O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi muqimiy nomidagi qo‟qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
yoshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda sharq mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- INSTITUTI TARIX FAKULTETI 5111600-MILLIY G‟OYA, MA‟NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA‟LIMI YO‟NALISHI
- Ilmiy rahbar: G.Ismoilova
- Muammoning o‟rganilganlik darajasi.
- Tadqiqot obyekti
- Tadqiqotning ilmiy farazi
- Tadqiqotning metodologik asosi
1
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‟LIMI VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO‟QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI 5111600-MILLIY G‟OYA, MA‟NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA‟LIMI YO‟NALISHI IV “A” GURUH TALABASI Haydarov Saidjon Ummatali o„g„lining “YOshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda SHarq mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati” mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: O’qituvchi G .Ismoilova. Qo‟qon-2016 yil 2
IV-kurs “A” guruh talabasi Haydarov Saidjon Ummatali o„g„lining “YOshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda SHarq mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi elektron ta‟lim resursiga Taqriz Haydarov Saidjon Ummatali o‗g‗lining bitiruv malakaviy ishi bugungi kunning eng dolzarb mavzularidandir. O‗zbekistonning kelajakdagi ravnaqi bugungi yosh avlodning to‗laqonli tarbiyasiga ko‗p jihatdan bog‗liq. Har bir fan o‗qituvchisi o‗z shogirdlarining komil inson bo‗lib etishishi uchun qayg‗urishi, uni e‘tiqodli va ma‘rifatli qilib tarbiyalashi lozim. Ta‘lim-tarbiya tizimi jamiyatimizda kechayotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari bilan uyg‗un holda rivojlanmoqda. YUrtboshimiz tashabbusi bilan ta‘lim sohasida tub islohotlarni amalga oshirishga e‘tibor qaratildi. Ulug‗ mutafakkirlarimiz asarlarida bolalarga go‗daklik chog‗idanoq kattalarga hurmat va keksalarni e‘zozlash, ota-onaga alohida ehtirom ko‗rsatish, o‗zidan kichiklar izzatini o‗rniga qo‗yish kabi ajoyib qadriyatlarimizga tayanib ish ko‗rishga chaqiriladi. Prezident Islom Karimov o‗z asarlarida ta‘lim sohasidagi islohotlarning asl mohiyatini aniq tushuntirib, «...bugungi kunda oldimizga qo‗ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, yangi mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‗liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz, faqatgina chinakam ma‘rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‗z bilan aytganda, o‗zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‗ziga munosib, obro‗li o‗rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkinligini ta‘kidlab o‗tib, bu vazifalarning hal etish yo‗llarini ko‗rsatib berdi. O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimov sharq allomalarining ilmiy va ma‘naviy merosining barkamol insonni shakllantirishdagi o‗rniga yuksak baho berib, ―Tarixga murojaat kilar ekanmiz - bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‗lmaganidek, o‗z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‗lmaydi‖, - degan edi. Darhaqiqat, millatning kelajagini uning o‗tmishi yaratadi. Xalqimizning buyuk kelajagi uchun mustahkam poydevor qo‗ygan ana shunday allomalarimizdan mashhur donishmand, faylasuf, qomusiy olim Abu Nasr Forobiy , Ibn Sino xamda Aburayxon Beruniylar hisoblanadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan bundan tashqari ko‗plab adabiyotlardan o‗rinli foydalanilgan.
3
Bitiruv malakaviy ishidan ko‗zlangan asosiy maqsad yoshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda SHarq mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati, yoshlar tarbiyasida tutgan o‗rni, inson ongiga ta‘sir ko‗rsatish darajasi, uni yoshlar ongiga singdirish yo‗llarini yoritib berishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishida asosan, taxliliy va qiyosiy usullarga murojaat qilingan.Davlatimiz rahbari Prezident Islom Abdug‗anievich Karimov ta‘kidlaganidek ―Ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo‗lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi‖ kabi fikrlariga BMIda alohida ahamiyat qaratilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, internet ma‘lumotlari, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat tarkibga ega. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyati shundaki, g‗oyaviy tarbiya uning bugungi kundagi ahamiyati ishning nazariy ahamiyatini kasb etadi. BMIdan umumta‘lim maktablarida, akademik litsey va kollejlarda ma‘ruzalar o‗qishda foydalanish mumkin. SHuningdek, xalqqa g‗oyaviy tarbiya, uning bugungi kundagi ahamiyatini tushuntirish, ma‘ruzalar tashkil etishda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishi Nizom talablariga mos ravishda yozilgan, ishni elektron axborot ta‘lim resursini Ziyonet tarmog‘iga joylashtirish uchun tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: G.Ismoilova
4
mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati.
