O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi muqimiy nomidagi qo‟qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana10.11.2020
Hajmi0.77 Mb.
#142983
1   2   3   4   5
Bog'liq
yoshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda sharq mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati


 

 

 



 

 

 

 

39 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II  bob.  SHarq  mutafakkirlari  ilmiy  merosining  yoshlar  tarbiyasidagi  amaliy 

ahamiyati. 

2.1. 

 

Buyuk allomalar  ilmiy merosi yoshlar ongida milliy mafkura va ekologik 



madaniyatni shakllantirishdagi asosiy manba sifatida. 

  Tabiat  hodisalarining  takomillashib,  tadrijiy  rivojlanib  borishidagi  tushuncha  va 

ta‘limotlar,  insonning  tabiat  bilan  bog‘liqligi  to‘g‘risidagi  ma‘lumotlar  ilk  marotaba 

―Avesto‖da  hamda  SHarq  Renessansi  davrida  ijod  etgan  allomalarimizning  asarlarida 

o‘z  ifodasini  topgan.  Qolaversa,  Amir  Temur,  Alisher  Navoiy  singari  buyuk  davlat 

arboblari ham o‘z navbatida obodonchilik, sug‘orish, bog‘-rog‘lar barpo etish ishlarini 

har  doim  qo‘llab-quvvatlaganlar.  Tabiatga  bo‘lgan  ehtirom  va  uning  sirlarini  anglab 

yetishga  intilish  buyuk  ajdodlarimizning  bebaho  ilmiy  durdonalarida  namoyon  bo‘lib, 

jahon ilmiga beqiyos hissa bo‘lib qo‘shilgani biz uchun faxrlidir. 

Darhaqiqat, insoniyatning intellektual tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy  maktab  - 

Xorazm  Ma‘mun  akademiyasida  keng  faoliyat  olib  borgan   Abu  Rayhon  Beruniy 

insoniyatning  buyuk  daholaridan  biridir.  Tarixiy  manbalarda  aytilishicha,  ulug‘ 

qomusiy  alloma  150  dan  ziyod  asar  yozgan.  Ulardan  to  bizgacha  faqat  31  tasi  yetib 

kelgan.  Davlatimiz  rahbari  ta‘kidlaganidek,  ―Beruniy  dunyo  ilm-fanida  birinchilardan 

bo‘lib  dengizlar  nazariyasi  va  Yerning  sharsimon  globusini  yaratish  yuzasidan  o‘ziga 

xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya‘ni bo‘shliq 



40 

 

holatini  izohlab  berdi, Kolumb  sayohatidan 500  yil oldin  Tinch va  Atlantika okeanlari 



ortida  qit‘a  mavjudligi  haqidagi  qarashni  ilgari  surdi,  minerallar  tasnifi  va  ularning 

paydo  bo‘lish  nazariyasini  ishlab  chiqdi,  geodeziya  faniga  asos  soldi.  SHuning  uchun 

ham  XI  asr  butun  dunyodagi  tabiiy  fanlar  tarixchilari  tomonidan  ―Beruniy  asri‖  deb 

atalishi bejiz emas‖

1



Albatta, milliy ma‘naviyatimiz ildiziga chuqur singib ketgan va asrlar osha uning 



takomil  bosqichlarida  chuqurlashib,  teranlashib  borgan  xalqimiz  qadriyatida  tabiatga 

bo‘lgan ehtirom beqiyosdir, yurtimizda uni e‘zozlash an‘anasi esa insoniyat tarixi qadar 

kadimiydir.  Umuman  aytganda,  atrof-muhitga  munosabat,  uni  anglab  yetishga  bo‘lgan 

intilish  SHarq,  ayniqsa,  Markaziy  Osiyo  xalqlari  tarixida  o‘zgacha  xususiyatga  ega. 

CHunonchi, Abu Rayhon Beruniy  ―Saydana‖ asarida 1118 turdagi dorivor o‘simlikka, 

shundan  750  o‘simlik  va  101  ta  hayvonga  batafsil  ta‘rif  beradi.  U  o‘z  ishida  4500  ta 

arab,  yunon,  hind,  fors,  xorazm,  so‘g‘d,  turk  va  boshqa  tillarga  oid  o‘simlik  nomlari, 

hayvonlar, minerallar va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma‘lumot to‘plab, o‘sha 

davr dorishunoslik atamalarini tartibga solishga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan. 

―Buyuk  yurtdoshimizning  o‘zining  ilmiy-nazariy  tadqiqotlari,  tajribalarida 

tabiatdagi  barcha  hodisalar  muayyan  tabiiy  qonuniyat  asosida  yuz  beradi,   tashqi 

kuchning  ta‘siri  uni  izdan  chiqarishi  mumkin,  degan  xulosaga  keladi.  Bu  bugun  o‘z 

isbotini  topgan  haqiqatdir.  Insoniyat  tabiatdan  foydalanishda  tabiat  qonunlariga  emas, 

aksincha,  shaxsiy  manfaatlariga  asoslanib  faoliyat  ko‘rsatishi  oqibatida  tabiatdagi 

muvozanatning sezilarli darajada buzilgani, ya‘ni, dunyoning turli burchaklarida tabiiy 

ofatlar: suv toshqinlari, zilzilalar, o‘rmon yong‘inlari va boshqa shu kabi talofatlarning 

ro‘y berayotgani hech kimga sir emas. Inson tabiiy muhitga ta‘sir etar ekan, uning o‘zi 

ham ―aks ta‘sir‖ga duch kelmoqda‖

1



Abu Rayhon Beruniyning ―Agar insonlar tabiatga nisbatan zo‘rovonlik qilib, uning 



qonunlarini  qo‘pollik  bilan  buzsalar  bir  kun  kelib  tabiat  ularning  boshiga  shunday 

                                                           

1

 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma‘naviyat,  2008. - 171 b. 



 

1

 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 75 b. 



 

41 

 

kulfatlarni  solishi  mumkinki,  buni  hech  qanday  kuch  qaytara  olmas‖  -  degan  so‘zi 



bugungi  global  ekologik  muammolarning  bundan  1000  yil  oldin  bashoratidan  darak 

beradi. 


Beruniy  mamlakat  obodonchiligi  ilm-fanning  ravnaqiga  bog‘liq  bo‘lsa, 

yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi va ma‘rifatida deb biladi. 

SHuning  uchun  u  yoshlarni  ilm-ma‘rifatga  chorlaydi.  Beruniy  yoshlardan 

raxmdil,  mexribon,  kishilarga  iltifotli,  xayrihoh,  bo‘lishni,  najotsiz  odamga  qo‘l 

cho‘zishni,  makkorlik,  ayyorlik,  adolatsizlik,  boylikka  xirs  qo‘yish,  yolg‘on  gapirish 

kabi sifatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. 

Beruniy  insonni  tabiatning  eng  oliy  kamoloti  deb  qaraydi.  U  insonning 

ma‘naviy  qiyofasidagi  barcha  axloqiy  xislatlarni  yaxshilik  va  yomonlik  kabi  2  turga 

bo‘ladi. 

―Beruniy inson va axloqiy tarbiya xaqida fikr yuritar ekan, «insonga yer yuzini 

obod  etishi  va  uni  boshqarib  turishi  uchun  aql-zakovat  ato  etilgan,  shuning  uchun  xar 

bir inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim», - deydi‖

1



Aqliy 



tarbiya, 

deydi 


Beruniy, 

kishining 

tafakkurini 

rivojlantirib, 

dunyoqarashini kengaytiradi. Uning  

o‘z-o‘zini anglab yetishiga ta‘sir etadi. 

Mutafakkir  inson  kamolotida  mexnat  va  mexnat  tarbiyasi  hakida  muhim 

fikrlarni bayon etadi. U xar bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi. 

Og‘ir  mexnat  sifatida  binokor,  ko‘mir  qazuvchi,  hunarmand,  fan  soxiblari 

mehnatini  keltiradi.  Ayniqsa,  ilm  ahli,  olimlar  mehnatiga  alohida  e‘tibor  beradi  va 

hayrihoh  bo‘lishga  chaqiradi.  SHu  bilan  birga  og‘ir  mehnat  qiluvchi  konchilar,  yer 

ostida  ishlovchilar,  dexqonlar  xaqida  gapirib,  ularning  mexnatini  rag‘batlantirib  turish 

kerak deydi. 

                                                           

1

 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 89 b. 



 

42 

 

Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llarihaqida xam fikr yuritadi. 



U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga o‘rgatish kerak deydi. 

Beruniy  «Minerologiya»  asarida  faqat  qimmatbaho  metallar,  toshlar  xaqida 

emas,  xunarmandchilikka  oid,  shogird  tayyorlash  jarayoni,  ustalarning  hunar  o‘rgatish 

metodlari xaqida qimmatli fikrlar bildiradi. 

«Saydana»      nomli      mashxur      asarida      esa      sharqdagi      dorivor 

o‘simliklarning  tavsifi  bayon  qilingan.  Beruniy  inson  kamolotida  3  narsa  muxim  rol 

o‘ynaydi deydi. 

1.Irsiyat.2.Muhit.3.Tarbiya. 

―Beruniyning  ilmiy  bilimlarni  egallash  yo‘llari,  usullari  xakidagi  fikrlari 

xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. o‘kuvchiga bilim berishda u: 

-o‘quvchini zeriktirmaslik; 

bilim    berishda    bir    xil  narsani  yoki bir xil  fanni o‘rgatavermaslik; 

-uzviylik,   izchillik; 

-yangi  mavzularni  qiziqarli,  asosan,  ko‘rgazmali  bayon  etish  vaxokazoga 

e‘tibor berish kerakligini uqtiradi‖

1



Olim  fan  soxasidagi  yodgorliklarni, ilmiy  bilimlarga        oid koldirilgan  barcha 



boyliklarni  qunt  bilan  o‘rganishga  da‘vat  etadi.  Ilm      toliblariga      qalbni      yomon   

ilatlardan,      qotib      qolgan      urf-odatlardan,          xirsdan,          behuda          raqobatdan,     

ochko‘zlikdan,     shon-shuxratdan saklanishi zarurligini uqtiradi. 

Yuqoridagilardan 

ko‘rinib 

turibdiki, 

Beruniyning 

komil 


insonni 

shakllantirishga oid bu fikrlari o‘z zamonasi uchun emas, xozirgi davr ta‘lim-tarbiyasini 

takomillashtirishda xam katta axamiyatga egadir. 

                                                           

 1

 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 94 b. 



 

43 

 

O‘sha  vaqtlarda  ilm-fan  sohasida  erishilgan  yutuqlar  majmuasi  hisoblangan 



―Hindiston  dorilari  va  dorivor  o‘simliklari‖  tabiat  olamiga  aloqador  kitoblar 

Farobiyning  yetuk  olim  ekanidan  dalolat  beradi.  Uning  tabiatshunoslikka  doir  ―Inson 

a‘zolari haqida risola‖, ―Hayvon a‘zolari haqida so‘z‖ kabi asarlari alohida ahamiyatga 

ega.  Farobiy   Yevropa  olimlaridan  1000  yil  avval  fiziologiya  faniga  ilmiy  asos 

solganligining  o‘zi  ham   jahon  ilm-fani  taraqqiyoti  beshigini  kimlar  tebratganini 

isbotlab turibdi. 

Al-Xorazmiy  o‘zining  ―Kitob  surat  ul-arz‖  nomli  asarida  637  ta  noyob  tabiiy 

joylar,  209  ta  tog‘ning  geografik  tafsilotini  bergan.  Dengizlar,  daryolar  va  okeanlar 

havzasi shaklini, ularda joylashgan orollar haqida muhim ma‘lumotlarni bayon etgan. 

Buyuk  mutafakkirlarimizdan  yana  biri  -  Ibn  Sino  jiddiy  ekologik  muammolar 

bo‘lmagan  vaqtlardayoq,  ekologiya  masalalariga  to‘xtalib,  inson  salomatligini  saqlash 

borasida  atrof-muhit  ahamiyatiga  katta  e‘tibor  berdi.  U  turli  yuqumli  kasalliklarning 

kelib  chiqishida  atrof-muhit  omillari  sabab  bo‘lishini,  havo,  suv,  ovqatning  o‘rnini 

e‘tirof etadi. O‘sha zamonda mikroskop yo‘q bo‘lishiga qaramay, yuqumli kasalliklarni 

ko‘zga  ko‘rinmaydigan  mayda,  jonli  zarralar  keltirib  chiqarishini,  ya‘ni  makruhlar-

mikroorganizmlar  sababchi  ekani  to‘g‘risidagi  fikrni  aytadi.  Ibn  Sino  o‘z  asarlarida 

ekologiya va gigienaga bag‘ishlangan ko‘p masalalar yechimini yozib qoldirgan. 

SHu o‘rinda Sohibqiron Amir Temurning tabiatga munosabati haqida so‘z yuritar 

ekanmiz,  aytish  joizki,  buyuk  davlat  arbobi  birinchi  galda  obodonchilik  ishlariga 

alohida  e‘tibor  qaratgan.  ―Temur  tuzuklari‖da  aytilishicha,  Sohibqiron  qo‘riq  va  bo‘z 

yerlarni  o‘zlashtirganlarni  rag‘batlantirgan.  Ushbu  tuzuklarda  yana  qarovsiz  yerlarni 

obod  qilish,  ularni  hosildor  yerlarga  aylantirish  haqidagi  ko‘rsatmalar  ham  diqqatga 

sazovordir. Ularda aytilishicha, ―Xarob bo‘lib yotgan yerlar egasiz bo‘lsa, xolisa (ya‘ni 

davlat yerlarini boshqaruvchi mahkama) tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo‘lsa-yu, 

obod  qilishga  qurbi  yetmasa, unga  turli  asboblar  va  kerakli narsalar  bersinlar, toki o‘z 

yerini  obod  qilib  olsin.  Yana  amr  qildimki,  xarob  bo‘lib  yotgan  yerlarda  sarizlar 



44 

 

qursinlar,  buzilgan  ko‘priklarni  tuzatsinlar,  ariqlar  va  daryolar  ustiga  ko‘priklar 



solsinlar, yo‘l ustida, har bir manzilgohga rabotlar qursinlar‖

1



Barchaga ayonki, Turon zamin dunyo miqiyosida sug‘oriladigan dehqonchilikning 

ilk  vatani  sifatida  mashhur.  O‘lkamizda  qadimdan  sug‘orma  dehqonchilik  rivojlangan 

irrigatsiya  va  melioratsiya  sohasida  boy  tajriba  to‘plangan.  Misol  uchun,  Xorazm, 

Baqtriya,  So‘g‘diyona,  Parfiya,  Kushon,  Turk  xoqonligi,  so‘ng  Somoniylar, 

Qoraxoniylar,  Temuriylar  va  keyinchalik  shu  hududda  boshqa  davlatlarning  paydo 

bo‘lishida,  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  rivojlanishida  ham  sug‘orish  ishlarining  tutgan 

o‘rni,  suv  zahiralaridan  oqilona  foydalanish  masalasi  alohida  ajralib  turadi.   Davlat 

boshqaruvida suvdan oqilona foydalanishga alohida o‘rin berilganligi, miroblarga davlat 

arbobi sifatida munosabatda bo‘lingani ham fikrimiz isbotidir. 

Muxtasar  aytganda,  milliy  ma‘naviyatimizning  serqirra  va  teran  ildizlariga 

tayangan  holda  mafkuraviy  tarbiya  yo‘nalishlarini  ishlab  chiqishda  ekologik  mafkura, 

ta‘lim  va  tarbiya  tizimini  yaratish  alohida  o‘rin  tutishi  lozim.  Bu  boradagi  sa‘y-

harakatlarga esa Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan va hech mubolag‘asiz oy 

sayin,  kun  sayin  faoliyat  ko‘lamini  kengaytirib  borayotgan  O‘zbekiston  Ekologik 

harakati haqiqiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                           

1

 Temur tuzuklari: Ahmedov B. tahriri ostida. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa birlashmasi, 1991. – 144  



 

45 

 

 



 

2.2.SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy 

axamiyati. 

SHarq allomalari va mutafakkirlari yosh avlodni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tengi 

yo‘q fikr, g‘oyalarni ilgari surganlar, ta‘limotlar yaratganlar. Ilmiy merosni sinchkovlik 

bilan  o‘rganish,  tahlil  qilish,  tizimlashtirish  hamda  jahon  fanining  mazkur  sohadagi 

yutuqlari  bilan  taqqoslash  o‘zligimizni  anglash  imkonini  kengaytirib,  xalqimizning 

jahon hamjamiyatidagi obro‘-e‘tiborini yanada oshiradi. Milliy pedagogikamiz tarixini, 

ayniqsa,  yosh  avlodni  kasbga  yo‘naltirish  bo‘yicha  ajdodlarimizning  asrlar  davomida 

to‘plagan  tajribalarini  o‘rganish  esa  kasbga  yo‘naltirish  jarayonini  takomillashtirishga 

xizmat qilishi shubhasiz. 

Manbalarda  bayon 

qilinishicha, 

azal-azaldan 

farzandlarini  kasb-hunarga 

yo‘naltirishga, ularning ilm-fan, ma‘rifat sirlarini egallashiga ajdodlarimiz katta e‘tibor 

berishgan. Mehnat, mehnat tarbiyasi, ustoz-shogird an‘anasi, kasb-hunarning mohiyati, 

kasb-hunarni  egallashning  jamiyat  va  yosh  avlod  uchun  ahamiyati,  kasb-hunarlarning 

kishiga  qo‘yadigan  talablari kabi  masalalar  Muhammad  Xorazmiy,  Abu  Nasr  Forobiy, 

Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Amir 

Temur,  Alisher  Navoiy,  Jaloliddin  Davoniy,  Husayn  Voiz  Koshifiy,  Zahiriddin 

Muhammad  Bobur  kabi  ulug‘  bobokalonlarimizning  tarixiy  merosidan  joy  olgan. 

―Avesto‖da  ham  bolalar  yoshligidan  daraxt  ko‘chati  o‘tqazish,  uy-ro‘zg‘or  qurollarini 

tayyorlash  kabi  mashg‘ulotlar  bilan  shug‘ullanishlari  kerakligi  haqida  ko‘plab  satrlar 

mavjud. 

Imom  Buxoriy  to‘plagan  hadislar  kitobi  –  ―Al  jome-as  sahih‖da  ham  yoshlar 

kelajagi  uchun  muhim  kasb-hunarni  o‘rganish,  mehnat  qilish  va  uning  afzalligi 

to‘g‘risida  ko‘plab  hadislar  keltirilgan.  Etiborlisi  shundaki,  mazkur  to‘plamda 

―To‘quvchi  haqida‖,  ―Temirchi  haqida‖,  ―Tikuvchi  haqida‖,  ―Savdo  ishlari  haqida‖ 

boblar  mavjud  bo‘lib,  ularning  kasbiy  odobi  bilan  bog‘liq  masalalar  ham  o‘zaksini 

topgan.  Bular  ona  diyorimizda  yosh  avlodni  kasbga  yo‘naltirish  ishini  olib  borishda 

muhim manba bo‘lgan. 



46 

 

―Abu  Rayhon  Beruniy  insoniyat  tarixida  birinchilardan  bo‘lib  bolalarni  kichik 



yoshidan  mehnat  qilishga  o‘rgata  borish,  kattalar  mehnatini  ezozlaydigan  qilib 

tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi 

haqida  fikr  bildirgan.  Alloma  oilada  boshlangan  mehnat  tarbiyasini  maktabda  ta‘lim 

bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan. 

Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros 

bo‘lib  o‘tishini  sinchkovlik  bilan  o‘rgangan  va  insonlarning  hunarmandchilik 

faoliyatlarini yuqori baholagan‖

1



O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab 

qilish 


barobarida 

hunarmand 

ustalar 

orasida 


ixtirochilikning 

keng 


tarqalishiga zamin yaratgan.  

Ayniqsa, ajdodlarimiz tomonidan toshlarni parmalab teshish, arralash va kesishda 

zarur  bo‘lgan  oddiy  parmalash  dastgohi  hamda  burg‘uning  kashf  qilinishi  o‘sha  davr 

uchun  o‘ziga  xos  mo‘‘jiza  sanalgan.  Yuqorida  bayon  qilinganlar  yurtimizda 

metallurgiya, konchilik sohalari bilan birga, hunarmandchilikning naqadar keng tarmoq 

otganidan dalolat beradi. 

Abu  Rayhon  Beruniy  ta‘lim  va  tarbiyani  amalga  oshirishda  bolaning  moyilligi, 

qobiliyatini  hisobga  olish  zarurligining  tub  mohiyatini  pedagogika-psixologiya  fanlari 

tarixida ilk bor ko‘rsatib bergan. 

Tarixiy  manbalardan  ma‘lumki,  hunar  egallash  ko‘lami  rivojlanishi  yuqori 

pog‘onaga  ko‘tarilgan.  Natijadaxalqimizning  xorijiy  davlatlar  bilan  iqtisodiy-madaniy 

aloqalari  avj  olgan.  Ayrim  manbalarga  asoslanib  shuni  aytish  mumkinki,  32  xil  hunar 

turi  mavjud  bo‘lgan  aholi  yashaydigan  joyni  shahar  deb  atashgan.  Sohibqiron  Amir 

Temur  ham  Samarqandni  o‘z  saltanatining  poytaxti  etib  tanlashida  yuqorida 

ko‘rsatilgan qoidaga amal qilganini alohida ta‘kidlash joiz. 

Ilk uyg‘onish (Renessans) davri fani va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga katta hissa 

qo‘shgan donishmand Yusuf Xos Hojib ―Qutadg‘u bilig‖ asarida har bir kishi ijtimoiy 

hayotning  faol  ishtirokchisi   sifatida  hunar  o‘rganmog‘i,  o‘z  hunari  bilan  xalqiga, 

                                                           

1

 Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 192 b. 



 

47 

 

Vataniga  xizmat  qilishi  zarurligini  uqtiradi.  Darhaqiqat,  hunar  o‘rganishga  va  mehnat 



qilishga  intilish  har  bir  inson  uchun  hayotiy  ehtiyoj  bo‘lmog‘i  kerak.  SHu  bois  ulug‘ 

mutafakkir  o‘z  bolalarini  foydali  mehnatga  o‘rgatmasdan  ortiqcha  erkalatib,  bu  bilan 

ularning  kelgusida  noloyiq  xatti-harakatlar  qilishiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aybdor 

bo‘ladigan ota-onalarni qattiq qoralab, ―Kimning o‘g‘li yoki qizi taltaytirib yuborilgan 

bo‘lsa, buning uchun u oxiri qattiq yig‘laydi‖, deb ta‘kidlaydi. 

―Mahmud  Qoshg‘ariy  ―Devoni  lug‘atit  turk‖  asarida  ―Ilmli,  aqlli  odamlarga 

yaxshilik  qilib  so‘zlarini  tingla.  Ilmlarni,  hunarlarni  o‘rganib,  amalga  oshir‖,  deydi. 

Allomaning  ushbu  fikri  kishilarni  mehnat  qilishga,  yaxshilikka  undaydi,  yomonlikni 

qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e‘zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradi‖

1



Sohibqiron  Amir  Temur  o‘z  saltanatida  yirik  mehnat  taqsimoti  negizida  mustaqil 

soha  bo‘lib  ajralib  chiqqan  hunarmandchilik  –  to‘qimachilik,  yog‘och  va  tosh 

o‘ymakorligi,  gilam  to‘qish,  sopol,  metall  buyumlar  tayyorlash  kabi  sohalarni  yanada 

rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. 

SHu  sababli  ijtimoiy  hayotda  yangidan-yangi  kasb-hunarlarning  paydo  bo‘lishiga 

imkoniyat yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo‘l ko‘yilmagan. 

Ajdodlarimiz o‘z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta‘limi va tarbiyasiga juda 

katta  etibor  berganlar.  Ular  kasb-hunar  ta‘limiga  talim  va  tarbiyaning  zaruriy  tarkibiy 

qismi sifatida yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va manaviy tarbiya bilan birga olib 

borish zarur, deb hisoblaganlar. Yoshlarga qobiliyatlarini va moyilliklarini hisobga olib, 

jiddiy  o‘ylab  mehnat  turini  tanlash to‘g‘risidagi pand va nasihatlarini  ko‘rish  mumkin. 

CHunonchi, Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini 

hisobga olish zarurligini ta‘kidlab, ―Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham, ammo ularga 

turli fazilatlar berilgan‖

2

, deydi. 



―Farhod va SHirin‖ dostonida pahlavon Farhodning ilm-hunarga qiziqishini targ‘ib 

etadi  hamda  Farhodni  bir  necha  kasblar  egasi,  ya‘ni  sangtaroshlik,  rassomlik, 

                                                           

1

 Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 196 b. 



 

2

 



Safo Ochil. Mustaqillik ma‘naviyati va tarbiya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1995. –

 

208 b. 



 

48 

 

naqqoshlik  kabi  hunarlarni  mukammal  egallab  olgan  kishi  sifatida  ulug‘laydi.  Ilm  va 



hunarni  egallagan,  jismoniy  jihatdan  chiniqqan  mehnatsevar  Farhod  kamtarin, 

mazlumlarga g‘amxo‘r, odil, mard va olijanob bo‘lib yetishadi. 

Bu  kabi  misollar  nafaqat  adabiyot  darsida,  balki  kasb-hunar  kollejlarida  ishlab 

chiqarish  ta‘limi  ustasi  mashg‘ulotlarida  ham  keltirilsa,  o‘quvchilarning  bir  necha 

hunarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi. 

Buyuk  ajdodlarimiz  badan  tarbiyasi,  jismoniy  mashqlar  va  sport,  milliy  harakatli 

o‘yinlarning  yosh  avlodning  asosli  kasb  tanlashiga  ijobiy  tasirini  boshqa  millatlardan 

ancha oldin fahmlab olgani, undan oqilona foydalangani ibratlidir. Davlat va fuqarolik 

ishlarini  to‘g‘ri  tashkil  etishda  odamlarning  psixologik,  fiziologik  imkoniyatlarini 

hisobgaolib  ish  ko‘rganliklari,  shubhasiz,  har  birimizda  hayrat,  zavq  va  g‘urur 

tuyg‘ularini uyg‘otadi. 

Yuqorida  bayon  qilinganlardan  ko‘rinadiki,  buyuk  allomalar  va  mutafakkirlar 

kasbga  yo‘naltirishning  ijtimoiy-iqtisodiy,  ma‘naviy-axloqiy,  pedagogik-psixologik 

jihatlariga,  ota-ona,  maktabning  roli,  kasb  tanlashda  yosh  avlodning  hayot,  mehnat 

yo‘lini  mustaqil tanlashiga  alohida  e‘tibor  6ilan qarashgan.  Bolani hunarga  yo‘llashda 

uning  qiziqish,  moyilligi,  qobiliyatini  o‘rganish,  bunday  holatda  ularning  onglilik, 

izchillik va vorisiylik, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd 

etgan. 


Xullas, 

bu 


kabi 

misollar 

ajdodlarimizning 

kasb 


tanlash 

nazariyasini 

shakllantirishga  munosib  hissa  qo‘shganidan  dalolat  beradi.  Umumta‘lim  maktablarida 

kasbga  yo‘naltirish  jarayonida  ajdodlarimizning  boy  ilmiy  merosidan  unumli 

foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir.  

Barkamol  avlodni  tarbiyalash  orzusiga  tariximizdan  ko‘p  misollar  keltirish 

mumkin.   Al  Farobiyning  ―Fozil  odamlar  shahri‖  Yusuf  Xos  Hojibning  ―Qutadg‘u 

bilik‖,  Kaykovusning  ―Qobusnoma‖  asari,  Ahmad  Yugnakiyning  ―Hibatul  haqoyiq‖, 

Sa‘diyning  ―Guliston‖,  Jomiyning  ―Bahoriston‖,  Alisher  Navoiyning  ―Mahbub-ul-

qulub‖,  Davoniyning  ―Axloqi  Jaloliy‖  kabi  asarlarida  sog‘lom  va  barkamol  insonni 

shakllantirish  mazmuni,  yo‘llari,  shakllari   hamda  usullari  yoritiladi.  SHunday 

asarlardan biri Kaykovusning ―Qobusnoma‖ asaridir. Ming yilga yaqin davrlardan beri 



49 

 

xalqni  ayniqsa  yoshlarni  hayotga,  amaliy  faoliyatga  tayyorlashda  qo‘llanma  bo‘lib 



kelayotgan  ―Qobusnoma‖  asari  hozirgi  o‘zgarishlar  davrida   insonni  ma‘naviy 

kamolotga  yetkazishda  muhim   o‘rin  kasb  etmoqda.  XII  asrning  82-83  yillarida 

G‘arbiy   Eron  podshohining  nabirasi  Kaykovus  ibn  Iskandar  o‘z  o‘g‘li  Gilonshohga 

bag‘ishlab ―Nasihatnoma‖ sini yaratdi va uni bobosi podshoh SHamsul maoniy Qobus 

sharafiga  ―Qobusnoma‖  deb ataydi.  Bu asar  juda ko‘p  sharq  va g‘arb  tillariga tarjima 

qilingan.  1860  yilda  ―Qobusnoma‖  asari   birinchi  marta  buyuk  o‘zbek  shoiri  va 

mutaffakkiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan. 

Ushbu  asar  muqaddima   va  qirq  to‘rt  bobdan  iborat.  Muqaddimada  asarning 

nomlanishi va G‘ilonshoh shajarasi xususida  yozib, ―Ey farzand, ikki tarafdan sening 

asling  va  nasabing  pokdur  va  ulug‘dur‖  deydi.  Kaykovus  ―Qobusnoma‖  asarida  ilmni 

uchga  bo‘ladi:  biror  kasb-hunarga  bog‘liq  ilm,  ilm  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  kasb-

hunar   hamda   xayr  va  dalolatga  taalluqli  odat.   Ilm  olish  yo‘liga  kirgan  toliblarga 

hamma  vaqt  parhezli  va  qanoatli  bo‘lish,  bekorchilikdan  o‘zini  tiyish,  doimo  shod-

xurram  va  harakatchan  bo‘lish,  kitob   o‘qishga  berilish,  ilm  yo‘lida  qayg‘u  hasratga 

berilmaslik,  ilmni  yodda  saqlash  uchun  uni  takrorlab  borish,  ilmda  haqiqat  uchun 

kurashish, oz so‘zlab, ko‘p tinglash haqida gapiriladi. 

―Kaykovus  bilim  va  aqlning  ahamiyatini  aytib,  uni  mol-dunyodan  ham  yuqori 

qo‘yadi.  ―Agar  molsizlikdan  qashshoq  bo‘lsang,   aqldan  boy  bo‘lmoqqa  say‘ 

ko‘rguzgilki,  mol  bila  boy  bo‘lgandan,  aql  bila boy  bo‘lg‘on  yaxshiroqdur,  nedinkim, 

aql  bila  mol  jam  etsa  bo‘lur,  ammo  mol  bilan  aql  o‘rganib  bo‘lmas.  Bilgil,  aql  bir 

moldurki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvda oqmas, inson odobi ham aqlning 

belgisi ya‘ni ―al adab – suratil aql ‖ deb xulosa chiqaradi‖

1



Kaykovus  kasb-hunar  o‘rganishni  bilim  olish  bilan  qo‘shib  olib  borishni  tavsiya 



etadi.Kaykovus inson tarbiyasiga katta e‘tibor beradi.  U axloqlilikning birinchi belgisi 

suxandonlik  deb,  suxandonlik  (notiqlik)  da  rost  so‘zlash  kerakligini  ta‘kidlaydi. 

Kayqovus  asarining  5-bobi  ―Ota  va  ona  haqqini  bilmoq  zikrida‖  deb  nomlanadi.  Unla 

muallif  ―Qur‘on‖  va  ―  Hadis‖lardan  kelib  chiqib:  ―O‘z  farzanding  sening  haqingda 

                                                           

 1

 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 75 b. 



 

50 

 

qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota- onang  haqida shunday bo‘lgil, nedinkim, sen 



ota-onang,  haqinda  nima  qilsang,  farzanding  ham  sening  haqingda  shundoq  ish  qilur, 

odam mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydur‖, deydi. 

―Kaykovus oilada otaning vazifasi va burchiga alohida ahamiyat  beradi. Farzand 

tug‘ilganda  avvalo,  unga  yaxshi  ism  qo‘yish,  undan  so‘ng  aqlli  va  mehribon 

murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda kasb-hunar o‘rgatish kerak, deydi. 

Kaykovus  otaning  burchi  o‘z  farzandiga  adab  ham  o‘rgatish  ekanligini  ta‘kidlaydi.  U 

ilm,  hunar  va  adabni  farzandga  meros  qoldirish  har  bir  ota-onaning  farzandi  haqqini 

bajargani,  deb  hisoblaydi.  Kaykovus  otalarning  o‘z  farzandlariga  nisbatan  qattiqqo‘l 

bo‘lishlarini talab qiladi. Otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayiqmasa, ota-onani xor 

qiladi, deydi‖

1



Kaykovusning  hayotga  xulq-odob  qoidalariga   qanday  rioya  etgani  haqidagi 



fikrlari  ajoyibdir.  Bu  borada  uning  yoshlarni  adolatsevar,  insonparvar,  saxovatli,  sabr-

qanoatli,  muruvvatli,  to‘g‘riso‘z,  rostgo‘y  bo‘lish  haqidagi  qarashlari  mavjud.  Uning 

yaxshilik  haqidagi  fazilatli  fikrlari  diqqatga  sazovordir:  ―Ey  farzand,  yaxshilik  qil  va 

qilg‘on  yaxshilikdan  hargiz  pushaymon  bo‘lmag‘il.  Bir  kishiga  bir  yaxshilik  qilsang, 

ko‘rgilki,  yaxshilik  qilg‘on  vaqtda  u  kishiga  naqadar  rohat  etadi,  sening  ko‘nglingda 

ham undan ziyodroq shodlik   va xurramlik yetishur‖. Kaykovus asarning ―Do‘st tutmoq 

zikrida‖  bobida  inson  do‘stsiz  bo‘lgandan  ko‘ra,  birodarsiz  bo‘lgani  durustdir,  deydi. 

Kishining qancha do‘sti ko‘p bo‘lsa,   aybi shuncha sir tutiladi va fazilati ko‘payadi. U 

haqiqiy  do‘st  deb  qiyinchiliklarga  duchor  bo‘lganda  unga  yordam  bergan,  undan  yuz 

o‘girmagan, ta‘magir, hasadchi bo‘lmagan, aqlli, bilimli, muruvvatli kishilarni aytish va 

ularni do‘st tutish mumkin, deb ta‘kidlaydi. Kaykovus ―Qobusnoma‖  asarida jismoniy 

tarbiyaga  e‘tibor  berib,  javonmardlik  tarbiyasiga   bag‘ishlaydi.  U  javonmardlikning 

jismonan  sog‘lom  yoshlar  sifatida   kamolga  yetishishini  ta‘kidlaydi.  U  inson 

salomatligini ta‘minlashda to‘g‘ri  va oqilona ovqatlanish  haqida alohida  bob ajratgan. 

U  bir  kecha-kunduzda  ikki  mahal-erta  tong  va  peshinda  ovqatlanishni  tavsiya  etadi, 

kechki ovqatni tavsiya etmaydi. Kayqovus  inson o‘z tanasining toza, pokiza bo‘lishiga 

                                                           

 1

 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 78 b. 



 

51 

 

ham  e‘tibor  berishi  kerak,  deydi.  Uning  ―Hammomga  borish  zikrida‖,  ―Uxlamoq  va 



osuda bo‘lmoq zikrida‖, ―Tamkin sharofati va taom tartibining bayoni‖  kabi boblarida 

uxlamoq,  yemov-ichmoq,  hammomga  borish  qoidalarini  bayon   etib,  yoshlarni 

jismoniy,  axloqiy  tarbiyalab,  ularni  doimo  faol  bo‘lishga  undaydi.  Kayqovus 

javonmardlar  uchun  shaxmat  va  chavgon  o‘yini,  kamondan  o‘q  uzish  kabi  qoidalarni 

bilishi zarur,  deydi. U rushda ham adolatli bo‘lishi, do‘st bilan dushmanni ajrata bilishi 

zarur,  deydi.  Kaykovusning  xizmati  shundaki,  u  yoshlarni  hayotga  tayyorlash,  hamda 

ularni  har  tomonlama  kamolga  yetkazishga  yo‘naltirilgan  faoliyatning  nazariy  hamda 

amliyotga  tatbiqi  mohiyatini  ifodalab  beradi.  SHu  bois  bu  asar  barcha  davrda  ham, 

xususan, xozirgi 2016 yil-―Sog‘lom ona va bola yili ‖da ham o‘z qimmatini yo‘qotmadi. 

Amaliy hayot dasturi sifatida o‘z qiymatini topa oldi. 

Qaykovusning ―Qobusnoma‖ asari har bir o‘qituvchi darslarida dasturilamal bo‘lib 

xizmat qilishi tabiiy. 



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling