O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi muqimiy nomidagi qo‟qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
yoshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda sharq mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaykovus. "Qobusnoma"
- Kaykovus
- XULOSA
Hikmatli so‟zlar "Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki, qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So‘zni o‘z joyida so‘zla, joyida aytilmagan so‘z, agar u yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon ko‘rinadi". Kaykovus. "Qobusnoma" "Kishi suhandon va notiq bo‘lishi lozim" Kaykovus. "Qobusnoma" "Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so‘zlaganingda ma‘noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma‘noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar!"
"Agar so‘zni va ilmni yaxshi bilsang ham hech bir so‘zni buzma, to‘g‘ri ta‘rifla. So‘zni bir xil gapir. Ko‘p bilu, oz so‘zla, kam bilsang ko‘p so‘zlama, chunki aqlsiz kishi ko‘p so‘zlaydi, deganlarki, jim o‘tirish salomatlik sababidir. Ko‘p so‘zlovchi hatto aqlli odam bo‘lsa ham xalq uni aqlsiz deydi... ". 52
"Bilib so‘zla, so‘z bilig sanalur"
O‘qib so‘zla so‘zni eva so‘zlama, So‘zing kizla, kedin, boshing kizlama. Ahmad Yugnakiy Ma‘naviy meroslarning moddiy qadriyatlar bilan hamohang rivojlanishi juda ko‘p mutafakkirlarning, donishmandlarning tarixiy va adabiy asarlarida yuksak mahorat-la bitilgan, hamda jahonning madaniyat xazinasiga abadiy hissa bo‘lib qo‘shilgan. Turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlarda yaratilgan hadis, pandnoma, rivoyat, hikoyat, doston, maqol, g‘azal, ruboiy, masnaviy va boshqa ko‘rinishlarda ta‘lim-tarbiya va kasb-hunar o‘rganishning afzalligi, halol mehnat bilan yashashning zarurligi to‘g‘risidagi fikrlar bizning zamonamizgacha ham yetib kelgan. Bunday yozma manbalarga VI-VII asrlarda yaratilgan Avesto, XI asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan ―Qobusnoma‖, Abu Nasr Forobiyning ―Baxt-saodatga erishuv‖ ―Fozil odamlar sharhi‖ asarlari, hind faylasufi Beydabo (Bedpoy) tomonidan yozilgan ―Kalila va Dimna‖, Al-Xorazmiyning ―O‘gitlar‖i, Abu Rayhon Beruniyning «Minerologiya» asari, Yusuf Xos Xojibning ―Qutadg‘u bilig‖, Mahmud Qoshg‘ariyning ―Devonu-lug‘otit turk‖, Ahmad Yugnakiyning ―Hibat-ul haqoyiq‖, Pahlavon Mahmudning ―Ruboiy‖lari, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan to‘plangan ―Hadislar‖, Lutfiyning ―Gul va Navro‘z‖, Alisher Navoiyning ―Xamsa‖, ―Mahbub-ul-qulub‖ asarlarida, Aruz Samarqandiyning ―Nodir hikoyatlar‖i, Zahiriddin Muhammad Boburning ―Boburnoma‖ va boshqa ko‘plab adabiy, tarixiy, madaniy-ma‘rifiy meroslari namunalarini misol keltirish mumkin. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan ―Avesto‖ dastlab 1200 betlik hajmda Zardo‘sht tomonidan yozilib, 12 ming ho‘kiz terisiga bitilgan(eramizdan avvalgi 548-529 yillarda qog‘oz bo‘lmagan), hamda ko‘pgina dinlarning ma‘naviy, mafkuraviy asosi bo‘lib xizmat qildi, davrlar o‘tishi bilan, tarjima va o‘girishlar natijasida qisman takomillashtirildi. ―Avesto‖da mehnat qilish, halol kun kechirish to‘g‘risida shunday satrlar ko‘plab keltirilgan: ―Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne‘matlar yaratishi lozim‖. Yana, ―Mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatdan ham, tilanchilar qatorida, yot 53
eshiklarga ta‘zim qilib, abadul-abad bosh eshib turajaksan, haqiqatdan ham sening yoningdan turli xil ziroatlarni olib o‘tadilar‖. U tarbiyaviy, ta‘limiy, pandnoma ko‘rinishidagi yirik asardir. Muhim tarixiy meroslardan hisoblangan ―Qobusnoma‖ 44 bobdan iborat bo‘lib, boshdan oxirigacha o‘sib kelayotgan avlodga, axloqli, bilimli bo‘lish, hayotda o‘z o‘rnini topish, har kimga o‘zining shaxsiy va ijtimoiy hayotini yo‘lga qo‘ya olish va turmushning boshqa qirralarini yoritib, tahlil qilib berish bilan sug‘orilgan. Undagi ―Hunarning afzalligi va qadri baland, oliy tabiatli bo‘lish haqida‖ nomli 6-maqolot, ―Dehqonchilik va bozor hunarlari haqida‖ deb nomlangan 43- maqolot, yosh avlodni mehnatga va kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Jumladan, 6-maqolotda shunday deyiladi: ―Ey farzand, ogoh bo‘lkim, xunarsiz kishi hamma vaqt foydasiz bo‘lur va hech kimga foydasi tegmaydi… Agar kishi oliy nasab, asl bo‘lsa-yu, hunari bo‘lmasa, haloyiqning izzat va hurmatidan mahrum bo‘ladi, undan battarroq bo‘ladi‖ SHarq xalqlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari VIII-IX asrlardan boshlab, asosan, islom diniga, uning aqidalariga rioya qilib kelmoqdalar. Musulmonlarning eng oliy, eng muqaddas kitobi bo‘lgan ―Qur‘oni Karim‖ o‘zining oyatlarida, suralarida mo‘‘tabar Olloh nomidan xalqni, ahli mo‘minni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. ―Qur‘oni Karim‖ning bevosita oyatlari talqinidan kelib chiqqan, xalq orasida turli pand-nasihat, uqtirishlar, ta‘kidlashlar ko‘rinishida bo‘lgan ‖Hadis‖lar ham kishilarning turmush tarzini, ijtimoiy faoliyatini, bir-biriga munosabatini ma‘lum darajada tartibga solish to‘g‘risida o‘gitlar beradi. Islom olamining buyuk muhaddislaridan hisoblangan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al- Mug‘iyra ibn Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy (810-870) o‘zining salaflari (ya‘ni, 6 muhaddis) orasida ―Hadis ilmida amir al-mo‘miniyn‖dir. Ulug‘ olim ibn Ismoil al- Buxoriyning 20 dan ziyod asari bo‘lib, ―Al-jomi‘ as sahih ―Ishonarli to‘plam‖i eng yiriklaridan hisoblanadi, hamda «Saxih al-Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi. Ushbu asarda 7200 marta takrorlanadigan holda, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadis ma‘lum mavzuiy tartib holda to‘plangan, manbalarda esa al-Buxoriy hazratlarining 600000 ga yaqin hadisni yod bilganliklari tilga olinadi. Jumladan, ―Al-jome‘ as- sahih‖ning ―Savdo-sotiq kitobi‖dagi 14-bobda ―Kishining kasbi va o‘z qo‘li‖ bilan mehnat qilishi haqida shunday deyiladi: ―Oysha raziyalloxu anho rivoyat qiladilar:
54
―Abu Bakr Siddiq xalifa bo‘lganlarida‖: ―Mening o‘z kasbim borligini qavmimiz yaxshi bilur. Men garchi musulmonlar ishlari bilan band bo‘lsamda, shu kasbim orqali oila tebraturman‖ derdilar. Oysha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: ―Rasululloh salollohu alayhi vasallam: ―Mening sahobalarim o‘z kasblari (mehnatlari bilan tirikchilik qilurlar‖, — dedilar‖. Mikdom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: ―Rasululloh salollohu alayhi vasalom: ―Hech kim o‘z qo‘li bilan topgan rizqdan ko‘ra lazzatliroq taom yemagan. Ollohning payg‘ambari Dovud alayhissalom ham o‘z mehnati bilan tirikchilik qilganlar‖, — dedilar‖ 1 … SHuningdek ―Al-jome‘ as-sahih‖da bir necha hunarlarga ko‘pgina boblar ajratilgan: 19-bob-Go‘sht sotuvchi va qassob haqida 26-bob — Bo‘yoqchi haqida 27-bob- Temirchi haqida 29-bob- To‘quvchi haqida 30-bob- Duradgor haqida kabi boblarda yuqoridagi kasb-hunarlarning, hunarmandlarning turlicha xususiyatlari asosida to‘xtalib o‘tiladi. O‘rta asr SHarqining buyuk allomasi Abu Nasr Forobiy o‘zining qator asarlarida ilm va ta‘limning mukaddasligi, xushaxloqlik, sadoqat, insoniylik, tarbiya, mehnat va kasb-hunar o‘rganish to‘g‘risidagi falsafiy, ilmiy g‘oyalarni ilgari surdi. M: uning ―Risola fi-t tanbih asbob as-saodat‖ (Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola), ―Fozil odamlar shahri‖ va boshqa asarlarida o‘zining yaxshi, mukammal, baxtli jamiyat haqidagi orzularini batafsil bayon qiladi. U dastlabki asarida shunday yozadi: ―Fozil jamiyat va fozil shahar shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisi bo‘lgan har bir odam kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma‘nosi bilan ozod bo‘ladilar...‖. Forobiy ushbu asarida ta‘lim-tarbiya, mehnat va kasb-hunar kishisining fazilatlari to‘g‘risida shunday fikr yuritadi: ―Ta‘lim faqat so‘z va o‘rganish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya‘ni, shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishidir. Agar ular shu kasb-hunarga berilgan bo‘lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, kasb-hunarning chinakam oshig‘i
1
Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. – T.: Fan, 1994.–135 b.
55
bo‘ladilar‖ 1 . Demak, mutafakkir oqil jamiyat qurishning ham, barkamol shakllangan insonlarni tarbiyalashda ham, millat va xalqning ravnaqi ham kasb-hunar o‘rganish va halol mehnat qilish zarurligini anglaydi va uqtiradi. Markaziy Osiyoning, sharqning buyuk allomasi, shuhrati butun olamga mashhur, qomusiy mutafakkir Abu Rayhon Beruniy fan olamida, tafakkur xazinasida yirik o‘ringa ega bo‘lgan ilmiy meros qoldirdi. Uning ―Minerologiya‖ (Qimmatbaho toshlarni bilish), ―Hindiston‖, ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ kabi asarlarida tafakkurga, ilmga, falsafaga, ta‘lim- tarbiyaga, mehnatga oid va kasb-hunarlarni egallashning ahamiyati to‘g‘risida fikrlari bayon qilingan. Abu Rayhon Beruniyning ―Minerologiya‖ asarida jumladan, shunday keltiriladi: ―Mehnatsiz shon-shavkatga, martabaga erishgan kishi hurmatga loyiqmi? Yuqori martabaga mehnatsiz erishgan kishi va farog‘at soyasida yashaydi, yaxshi kiyinadi, ammo, ulug‘lik libosidan mahrum, yalang‘ochdir‖. Demak, mehnatning tagi rohat, ammo, mehnatkash kishi juda katta amaldor bo‘la olmasligi, juda boy-badavlat bo‘la olmasligi, yalang‘och bo‘lishi mumkin, ammo, huzur-halovatda bo‘ladi. SHarqning ulug‘ bilimdonlaridan biri Yusuf Xos Hojib o‘zining ―Qutadg‘u bilig‖ (Saodatga yullovchi bilim) nomli asaridagi ―Oyto‘ldi o‘g‘li O‘gdulmishga pand berishini aytadi‖ nomli hikoyatida kasb-hunar o‘rganish to‘g‘risida shunday o‘g‘it qiladi: ―O‘g‘il-qizga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki, bu hunarlar bilan fe‘l-atvor go‘zal bo‘lsin‖ Demak, ota-onalarning burchlaridan biri, farzandlari hoh o‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin, avvalo, ularga hunar o‘rgatish, bilimlardan xabardor qilsin, kelgusida ana shularni o‘rgangach, ularning fe‘l-atvori, odob-axloqi ham go‘zal bo‘lishiga erishiladi. U yana ―O‘g‘il-qiz tug‘ilsa, ularni qanday tarbiyalashni aytadi‖ nomli hikoyatda shunday to‘xtaladi: ―O‘g‘il-qizga bilim ham odob o‘rgat, Ikki olam uniki, uning manfaati yetarli bo‘ladi, O‘g‘ilga barcha san‘at-hunarlarni to‘la o‘rgat, Bu san‘at- hunarlar bilan u mol-dunyoni topadi. Yosh avlodni halol mehnat qilishga, turli kasb- hunarlarni egallashga o‘rgatilib borishi, xalqimizning butun taraqqiyoti tarixida, turli davrlarda ham muqaddas aqidaga, an‘anaga aylanib borgan. Mutafakkirlar, allomalar, ahli donishlar, nazariyotchi va amaliyotchilar, olimlar tomonidan bu sohada turlicha
1
56
tadqiqot va izlanishlar, kuzatishlar olib borib, o‘zlarining fikr va mulohazalarini o‘z asarlarida bayon qilganlar. Umumta‘lim maktablarida kasbga yo‘naltirish jarayonida ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir. Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng ezgu orzusi bo‘lib kelgan. Barkamol inson deganda ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan shaxs tushuniladi. ―Barkamol‖ so‘zining lug‘aviy ma‘nosi ham kamolotga erishgan, kamol topgan, bekamu-ko‘st yetuk, har jihatdan to‘kis, mukammal deganidir.
XULOSA O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar kechayotgan hozirgi kunlarda talabalarning milliy- ma‘naviy merosimiz asosida ma‘naviy rivojlantirish masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqdi. Chunki, yoshlarning ma‘naviy tarbiyasida Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti hamda Ma‘mun akademiyasi olimlari merosidan foydalanish yanada samarali bo‘lishiga olib keldi. Haqiqatdan ham bu ma‘naviy merosimiz turli pedagogik muammolarni hal etishda, eng muhimi, ma‘naviy barkamol insonni rivojlantirish va bu bilan pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda ulkan imkoniyatlarga egadir. Barkamol avlod sifatlarini shakllantirish tizimi O‘zbekiston tarixi, falsafa, etika, metodika fanlari bilan o‘zaro aloqada o‘qitish jarayonida amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Bu borada pedagogika kursini o‘qitishning turli xil yo‘llari, usul va vositalari ayniqsa katta imkoniyatlarga ega. Talabalarni IX-XV asrlarda yashab ijod etgan mutafakkirlar hayoti, ilmiy faoliyati, yoshlarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasiga oid fikr va g‘oyalari bilan tanishtirish natijasida ular ongi va xulqida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
57
Tadqiqot jarayonida talabalar qanday yashash, o‘qish va ishlash kerakligiga namuna, o‘rnak bo‘la oladigan allomalarning ilg‘or fikr va g‘oyalari bilan tanishtirish imkoniyatlari ochib berildi; ular ongi mutafakkirlar turli ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlarda qanday faoliyat ko‘rsatganligi haqidagi bilimlar bilan boyitildi; talabalarning ma‘naviy sifatlarni tarbiyalash haqidagi tushuncha va tasavvurlari kengaytirildi; Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti hamda Ma‘mun akademiyasi mutafakkirlarining ta‘lim-tarbiya masalalarini talqin qilishda uning ustuvorligiga ishontirildi va isbotlandi; kasbiy va ma‘naviy sifatlarini tarkib toptirish uchun tinimsiz mehnat hamda shaxsiy sifatlarini takomillashtirib borish zaruriyati tushuntirildi. Talabalarda o‘zining buyuk yurtdoshlari, dunyo ilm-fani, jumladan Ma‘naviyat asoslari fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar bilan faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ldi; Vatanga muhabbat, uning tarixi, an‘analari, xalq pedagogikasi xazinasiga qiziqishi orttirildi; xalqimizning buyuk allomalari merosini mustaqil ravishda yanada chuqurroq o‘rganishga ishonch hosil qilindi. Gurganjda tashkil topgan «Olimlar uyushmasi» tarixda Ma‘mun akademiyasi nomi bilan shuhrat qozondi va Sharqda madaniy hamda ilmiy yuksalishda katta ahamiyat kasb etdi. Tadqiqot ishida dunyo sivilizasiyasi ilmiy markazi sifatida ushbu markazda faoliyat ko‘rsatgan olimlarning ijtimoiy qarashlariga katta e‘tibor berildi. Ma‘mun akademiyasining ahamiyati shundan iborat ediki, u yerda Xorazmshoh Ali ibn Ma‘munning rahnamoligida fundamental tadqiqotlar olib borilgan. Chunonchi, matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik kabi dunyoviy ilmlar rivojlangan edi; insonning koinotga parvozi haqidagi g‘oya va uning amaliy qo‘llanishi shu akademiya tufayli dunyoga keldi; akademiya mamlakatlar o‘rtasida madaniy va
ilmiy aloqalar mustahkamlanishiga ko‘maklashdi; akademiyada ilgari surgan gipotezalar, fikr va g‘oyalar fanning kamida besh yuz yillik rivojida boshqaruvchi vazifasini o‘tadi; shu ilmiy markaz tufayli qator olimlarning ma‘naviy tarbiyaga oid qarashlari hozirgi kungacha yetib keldi. 58
BMIda Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti hamda Ma‘mun akademiyasi mutafakkirlarining ta‘limotlari tizimlashtirilib tahlil etildi hamda ularning pedagogik fikr va g‘oyalaridan talaba-yoshlarning ma‘naviy-kasbiy sifatlarini tarbiyalash ma‘naviy sog‘lom avlod tarbiyasida foydalanish yo‘llari, shakl va usullari aniqlandi. Tadqiqot natijasida yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda quyidagi xulosalarga keldik: 1. Hozirgi davrda yosh avlodning intellektual va ma‘naviy jihatdan rivojlantirmay turib jamiyat
taraqqiyotiga erishib
bo‘lmaydi. Bu borada O‘rta Osiyo mutafakkirlarining jtimoiy ta‘limoti katta ahamiyatga ega ekanligi o‘zining ilmiy isbotini topdi. Ijtimoiy fikrlar taraqqiyotida O‘rta Osiyoda mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti talabalar ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashga doir fikr va g‘oyalari o‘z davri jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda keyingi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasida aql-idrok, bilim, yaratuvchilik, ijodkorlik, xulq-odob, insoniy munosabatlar, mehnatsevarlik, sog‘lom turmush tarzi kabilarni tarkib toptirishda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi asoslab berildi. 2. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida tarbiya tizimida o‘ziga xos umumiylik mavjud bo‘lib, bu umumiylik iymon-e‘tiqod, ona-Zamin, Vatanga muhabbat, erksevarlik, adolat, xalqparvarlik, insonparvarlik, xulq-odob qoidalari bosh g‘oya tarzida fikrlar mahsuli bo‘lib, talabalarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashda o‘ziga xos uyg‘unlik kasb etadi. Ta‘lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida mutafakkirlarimiz ijodini o‘rganish asosida yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, yurt tinchligi, yuksak axloqiy fazilatlar, mehnatevarlik tuyg‘ulari shakllanadi. Bu
borada ta‘lim-tizimiga texnologik yondoshuv, yangi pedagogik texnologiyalardan, ta‘limning eng ilg‘or tajribalaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHarq mutafakkirlariningta‘lim-tarbiyaga oid qarashlari yordamida talaba yoshlarda ijobiy insoniy-axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari 59
ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan samarili foydalanish har bir o‘qituvchining muhim vazifasidir. SHarq mutafakkirlariningasarlari yordamida yoshlarda yaxshi fazilatlarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlandi. SHarq mutafakkirlari ijodini o‘rganish yordamida yoshlarda milliy g‘oyani shakllantirishning maqbul tizimini ishlab chiqish va hayotga joriy yetish; - hayotni anglashga qiziqish hissini o‘stirish, atrof-muhit va inson xarakterining murakkabligini tushunish qobiliyatini rivojlantirish; - Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish; - SHarq mutafakkirlarining didaktik asarlari yordamida o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar uyushtirish; - O‘quvchilarning ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan tashviqot- targ‘ibotchilik faoliyatini takomillashtirishga alohida ahamiyat berish; - Mutafakkirlarimiz ijodi yordamida o‘quvchilarda yaxshi fazilatlarni shakllantirishning maqsad va vazifalari, mazmun, shakl va metodlar birligini ta‘minlash hamda o‘quvchi shaxsini kamol toptirish; -Mutafakkirlarimiz ma‘naviy merosi yordamida o‘quvchilarda mafkuraviy immunitetni yaratish. 60
FOYDALANILGAN ADABIYATLAR RO‟YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O‘zbekiston, 1998. –48 b. 2. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 80 b. 3. Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 62 b. 4. Karimov I.A. Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik. – T.: O‘zbekiston, 1993. – 60 b.
5. Karimov I.A. Halollik va fidoiylik faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lsin, – T.: O‘zbekiston, 1994. – 70 b. 6. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq NMK, 1997. – 64 b. 7. Karimov I.A. Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi. Xalq so‘zi, 1997 yil 2 1 oktyabr. 8. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston, 1997. – 326 b. 9. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni –millat qilishga xizmat etsin. – T.: O‘zbekiston, 1998. – 30 b. 10. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O‘zbekiston, 1998. – 682 b. 11. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. – T.: O‘zbekiston, 7 - jild. 1999. – 410 b. 12. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O‘zbekiston, 1999. – 49 b. 13. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma‘naviyat, 2008. - 171 b. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma‘mun Akademiyasini tiklash to‘g‘risida» Farmoni. № UP-1880. 1997 yil 11 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bayonnomalari; №10 (1258). – 22-23 b. 15. «Xorazm Ma‘mun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi Qarori. 2004 yil, 10 noyabr // Ta‘lim muammolari. – Toshkent, 2006. – №1. – B. 4. 16. Milliy g‘oya
targ‘iboti va
ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar
61
samaradorligini oshirish to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Xalq so‘zi, 2006 yil, 25 avgust. – B. 1. 17. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida» qonuni. 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan // Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq matbaa-nashriyot konserni, 1997. – B. 20-29. 18. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi // Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq matbaa - nashriyot konserni, 1997. – 61 b. 19. Abu Mansur as-Saolibiy. Ajoyib ma‘lumotlar. (Tadqiq qiluvchi, tarj., izoh va ko‘rsatkichlarni tuzuvchi I.Abdullayev). T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 1995. – 144 b. 20. Abu Ali
Ibn Sino.
Tib qonunlari. 1-jild. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994, – 212 b. 21. Abu Ali ibn Sino. Tarjimai holi. – T.: Fan, 1980. – 44 b. 22. Babashev F. Xorazm Ma‘mun akademiyasi allomalarining ma‘naviy- axloqiy qarashlari: Ped. fan. nom. ... yozilgan dis. – T.: 2000. – 145 b. 23. Inomova M. Oilada bolalarning ma‘naviy axloqiy tarbiyasi. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, Maxpirat nom. O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti, 1999. – 152 b.
24. Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 192 b. 25. Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. – T.: Fan, 1994.–135 b. 26.
Nishonova S. Sharq uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi: – Ped. fan. dok. ... yozilgan diss. – T.: 1998. – 288 b.
27.
Nosirov K.J. Idei mыsliteley Sredney Azii IX-X vekov o nravstvennom vospitanii: Avtoref. diss. ... kand. ped. nauk. – T.: GFNTI, 2000. – 20 S.
28. Ortiqov N. Ta‘lim va islom: yoshlarni tarbiyalashdagi muammolar va yechimlar. – T.: Fan, 1994. 29. Safo Ochil. Mustaqillik ma‘naviyati va tarbiya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1995. – 208 b.
62
30. Temur tuzuklari: Ahmedov B. tahriri ostida. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa birlashmasi, 1991. – 144 b. 31. Forobiy. Fozil odamlar shahri / Tuzuvchi M.Mahmudov. – T.: Xalq merosi, 1993. – 224 b. 32. Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 75 b. 33. Quronboyev Q.Q. Talabalarning ma‘naviy-ijtimoiy faoliyatlarini rivojlantirishning pedagogik asoslari: Ped. fan. nom. ... yozilgan dis. – T.: 2000. – 156 b. 34. Quronov M. O‘zbekiston umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida milliy tarbiyaning ilmiy-pedagogik asoslari: Ped. fan. dok. ... yozilgan dis. – T.: 1998. – 316 b. 35. WWW.ziyonet.uz 36.
WWW.Google.uz
37. WWW.Ref.uz
38. WWW.Yandeks.ru
39. WWW.Bing.ru
40. WWW.Mail.ru
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling