Islom ta’limoti. Islom so’zi arabcha – Allohga o’zni topshirish, itoat etish, taslim bo’lish, bo’ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo’yicha, Muhammad payg’ambar avvalgi payg’ambarlar (O’rta Yer havzasi tsivilizatsiyasi ichida ma’lum bo’lgan) ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg’ambar (Xotam al-anbiyo’) – nabiy va rasul deb tan olinadi. - Islom ta’limoti. Islom so’zi arabcha – Allohga o’zni topshirish, itoat etish, taslim bo’lish, bo’ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo’yicha, Muhammad payg’ambar avvalgi payg’ambarlar (O’rta Yer havzasi tsivilizatsiyasi ichida ma’lum bo’lgan) ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg’ambar (Xotam al-anbiyo’) – nabiy va rasul deb tan olinadi.
- Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo’lgan sunniylikda IX asrga kelib besh arkon (rukn – arabcha «ustun» ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot shakllanadi. Ko’pchilik ulamolar fikricha, ular quyidagilar:
- imon;
- namoz (arabcha – salot);
- zakot;
- ro’za (arabcha – savm);
- hajj;
Imon. Imon masalasida islomda (ahl as-sunna, shi‘alar, xavorijlar ichida) avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo’qolib, yangi teologik maktablar paydo bo’lgan. Shuningdek, ko’p hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo’li (mazhabi) ancha xususiyatlarga ega bo’ladi. Ahl as-sunna va-l-jamoa ichida klassik davrda ikki asosiy maktab – moturidiylar va ash’ariylar kuchli mavqega ega bo’ldilar. Masalan, moturidiylar nazdida aqida masalalarida quyidagicha fikr mavjud:«Imon» so’zining lug’aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo’lib, istilohda esa Lo iloha illa-lloh, Muhammadun rasululloh («Allohdan o’zga ilohiyat yo’q va Muhammad – Allohning payg’ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan imon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Imonning yetti sharti bor. Ular: - Imon. Imon masalasida islomda (ahl as-sunna, shi‘alar, xavorijlar ichida) avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo’qolib, yangi teologik maktablar paydo bo’lgan. Shuningdek, ko’p hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo’li (mazhabi) ancha xususiyatlarga ega bo’ladi. Ahl as-sunna va-l-jamoa ichida klassik davrda ikki asosiy maktab – moturidiylar va ash’ariylar kuchli mavqega ega bo’ldilar. Masalan, moturidiylar nazdida aqida masalalarida quyidagicha fikr mavjud:«Imon» so’zining lug’aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo’lib, istilohda esa Lo iloha illa-lloh, Muhammadun rasululloh («Allohdan o’zga ilohiyat yo’q va Muhammad – Allohning payg’ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan imon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Imonning yetti sharti bor. Ular:
- – Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni karimda va Muhammad payg’ambar hadislarida bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish. Ibodat qilish va sig’inishga undan o’zga loyiq zot yo’q deb bilish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. Qur’onning «al-Ixlos» (112-) surasida Alloh taoloning yagonaligini shunday ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg’ambar): Alloh yagonadir, beniyozdir (hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug’magan, tug’ilmagan va uning tengi yo’qdir» (Qur’on, 112:1-4);
Do'stlaringiz bilan baham: |