Kirish. I BOB. IX-XVasrlarda SHarq mutafakkirlari tomonidan yaratilgan ijtimoiy g‘oyalar rivojlanishini o‘rganish dolzarb masala sifatida. 1.1. IX-XV asrlarda O‘rta Osiyodagi ijtimoiy hayot va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 1.2. Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy qarashlari. II BOB. SHarq mutafakkirlari ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi amaliy ahamiyati. 2.1. Buyuk allomalar ilmiy merosi yoshlar ongida milliy mafkura va ekologik madaniyatni shakllantirishdagi asosiy manba sifatida. 2.2.SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy axamiyati. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.
MUNDARIJA 5
Kirish………………………………………………………………………………..3 I BOB. IX-XVasrlarda SHarq mutafakkirlari tomonidan yaratilgan ijtimoiy g‘oyalar rivojlanishini o‘rganish dolzarb
masala sifatida...............……………………………………………………………………10 1.1. IX-XV asrlarda O‘rta Osiyodagi ijtimoiy hayot va uning o‘ziga xos xususiyatlari...............................................................................................………....10 1.2. Abu
Nasr Forobiy
va Abu
Ali ibn
Sinoning ijtimoiy-siyosiy qarashlari.......................................................................……………………………..27 II BOB. SHarq mutafakkirlari ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi amaliy ahamiyati…………………………………………………………………………….38 2.1. Buyuk allomalar ilmiy merosi yoshlar ongida milliy mafkura va ekologik madaniyatni shakllantirishdagi asosiy manba
sifatida…................................................................................................…..………..38 2.2.SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy axamiyati…………………………………………………………………………………….44 Xulosa……………………………………………………………………………56 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati……………………………………………….60
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy sohadagi islohotlar ta‘lim tizimida ham yangilanishlar bo‘lishini taqozo etmoqda. Ta‘lim sohasini isloh qilishga oid davlat
6
siyosati ta‘lim tizimi rivojlanishi strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. 1997 yil 29 avgust O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta‘lim tizimini tubdan isloh qilishda amaliy dastur bo‘ldi. Ta‘lim sohasidagi mazkur hujjatlar Respublikada ta‘limning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy- madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e‘tirof etilgani holda, xalq ta‘limi sohasining barcha yo‘nalishlarida modernizasiyalash ishlariga katta yo‘l ochildi. Ta‘lim islohotlaridan asosiy maqsad – xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan va
texnika, texnologiyalarning yutuqlari asosida shaxsning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat. Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma‘naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi» 1
Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati, jamiyatning axloqiy va ma‘naviy takomili ko‘p jihatdan yoshlarning ma‘naviy tarbiyasiga bog‘liq. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Milliy g‘oya targ‘iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida» 2006 yil 25 avgustdagi PQ-451-sonli Qarorida ko‘rsatilganidek «Vatanimiz mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an‘ana va urf-odatlarimizni asrab- avaylash, xalqimiz ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga, ona-yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda» 1 .
Bu vazifani hal etish uchun oliy ta‘lim tizimi, jumladan oliy o‘quv yurtlari
1 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston, 1997. – 326 b.
1 .Milliy g‘oya targ‘iboti va ma‘naviy ma‘rifiy-ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Xalq so‘zi, 2006 yil, 25 avgust. – B. 1.
7
ta‘lim-tarbiya jarayonida xalqimiz tarixi, madaniyati, ma‘naviyatiga yangicha qarash, uni bugungi kun nuqtai nazaridan o‘rganish, baholash va ulardan o‘quvchilarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishda foydalanish maqsadga muvofiq. Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek, «O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q» 2 . Shu jihatdan ta‘lim-tarbiya tarixi boy ma‘naviy merosga ega bo‘lib, uni o‘rganish va ta‘lim iste‘moliga kiritish kadrlar tayyorlash milliy modelida ko‘rsatilganidek, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash va rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari hamda Ma‘mun akademiyasi olimlari yaratgan o‘lmas asarlar dunyo fani va sivilizasiyasiga qo‘shilgan mislsiz hissadir. Ular orasida Muhammad Muso al-Xorazmiy (783–850 yy.), Ahmad al-Farg‘oniy (tax. 797– 865), Abu Rayhon al-Beruniy (973–1048), Abu Ali ibn Sino (980–1037), Abu Nasr ibn Iroq (958–1034), Abu Sahl Masihiy (977–1011), Abulxayr ibn Hammor (961–1038), Abu Ali ibn Miskavayx (vaf. 1030), Abu Mansur as-Saolibiy (961–1038), Abu Abdulloh Iloqiy (vaf. 1068), Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vaf. 997) va boshqalarning asarlari alohida o‘rin tutadi. Ma‘mun akademiyasi olimlaridan o‘ziga xos ma‘naviy-pedagogik meros qolgan. Ularning didaktik asarlarida ifodalangan saxovatlilik, insonparvarlik, halollik, do‘stlik, Vatanga muhabbat, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-qanoatlilik, xushmuomalalik, mardlik, e‘tiqodlilik, adolatlilik, sadoqatlilik, jonajon o‘lkaga muhabbat, ijodkorlik, zukkolik, poklik, qanoatlilik, to‘g‘rilik hamda boshqa milliy va umuminsoniy sifatlarni kollej o‘quvchilari ongiga singdirish ma‘naviy ta‘lim-tarbiyaning asosiy talablaridan hisoblanadi.
pedagogik qarashlari, ulardan ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish muammosi bilan ma‘naviyatshunoslik, falsafa, adabiyotshunoslik, tarix, inson va jamiyat, etnografiya va boshqa fanlar namoyandalari u yoki bu darajada shug‘ullanib kelmoqdalar.
2 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma‘naviyat, 2008. - 171 b. 8
S.Nishonova «Sharq Uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi»ga doir tadqiqot ishida Sharq Uyg‘onish davrida ta‘lim-tarbiya masalalari, qomusiy olimlar ilmiy merosida komil inson tarbiyasi, o‘sha davr ta‘limiy- axloqiy asarlarida barkamol inson tarbiyasi masalalarini yoritib beradi va komil insonga xos xislatlar ko‘rsatadi. Olimaning ta‘kidlashicha, ―Sharq Uyg‘onish davri ta‘limiy- axloqiy asarlarida barkamol shaxs tarbiyasida aqliy, axloqiy, jismoniy, nafosat tarbiyasi asosiy mezon bo‘lib kelgan. Ana shu mezonlarni tarbiyalashda inson egallashi zarur bo‘lgan ma‘naviy xislatlar ham alohida ajratilib ko‘rsatiladi‖ 1 . Tadqiqotlarning ma‘lum qismi tasavvuf ta‘limoti vakillarining axloqiy tamoyillariga bag‘ishlansa, ba‘zilarida ayrim shaxslarning pedagogik ta‘limoti tadqiq etiladi. Masalan, K.Nosirov «IX-XI asrlarda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloqiy tarbiya haqida g‘oyalarini» (Al-Buxoriy va al-Forobiy asarlari misolida) tadqiq etar ekan, inson axloqiy kamolotining asosiy shart-sharoitlari va kamolot mezonlari bo‘lgan axloqiy xislatlarni aniqlaydi. F.A.Babashev esa ―Xorazmda tashkil etilgan «Bilimlar uyi» – «Ma‘mun akademiyasi» (1003–1014) va unda faoliyat ko‘rsatgan olimlar Abulayr Hammor, Ibn Hamid al-Xorazmiy, Abu Sahl al-Masihiy, Abu Ali Ahmad ibn Miskavayx, Abumansur as-Saolibiylarning ilmiy merosi bilan bir qatorda – axloqiy qarashlarini ham tadqiq etadi‖ 1
O‘zbek xalq pedagogikasi tarixida juda ko‘p didaktik asarlar yaratilib, ularni chuqur o‘rganish, ulardagi eng qimmatli fikrlarni aniqlash, saralash, ulardan bugungi kunda ijodiy foydalanish hamda hayotga keng tadbiq etish hozirgi kunning muhim vazifasidir. Ilm sohiblari ta‘lim-tarbiya sohasiga oid qimmatli asarlar yaratgan, ularning har bir ta‘limiy-axloqiy asar bo‘lib ma‘naviy tarbiya, ijtimoiy fikrlar ilgari surilgan,
1
1 Babashev F. Xorazm Ma‘mun akademiyasi allomalarining ma‘naviy- axloqiy qarashlari: Ped. fan. nom. ... yozilgan dis. – T.: 2000. – 145 b.
9
ularning tarbiya haqidagi fikrlari chuqur, mantiqiy va asosli bayon etilgan. Asrlar osha bu fikrlar o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular keng jamoatchilik mulkiga aylanib, o‘sib kelayotgan yosh avlod ta‘lim-tarbiyasi, uni hayotga tayyorlash ishida katta yordam berib kelmoqda. Bu ma‘naviy meros ayniqsa hozirgi ma‘naviy qadriyatlar tiklanayotgan bir sharoitda alohida qimmatlidir. O‘zbekiston Respublikasi pedagogika ta‘lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar va o‘quvchilar ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashning muhim shartlaridan biri ularni Sharq allomalarining pedagogik qarashlari asosida ma‘naviy jihatdan shakllantirish, buning uchun pedagogika tarixi materiallaridan unumli foydalanishdan iboratdir. O‘quvchi-yoshlar va o‘quvchilarni o‘tmish meros, qimmatli manbalar yordamida ma‘naviy jihatdan tarbiyalash nihoyatda dolzarb bo‘lganligi uchun ham bu sohada izlanishlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga kelmoqda. Ma‘lumki, ma‘naviy barkamol avlod o‘z-o‘zidan tarbiyalanib qolmaydi. Bugungi o‘quvchi ertangi kunda barkamol insonni shakllantirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassisdir. Bo‘lajak o‘qituvchining o‘zida, avvalo, yetuk kasbiy sifat, ma‘naviy- ma‘rifiy madaniyat, mahorat hamda kasbiy ko‘nikmalar teran rivojlangan bo‘lishi shart. Bu esa O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim-tarbiyaning yagona pedagogik tizimini yaratishni muqarrar qilib qo‘ydi. IX-XV asrlarda ijtimoiy g‘oyalaridan o‘quvchi-yoshlar va o‘quvchilarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashga oid nazariy tahlil tadqiqot mavzusining muhimligini belgilaydi.
ilmiy merosining ahamiyatini tahlil qilish va o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish. Tadqiqot obyekti: : Yoshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda SHarq mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyatini tahlil qilish va o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish jarayoni.
xususiyatlari, maktab va madrasalarda o‘quv mashg‘ulotlari mazmuni tahlili, buyuk 10
allomalar ilmiy merosi yoshlar ongida milliy mafkura va ekologik madaniyatni shakllantirishdagi asosiy manba ekanligini singdirish. Tadqiqotning ilmiy farazi: agarda: – IX-XV asrlarda ijtimoiy g‘oyalarning rivojlanishi qiyosiy tahlil qilinsa; – Ma‘naviyat asoslari fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalash imkoniyatlari aniqlansa; – XI-XV asrlarda O‘rta Osiyoda maktab va madrasalarda o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini qiyosiy o‘rganilsa; – Pedagogika kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalashda ma‘naviyat asoslari o‘quv fani mazmunida mujassamlashtirilgan ajdodlar merosidan keng foydalanilsa; – Temuriylar davri ta‘limi va tarbiya tizimini darsda o‘rganish mazmunini belgilashda tarixiy-pedagogik, psixologik va uslubiy ta‘minoti yaratilib, tajriba- sinovdan o‘tkazilsa; – IX-XV asrlarda ijtimoiy g‘oyalarning rivojlanishini o‘quvchilar ongiga singdirishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilsa, ma‘naviyat asoslari fanini o‘qitish mazmuni yanada boyib, o‘quvchilarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalash jarayoni samarali kechadi. Tadqiqot vazifalari: 1. Muammoga oid tarixiy-falsafiy va uslubiy manbalarni o‘rganish; 2. IX-XV asrlarda O‘rta Osiyoda tarbiya va ijtimoiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish. 3. XI-XV asrlarda O‘rta Osiyoda maktab va madrasalarda o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini qiyosiy o‘rganish; 4. Temuriylar davri ta‘limi va tarbiya tizimini darsda o‘rganish mazmunini belgilash; 5. Temuriylar davri ijtimoiy qarashlarini sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘rganishning shakl va vositalarini ishlab chiqish 6. IX-XV asrlarda O‘rta Osiyoda tarbiya va ijtimoiy hayotning o‘ziga xos
11
xususiyatlarini ta‘lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish; Tadqiqotning metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Prezident I.A.Karimov hamda tarixchi, faylasuf, psixolog, pedagog olimlar tomonidan ilgari surilgan qarashlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy g‘oya targ‘iboti va ma‘naviy–ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi PQ-451-sonli Qarori, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi, O‘zbekiston Respublikasining «2004-2009 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi», Vazirlar Mahkamasining ta‘lim masalalariga doir qarorlari, Sharq mutafakkirlarining yoshlar ma‘naviyatini tarbiyalash va rivojlantirish to‘g‘risidagi ta‘limotlari, Oliy va o‘rta maxsus hamda Xalq ta‘limi vazirliklarining ta‘lim to‘g‘risidagi me‘yoriy hujjatlari, shuningdek, falsafa, pedagogika va psixologiya sohasidagi tadqiqotlar va ilg‘or tajribalardan iborat. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling