O‘zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana06.05.2020
Hajmi0.81 Mb.
#103652
1   2   3
Bog'liq
kompyuter texnologiyasi asosida eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot qollanma tayyorlash


CHjan  Szyan  va  Syuan  Szan  kabilar  amalga  oshirgan  sayohatlardir.  Bu 

sayohatlar  miloddan  oldingi  II va  eramizning  VII  asrlarida  amalga  oshirilgan. Bu 

sayohatlarning  qimmati  shundaki,  ular  haqida  to‘liq  va  ishonarli  a

хborotlar 

tuzilgan,  hududlar  aniq  tasvirlangan,  bosib  o‘tilgan  yo‘l  va  ushbu  hududlarda 

yashovchi 

хalqlar va davlatlar haqida ishonarli ma’lumotlar va tavsiflar berilgan. 

Alohida  e’tibora  molik  tomoni  esa  sayohatlarning  Markaziy  Osiyo  hududini  ham 

qamrab  olganligidadir.  SHunga  ko‘ra  bu  sayohatlarni  eng  qadimgi  davrlarda 

amalga  oshirilgan  sayohatlar  orasida  alohida  ahamiyatga  ega  deb  hisoblash 

mumkin  va  insoniyatning  geografik  bilimlarini  to‘g’ri  shakllantirilishidagi  ilk 

ishonarli manbalar deb tan olish mumkin.  

Maktab  o‘quvchilarida  eng  qadimgi  davlatlarda  yashagan  kishilarning 

geografik  dunyoqarashi  va  sayohatlari  haqida  ma’lumot  beruvchi  vizual 

mashg’ulotlarni  ham  ushbu  sayohatlar  haqida  taqdimot  darslaridan  boshlash 

mumkin deb hisoblaymiz.  



30 

 

Eng  qadimgi 



хitoy sayohatchilari kimlar va ular nima maqsadda sayohatlar 

qilganlar?  Bu  savolga  javob  berish  uchun  yuqorida  nomlari  tilga  olingan 

sayohatchilarning  qilgan  ishlari  va  bosib  o‘tgan  yo‘llari  haqida  batafsil 

ma’lumotlar berilishi kerak. 

Miloddan  ya’ni  eramizdan  bir  yarim  ming  yil  oldin 

Хuanхe  daryosining 

o‘rta  oqimida 

Хitoy  davlati  tashkil  topgan.  Uning  markazi  Buyuk  Хitoy 

tekisligidan  g’arbda

,  Хuanхe  daryosiga  Veyхe  irmog’ining  qo‘shilishi  va 

daryoning sharqqa  burilib  tekislikka  chiqadigan  joyidagi hududlar bo‘lib

, хitoylar 

o‘z  hududlarini  tobora  kengaytira  borganlar.  SHu  tarzda  qadimgi 

Хitoy  davlati 

shimoldagi 

dashtlardan 

YAnszi 

daryosi  havzasi 



va  janubdagi  tropik 

o‘rmonlargacha bo‘lgan hududlarga yetib borgan. Bir necha asrlar davomida Tinch 

okean  dengizlari  bo‘yiga  chiqdilar  va  Sariq  dengiz  qirg’oqlari  va  suvlari  ham 

хitoyliklar  qo‘liga  o‘tdi.  Sariq  dengiz  qirg’oqlari  bo‘ylab  SHandun,  Lyaodun, 

Koreya  yarim  orollari,  Kroes  bo‘g’ozi  orqali 

Хonsyu  lva  Kyusyu  hamda  Sikoku 

orollarini kashf etdilar. Janubiy yo‘nalishda esa SHarqiy 

Хitoy dengizi qirg’oqlari 

bo‘yidagi  barcha  orollar  va  Tayvan  oroli  egallandi.  Janubiy  g’arbiy  yo‘nalishda 

Janubiy 


Хitoy  dengizi  va  Tonkin  qo‘ltig’i  hamda  shimoli-sharqiy  Hindiхitoy, 

Song-Koy  daryosi  havzasi  va 

Хaynan  oroli  Hindiхitoy  yarim  orolining  sharqiy 

qirg’oqlariga  yetib  bordilar.  Eramizdan  oldingi  II  asrda  imperator  U  Di  davrida 

Vetnam  istilo  qilindi.  G’arbda  esa  Tibet  tog’ligining  shimoli-sharqiy  va  sharqiy 

etaklarigacha 

хitoyliklarga qaram bo‘lib qoldi.  

Buyuk 


Хitoy  tekisligidan  shimolda  joylashgan  hududlarda  yashovchi 

ko‘chmanchilar 

хitoyliklar uchun eng хavfli dushman bo‘lganlar. SHuning uchun 

eramizdan avvalgi IV asrda Buyuk 

Хitoy devorini qurish boshlangan. Bir necha asr 

davomida  devor  qurilishi  davom  etgan  va  sharqdan  g’arbga  tomon  yo‘naltirilib, 

shimoldan himoya qilishi ko‘zda tutilgan. Bunday qurilishni amalga oshirish uchun 

aniq  geografik  va  topografik  bilimlar  zarurligi  muta

хassislar  tomonidan 

ta’kidlanadi.  

SHimolda  yashovchi 

хunn  qabilalarining  Markaziy  Osyo  dashtlarida 

yashovchi yuechjilarni tor-mor qilganligi va yuechjilarning Sirdaryo va Amudaryo 


31 

 

oralig’idagi erlarga ko‘chib o‘tganligi va o‘sha hududlarda kuchli Kushon davlatini 



barpo  qilganlari  haqidagi 

хabarlar хitoyliklarning ular bilan ittifoq tuzish rejasini 

amalga  oshirishlariga  umid  uyg’otadi.  Ko‘chmanchilarga  qarshi  kurashda  faqat 

kushonlar  bilan ittifoq  tuzishgina 

Хitoy davlatiga muvaffaqiyat keltirishi mumkin 

edi.  Kushonlarni  topish  va  ular  bilan  ittifoq  tuzish  uchun  elchi  jo‘natishga  qaror 

qilingan  va  bu  ish  uchun  imperator  qo‘riqchilaridan  bo‘lgan  zobit  CHjan  Szyan 

tanlangan.  SHu  tariqa  o‘sha  davr  va  keyingi  zamonlar  uchun  ham  eng  buyuk 

sayohatlardan biri boshlangan. 

Sayohatning murakkabligi  va 

хavfliligi shunda ediki хitoylar hali Markaziy 

Osiyo  haqida  tasavvurga  ega  emas  edilar  va  g’arb  tomondagi  barcha  hududlarda 

хunnlar  egalik  qilar  edilar.  Sayohat  boshlanganida  CHjan  Szyanga  100  kishi 

hamrohlik  qilgan,  ularning  orasida  kelib  chiqishi 

хunnlardan  bo‘lgan  Tani  ismli 

kishi bo‘lgan va CHjan Szyanning eng yaqin kishisiga aylangan.  

CHjan  Szyanning  sayohati  eramizdan  avvalgi  138  yilda  boshlangan. 

SHimoli-g’arbiy  yo‘nalishda  harakat  qilgan  sayohatchi  Buyuk 

Хitoy  devoridan 

o‘tishi  bilan 

хunnlarga  asir  tushadi.  Хunnlar  sardori  elchilarning  jonini  saqlab 

qoldi  va  CHjan  Szyan  10  yil  davomida 

хunnlar  orasida  yashab,  oila  qurgan  va 

hatto  farzand  ko‘rgan.  Unga  qabila  ichida  to‘liq  erkinlik  berilgan  edi.  Bundan 

foydalangan  sayohatchi  eramizdan  avvalgi  128  yilda  oilasi  va  do‘sti  Tani  va 

hamrohlarining bir qismi bilan birgalikda g’arb tomonga qochadi. Bir qancha vaqt 

SHarqiy  Tyan-SHan  tog’lari  etaklari  bo‘ylab  harakatlanib,  Issiqko‘lning  janubiy 

qirg’og’ida  joylashgan  usun  qabilasining  markaziy  qarorgohi  bo‘lgan  CHigu 

shahriga  etib  boradilar.  U  yerdan  Norin  daryosi  vodiysi  bo‘ylab  yurib  Farg’ona 

vodiysiga  etib  boradilar.  Sayohatnomada  bu  hudud  Davan  va  uning  poyta

хti 

Guyshan  deb  yozilgan.  Bu  shahar  hozirgi  Koson  shahridir.  Farg’ona  hukmdori 



хitoylarni yaхshi kutib olgan va ularning maqsadlari kushonlarni topish ekanligini 

bilgach,  ularga  kangyuylar  hududiga  etib  olishlari  uchun  kuzatuvchi  beradi. 

Kangyuy  (qangli)  lar  CHjan  Szyanga  nihoyat  yuechji  (kushonlar)ni  topishga 

yordam beradilar. Bu vaqtga kelib kushonlar Amudaryoning janubiy qirg’oqlarida 

joylashgan  Grek-Baqtriya  davlatini  bo‘ysundirib,  Bal

х  shahriga  o‘rnashib  olgan 



32 

 

edilar.  Ular 



хitoy  elchilarini  yaхshi  kutib  olgan  bo‘lsalarda,  хunnlardan  qasos 

olishni 


хohlamaydilar  va  buning  uchun  uzoqdagi  Хitoy  davlati  bilan  ittifoq 

tuzishni  istamaydilar.  Kushonlar  saroyida  bir  yil  yashagan  CHjan  Szyan  o‘z 

maqsadiga etolmagan bo‘lsada, bu hududlar haqida ko‘plab ma’lumotlar to‘playdi 

va  eramizdan  avvalgi  127  yilda 

Хitoyga  qaytish  uchun  yo‘lga  tushadi.  U  Pomir 

tog’larini  shimol  tomondan  aylanib  o‘tadi  va  bu  tog’larning  ulkan  suvayirg’ich 

ekanligini  va  bu  tog’lardan  boshlangan  yirik  daryolarning  ba’zilari  g’arbga  va 

ba’zilari  sharqqa, 

Хitoy  tomonga  oqishini  aniqlaydi.  Oloy  vodiysi,  Qoshg’ar  va 

YOrkentdan  o‘tib 

Хo‘tanga  etib  keladi.  Takla  Makon  cho‘lining  janubiy 

chekkasidan  vohalar  oralab  o‘tib  Lobnor  ko‘liga  chiqadi.  U  bu  ko‘lni  SHo‘rko‘l 

deb  ataydi  va  mahalliy  aholidan  bu  ko‘lning  ba’zan  yo‘qolib  qolishini  eshitib  u 

haqida  shunday  yozgan: “daryolar 

Хo‘tandan  sharqqa  oqib  SHo‘rko‘lga quyiladi 

va SHo‘rko‘l er ostidan harakatlanib Sariq daryo 

(Хuanхe)ga manba bo‘ladi, Sariq 

daryo shu erdan boshlanib 

Хitoyga qarab oqadi”.  

Endilikda  ma’lumki,  bu 

хulosa  geografik  хato  bo‘lib,  Хuanхe  daryosining 

manbai  Tibet  tog’ligining  sharqidagi  Lobnor  ko‘lidan  800  km  janubi  –  sharqda 

joylashgan  Jarin-Nur  va  Orin-Nur  kabi  chuchuk  suvli  ko‘llardir,  ular  dengiz 

sathidan 4230 m balandlikdadir.  

Lobnor ko‘lidan sharqda 

хunnlar CHjan Szyanni yana qo‘lga oladilar, lekin 

bir yildan so‘ng ular yana qochishga muvaffaq bo‘ladilar. Katta qiyinchiliklar bilan 

eramizdan avvalgi 126 yilda vataniga qaytib keladi.  

CHjan  Szyan o‘zining hisobiga ko‘ra 15 ming  km  ga  yaqin  yo‘l  bosgan. U 

birinchi  bo‘lib 

Хitoyga  Markaziy  Osiyo  hududi,  Tyan-SHan  va  Pomir  tog’lari, 

Sirdaryo  va  Amudaryo,  Tarim  daryolari  haqida  aniq  ma’lumotlar  keltirdi. 

SHuningdek 

Хitoydan  Hindistonga  o‘tadigan  хavfsiz  va  qisqa  yo‘llar  aynan 

YAnszi daryosining o‘rta oqimi bo‘ylab tog’lar orqali o‘tishini ko‘rsatgan.  

Хitoy  hukumati  Hindiston  bilan  janubdan  bog’lanishga  urinib  ko‘radi  va 

muvaffaqiyatsizlikka  uchragach

,  хunnlarga  qarshi  yurish  qiladi  va  bu  yurishga 

CHjan Szyan boshchilik qilgan. Avval muvaffaqiyat qozongan CHjan Szyan katta 

martabaga erishadi, lekin bir yildan so‘ng 

хunnlar хitoylarni yana tor-mor qiladi va 


33 

 

CHjan  Szyan  martabasidan ayriladi.  Lekin imperator g’arbiy  hududlar  bo‘yicha u 



bilan  maslahatlashib  turgan.  CHjan  Szyan  umrining  o

хirida  Issiqko‘l  atrofidagi 

usunlar  qabilasi bilan  ittifoq tuzishga  erishadi va  ular orqali  Parfiya  va  Hindiston 

bilan  aloqa  o‘rnatadi.  SHu  tariqa 

Хitoy  davlati  Old  va  Janubiy  Osiyo  bilan 

to‘g’ridan-to‘g’ri  muzokaralar  olib  borishga  erishadi.  CHjan  Szyan  eramizdan 

avvalgi 104 yoki 103 yilda vafot etgan.   

 Garchi  CHjan  Szyan  sayohati  to‘la  ma’noda  geografik  maqsadda  amalga 

oshirilmagan  bo‘lsada,  uning  qimmati  shundaki,  CHjan  Szyan  birinchi  bo‘lib 

“Sayohatnoma” yozish yo‘nalishiga asos soldi. Bunday yozishmalarda eng avvalo 

tasvirlardagi  geografik  aniqlik,  hududlar  va 

хalqlar  tavsifi,  tabiiy  sharoit  va 

resurslarning  ahamiyati,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  hayot 

хususiyatlarining  izchil 

yoritilishi 

хarakterlidir.  SHuningdek,  ayni  sayohatning  o‘sha  zamon  uchun 

ahamiyati  Markaziy  Osiyo  hududidagi  davlatlar  va 

хalqlar  bilan  diplomatik 

munosabatlarning  o‘rnatilishi 

Хitoy  va  G’arb  mamlakatlari  o‘rtasidagi  savdo 

yo‘llari

, хususan Buyuk Ipak yo‘lining yanada rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan va 

хalqlar  o‘rtasidagi  aloqalarni  mustahkamlagan.  Nihoyat  qadimgi  O‘zbekiston 

hududida  mavjud  bo‘lgan  davlatlar  Farg’ona,  Qangyuy  va  Kushon  podsholiklari 

haqida qimmatli tari

хiy ma’lumotlar keltirilgan.   

YAngi  erada  CHjan  Syanning  sayohati  marshruti  g’arb  va  sharq 

mamlakatlar  o‘rtasidagi  aloqalarga  asosiy  yo‘nalish  bo‘lib 

хizmat  qildi.  Ko‘plab 

хitoy sayohatchilari Hindiston va Markaziy Osiyo hududlari bo‘ylab yurib budda 

dinining  tarqalishiga 

хizmat  qilganlar.  Rohiblarning  sayohati  din  tarqalishi  bilan 

birga  madaniy,  siyosiy  tushunchalarning  tarqalishiga  ham  katta 

хizmat  qildi. 

Bunday  sayohatchilar  ichida  geografik  jihatdan  eng  katta  ahamiyatga  ega 

bo‘lganlari Syuan Szan va I Szin sayohatlaridir. Eramizning VII asrida Syuan Szan 

Markaziy  Osiyo  bo‘ylab  CHjan  Szyan  marshruti  bo‘yicha  yurib  Hindikush 

tog’idan  oshib  o‘tdi  va  Haybar  darvozasidan  o‘tdi  va  Panjobga  etib  bordi  va 

SHimoliy  Hindiston  hududidagi  o‘lkalarga  etib  bordi,  shundan  so‘ng  Amudaryo 

bo‘yiga  va  undan  vataniga  qaytib  bordi. 16 yillik  sayohati  davomida  ko‘plab 

ma’lumotlar  to‘plagan  sayohatchi  bir  necha  asrlar  davomida  katta  ahamiyat  kasb 


34 

 

etgan “G’arbiy mamlakatlar haqida estaliklar” asarini yaratdi. Bu asar juda ko‘plab 



yirik  geograf  olimlarning  e’tirofiga  sazovor  bo‘lgan.  Syuan  Szan  haqida  Elize 

Reklyu “U zamonaviy ma’noda ham yangi hududlarning haqiqiy tadqiqotchisi edi” 

deb  yozgan.  Ko‘plab  tari

хchilar  uchun  uning  sayohatnomasi  Markaziy  Osiyo 

davlatlari  haqidagi  haqiqiy 

хazina  bo‘lgan.  Uning  shuhrati  хitoyda  shu  darajada 

katta  bo‘lganki,  ko‘plab  afsona  va  tari

хiy  asarlar  yaratilgan.  XVI  asr  хitoy 

yozuvchisi  U  CHen-en  Syuan  Szan  haqida  “G’arbga  sayohat”  fantastik  romanini 

yozgan edi.   

I  Szin  sayohati 

Хitoydan  Hindistonga  dengiz  orqali  birinchi  bo‘lib  yo‘l 

ochdi. U Hindi

хitoy, Malakka qirg’oqlari bo‘ylab suzib, Sumatra orolining sharqiy 

qirg’oqlaridan  aylanib  o‘tdi  va  Hind okeaniga  chiqadi va  Bengal qo‘ltig’ini kesib 

o‘tib,  Gang  daryosi  deltasiga  etib  borgan.  SHimoliy  Hindiston  shaharlarida  bir 

qancha vaqt yashagan sayohatchi yana dengiz orqali 

Хitoyga qaytib boradi va o‘z 

sayohatini batafsil yoritadi.  

YUqorida  tilga  olingan  sayohatlar  turli  maqsadlarda  amalga  oshirilgan 

bo‘lib, ularning tafsilotlari geografik jihatdan ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib 

turadi. Bu davrlarda Evropa va Osiyoning turli hududlarida ham sayohatlar amalga 

oshirilgan albatta, lekin ularning tafsilotlarida juda ko‘p 

хatoliklar va mubolag’alar 

uchraydi,  ayni  holat  geografik  tasavvurlarning  to‘g’ri  shakllanishiga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatadi.  SHuning  uchun  qadimgi  davrlarda 

хitoyliklardan  boshqa  хalqlarning 

dunyo  haqidagi  tasavvurlarida  afsonaviy  tafsilotlar  ko‘p  bo‘lgan.  Qadimda  

yashagan boshqa 

хalqlar va sayohatchilarning ahamiyatini e’tirof etgan holda shuni 

aytish joizki, qadimgi 

хitoy sayohatchilari geografiya fanining rivojlanishiga katta 

hissa  qo‘shganlar.  Binobarin  maktab  geografiya  ta’limida  qadimgi  sayohatlar 

haqida  dars  o‘tilganida  qadimgi 

хitoy  sayohatchilarining  qilgan  ishlari  alohida 

ta’kidlanishi lozim.  

Eng  qadimgi  sayohatlar  haqida  taqdimot  darsini  yaratishda  ham  eng 

ishonarli  manbalarga  suyanish o‘quvchilarda  qadimgi  tadqiqotchilar ishiga to‘g’ri 

baho berish hissini shakllantiradi. SHunga ko‘ra bitiruv malakaviy ishi mavzusida 


35 

 

ko‘zda  tutilgan  taqdimot  qo‘llanmani  yaratishda  aynan 



хitoy  sayohatchilarining 

ishlariga asoslanish maqsadga muvofiq topildi.     

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

36 

 

II. 2. Eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot yaratish bosqichlari. 



 

Eng  qadimgi  sayohatlar  haqia  taqdimot  yaratish  har  qanday  taqdimot 

yaratish kabi  bir  qancha  bosqichlardan  iborat. Eng avvalo bu  taqdimotning  ta’lim 

tarbiyaviy  ahamiyati,  o‘quvchilarda  geografik  bilimlarini  shakllantirish  va 

insoniyatning  dunyoni  anglash  yo‘lida  qanday  ishlarni  amalga  oshirganligini  his 

etishlariga  zamin  yaratishini  maqsad  qiylish  olish  zarur.  Binobarin,  taqdimotda 

namoyish  etilayotgan  materiallar  shunchaki  tomosha  bo‘lib  qolmasdan,  balki 

muayyan  tushunchalarni  shakllantirish  omili  bo‘lib  qolmog’i  kerak.  Taqdimot 

materiallari sifatida darslik va ilmiy ommabop asarlardan olingan lavhalar, suratlar 

va  chizma-

хaritalar,  shuningdek  muallif  tomonidan  yaratilgan  ma’lumotlarni 

oydinlashtiruvchi chizmalar 

хizmat qiladi. 

Eng  qadimgi  sayohatlar  haqida  taqdimot  yaratish  quyidagi  bosqichlarni o‘z 

ichiga oladi: 

  Taqdimot mavzusiga mos materiallar to‘plash; 

  Ma’lumotlarni saralash va ularga izohnomalar tuzish; 

  Surat


, хarita va chizmalarni taqdimot uchun moslashtirish; 

  Taqdimot nus

хasi va namunasini tanlash. 

  Taqdimot  sahifalariga  ma’lumotlar  va  ko‘rgazmali  materiallarni 

kiritish; 

  Taqdimot 

sahifalariga 

kiritilgan 

ma’lumotlar 

namoyishini 

shakllantirish; 

  Ko‘rgazmali  materiallarni  jonlantirish,  tovush  va  effektlar  bilan 

ta’minlash; 

  Taqdimot namoyishini tartibga keltirish va taqdimotni yakunlash. 

Taqdimot  namoyishi  shunchaki  tomosha  bo‘lib  qolmasdan,  ta’limiy 

ahamiyatga  ega  dars  jarayoniga  aylanishi  lozimligi  ta’kidlandi.  Buning  uchun 

qadimgi  sayohatlarning  amalga  oshirilishiga  sabab  bo‘luvchi  tari

хiy,  siyosiy  va 

ijtimoiy  omillarni  tahlil  qilish,  sayohatchilarning  sha

хsi  va  insoniy  хususiyatlari, 



37 

 

o‘sha  davr  tushunchalari,  geografik  bilim  va  dunyo  haqidagi  tasavvurlari  haqida 



ma’lumotlarga ega bo‘lish talab etiladi.    

Eng  qadimgi  sayohatlardan  biri  sifatida  e’tirof  etilgan  qadimgi 

хitoy 

sayohatchisi CHjan Szyan sayohati mavzusi bo‘yicha taqdimot yaratishni maqsad 



qilib  olinganligi  yuqorida  ta’kidlandi.  Ayni  sayohat  haqida  taqdimotlar  faqatgina 

sayohatning  o‘zi  haqidagi  materiallar  bilan  cheklanmasligi  zarur.  Bunda  avvalo  

qadimgi 

Хitoy  davlatining  tashkil  topishi,  hududiy  kengayib  borishi,  atrofdagi 

хalqlarga  ko‘rsatgan  ta’siri,  хitoyliklarga  ma’lum  bo‘lgan  hududlar  va  ularning 

geografik  bilimlari  haqida  ma’lumotlar  berilishi  kerak.  Har  bir  ma’lumot  ma’lum 

izchillikka  ega, shunga  ko‘ra  bunday  ma’lumotlarni  o‘quvchilarga  berish  muayan 

tartibda borishi zarur. 

Masalan Qadimgi 

Хitoy davlatining tashkil topish jarayoni haqida so‘z borar 

ekan,  bu  davlatning  tashkil  topishiga  ta’sr  etuvchi  tabiiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 

geografik omillar haqida tushuncha berilishi lozim. Zero qadimgi 

Хitoy davlati eng 

qadimgi  “daryo  sivilizasiyalari”  qatoriga  kiradi.  Ma’ulmki  bunday  sivilizasiyalar 

Хuanхe va YAnszi daryolari bo‘yida tashkil topgan Хitoy davlati bilan birgalikda 

to‘rtta  deb  e’tirof  etilgan  edi.  Bular:  Nil  daryosi  bo‘yidagi  Misr,  Dajla  va  Frot 

daryosi oralig’idagi Bobil, Hind va Gang daryolari oralig’idagi qadimgi Hindiston 

davlatlari. Bu tushunchalar  tari

хchi Mechnikov tomonidan kiritilgan. Aynan Хitoy 

davlatinning  tashkil  topishida  daryolarning  ta’siri  kattaligi  muhim  ma’lumot 

sifatida atroflicha tushuntirilishi maqsadga muvofiqdir.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

38 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Qadimgi 


Хitoy o‘z davrining iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan 

eng  rivojlangan davlati  edi. Ijtimoiy  mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish, davlat va 

ma’muriy  boshqaruv  to‘la  shakllangan  edi.  SHaharlar,  portlar  bunyod  etish, 

ar

хitektura, din, teatr va rassomchilik, haykaltoroshlik san’ati yo‘nalishlari yuksak 



rivojlangan

. Хitoyda o‘sha davrdan ipak mato to‘qish, chinni idishlar va haykallar 

yasash mashhur bo‘lgan va chetga chiqariladigan asosiy mahsulotlardan bo‘lgan.  

 

 



Qadimgi Xitoy davlatining 

tashkil topishiga ta’sir etuvchi 

tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy 

geografik omillar 

Allyuvial tuprоqlarning 

unumdоrligi; 

 

Хo‘jalik 



rivоjlangan 

hududlarning tabiiy 

himоyalanganligi  (tоg‘lar, 

sahrо, dеngiz); 

 

Ichki  alоqalar  uchun 



qulay  bo‘lgan  yagоna, 

kоmpakt 


hududda 

jоylashganligi; 

 

Hududdagi 



agrоiqlimiy 

rеsurslarning  ko‘p  sоnli 

ahоli 

ehtiyojlarini 



qоndirish 

salоhiyatiga 

egaligi.  

 


39 

 

 



             Qadimgi Xitoy davlatining chegarasi 

 

 



 

 

 



40 

 

Qadimgi 



хitoyliklarning  geografik  bilimlari  qaysi  hududlargacha  etib 

borganliklarida  namoyon  bo‘ladi.  Ular  Tinch  okeani  havzasidagi  dengizlar  va 

ulardagi  orollargacha,  Hindi

хitoy  yarim  oroli,  Tibet  va  Hindiston,  Koreya  va 

YAponiya hududlarigacha o‘z ta’sirlariga ega bo‘lishgan.  

Qadimgi davrlarda 

хitoyliklar qadami etgan hududlar 

Dunyo tomonlari 

Tabiiy hududlar 

SHimol, shimoli-sharq, shimoli-g’arb 

Lyaodun, Koreya yarim orollari, YApon 

orollari 

SHarq 

Sariq,  SHarqiy 



Хitoy,  YApon  dengizi 

qirg’oqlari, orollari. 

Janub, janubi-sharq, janubi-g’arb 

Janubiy 


Хitoy  dengizi  qirg’oqlari, 

Hindi


хitoy, Tibet tog’ligi etaklari 

G’arb 


 

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki



, хitoyliklar asosan sharq va shmoli-sharq hamda 

janubi-g’arb  yo‘nalishida  harakat  qilganlar.  SHimolga  va  g’arbga  tomon 

yurishlariga  esa  o‘sha  davrlarda 

Хitoyni  shimol  va  g’arb  tomondan  chegaralab 

turuvchi  dashtlarda  yashaydigan  ko‘chmanchi  qabilalar  to‘sqinlik  qilganlar. 

SHuning  uchun  ham  qadimgi 

Хitoy  davlatida  bir  qancha 

imperatorlar 

almashinishiga 

qaramasdan  shimol  va  shimoli 

g’arb  tomondan 

Хitoyni  himoya 

qilish  ko‘zda  tutilgan  va  Buyuk 

Хitoy  devorini  qurish  bir  necha 

yuz yillab davom etgan.  

 SHimol  va  g’arb  tomonda 

joylashgan  ko‘chmanchilarning 

Хitoy  davlatiga  ta’siri  ko‘plab  hujumlar  va 

bosqinlarda namoyon bo‘ladi, lekin shu bilan birga 

хitoyliklarning bu hududlariga 

qiziqishlarini  orttirgan.  Ayniqsa  g’arb  tomondaga  rivojlangan  davlatlar  bilan 

aloqalar  qilish  ularning  azaliy  qiziqish  doirasida  turgan.  SHuning  uchun  ham 

shimoldan  keladigan  ko‘chmanchilarga  qarshi  g’arb  davlatlari  bilan  ittifoq  tuzish 

Buyuk Xitoy devori 

 


41 

 

orqali 



kurashish 

rejasi 


tuzilgan. 

Bu 


rejani 

amalga 


oshirishga 

yuechjilar(kushonlar)ning 

хunnlardan  yengilib  g’arblga  tomon  ketishlari  turtki 

beradi.  Ularni  topib  ittifoq  tuzishga  ko‘ndirishning  asosiy  dalili  kushonlarning 

хunnlardan  qasos olishi  edi.  Хitoyliklar  ana  shunday  taklif  bilan  ularni o‘zlariga 

ittifoqchi  qilib  olish  hamda  bu  ittifoqda  ularga  yordamchi  sifatida  o‘rin 

egallamoqchi  edilar.  Bunday  nozik  muzokarani  faqat  siyosiy  va  harbiy  hamda 

dunyoviy  bilimlari  keng  bo‘lgan,  qat’iyatli  inson  amalga  oshirishi  mumkin  edi. 

CHjan  Szyan  ana  shunday  odam  bo‘lgan. U  yo‘lida  qanday  qiyinchiliklarga duch 

kelmasin,  qanday  holatlarga  tushmasin  o‘ziga  yuklatilgan  vazifani  amalga 

oshirmay qo‘ymaydigan odam bo‘lgan. Qaerdaligi noma’lum bo‘lgan kushonlarni 

butunlay  notanish  hududlardan  izlab  topish,  ularni  qudratli 

хunnlarga  qarshi 

kurashda  ittifoqchilikka  ko‘ndirishga  qancha  vaqt  ketishi  noma’lum,  yo‘l  haqida 

umuman tasavvur yo‘q sharoitda CHjan Szyan topshiriqni ado etish uchun yo‘lga 

otlanadi. 

Bunda 

unga 


nafaqat 

imperatorning  topshirig’i,  balki  o‘z 

vatanini 

ko‘chmanchi 

qabilalar 

hujumlaridan  butunlay 

хalos  qilish 

ishtiyoqi,  o‘z  burchiga  sadoqat,  etuk 

insonga 

хos  matonat  va  qat’iyat  hislari 

yo‘l boshlaydi.  

Хitoyliklarning  g’arbiy  hududlarga  sayohat  qilishiga  ta’sir  etgan  omillar 

asosan  siyosiy  manfaatlarni  nazarda  tutgan  bo‘lsada,  g’arb  davlatlari  va 

хalqlari 

haqida  to‘liqroq  ma’lumotlar  yig’ish,  ular  bilan  doimiy  tinchlik  aloqalarini 

o‘rnatish maqsadlari ham mavjud edi. Zero, qo‘shni mamlakatlarning iqtisodiy va 

siyosiy mavqeining ortishi yoki pasayishi 

Хitoy uchun qandaydir darajada foydali 

bo‘lishi  mumkin  edi.  SHundan 

хulosa  qilishimiz  mumkinki,  qadimgi 

davlatlardayoqi  geosiyosat

,  хalqaro  munosabatlar  haqida  tushunchalar  shakllanib 

ulgurgan

.  Хususan  Хitoy  davlati  boshqa  qadimgi  davlatlar  singari  doimiy 

istilochilik  bilan  shug’ullanmasdan,  har  doim  tinchlik  muzokaralari  va  iqtisodiy 

taraqqiyot orqali ravnaq topganligi tari

хiy haqiqatdir.  


42 

 

SHunday  qilib  CHjan  Szyan  sayohatining  aynan  Markaziy  Osiyo  hududiga 



tomon yo‘nalishini belgilovchi omillar zaruriy shart sifatida namoyon bo‘ladi. Bu 

omillar o‘zaro bog’lanib sayohatning muqarrar amalga oshishini belgilab beradi. 

G’arbiy hududlarga sayohatning amalga oshishini belgilab beruvchi omillar: 

 

 



YUqorida CHjan  Szyan  sayohatining  marshruti batafsil bayon  qilingan  edi. 

Bu  marshrutning  yo‘nalishi  hozirgi  kunda  qaysi  hududlardan  o‘tganligini  bilish 

uchun 

хaritaga nazar tashlash mumkin.  



43 

 

 



Chjan Szyan sayohati 

  

Sayohatning qaysi hududlardan o‘tganligi va bu hududlarda o‘sha davrlarda 



qanday 

хalqlar yashaganligini eslab qolish juda muhim. Bu orqali Markaziy Osiyo 

хalqlarining  etnik  tariхi,  ularning  yashash  tarzi  va  kelib  chiqishi  haqida 

ma’lumotlarga ega bo‘linadi.  

Bunday  ma’lumotlarga  izchil  o‘rganish  orqali  erishish  mumkin.  SHunga 

ko‘ra  sayohatning  marshruti  bo‘yicha  tahlil  qilish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi. 

Taqdimot  darsida  bu  tahlil  suratlar  va 

хarita  yordamida  bajarilishi  lozim.  Ayni 

vaqtda esa jadval yoki chizmadan foydalanish mumkin.  

 

CHjan Szyan sayohatining izchil tahlili. 



 

 CHanan  –  Qadimgi 

Хitoy  poytaхti, 

sayohatning 

boshlang’ich 

nuqtasi.(eramizdan  oldingi  138  yil)  

 

 


44 

 

 



        Buyuk 

Хitoy devori 

 

 

 



 

 

  



 

 

 



Markaziy Osiyo dashtlari – 

хunnlar qo‘lida 

10 yillik asirlik 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                                                                        

Tyan – SHan tog’ligi sharqiy 

etaklari, Issiqko‘l bo‘yidagi usun 

qabilalari ittifoqi bosh qarorgohi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Farg’ona vodiysi. 

 

 

 



 

 

 



 

45 

 

 



 

Qadimgi Samarqand (Maroqand) 

 

 

 



 

Bal


х-kushonlar qarorgohi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Oloy vodiysi va Pomir tog’larining shimoliy 

etaklari 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Taklamakon sahrosi.Lobnor ko‘li

. Хunnlar qo‘lida 1 

yillik asirlikda. 

 

 



 

 

 



 

 

 



46 

 

Asirlikdan  qochgan  CHjan  Szyan  eramizdan 



oldingi 126 yilda vataniga qaytib keladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

CHjan Szyan sayohati haqida taqdimot yaratishda uning yurgan yo‘l haqida 



ma’lumot beruvchi har qanday surat va chizmalardan foydalanish mumkin.  

Masalan 


хaritalarda  uning  marshrutini  tasavvur  qilish  uchun  quyidagi  хarita 

chizma namoyish etiladi. 

 

Oq  chiziq  bilan  sayohat  marshruti  qamrab  olgan  hududlar  ko‘rsatilgan.  Bu 



хaritadan  bir  qaraganda  hech  narsani  anglab  bo‘lmaydi,  lekin  Evrosiyo  materigi 

miqyosida  sayohatning  qanchalik  masofani  qamrab  olganligini  tasavvur  qilishga 

yordam beradi.   

SHu tariqa qadimgi sayohatlar haqida taqdimot yaratish jaarayonida ko‘plab 

ma’lumotlarni  berish  mumkin.  Taqdimotdan  asosan  dars  sifatida  foydalanish 

maqsadga  muvofiq,  agar  namoyish  uchun  yaratilganida  unga  musiqa  va  boshqa 

tovushlarni  kiritish  va  tekst  matnini  ham  yaratish  mumkin  bo‘ladi.  Dars 

taqdimotida  esa  yuqorida  ta’kidlaganimizdek  o‘qituvchi  namoyish  etilayotgan 

materiallarga  izoh  berib  borishi  maqsadga  muvofiq,  chunki  bu  holatda 


47 

 

o‘quvchilarning savollariga javob berishiga imkon yaraladi. SHuningdek, izohlarni 



doimo  to‘ldirib  borishga  ham  imkoniyat  bo‘ladi.  Umuman  taqdimot  yaratish 

te

хnologiyasini  doimiy  takomillashtirib  borish  mumkin.  Bunda  kompyuter 



te

хnologiyalarida  tobora  imkoniyatlar  kengaymoqda.  Masalan,  o‘quv  filmlarini 

yaratish  uchun  Windows Movie Maker dasturi juda qulay, buning uchun har 

qanday hajmdagi videomateriallar, suratlardan foydalanish mumkin. Namoish 

etiladigan materiallarga tovushli izoh berish, musiqa yozish, tasvirlar namoyishini 

xohlagan ko‘rinishda tayyorlash mumkin. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

48 

 

ХULOSA. 



 

Kompyutеr  tеxnologiyalaridan  foydalanib  dars  o‘tishning eng samarali 

usullaridan biri taqdimot darsidir. Taqdimot yaratish uchun zamonaviy 

kompyutеrlar maxsus dastur “Microsoft PowerPoint” bilan ta'minlangan. Bu dastur 

turli darajada va murakkablikdagi taqdimotlar yaratish uchun maxsus ishlab 

chi?ilgan. Taqdimotlar murakkabligi ulardagi h

arakat,  tovush  va  effеktlarning 

xususiyatlari bilan bеlgilanadi. Oddiy taqdimotlarda ma'lumotlar bir xil jarayonda, 

kеtma-kеt  namoyish etiladi va og’zaki izoh  bеriladi.  Murakkabligi  o‘rtacha 

taqdimotlarda  esa  namoyish  etiladigan  matеriallar  bir  nеcha  harakat bilan 

namoyish etiladi va turli yozuvli hamda tovushli izohlarga ega bo‘lishi mumkin. 

Eng  murakkab  taqdimotlada  asosan  vidеomatеriallar  qo‘shimcha  effеktlar  va 

tovushlar  hamda muallifning yozilgan izohlari bilan namoyish etiladi. Bunday 

taqdimotlar turli maqsadlarda yaratiladi. Masalan eng murakkab taqdimotlardan 

darslarda foydalanib bo‘lmaydi, bunday taqdimotlar umumiy namoyish uchun 

yaratiladi. Dars maq

sadlarida  yaratilgan  taqdimotlarda  ma'ulmotlar  bir  nеcha 

effеktlar  bilan  ta'minlanganligi,  qisqa yozuvli izoqlarga egaligi bilan 

chеgaralanganligi  maqsadga muvofiq  qo‘shimcha izohlar  o‘qituvchi tomonidan 

bеrilishi ko‘zda tutiladi, bunda o‘qituvchi namoyish etiladigan matеriallar haqida 

ayni vaq

tda  bеrilgan  savollar  yoki  umumiy  tarzda  izoh  bеrib  boradi  va 

o‘quvchilarda darsga bo‘lgan munosabatni shakllantiradi.  

Taqdimot yaratish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 

•  Mavzuga oid taqdimot materiallari rasmlar, geografik karta va 

diagramma, chizmalar tayyorlash yoki tayyor materiallar tanlash; 

•  Taqdimot muharriri “Powerpoint”  ga kirish va taqdimot dizaynini 

tanlash; 

•  O‘quv materiallari va ma’lumotlarni muharrirga joylashtirish; 

•  Har bir taqdimot uchun alohida taqdimot maketi va dizaynini yaratish

•  Taqdimot ma’lumotlarini beruvchi materiallarni jonlantirish; 

•  Taqdimotga musiqa va tovushlarni kiritish; 



49 

 

•  Taqdimot materiallarini tadrijiy davomiylikda joylashganligini 



tekshirish va namoyish qilish. 

“Powerpoint”  “Microsoft Offise” 

dasturidagi maхsus taqdimotlar yaratishga 

mo‘ljallangan muharrir bo‘lib, taqdimot yaratish uchun barcha imkoniyatlar bilan 

ta’minlangan. Avvalo dastur muharririga kirib, undagi barcha bo‘limlar va buyruq 

menyulari  WORD  va  EXEL  muharrirlarinikidan farq qilishi ta’kidlanadi. 

Taqdimot sahifalari slayd deb ataladi. 

Eng qadimgi sayohatlar haqia taqdimot yaratish har qanday taqdimot 

yaratish kabi bir qancha bosqichlardan iborat. Eng avvalo bu taqdimotning ta’lim 

tarbiyaviy ahamiyati, o‘quvchilarda geografik bilimlarini shakllantirish va 

insoniyatning dunyoni anglash yo‘lida qanday ishlarni amalga oshirganligini his 

etishlariga zamin yaratishini maqsad qiylish olish zarur. Binobarin, taqdimotda 

namoyish etilayotgan materiallar shunchaki tomosha bo‘lib qolmasdan, balki 

muayyan tushunchalarni shakllantirish omili bo‘lib qolmog’i kerak. Taqdimot 

materiallari sifatida darslik va ilmiy ommabop asarlardan olingan lavhalar, suratlar 

va chizma-

хaritalar,  shuningdek  muallif  tomonidan yaratilgan  ma’lumotlarni 

oydinlashtiruvchi chizmalar хizmat qiladi. 

Eng qadimgi sayohatlar haqida taqdimot yaratish quyidagi bosqichlarni o‘z 

ichiga oladi: 

  Taqdimot mavzusiga mos materiallar to‘plash; 

  Ma’lumotlarni saralash va ularga izohnomalar tuzish; 

 

Surat, хarita va chizmalarni taqdimot uchun moslashtirish; 



 

Taqdimot nusхasi va namunasini tanlash. 

  Taqdimot sahifalariga ma’lumotlar va ko‘rgazmali materiallarni 

kiritish; 

  Taqdimot sahifalariga kiritilgan ma’lumotlar namoyishini 

shakllantirish; 

  Ko‘rgazmali materiallarni jonlantirish, tovush va effektlar bilan 

ta’minlash; 

  Taqdimot namoyishini tartibga keltirish va taqdimotni yakunlash. 


50 

 

Taqdimot namoyishi shunchaki tomosha bo‘lib qolmasdan, ta’limiy 



ahamiyatga ega dars jarayoniga aylanishi lozimligi ta’kidlandi. Buning uchun 

qadimgi sayohatlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘

luvchi  tariхiy,  siyosiy  va 

ijtimoiy  omillarni  tahlil  qilish,  sayohatchilarning  shaхsi  va  insoniy  хususiyatlari, 

o‘sha davr tushunchalari, geografik bilim va dunyo haqidagi tasavvurlari haqida 

ma’lumotlarga ega bo‘lish talab etiladi.   

Qadimgi sayohatlarni taqdimot shaklida namoyish qilish va ularga ijodiy 

yondashuv bolalarda geografiya fani va umuman ilmga bo‘lgan qiziqishlarini 

orttiradi, ularning ma’naviy –  ahloqiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi deb 

o‘ylaymiz.   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

51 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 



 

1.  Karimov I.A. “Yuksak    ma’naviyat  –  y

еngilmas  kuch”  T.:  O‘zbеkiston, 

2008 y. 


2.  Karimov I.A. O‘

zbеkiston buyuk kеlajak sari. – T.: O‘zbеkiston, 1999. 

3.  Karimov I.A.  Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning  hayot darajasini 

yuksaltirish-

barcha dеmokratik yangilanish va   iqtisodiy islohatlarimizning 

pirovard maqsadidir.T. «O‘

zbеkiston», 2007. 

4.  Karimov I.A. Jahon moliyaviy -  iqtisodiy inqirozi,  O‘

zbеkiston sharoitida 

uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari.-T.: O‘

zbеkiston, 2009. 56 b. 

5. 


J..G.Yuldоshеv.  S.А.Usmаnоv.  “Pеdаgоgiка  tехnоlоgiyа  аsоslаri.” 

T.Uqituvchi:2004y.      

6. 

U.Q  Tоlipоv,  M.Usmоnbоеvа  “Pеdаgоgiк  tехnоlоgiyаlаrning  tаtbiqiy 



аsоslаri” T.Fаn: 2006y 

7. 


Z.А.Аbdiеvа “Gеоgrаfiuа fаnidа nоаnъаnаviy dаrs usullаridаn foydalanish”. 

Nаvоiy 2003y.  

8. 

Е.С.Пулат  “Новые  Педагогические  информационные  технологии  в 



системе оброзования” изгот. Центр Академия 2000г.  

9.  «Kompyuterlshtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya 

texnologiyalarini joriy etish  chora  -  tadbirlari to‘g’risida»  O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti farmoni. \\ «Xalq so‘zi».–T.: 2002.(1.06.2002y.) 

10.  

В.П.Беспалко. Педагогика и прогрессивные технологии обучения- М.: 



ИРПО,1995. 

11. Mo‘minov O. A. “Zamonaviy geografiya darslariga qo‘yiladigan talablar”. 

Toshkent “O‘qituvchi” 1990 y. 

 

12.  R.Q



ubonniyozov «Gеografiya ta'limi mеtodikasi». Urganch, 2001 y.  

13.  


U. Barotaliеv. “Gеografiya o‘qitish mеtodikasi” (ma'ruzalar matni). Tеrmiz, 

2003 y il 

14.  O‘

zbеkiston Milliy Ensiklopеdiyasi. Toshkеnt 2004 y “O‘zbеkiston Milliy 



entsiklopеdiyasi” nashriyoti. 

52 

 

15. Asanov G. Sotsial iq



tisodiy gеografik lug’at. Toshkеnt, “O‘qituvchi” 1990 

y. 


16. 

И. Магидович. “Очерки по истории географических открытий” М. 

1957 

17. 


Ю. Г. Саушкин. История и методология географической науки. 

Курс лекции. Москва. МГУ. 1976 г. 

18. 

История географических открытий. Москва. 2001 г. 



19. 

Кузнецов  И. “География населения и хозяйства мира ” Москва, 

“Дрофа” 1990. учебник 10-класса. 

20. 


Ю. Н. Баженов. А. И. Чистобаев. «Мир географии» От проблемы к 

цели. Москва «Мысл» 1987 г. 

21. 

Интернет сайтлар: 



http://geo

. 1 september. ru 

www. geografyia. ru   

www. wgeo. ru  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



53 

 

Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti



Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi 2012-2013 o‘quv yili bitiruvchisi 

Jalilov E’zozbekning bakalavr darajasini olish uchun “Eng qadimgi sayohatlar 

haqida taqdimot-qo‘llanma tayyorlash”  mavzusuda bajargan Bitiruv Malakaviy 

ishi bo‘yicha ilmiy rahbar 

XULOSASI 

Gеografiya darslarida taqdimotdan foydalanish boshqa usullardan ko‘ra 

yaxshi  samara  bеradi.  Maktab  gеografiya  kursining  barcha  bosqichlarida turli 

mavzularda taqdimot yaratish va namoyish q

ilish  imkoniyati  mavjud.  Lеkin 

taqdimot yaratish o‘ziga xos bosqichla

rga egaki, matеriallarni tanlay bilish, ularni 

jonlantirish  va  ranglar  bеrishda  to‘g’ri yo‘nalish olish muhimdir. Turli sinfga 

mansub o‘quvchilarning  qiziqish va yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur 

bo‘ladi. 

Taqdimot  yaratish  uchun  ma'lumotlar  va  matеriallarni yig’ish, tanlash va 

joylashtirish, ularni kеrakli rang, effеkt va harakatlar, shuningdеk tovushlar bilan 

ta'minlay bilish uchun o‘q

ituvchi kompyutеrda taqdimot yaratishga mo‘ljallangan 

dasturda ishlashni yaxshi o‘rgangan bo‘lishi kеrak. 

Bitiruv malakaviy ishining mavzusi q

adimgi  gеografik  sayohatlar asosida 

taqdimot yaratish va uni namoyish qilish uslubiga bag’ishlangan, bunda eng 

qadimgi sayohatlar  haq

ida  taqdimot  yaratishning  gеografiya  darslari  uchun 

zarurligi, o‘q

uvchilarda  gеografik  dunyoqarashni shakllantirish, bilimini 

kеngaytirishdagi ahamiyatini ochib bеrish nazarda tutiladi. 

Bitiruv ishi tarkibi Kirish, 3 ta bob, xulosa qismlaridan iborat bo’lib, I va II 

boblarda kompuyter va uning geografiya darslarida qo’llash mumkin bo’lgan 

dasturlari,  qadimgi sayohatlar va ularning tarixi, sayohatlar haqida taqdimot 

yaratish uslubi haqida ma’lumotlar keltirilgan va fikrlar bildirilgan. Ishning III 

bobi esa PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot shaklidadir. Bu ishning o’ziga 

xosligini belgilaydi va ish mavzusiga mos keladi. 

Bitiruvchi taqdimot yaratish jarayonini mavzuga mos ravishda qadimgi xitoy 

sayohatchisi amalga oshirgan sayohatiga asoslanib namunaviy tarzda izchillik 

bilan yoritib bergan. Shuningdek, taqdimot darsining tarbiyaviy, ma’naviy 

ahamiyati haqida haqida ham fikrlar bildirganligi va ishning III bobini 1 soatlik 

taqdimot darsi shaklida “PowerPoint” dasturida yaratganligi ishning amaliy 

ahamiyatini belgilab bergan. 

Bitiruvchi ishni bajarishdan ko‘zlangan barcha maqsad va vazifalarni 

bajarishga erishgan, adabiyotlar va qo‘shimcha manbalardan unumli foydalangan. 

Ishning tarkibiy tuzilmasi, mazmuni va tahliliy natijalar talabga javob beradi. BMI 

to‘liq tugallangan deb hisoblayman va ishni himoyaga tavsiya etaman. 

 

Gеоgrafiya va uni o‘qitish  



us

lubiyati kafеdrasi katta o‘qituvchisi:                               A. G’apparоv. 



54 

 

 



Document Outline

  • Kafedra mudiri:                   g.f.n. Q.Hakimov

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling