O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi muqimiy nomidagi qo‟qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Muammoning o‟rganilganlik darajasi


Download 235.89 Kb.
bet4/20
Sana05.01.2022
Hajmi235.89 Kb.
#210508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
guli

Muammoning o‟rganilganlik darajasi. Allomalarning merosi va ijtimoiy pedagogik qarashlari, ulardan ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish muammosi bilan ma‘naviyatshunoslik, falsafa, adabiyotshunoslik, tarix, inson va jamiyat, etnografiya va boshqa fanlar namoyandalari u yoki bu darajada shug‘ullanib kelmoqdalar.

S.Nishonova «Sharq Uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi»ga doir tadqiqot ishida Sharq Uyg‘onish davrida ta‘lim-tarbiya masalalari, qomusiy olimlar ilmiy merosida komil inson tarbiyasi, o‘sha davr ta‘limiyaxloqiy asarlarida barkamol inson tarbiyasi masalalarini yoritib beradi va komil insonga xos

xislatlar ko‘rsatadi. Olimaning ta‘kidlashicha, ―Sharq Uyg‘onish davri ta‘limiyaxloqiy asarlarida barkamol shaxs tarbiyasida aqliy, axloqiy, jismoniy, nafosat tarbiyasi asosiy mezon bo‘lib kelgan. Ana shu mezonlarni tarbiyalashda inson egallashi zarur bo‘lgan ma‘naviy xislatlar ham alohida ajratilib ko‘rsatiladi‖4 .

Tadqiqotlarning ma‘lum qismi tasavvuf ta‘limoti vakillarining axloqiy tamoyillariga bag‘ishlansa, ba‘zilarida ayrim shaxslarning pedagogik ta‘limoti tadqiq etiladi. Masalan, K.Nosirov «IX-XI asrlarda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloqiy tarbiya haqida g‘oyalarini» (Al-Buxoriy va al-Forobiy asarlari misolida) tadqiq etar ekan, inson axloqiy kamolotining asosiy shart-sharoitlari va kamolot mezonlari bo‘lgan axloqiy xislatlarni aniqlaydi.

F.A.Babashev esa ―Xorazmda tashkil etilgan «Bilimlar uyi» – «Ma‘mun akademiyasi» (1003–1014) va unda faoliyat ko‘rsatgan olimlar Abulayr Hammor, Ibn Hamid al-Xorazmiy, Abu Sahl al-Masihiy, Abu Ali Ahmad ibn Miskavayx, Abumansur as-Saolibiylarning ilmiy merosi bilan bir qatorda – axloqiy qarashlarini ham tadqiq etadi‖5.

O‘zbek xalq pedagogikasi tarixida juda ko‘p didaktik asarlar yaratilib, ularni chuqur o‘rganish, ulardagi eng qimmatli fikrlarni aniqlash, saralash, ulardan bugungi kunda ijodiy foydalanish hamda hayotga keng tadbiq etish hozirgi kunning muhim vazifasidir. Ilm sohiblari ta‘lim-tarbiya sohasiga oid qimmatli asarlar yaratgan, ularning har bir ta‘limiy-axloqiy asar bo‘lib ma‘naviy tarbiya, ijtimoiy fikrlar ilgari surilgan, ularning tarbiya haqidagi fikrlari chuqur, mantiqiy va asosli bayon etilgan.

Asrlar osha bu fikrlar o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular keng jamoatchilik mulkiga aylanib, o‘sib kelayotgan yosh avlod ta‘lim-tarbiyasi, uni hayotga tayyorlash ishida katta yordam berib kelmoqda. Bu ma‘naviy meros ayniqsa hozirgi ma‘naviy qadriyatlar tiklanayotgan bir sharoitda alohida qimmatlidir.

O‘zbekiston Respublikasi pedagogika ta‘lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar va o‘quvchilar ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashning muhim shartlaridan biri ularni Sharq allomalarining pedagogik qarashlari asosida ma‘naviy jihatdan shakllantirish, buning uchun pedagogika tarixi materiallaridan unumli foydalanishdan iboratdir.

O‘quvchi-yoshlar va o‘quvchilarni o‘tmish meros, qimmatli manbalar yordamida ma‘naviy jihatdan tarbiyalash nihoyatda dolzarb bo‘lganligi uchun ham bu sohada izlanishlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga kelmoqda.

Ma‘lumki, ma‘naviy barkamol avlod o‘z-o‘zidan tarbiyalanib qolmaydi. Bugungi o‘quvchi ertangi kunda barkamol insonni shakllantirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassisdir. Bo‘lajak o‘qituvchining o‘zida, avvalo, yetuk kasbiy sifat, ma‘naviyma‘rifiy madaniyat, mahorat hamda kasbiy ko‘nikmalar teran rivojlangan bo‘lishi shart. Bu esa O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim-tarbiyaning yagona pedagogik tizimini yaratishni muqarrar qilib qo‘ydi. IX-XV asrlarda ijtimoiy g‘oyalaridan o‘quvchiyoshlar va o‘quvchilarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashga oid nazariy tahlil tadqiqot mavzusining muhimligini belgilaydi.




Download 235.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling