Muhammad payg’ambar - Muhammad payg’ambar
- hayoti.
- Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Makka va uning atrofi tarixida «Fil voqeasi» nomi bilan mashhur bo’lgan jangdan 50 kun keyin tavallud topdi. Misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha, Payg’ambarning tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprelь kuniga to’g’ri keladi. Otasi Abdulloh Qurayshning Banu Hoshim, onasi Omina bint Vahb – Banu Zuhra urug’idan edilar. Yangi dinning paydo bo’lishida mazkur omillarning albatta ta’siri katta bo’ldi. Ammo bu jarayonlarda birinchi arab davlati vujudga kelishi va uning ideologiyasining shakllanishi muhim o’rin tutadi. Ularni to’laqonli idrok etishda Muhammad payg’ambar hayoti, uning yangi din targ’ibotchisi va davlat arbobi sifatidagi faoliyati asosiy o’rinni egallaydi. Arablar orasida o’zaro qon da’vosi sababi bilan bo’lgan urushlarning eng og’ir kechgani «Fijor jangi» hisoblanadi. Islomdan avval ham arablarda Muharram, Rajab, Zulqa’da va Zulhijja oylari muqaddas sanalib, ularda urush taqiqlangan edi. Mazkur urush mana shu oylarda bo’lganligi uchun unga«Fijor jangi» -«Gunohkorlar urushi» deb nom berilgan. Bu urushda Quraysh tarafida Muhammad payg’ambar ham unda ishtirok etdi. To’rt yil davom etgan bu urush sulh bilan nihoyalandi.
Vahy nozil bo’lishining boshlanishi. - Vahy nozil bo’lishining boshlanishi.
- Muhammad payg’ambar 40 yoshga yetganida ko’proq yolg’izlikni qo’msaydigan bo’lib qoldi. Shunday paytlarda Makkadan 3 mil uzoqdagi Hiro tog’ida joylashgan g’orga chiqib ketar, yerlik aholi odaticha ramazon oyini u yerda ibodat bilan o’tkazardi. G’amlagan ozuqalari tugagach, Xadicha oldiga qaytib, bir oz vaqtdan so’ng yana o’sha g’orga ketar edi. U yerda o’zini sukunatga berib, chuqur o’yga tolar, g’oyibdan quloqlariga «Sen Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilar edi. Ko’p tush ko’rar, tushida ko’rgan narsalari o’ngida to’g’ri chiqar edi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, shu holda nozil qilingan «Alaq» surasining boshidagi besh oyat ilk vahydir. Xadicha bu xabarni yaxshilikka yo’yib, Varaqa ibn Navfal nomli samoviy kitoblardan boxabar bo’lgan qarindoshining huzuriga borib, bu voqeaning tafsilotini so’radi. Shundan so’ng Muhammad payg’ambar yashirin da’vatga o’tdi. Birinchi bo’lib Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib islomni qabul qilishdi. Vaqt o’tishi bilan musulmonlar soni 30 kishiga yetdi. Ular o’z dinlarini yashirin saqladilar. Bu holat uch yil davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |