lumotlar bor.
34 Nomlarning lug’aviy ma’nosini bilish shu toponimning xususiyati va tarixi bilan bog’liq voqyealiklarni bilish demakdir. Argentina davlatining poytaxti “Buenos - Ayres” - yaxshi havo manosini bildiradi. 1582 yili ispanalar shaharga asos solib, xiristian dini avliyolari sharafiga - 29-may muqaddas uchlik kuni munosabati bilan “Iffatli Mariananing porti, uchlik avliyo shahri, yaxshi havoli shahar” deb ataganlar. Bu nomdan faqat “Yaxshi havo” – Buenos-Ayres qolgan. Urugvay davlatining poytaxti - Montivedio shahrining nomlanishi quyidagicha: dastlabki paytlarda ispan kortograflari tog’larni raqamlar bilan belgilangan, “tog’ - monte” ning joylanishiga qarab, g’arbiy yoki sharqiy tog’ deb xaritaga tushirilgan. 1720–yilda partuganlar bu yerda qo’rg’on barpo etib – joylashgan o’rniga ko’ra – g’arbdan oltinchi tog’ – Monte- ve – rim raqami VI olti, ya’ni Montevedio deb atashgan. Dunyodagi eng aholisi ko’p Xitoy Xalq Respublikasininig poytaxti nomi – Pekin Beyesizin – Shimoliy poytaxt manosidagi so’z, Osiyodagi eng rivojlangan davlat Yaponiya poytaxti - Tokio so’zi, ‘”Sharqiy poytaxt” demakdir. 1457-yilda hozirgi imperator saroyi o’rni Ota Dokan degan kishi qasr qurib, uni Edo deb ataganki, bu so’z ”daryo mansabi” demakdir. 1590 - yili imperator lashkarboshisi Edoni egallaydi. 1603 - yilda esa Iyeyasu hokimiyatni qo’lga olishi bilan Edo Yaponiyaning amaldagi poytaxtiga aylandi. Shu davrdan boshlab shahar norasmiy poytaxt vazifasini o’taydi. 1868 - yilda imperator Musixito davlatning poytaxtini Kiotodan (G’arbiy poytaxt) Edoga ko’chirib, uning nomini Sharqi poytaxt -Tokioga aylantirgan. Avstraliya - janubiy yer, Grenlandiya - yashil yer, Islandiya - muzloq yer, Missisipi – katta suv, Himolay – qorlar makoni, Qoraqurum – qorsiz o’rmonsiz tog’ va hakozo nomlarning ma’nosini bilish geograf uchun kasbiy burch. Ammo har bir darsda o’qituvchi hyech bo’lmasa 25-50 georafik nomni ishlatadi, bu tomonimlarni eng muhimlarini, diqqatga sazovorlarini bilish dars samaradorligi uchun nihoyatda muhim.
35 Nomning ma’nosi va geografik o’rni - bular geografiya darslariga qo’yiladigan odatiy talablar, oddiy talab esa geografiyaning boshqa fanlardan farq qilishini, uning qiziqarli va ommabopligini ta’minlaydi. Geografik nomlarning imlosi, ya’ni transkripsiyasi – to’g’ri yozilishi o’quvchi savodxonligi uchungina emas, geografiya bilan filologiya fanlarining o’zaro aloqasi uchun zarur. O’zbek tilidagi ko’pchilik nomlarni, albatta, o’qituvchi yozadi, ammo qo’shaloq so’z bo’lsa - Mingbuloq, Qatortol kabilar birga yozilishi yoki ayrim yozilishi o’zlashtirish katta ahamiyatga ega. Bunda o’zbek tilining qoidalari talabidan kelib chiqib, alohida ma’no bersa – (Yangi Bo’ston, Yuqori Uchma, Quyi Chirchiq) alohida yozilishini bilish muhim masala hisoblandi. Shuni ham aytish kerakki, kalka – tarjima nomlarni bilish geografikn ta’limda muhim masala hisoblanadi. Shimoliy Muz okeani, Olovli yer orollari, Yashil burun orollari, Birlashgan Arab Amirliklari kabi minglab nomlar tarjimada beriladi. Yaponiyaning – “kunchiqar mamlakati”, Vensuella – kichik Venesiya, Ulan – Ude – Ude daryosi bo’yidagi shahar, Kolorada – qizil daryo, Rio – negru - qoradaryo va boshqa shunga o’xshash nomlar tarjima qilinmaydi. Ayni vaqtda bir obyekt nomi boshqasiga ko’chirilishi mumkinligi haqida ham ma’lumotga ega bo’lish foyidadan xoli emas. Masalan, O’zbekistondagi uchta viloyat nomi daryodan o’tgan (Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo) qolganlarining nomi shaharlar nomidan o’tganligini ta’kidlash lozim. Jazoir, Tunis, Lyuksemburg, Gvatemala kabi davlatlar nomi shahar ismi bilan atalsa, Paragvay, Kongo, Niger, Senegal, daryolari nomi mamlakat nomiga aylangan. Xuddi shunday nomlar dengiz, davlat, oqim, okean nomiga o’tganligini ta’kidlash lozim. Geografik va toponimika fanlari ta’limidagi eng nozik masalalardan biri, an’anaviy nomlar bo’lib, bunday nomlarni shu davlat xalqi tushunmasligi ham mumkin. Masalan, Albaniya – Shkiperiya, Germaniya –Doychland, Finlandiya - Suomi, Polsha- Polland va hokozo.
36 Geografiya talimi jarayonida geografiyani qiziqarli tomonini oshirish uchun ta’riflanayotgan atama termin va nomlarning ma’no mazmuni va kelib chiqishini bilishga intilish buni imkoni boricha o’qituvchi talabaga tushunarli, sodda qilib yetkazishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai - nazardan o’z o’lkasining tarixi, tabiati, boyliklarini o’rganadigan ekskursiyalar tashkil etish, to’garak ishini jonlashtirish, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil etish ishlarni muhim ahamiyatga ega. Geografik ta’limning o’ziga xos qirralari ko’p bo’lib, hoh oliy ta’lim, hoh umumiy o’rta ta’limda bo’lsin, umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lgan geografik dunyoqarash va geografik madaniyatini faqarolarda shakllantiradi. Sayyoramizning istalgan joyida ro’y berayotgan tabiiy iqtisodiy siyosiy voqyealik va hodisalarning makonini aniq tasavvur etish geografik dunyoqarash hisoblanadi. Materik, okean, davlatlarning joylashgan o’rni qiyofasi ozmi- ko’pmi tabiiy va iqtisodiy - ijtimoiy xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lib, ularning o’rni haqida tasavvurga ega bo’lishi geografik madaniyatdir. Geografik dunyoqarash va madaniyat albatta joy nomlari - toponimlar orqali mujassamlashgan. Shunday ekan geografik obyektlarning nomlari, ya’ni toponimlar asosan geografik ta’lim jarayonida bilib olinadi. Toponimikaning geografiya ta’limida o’rganilishining ahamiyati ham shunda. Buning ustiga geografiya ommabop va qiziqarli o’quv predmeti deb sifatlanar ekan tariflanayotgan nomning ma’nosi, atalish tarixi, aniq xususiyatlari haqida ma’lumot berilsa geografaiyaning jozibadorligi ta’minlanadi. Geografik xaritalardagi istalgan joy nomi zamirida tabiat, tarix va lisoniy belgilar oshkora yoki yashirin ekanligini, ularni tahlil etish orqali o’rganish mumkin. Eng yirik geografik nomlar makrotoponimlar bo’lib, ularda ayrimlarini tahlil etish fan predmeti va vazifasi naqtai nazardan o’rganiladi. Har bir o’lka toponimlari birinchi navbatda tabiat bilan jamiyat haqidagi bilimlarni kengaytirishga xizmat qiladi va obyekt haqida axborot berishga qaratilgan. Shu sababdan, eng avvalo o’z o’lkasining qolaversa faqat darslarda emas har kuni ommaviy axborot vositalarida eshitiladigan geografik nomlarning
37 ma’nosini va atalish sababini bilish bugungi axobrotning tezkorligi davrning talabi hamdir.
Ayni paytda o’zi yashab turgan o’lka o’zi mansub bo’lgan xalq o’tmishi va qadryatlarini hurmat qilish, avlod-ajdodlarning orzu-umidlari mujassam bo’lgan nomlar vatan tarixining bir bo’lagi bo’lganidan xalqning topqirligi va donishmandligini ko’rsatadigan geografik nomalar vatanga iftixor tuyg’ularini tarbiyalaydi.
38 3.2. BUYUK GEOGRAFIK KAShFIYOTLARNING O’RGANILISh TARIXI
Buyuk geografik kashfiyotlar deyarli butun insoniyat tarixi davomida amalga oshirilgan quruqlik va dengizdagi eng muhim kashfiyotlar kompleksi deb tan olingan. An’anaviy ravishda buyuk geografik kashfiyotlar faqat yangi era davomidagi buyuk geografik kashfiyotlar bilan belgilanadi. (XV asr o’rtalari -XVII asr o’rtalari). Dactlabki davrga quyidagi kashfiyotlar kiradi: Janubiy Osiyo va Hind okeani (Xarappa sivilizasiyasi dengizchilari va savdogarlari, eramizdan avvalgi XXI-XX asrlar); Yevropaning Janubiy qirg’oqlari, O’rta yer dengizi va Qora dengiz (krit va axey dengizchilari, eramizdan avvalgi XVI-XIV asrlar); Sharqiy Osiyo (In savdogarlari, harbiylari, dengizchilari; eramizga qadar XIV-VIII asrlar); Afrika atrofida suzish va uning kattaligini aniqlashtirish finikiyalik dengizchilari eramizgacha 609-595 yy); Shimoliy Atlantika, Buyuk Britaniya oroli, Shimoliy va Baltika dengizlari (Piteas eramizdan avvalgi 320 yilga qadar); Sharqiy Yevropa (Kiyev Rusi savdogar va kolonislari; 9-10 asrlar); Grenlandiya va Amerika shimoli- sharqi (Eyrik Raudi, Leyf Eyrikson, 981-1004). Markaziy va Janubiy Amerika kashf etilishi ( X.Kolumb, A.Vespuchchi, A.Veles de Mendosa (A.Velez de Mendoza) va boshqalar 1492-1502); Yevropadan Hindistonga dengiz yo’llari (Vasko da Gama, 1497-99); 1-yer aylana sayohat (F.Magellan, 1519-22) - Dunyo okeanining mavjudligi va Yerning shar shaklini isbotlagan; Shimoliy Osiyo va uni Shimoliy Amerikadan ajratib turuvchi bo’g’oz (Yermak, I.Yu. Moskvilin, S.I.Dejnev, 1582-1648); Avstraliya (A.Tasman, V.Yanszon, 1606-42). Buyuk geografik kashfiyotlar keyinchalik ham amalga oshirilgan: Alyaskaning ochilishi (M.S.Gvozdev, V.Bering, A.I.Chirikov, 1732-41) va Antarktida (F.F.Bellinsgauzen, M.P. Lazarev, 1820). Ilmiy ahamiyatiga ko’ra buyuk geografik kashfiyotlar qatoriga Dunyo okeani tubi relyefini aniqlash borasidagi tadqiqotlarni (Ch.Tomson, D.Merrey, 1872-76) va yagona planetar tog’ tizmalarining okeanlar o’rtasi tizimi kashf etilishini ham kiritish mumkin. (B.Xeyzen, G.Menard, D.L.Bezrukov va boshqarlar, 1955-62).
39
P.G.Terexovning "Umumiy yer bilimi" kitobida XV asr oxiri XVI asr boshida "50 yildan ham oz muddat ichida yevropaliklar deyarli butun yer shari tog’risidagi geografik ma’lumotlarini kengaytirdilar. Ular quruqlik va okeanlarning butunlay noma’lum bo’lgan juda katta qismlarini kashf etdilar. Shuning uchun ham bu davr Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb ataladi". "Geografik kashfiyotlar" deb faqat yangi, avval ma’lum bo’lmagan "quruqlik yo’lidagi" yoki "hududiy" geografik obektlar: tog’, ko’l, orollar va hokazolarning (aniqlanishi) topilishi tushunilgan. 1872 yili "Chellendjer"da qilingan ekspedisiyadan so’ng "geografik kashfiyotlar" tushunchasiga okeanografik kashfiyotlar - Dunyo okeanidigi kashfiyotlar ham kiritiladigan bo’ldi. Hozirgi davrda geografik kashfiyotlar tushunchasiga yangi geografik qonuniyatlarning ochilishi, yangi ilmiy nazariyalar, yangi ilmiy qonunlarning aniqlanishi, geografik obyektlarni ilmiy o’rganish jarayonida erishilgan yangi yutuqlar ham kiritiladi. N.G.Fradkin o’zining "Geografik kashfiyotlar va Yerning
40 ilmiy o’rganilishi" (1972) kitobida va undan so’ng Yu.G.Saushkin "Geografiya fani kecha, bugun, erta" kitobida (1980) bunday kashfiyotlarni nazariy deb ataydi. N.G.Fradkin agar o’tmishda geografik kashfiyotlar xalq vakillarining u yoki bu geografik obyektni (materik, bo’g’oz, vulqon va boshqalar) birinchi marta borib ko’rishi, yozuvga ega bo’lib, o’sha obyektni tavsiflashi va uni xaritaga tushurishini anglatgan bo’lsa, endi geografik kashfiyotlar tushunchasi faqat hududiy emas, balki geografiya doirasidagi nazariy kashfiyotlarni, yangi geografik qonuniyatlarning ochilishini ham tushunmoq kerak deb hisobladi. Yu.G.Saushkin «nazariy geografik kashfiyotlar fanning fundamental tadqiqotlari sirasiga kiradi. Yer yuzasini - ham quruqlikni, ham dunyo okeanini o’zlashtirish jarayonida ular hayotiy zarurdir» deb yozadi. Shu tarzda xulosa qilish mumkinki, geografik kashfiyotlar turlicha bo’ladi. Tabiiyki, o’tmishda hududiy kashfiyotlar ko’p bo’lgan. Eng mufassal aniqlikni I.P.Magidovich va V.I.Magidovichlar geografik kashfiyotlar tarixi bo’yicha ancha fundamental ilmiy asar bo’lgan "Geografik kashfiyotlar tarixidan ocherklar" (1982) muqaddimasida beradilar.
41 Ular geografik kashfiyotlar tushunchasi ostida «yozuvni (rasmlaridan tashqari) biladigan xalq vakillari tomonidan avval ma’lum bo’lmagan yoki faqat eshitib ma’lum bo’lgan okeanlar qismlari, dengizlar, qo’ltiq va bo’g’ozlar, materiklar va ularning qismlari, orollar, daryolar va ko’llarni birinchi marta maqsad qilib yoki tasodufan borib ko’rilishining tarixiy isbotlanganlarini» tushunadilar. Hozirgi vaqtda bunday kashfiyotlar asosan yakunlangan va okean va dengiz qirg’oqlarini, muzliklar chegaralarini aniqlash, o’rmon massivlarini chizish va xokazolardan iborat. Shuningdek eng asosiy okeanografik kashfiyotlar ham amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda nazariy kashfiyotlar uzunlik qilmoqda. Modomiki nazariy kashfiyotlarga tadqiqotlar orqali - turli usullar bilan va turli sharoitlarda ishlash jarayoni orqali, shu jumladan ekspedisiyalar, yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni orqali erishilar ekan, ularni tadqiqotlar asosidagi kashfiyotlar deb ham atash mumkin. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, zamonaviy geografik kashfiyotlar tarixi faqat yer yuzasini: alohida kontinentlarni, okeanlarni, dengizlarni, orollarni, planetamiz geografik xaritasini uzluksiz aniqlashtirish va tadqiq etish jarayoni davrlarinigina emas, balki uni geografik bilimlar tarixi va geografiya fani tarixi bilan yaqinlashtiradigan nazariy geografik kashfiyotlar tarixini ham qamrab olishi kerak. Bu o’z navbatida keyingi umumlashtirishlar uchun - avval emperik, so’ng nazariy xulosalar uchun zarur bo’lgan ulkan faktik materiallarni to’plagan sayohatchilar va ekspedisiyalarga yana ham jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Ular ichida ayniqsa o’lja uchun emas, haqiqat uchun uzoq safarga chiqqanlarga, notanish joylar va geografik obyektlarni xaritaga tushirish bilan chegaralanmay, turli xil tadqiqotlar olib borib, ularning xususiyatlarini o’rganib, olingan xulosalarni jamiyat foyidasiga qaratishga harakat qilganlarga e’tibor qaratish lozim. Geografik kashfiyotlar va tadqiqotlar tarixining geografik bilimlar tarixi, g’oyalar tarixi, geografiya fani tarixi bilan chambarchas bog’liqligi bu tarixchilar uchun umumiy davrlashtirishni qo’llash imkonini beradi. So’nggi manbalar orasida
42 M.M.Golubchik, S.P.Yevdakimov va G.N.Maksimovlarning "Geografiya tarixi" (1998) kitobida bu masala yetarlicha asoslab bayon etilgan. Bunday davrlashtirishni ular 4 davr yoki bosqichga bo’ladi: birinchisi - geografik bilimlarning dastlabki jamg’arilishi va geografiyaning fan sifatida shakllana boshlashi (qadimgi davrlardan XVII asr o’rtalarigacha), ikkinchisi - geografik bilimlarni ilmiy tizimlashtirish, tartibga solish davri (XVII asr o’rtalaridan XIX asr o’rtalarigacha), uchinchisi - zamonaviy geografiyaning shakllanishi (XIX isr o’rtalaridan XX asr 20-yillarigacha) va to’rtinchisi - zamonaviy geografiya davii (XX asr 20-yillaridan hozirgi davrgacha). Bu mualliflar keltirilgan «bosh davrlashtirish»... boshqa, yanada mayda qismlarga bo’lishni ictisno etmaydi deb hisoblaydilar. "Buyuk geografik kashfiyotlar davri" birinchi davrning so’nggida ajratilgan va o’ziga xos xususiyatlari ko’rsatilgan. Geografik kashfiyotlar turli masshtabda bo’lishi mumkin: global-planetar va mintaqaviydan to mahalliy - o’lkashunoslikkacha. A.G.Isachenko Kolumbgacha Amerikaning borib ko’rilganligi ehtimoli haqida fikr yuritar ekan, "Geografik fikrlar rivoji" (1971) kitobida quyidagilarni yozadi: "...bunday voqyeani kashfiyot sifatida ko’rib chiqish to’g’riligi ehtimoldan uzoq, u hech qanday tarixiy rol o’ynamadi, insoniyatning geografik tasavvurlariga ta’sir ko’rsatmadi...". Bu masalada Z.I.Gordeyeva fikri ("Yerning geografik kashf etilishi: tarixi va istiqboli" NIA-Priroda nashriyoti, 2002) A.G. Isachenko fikri bilan qarama - qarshi. Uning fikricha, bunday deyish faqat Buyuk kashfiyotlarga nisbatan to’g’ri bo’lishi mumkin. Agar «tarixiy naf (ta’sir)» bir necha martaga kam bo’lsa-chi? Agar inson birinchi bor ko’l yoki avval geograflarga noma’lum bo’lgan tog’ cho’qqisini topsa-chi?. 1946 yil Moskva viloyati Ruzskiy tumani yosh tabiatshunoslarining Markaziy stansiyasi tomonidan A.Ye.Stavrovskiy rahbarligida tashkil etilgan bolalar yozgi ekspedisiyasi qilgan ishni qanday atash mumkin? Ekspedisiya yakunlaridan biri shu bo’ldi-ki, I.A.Zdanovskiyning o’sha davrgacha eng mufassal hisoblangan gidrografik xaritasiga to’rtta aniqlanmagan daryocha belgilandi: Studentka, Poboyenka, Kazanochka va Gryazka.
43 Bu gidrografik topilma geografik kashfiyot emasmi? Albatta, bir tomondan bu mahalliy kashfiyot, «o’lkashunoslik, masshtabidagi kashfiyot bo’lsa-da, boshqa tomondan ular yetarlicha ahamiyatli, modomiki bu kashfiyotlar tufayli geografiya planetar jarayonlarga ta’sir ko’rsatadigan Buyuk Volga daryosi «kapillyarlari» haqida yanada obyektiv bilimlarga yaqinlashdi: U bolalar kim, biz ular haqida nima bilamiz? I.M.Zabelinning "Aslida bo’lmagan uchrashuvlar" (1958) kitobida keltirilgan mulohazaga qo’shilish mumkin. "biz hali kamtarin kuzatuvchilarga yetarlicha e’tiborli emasmiz... Buyuk sayohatchilar va dengizchilarning safarlari yer shari bo’ylab ingichka va siyrak to’r tortdi, qolgan barchasi biz deyarli eslamaydiganlar tomonidan tasvirlangan va o’rganilgan. Uncha katta bo’lmagan, lekin barcha uchun qadrli bo’lgan joyni o’rganganlarnigina emas, balki planetamizning diqqatga sazovar joylarini birinchi kashf etganlarni ham bilish qiziqarli: Amazonka - Janubiy Amerikada joylashgan eng uzun daryoni (shu jumladan uning yerdagi eng uzun daryo ekanini birinchi kashf etganni ham), Marianna botig’ini - Dunyo okeanining eng chuqur (11022 metr) joyini, Baykalni - planetamizdagi eng chuqur ko’lni kashf etganlarni bilish qiziqarli. Yerning tabiiy qadriyatlarini birinchi kashf etganlar, shu jumladan ruslarga Volga va Okani, moskvaliklarga Moskva daryosi, Ural aholisiga Narodniy tog’larini, Kavkaz xalqiga - Elbrus tog’ini va buni birinchi kashf etganlarni bilish qiziqarli.Albatta, geografik kashfiyotlar tarixi bilan tanishishda dastlab asosiy e’tibor geografiyani mustaqil fundamental fan sifatida shakllanishi va vujudga kelishida katta rol o’ynaganlarga qaratiladi va ular orasida Yerning birinchi tasviridan hozirgi ko’rinishini tasvirlashgacha katta hissa qo’shgan sayohatchilarga e’tibor qaratiladi.XVII asrdan boshlab, e’tiborga molik geografik kashfiyotlarning asosiy qismi maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan bo’ldi. Geografik kashfiyotlar yerni har tomonlama o’rganish jarayonida va atrof-olam haqidagi yangi geografik bilimlar hosil qilinishida katta rol o’ynagan olimlar qo’liga o’tdi. Geografik kashfiyotlar tarixiga oid bir qator umumlashma adabiyotlar mavjud. I.P.Magidovich "Geografik kashfiyotlar tarixi bo’yicha ocherklar, M., 1957,
44 Ya.F.Antoshko va A.I.Solovyov "Yerni geografik o’rganish tarixi", M., 1962, A.G.Isachenko "Geografik fikrlar rivoji" M., 1971,. V.A. Yesakov "XIX asr - XX asr boshlarida rus geografik tadqiqotlari", M., 1978 (R.U.Rahimbekov, Z.N.Donsova «O’rta Osiyo tabiatini geografik o’rganish tarixi», T., «O’qituvchi»- 1982, 3-bet) kabi asarlarda buyuk geografik kashfiyotlar tarixiga oid ma’lumotlar bor. Z.I.Gordeyevaning "Yerning geografik kashf etilishi: tarixi va istiqboli" (Priroda.2002) kitobida buyuk geografik kashfiyotlar tarixi atroflicha yoritilgan. U ilmiy mazmunda, keng adabiyotlar to’plamidan foydalanilgan holda yozilgan. Unda antik davrdan boshlab bugungi kungacha Yerning geografik o’rganilishi tarixi bayon etilganligi bois unda buyuk geografik kashfiyotlar tarixini bir tizimga solingan, uzviy ketma - ketlikda ko’rib chiqish mumkin. Ammo yuqorida sanab o’tilgan adabiyotlar asosan rus tilida bo’lib, bu o’quvchilar uchun ba’zi qiyinchiliklarni tug’diradi. O’zbek tilidagi buyuk geografik kashfiyotlar tarixini biz asosan qit’alar va materiklar geografiyasi, umumiy yer bilimiga oid o’quv adabiyotlarida uchratishimiz mumkin. Buyuk geografik kashfiyotlar tarixi insoniyat tarixining bir qismi sifatida tarixiy adabiyotlarda ham uchraydi. Xususan, o’rta asrlar tarixiga oid adabiyotlarda Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb atalgan XV -XVII asr geografik kashfiyotlari tarixini ko’rib chiqish mumkin. Dunyo geografiyasining umumiy tarixiga doir yirik monografiyalarda O’rta Osiyolik olimlarga yetarlicha o’rin ajratilmagan. Chunonchi, Dj.Beykerning geografik kashfiyotlar va tadqiqotlar tarixi to’g’risidagi kitobida «Al-Beruni» to’g’risida ma’lumot yarim betdan oshmaydi. I.P. Magidovichning «Geografik kashfiyotlar tarixidan ocherklar» asarida Xorazmiy to’g’risida 2 satr, Beruniy to’g’risida 9 satr yozilgan xolos... Rixard Xennigining «Noma’lum yerlar» asarida O’rta osiyolik olim va sayyohlardan ba’zilari qisqa ba’zan xatolar bilan bo’lsa ham har holda tilga olingan. ... Holbuki, O’rta Osiyo va Xurosonda atoqli geograf olim va sayyohlar ozmuncha bo’lmagan, ular ajoyib asarlar yozganlar (X.Hasanov «Sayyoh olimlar» T., «O’zbekiston»-1981, 7-bet).
45 X U L O S A
XVI-asrga qadar Sharq bilan G’arb xalqlari o’rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo’lgan Buyuk Ipak yo’li muhim o’rin tutgan edi. Bu yo’l miloddan avvalgi 2-asrda vujudga kelgan va “buyuk meridianal yo’l” deb atalgan. X. Kolumb, Vasko da Gama, F. Magellan sayohatlari va kashfiyotlari bilan Buyuk geografik kashfiyotlarning birinchi bosqichi tugadi. Endilikda yangi ochilayotgan yerlarga yangi toifadagi kishilar, harbiylar, savdogarlar, ruhoniylar yo’l olishdi. Ularning maqsadlari yagona – oltin va hukmronlik edi deb yozadi zamondoshlar. Ispanlar oldida ulkan hudud – Janubiy va Markaziy Amerika turar edi. Bu hududlarda yuksak sivilizasiyaga erishgan davlatlar Inklar, asteklar va mayyalar davlatlari hukm surar edi. Ispanlar o’zlarining XV-XVI asrlardagi yangi yerlarni egallash harakatlarini konkista (isp. egallash) va harakat qatnashchilarini konkistadorlar deb atashgan. Konkistadorlarning oz sonli otryadlari yirik davlatlar va qabilalarni o’zlariga bo’ysundirdilar yoki yer yuzasidan yo’q qilib yubordilar. XV-XVI-asrlar chegarasida Kolumb va izdoshlari tomonidan Yukatan yarim orolidan janubiy tropikkacha bo’lgan qirg’oq chiziqlari aniqlangan edi. 1510 yilda Alonso de Oxedaning Uraba qo’ltig’ining sharqiy qirg’og’ida San-Sebast’yan qal’asini bunyod qilishi materik ichkarisiga kirib borishga imkon tug’dirdi. Oxeda mahalliy hindularni qul qilmoqchi bo’ldi, lekin qattiq qarshilikka duch keldi. Qal’a yashash uchun noqulay joyga qurilgan edi. Alonso de Oxeda Espan’olga (Gaiti) jo’nab ketib, qaytmagach Vasko Nunyes de Bal’boa bu yerni tashlab Oltin Kastil’ya (Panama bo’yni) ga ko’chishni taklif qiladi. Hokimiyatni o’z qo’liga olgan bu odam hindu qabilalariga hujum qiladi. taslim bo’lgan va oltinlarni topshirgan qabilalarni omon saqlab qoladi. Shunday qabilalardan u, ulkan tog’lar ortidagi dengiz va Inklar haqida eshitadi. 1513 yilda u 190 ta ispan va 25 ta hindu hamrohligida yo’lga chiqib, Tinch okean (Janubiy dengiz) qirg’oqlarigacha yetib boradi. Uning bu kashfiyoti ispanlarga yangi imkoniyatlar beradi. 1517 yilda Fransisko Ernandes de Kordoba 3
46 ta kemada Yukatan yarim orolining shimoliy va g’arbiy qirg’oqlarini tekshirdi. Bu hududda topgan oltinlari ularga yana g’ayrat bag’ishladi. Yangi ekspedisiyaga Xuan de Grixalva boshchilik qildi. Ular o’zlari eshitgan oltinga boy Mexiko tomonga yaqinlashganlarida asteklar hukmdori Motekoxsuma Shokoyosin, yoki ispanchasiga Montesumaning elchilari peshvoz chiqib, ispanlarning buyumlarini oltinga almashtirishadi. Ispanlar asteklarning ulkan piramidalarini ilk bor ko’rishdi. Ularning olib kelgan oltinlari Kuba gubernatori Diyego de Velaskesni Ernan Kortes boshchiligida ekspedisiya jo’natishga qiziqtirdi. Kortes 1519 yilda ilk bor quruqlik sayohatini amalga oshirdi. 400 soldat, 15 otliq va 6 ta to’p bilan buyuk imperiyani bo’ysindirdi. U Tenochtitlanga kirib borib, Montesumani asir oldi, hindular qo’zg’olon ko’targach, uni o’ldirib ittifoqdosh hindular yordamida asteklarni yengdi. 1530 yilning 27 dekabrida Fransisko Pisarro 180 kishi hamroqligida Panamadan janubga suzib, ekvator chizig’ida qirg’oqqa tushdi. Peruga uyushtirilgan bu safar birinchisi bo’lmay, oldin ham Pisarro bir necha bor inklar davlatiga yaqin kelgan edi. ayni davrda inklar davlatida fuqarolar urushi tugab, kuchsizlanib qolgan edi. Pisarro inklar podshosini qo’lga olib, bir uy to’la oltinga almashtirishga rozi bo’ldi. Ammo va’dasida turmay uni o’ldirdi va inklarni tor-mor qildi.
Ispanlar 1532-33 yillar davomida Peru, Ekvador va Kolumbiya hududlarini egallab olishdi. Bundan keyingi yillar davomida to’xtovsiz yurishlar qilib And tog’larining janubiy hududlarini ham egalladilar. Materikda faqat araukanlar qabilasigina ispanlarga bo’ysinmadi. Ispanlarning yurishlari ko’proq qirg’oqqa yaqin hududlar edi. Lekin 1541 yilda Fransisko de Orel’yano Napo daryosidan suzishni boshlab, Amazonkaning quyilish joyigacha yetib bordi. Janubiy va Markaziy Amerikadan misli ko’rilmagan boyliklarga ega bo’lgan Ispaniya Yevropadagi eng boy davlatga aylandi. Ispanlar va portugallar 1494 yilda Rim papasining farmoniga suyanib barcha yangi yerlarga o’z egalik huquqlarini da’vo qilishar, ammo Fransiya va Gollandiya buni tan olmas edi. Ularning qaroqchi
47 kemalari oltin ortilgan ispan va portugal kemalarini egallab, boyliklarini tortib olar edi.
Ingliz Frensis Dreyk yangi yerlardagi ispan qal’alariga hujum qilish orqali shuhrat qozondi. U inglizlardan birinchi bo’lib, Janubiy Amerika materigini janubdan aylanib o’tdi va Tinch okean qirg’oqlaridagi ispan kemalariga ortilgan oltinlarga ega bo’ldi. Uni tutmoqchi bo’lgan ispan va portugal kemalaridan qochib 480 shimoliy kenglikkacha bordi, shundan so’ng g’arbga burilib, Tinch va Hind okeanlarini kesib o’tib, Angliyaga qaytib keldi. U shimoliy Amerikaning g’arbiy qirg’oqlarini kashf qildi va ikkinchi bo’lib Yer shari bo’ylab sayohatni amalga oshirdi. Angliyaning dengizlarda hukmronlik davrini boshlab berdi. Ispanlarning “Yengilmas Armada” floti yengilgandan keyin (1588 y) Angliya dengizlarda yangi yer ochish uchun erkin suza boshladi. Janubiy yerni topishga urinish natijasida Yevropaliklar Avstraliya materigini kashf qildilar. Uning qirg’oqlari haqida malayaliklardan eshitib, turli yo’nalishlarda izlab ko’rib, topganlaridan so’ng o’zlari izlagan Janubiy Yer emas ekanligini bilganlar. Antik davr geograflari Ptolomey va Pomponiy Mela janubda yirik materik bo’lib, u Osiyo va Afrikaning janubiy qirg’oqlari bilan tutashib turadi deb hisoblaganlar, lekin Marko Polo va Vasko da Gamaning suzishlari bu fikrning noto’g’riligini ko’rsatdi. XVI asrda Janubiy materik haqidagi fikrlar yana paydo bo’ldi. Endi Terra Australia incognita deb atalgan bu yerni turli kattalikda tasvirlaganlar. 1570 yilda Abraxam Orteliy dunyo atlasini yaratadi va janubiy materikni nihoyatda ulkan qilib tasvirlaydi hamda u yerning tabiati haqida afsonaviy ta’riflar keltiradi. O’sha davrda dengizchilar uchun janubiy kengliklar noma’lum edi. Dengizchilar 40-kengliklarni “o’kiruvchi”, 50-kengliklarni “chinqiruvchi”, 60- kengliklarni “quturgan” deb ta’riflaganlar. Lekin ular doimo janubga tomon siljib borganlar. 1616 yilda Yakob Lemer va Villem Sxauten Olovli Yer orolini ochdilar va janubdagi Estados orolini materik deb o’yladilar. 1526 yilda portugal Jorj Minezisha va 1545 yilda ispan In’igo Ortis de Retes Papua – Yangi Gvineya qirg’oqlariga yetib borganlar.
48 Bundan keyingi kashfiyotlar Okeaniya orollarining ochilishi bilan bog’liq bo’lib, Pyedro Sermento de Gamboa va Al’varo Mendan’ya de Neyra Tinch okean hududidagi boy yerlarni izlab Solomon orollarini kashf etishdi. Lekin boylik yo’q edi. 1567 yildagi bu suzish natijalari unutilgach, 1595 yilda Mendan’ya yana suzishga otlanib Markiz orollarini kashf etdi, ammo Solomon orollarini topa olmadi. 1606 yilda Kiros Yangi Gebrid orollarini kashf etdi. 1614 yilda Luis Torres Yangi Gvineya va Avstraliya o’rtasidagi bo’g’ozni ochdi. Ushbu suzishlar bilan ispanlarning geografik kashfiyotlar davri tugadi. Gollandiyadagi Ost-Indiya kompaniyasi Zond orollarini 1602 yilda egallab oldi. 1605-1606 yilda Villem Yanzon Yangi Gvineyaning janubi-sharqiy qirg’oqlaridan suzib Arafur dengizini kesib o’tadi va Avstraliyaning Keyp-York yarim orolining g’arbiy qirg’oqlariga yetib boradi. 1616-1636 yillar davomida gollandlar Avstraliyaning janubiy qirg’oqlari, Arnemlend yarim orolining shimoliy qirg’og’i va Karpentariya qo’ltig’ining sharqiy qirg’oqlarini ochdilar. Abel Tasman ekspedisiyasi 1642 yil Tasmaniya orolini (Van-Dimen yeri), Yangi Zelandiya, Tonga va Fidji orollarini ochdi. Tasmanning 1644 yildagi ekspedisiyasi Keyp-York yarim orolidan Shimoli-g’arbiy burungacha 5500 km qirg’oqbo’yini kartaga tushirdi. Avstraliya (Yangi Gollandiya) katta orollar majmui yoki yaxlit materik ekanligi aniqlanmadi. Janubiy noma’lum yerning aslida yo’qligi 18-asrgacha noaniq bo’lib qoldi. Ruslarning geografik kashfiyotlari Sibirning o’zlashtirilshi va Shimoliy Muz okeani qirg’oqlarini aniqlash bilan bog’liqdir. XVI-XVII asrlarda ruslar Sibirni o’zlashtirib, Uzoq Sharqqacha yetib bordilar. Bu kashfiyotlarning eng buyugi Semyon Dejnyovning 1649 yilda Chukotka yarim oroliga yetib, Osiyo va Amerika o’rtasidagi bo’g’ozni topganligidir. Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropadagi geografiya fanining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1567 yilda Lyudoviko Gvichchardinining “Niderlandiya ta’rifi” kitobi chop etildi. Uni birinchi iqtisodiy geografik qo’llanma deb atasa bo’ladi. Yevropa Uyg’onish davrida Niderlandiya kartografiya fanining rivojlanish
49 markazi bo’ldi. XVI asrda Gerard Kremer (Merkator) va Abraxam Orteliy Buyuk geografik kashfiyotlar natijalarini umumlashtirib, atlas yaratdilar. Yan Vermeyer geografik kartalar chizdi. 1544 yilda Sebast’yan Myunster “Kosmografiya” asarini chop qildi. Kitobda noma’lum joylarning afsonaviy tasvirlarini hisobga olmaganda, geografik bilimlarning umumlashtirilishi va fan tizimining yaratilishidagi ilk qadamlardan biri deb atash mumkin.
50 TOPONIMIK IBORALAR ShARHI Toponimikani ham boshqa fanlardek o’ziga xos iboralari mavjud. Ularni yaxshi o’zlashtirish esa fan sir-asrorlarini bilib olishni osonlashtiradi. Qo’yida toponimikada qo’llaniladigan asosiy so’z va iboralarni qisqacha sharhi berilgan. Agroonim - (yunoncha agros –dala, ekinzor, shudgor) – toponimning bir turi. Masalan, Bedapoya, O’ttizgektar, Mo’soning yeri. Antroponim - (yunoncha antropos - odam)- atoqli otning bir turi. Odamning ismi, familiyasi, taxallusi, laqabi. Masalan, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Safar ota, Hayitqul tepa. Atoqli ot - biron obyektni boshqa obyektlardan farq qilish uchun xizmat qiladigan so’z yoki so’zlar birikmasi, onim. Masalan, Mirzacho’l, Qizilqum, Qili va boshqalar. Geografik atamalar - geografik obyektning turini bildiradigan so’zlar geografik atamalar hisoblanadi. Masalan, adir, qir, ko’l, cho’l, tog’, quduq, soy, tekislik va boshqalar. Geografik atamalar turdosh otlar bo’lganida geografik nomdan keyin kichik harflar bilan alohida yoziladi. Ko’proq shevalarda ishlatiladigan atamalar mahalliy geografik atamalar yoki xalq geografik atamalari deyiladi. Gibrid nom - ikki va undan ortiq tillarning leksik va morfologik unsurlaridan tarkib topgan nomlar. Masalan, Toshkamar, Ko’kgumbaz, Xayrobod va boshqalar. Gidronim - (yunoncha gidro – suv, onim – nom, ism) - toponimning bir turi. Tabiiy yoki inson tamonidan bunyod etilgan har qanday suv obyektlari - okeanlar, dengizlar, daryolar, kanallar, suv omborlari, soylar, quduqlar va boshqalar. Masalan, Zominsuv, Sangzor, Qili, Aydarko’l, Tuzkon. Makrotoponim - ma’lum va mashhur bo’lgan tabiiy geografik obyektning atoqli oti, materiklar, qit’alar, okeanlar, eng katta tekisliklar, tog’lar, tabiiy geografik o’lkalar nomi. Masalan, Turon, Qizilqum, Osiyo, Oloy, Pomir. Bular ko’pincha olimlar, sayyohlar tomonidan beriladi va rasmiylashtiriladi. Makrotoponimlar
51 ba’zida yerli aholiga ma’lum bo’lmasligi mumkin, chunki ular asosan mikrotoponimlardan foydalanadilar. Mikrotoponim - muayyan hududda ma’lum bo’lgan kichik geografik obyektlarning atoqli otlari. Masalan, buloqlar, ko’priklar, jarliklar, quduqlar, bog’lar va boshqalar. Mikrotoponimlar uchun omonatlik, o’zgaruvchanlik, harakatchanlik xosdir, hamda ular nafaqat geografik tushuncha balki, ma’naviy tushuncha hamdir. Mikrotoponimlar odatda og’zaki nutqda qo’llaniladi, kamdan-kam yozuv ma’lumotlarida ishlatiladi. Tilning o’zgarishi bilan mikrotoponimlar ham o’zgaradi. Ularning ko’pchiligi yuqolib ketishi ham mumkin. Oykonim - (yunoncha oykos - uy, turar joy, makon) - toponim turi, aholi yashaydigan har qanday joyning qishloq, ovul, shaharcha, shaharning nomi. Masalan, Jizzax, Zomin, Do’stlik, Marjonbuloq. Oronim - (yunoncha oros – tog’) – tog’lar, qirlar, tepaliklar, dovonlar, daralar va boshqa bir qator orografik obyektlarning nomi. Masalan, Nurato, Turkiston, Molguzar, Amir Temur darvozasi. Toponim - (yunoncha topos – joy, makon, onima- nom, ism.)- har qanday geografik obyektning atoqli oti, nomi. Masalan, gidronim, oykonim, urbonim, agroonim. Totem - urug’chilik tuzumining ilk davrida hayvon va o’simliklar turiga yoki jonsiz tabiat narsalariga topinish. Masalan, bolg’ali, taroqli, oytamg’ali, erganakli va boshqalar. Transkripsiya - (lotincha transriptio – ko’chirib yozish) boshqa tildagi geografik nomlar (fonemalar)ni o’z tilidagi grafemalar (harflar)bilan ifodalash, yozish. Transkripsiya deganda so’zlarni va matnlarni ularning talaffuzini hisobga olgan holda muayyan yozuv vositalari yordamida yozish, ifodalash usuli tushuniladi. Formant - (lotincha formans - hosil qiluvchi) –so’z yasaydigan, lekin, mustaqil ishlatilmaydigan unsur. Toponimlar tarkibida ayniqsa ko’p uchraydi. Masalan, kent- Nushkent, Yangikent; loq - Toshloq, Qumloq va boshqalar.
52 Urug’ - kishilarning eng qadimgi birligi bo’lib, qarindosh avlod – bir ota- onadan tarqalgan avlod. Urug’chilik qon- qarindoshlikka asoslangan bo’lib, har bir urug’ odamlari bir-birlari bilan xo’jalik va ijtimoiy jihatdan o’zaro bog’liq. Etnonim - (yunoncha etnos-xalq, onim-ism, nom) – urug’, qabila, elat, xalq, millat va boshqa xil etnik uyushmalar nomi. Urug’, qabila,, xalq nomi o’zi tamonidan tanlangan yoki o’zgalar tamonidan berilgan bo’lishi mumkin. Masalan, barlos, nayman, qipchoq, jaloyir, laqay va boshqalar. Etimon - (yunoncha etimon-haqiqat, so’zning asosiy ma’nosi) – muayyan nomning tadqiqotchilar aniqlagan dastlabki shakli, ma’nosi. Haqiqiy
toponim - bu xarita, ma’lumotnomalarga tushgan, aslida
mikrotoponimlardan kelib chiqqan tabiiy va sun’iy obyektlarning yakka nomi. Ular har xil xalq va turli tillar mahsulidir, juda ko’p ishlatiladi va o’zi joylashgan hududdan boshqa joylarda ham ma’lumdir. Qabila - (arab) urug’, urug’-aymoq- bir ota-onadan tarqalgan bir nechta urug’ uyushmasi. Qabila urug’ga nisbatan yirik bo’lib, bir nechta urug’larning birlashuvidan hosil bo’ladi. Masalan, ming, nayman, jaloyir, qo’ng’irot, qipchoq va hokazo.
53 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T.; Ma’naviyat, 2008. 2. Alibekov L.A. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi. -Samarqand. 2006. -163 b. 3. Gulyayev V. I. Po sledam konkistadorov. M., 1976. 4. Do’simov Z. Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati. -T.; 1977, b.4. 5.
Magidovich I. P., Magidovich V. I. Ocherki po istorii geograficheskix otkro’tiy. -M., 1983. 6. Murzayev E.M. Etyud ы po toponimike Sredney i Sentralnoy Azii. Voprosы geografii № 8. -M.; 1948. 7. Murzayev E.M. Toponimika - populyarnaya. -M.; 1973. 8. Murzayev E.M. Ocherki toponimiki. -M.; 1974. 9. Murzayev E.M. Toponimika Sredney Azii i Kazaxstana. Onomastika Sredney Azii. -M.; 1978. 10. Murzayev E.M. Geografiya v nazvaniyax. -M.; 1979. 11. Murzayev E.M. Slovar narodn ыx geograficheskix terminov. -M.; 1999. 12. Nabiyev A. Tarixiy o’lkashunoslik. -T.; 1996, b.130 13. Nafasov T. Janubiy O’zbekiston toponimiyasinining etnolingvistik analizi. T.; 1985.
14. Nikonov V.A. Vvedeniye v toponimiku. -M.; 1965. 15. Qorayev S. Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi? -T.; 1970. 16. Qorayev S. Geografik nomlar ma’nosi. -T.; 1978. 17. Qorayev S. Geografik terminlar va tushunchalar izohi lug’ati. -T.; 1979. 18. Qorayev S. O’zbekiston oykonimlarini sosial-iqtisodiy geografik aspekda o’rganish. O’z. GJA. 18-jild.-T.; 1997. 19. Qorayev S. O’zbekiston toponimlarini hosil qiladigan asosiy terminlar va boshqa so’zlar lug’ati. -T.; 2001. 20. Qorayev S. O’zbekiston viloyatlari toponimlari. -T.; 2005. 21. Qoraev S. Toponimika. -T.; 2006. 22. G’ulomov P. Jo’g’rofiya atamalari va tushunchalari izohli lug’ati.-T.; 1994. 23. Haydarov H. Jizzax viloyati tarixi. -T.; 1996.
54 24. Hasanov H. O’rtaosiyolik geograf va sayyohlar. -T.; 1964. 25. Hasanov H. Geografiya terminlari lug’ati. -T.; 1964. 26. Hasanov H. O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan. -T.; 1965. 27. Hasanov H. Yer tili. -T.; 1977. 28. Hasanov H. Geografik nomlar siri. -T.; 1985. 29. Hakimov Q., G’o’dalov M. Jizzax viloyati geografiyasi. -Jizzax, 2004. 30. Elyektron adabiyotlar va Intyernyet manbalari. Intyernyet saytlar:
http://geo . 1 september. ru. wgeo. ru geografiya. ru world. freeglobus. com www. ref. nnov. ru
55 JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIATShUNOSLIK VA GEOGRAFIYa FAKULTETI GEOGRAFIYa VA UNI O’QITISh METODIKASI KAFEDRASI GEOGRAFIYa VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI YO’NALIShI “TASDIKLAYMAN” FAKULTET DEKANI ____________________ “ ____ ”________________ 2012 yil
BITIRUVChI: SAFAROV ShUHRAT 1. Ish mavzusi: BUYuK GEOGRAFIK KAShFIYoTLAR VA TOPONIMIKA “___” _______ 201_ y. Rektorning ___ sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. 2. Ishni topshirish muddati: 20.05.2013 y. _________________ 3. Mavzu bo’yicha ma’lumotlar beruvchi adabiyotlar ro’yxati: E.M.Murzayev Ocherki toponimiki -------------------------------------- S.Qorayev Toponimika ---------------------------------------------------- H.Hasanov Geografik nomlar siri ------------------------------------ N.Oxunov Joylar va nomlar ……………………………………………. Z.Saidboboyev Tarixiy geografiya …………………………………………. M.Mirakmalov Geografiyada toponimika ……………………………… 4. Ishning maqsadi va hal qilinadigan masalalar: Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi dunyo xaritasidagi millionlab joy nomlari va ularni paydo bo’lishi buyuk geografik kashfiyotlar davri bilan bog’liq bo’lsa ham ular orasidan eng muhimlarini aniqlash va maktab geografiya darslarida ulardan foydalanishni ilmiy manbalar yordamida ochib berishdan iborat.
Maslahatchilar: Bo’limlar Maslahatchi (F.I.Sh) Imzo sana Topshiriq qabul qilindi Topshiriq berildi
56 1-bob g.f.n. Hakimov Q. 20.11.2012 y. 20.01.2013 y. 2-bob g.f.n. Hakimov Q. 20.01.2013 y. 20.03.2013 y. 3-bob g.f.n. Hakimov Q. 20.03.2013 y. 20.05.2013 y.
Bitiruv ishi bajarish rejasi: № Bosqichlar nomi Bajarish muddati
Bajarildi 1 KIRISh 01.12.2012 y. 2 1.0.-BOB. BUYuK GEOGRAFIK KAShFIYoTLARNING BOShLANISh DAVRI.
20.01.2013 y. 3 2.0. -BOB. BUYuK GEOGRAFIK KAShFIYoTLAR DAVRIDA OLIMLAR TOMONIDAN BAJARILGAN IShLAR
20.03.2013 y. 4 3.0. -BOB. MAKTAB MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYaSI DARSLIRIDA BUYuK GEOGRAFIK KAShFIYoTLAR DAVRIGA OID MAVZULARNING O’QITILIShI
20.05.2013 y. 5 GLOSSARIY 25.05.2013 y. 6
ILMIY RAHBAR: g.f.n. Q.HAKIMOV KAFEDRA MUDIRI: g.f.n. Q.HAKIMOV TOPShIRIQNI BAJARIShGA OLDIM: _____________ Sh.SAFAROV 19 - noyabr 2012 yil Document Outline
Download 492.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling