O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi muqimiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta`lim va bolalar sporti


Download 287.5 Kb.
bet1/5
Sana05.09.2023
Hajmi287.5 Kb.
#1673113
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5.3.TAQDIMOT

Mavzu :

  • Mavzu :
  • Islom dini.
  • REJA:
  • Islom dini va uning vujudga kelishi sabablari.
  • Islom dinining shakllanishida Muhammad alahissalomning o’rni.
  • Madina islom davlatining vujudga kelishi, dastlabki xalifalar.
  • Islomning Markaziy Osiyoga tarqalishi
  • WWW.ARXIV.UZ

Paydo bo’lishi va ta’limoti

  • Paydo bo’lishi va ta’limoti
  • «Johiliya» so’zi adabiy arab tilida «bilmaslik», ya’ni «yagona xudo – Allohni tanimaslik» ma’nolarini beradi. Bu istiloh musulmon mualliflari tomonidan Arabiston yarim orolining islomdan oldingi davr tarixiga nisbatan ishlatila boshlandi. Bu bilan yangi davr tarixchilari qadimgi davrda Ichki Arabiston aholisi orasida «ko’pxudolik» (al-Vasaniya) hukm surardi, degan fikrga urg’u berishni istaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq ushbu davrning qancha muddat davom etganligini aniqlash birlamchi manbalar, birinchi navbatda, yozma adabiyotning ozligi, ba’zida butkul yo’qligi tufayli juda mushkul. Islomning paydo bo’lishi tarqoq arab qabilalari uchun olamshumul voqeaga aylandi. Tarixda birinchi arab davlati –Arab xalifaligi vujudga keldi. Arab istilolari oqibatida mazkur uch tsivilizatsiyalar vakillari aralashib ketdi. Lekin ularning o’tmishdagi nisbiy mustaqil rivojlanganliklari arablarnasabi haqidagi tasavvurda saqlanib qoldi. Unga binoan, arablarning barchalari nasab jihatidan ikki katta avlod vakillaridir: qahtoniylarjanub arablari,adnoniylar – shimol arablaridir. Mana shu ikki avloddan barcha arab qabilalari tarqalgan. Lekin, tadqiqotlarning ko’rsatishicha, mazkur tasavvur VII asr oxirlari-VIII asr boshlarida Suriya va Iroqda hokimiyat uchun harbiy kurash olib borgan arab qabilalari ittifoqlari (Kalbiylar, Asadiylar va boshqalar) vakillari tomonidan shakllantirilgan.
  • WWW.ARXIV.UZ

Arabistonda har xil xudolarning timsoli – sanamlar kulьti bir vaqtda paytda paydo bo’lgan emas, albatta. Ular uzoq vaqt shakllanganlar. Biroq, keyingi davr islom tarixchilarning xabar berishlariga qaraganda, Arabistonga dastavval sanam keltirgan va unga ibodat qilishni targ’ib qilgan shaxs Amr ibn Luhay ismli kishi bo’lgan. Rivoyatga ko’ra, u Shomga tijorat maqsadida tez-tez safar qilib turar edi. Amr ibn Luhay ba’zi shomliklar odatlaridan qattiq ta’sirlanib, ularning butlaridan birini Makkaga olib kelgan. Keyinchalik butlarga sig’inish arablar orasida keng tarqalib ketgan. Harqalay, but-sanamlarga sig’inish – dinning yangi bosqichi bo’lgan. Ibn al-Kalbiyning (v. 763 y.) «Kitob al-asnom» asarida ta’kidlanishicha, mil. av. VIII asrdayoq har bir arab qabilasi o’z sanamiga ega edi. Tez-tez bo’lib turadigan qabilalararo urushlardan so’ng, odatda, mag’lub qabila g’olib qabila sanamiga sig’ina boshlardi. Ba’zida g’olib qabila mag’lub qabilaning sanamini ham o’z sanamlari safiga qabul qilishi mumkin edi. Arabistonning turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo’lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makka Ka’basi edi. Makka eski Arabistonning diniy markaziga aylangach, u yerdagi Ka’baga sanamlar to’plandi. Ibn al-Asirning (vafoti 1232 y.) uqtirishicha, Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam bo’lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko’rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo’lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qo’yilgan bo’lishi mumkin. Islomdan oldin Arabistonda yahudiy jamoalari mavjud bo’lgan. Arabiston yahudiylari haqida, asosan, Qur’on, hadis, tafsir, sira (Payg’ambar hayoti va muqaddas urushlari haqida hikoya qiluvchi adabiyot janri) va tarix kitoblari xabar beradi. Bu mavzuga aniqlik kiritadigan va hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi – Yangi Bobil podshohi Nabonidga (mil. av. 555-539) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha, mil. av. 552-542 yillarda Shimoliy Arabistondagi Tayma shahrini o’ziga poytaxt qilib olgan Nabonid bu yerdagi shaharlarni o’zlashtirish maqsadida Bobildan talaygina aholini ko’chirgan; ularning ko’pchiligini yahudiylar tashkil qilgan. Ma’lumki, bundan oldinroq (mil. av. 586 y. ) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30 ming yahudiyni asir olib, Bobilga keltirgan va «Bobil asirligi» 50 yil davom etgan edi. Shundan so’ng ham ba’zi yahudiylar Falastinga qaytmay, Bobilda qolib ketgandilar.

  • Arabistonda har xil xudolarning timsoli – sanamlar kulьti bir vaqtda paytda paydo bo’lgan emas, albatta. Ular uzoq vaqt shakllanganlar. Biroq, keyingi davr islom tarixchilarning xabar berishlariga qaraganda, Arabistonga dastavval sanam keltirgan va unga ibodat qilishni targ’ib qilgan shaxs Amr ibn Luhay ismli kishi bo’lgan. Rivoyatga ko’ra, u Shomga tijorat maqsadida tez-tez safar qilib turar edi. Amr ibn Luhay ba’zi shomliklar odatlaridan qattiq ta’sirlanib, ularning butlaridan birini Makkaga olib kelgan. Keyinchalik butlarga sig’inish arablar orasida keng tarqalib ketgan. Harqalay, but-sanamlarga sig’inish – dinning yangi bosqichi bo’lgan. Ibn al-Kalbiyning (v. 763 y.) «Kitob al-asnom» asarida ta’kidlanishicha, mil. av. VIII asrdayoq har bir arab qabilasi o’z sanamiga ega edi. Tez-tez bo’lib turadigan qabilalararo urushlardan so’ng, odatda, mag’lub qabila g’olib qabila sanamiga sig’ina boshlardi. Ba’zida g’olib qabila mag’lub qabilaning sanamini ham o’z sanamlari safiga qabul qilishi mumkin edi. Arabistonning turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo’lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makka Ka’basi edi. Makka eski Arabistonning diniy markaziga aylangach, u yerdagi Ka’baga sanamlar to’plandi. Ibn al-Asirning (vafoti 1232 y.) uqtirishicha, Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam bo’lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko’rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo’lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qo’yilgan bo’lishi mumkin. Islomdan oldin Arabistonda yahudiy jamoalari mavjud bo’lgan. Arabiston yahudiylari haqida, asosan, Qur’on, hadis, tafsir, sira (Payg’ambar hayoti va muqaddas urushlari haqida hikoya qiluvchi adabiyot janri) va tarix kitoblari xabar beradi. Bu mavzuga aniqlik kiritadigan va hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi – Yangi Bobil podshohi Nabonidga (mil. av. 555-539) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha, mil. av. 552-542 yillarda Shimoliy Arabistondagi Tayma shahrini o’ziga poytaxt qilib olgan Nabonid bu yerdagi shaharlarni o’zlashtirish maqsadida Bobildan talaygina aholini ko’chirgan; ularning ko’pchiligini yahudiylar tashkil qilgan. Ma’lumki, bundan oldinroq (mil. av. 586 y. ) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30 ming yahudiyni asir olib, Bobilga keltirgan va «Bobil asirligi» 50 yil davom etgan edi. Shundan so’ng ham ba’zi yahudiylar Falastinga qaytmay, Bobilda qolib ketgandilar.
  • WWW.ARXIV.UZ


Download 287.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling