O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

SHaxslararo munosabatlar-ommaviy ijtimoiypsixologik hodisalar bo’lib, bir guruhda 
bo’lgan va birgalikdagifaoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga ta’sir 
ko’rsatuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi. 
SHaxslararo muomala-insonlar orasida aloqalar o’rnatishning murakkab jarayoni. 
Pedagogik 
jamoada 
shaxslararo 
muomalaning 
quyidagi 
xususiyatlari 
to’g’rilanishga 
muhtoj: 
ba’zi 
pedagoglarning 
sabrsizligi, 
irodasizligi, 
kasbdoshlarini tinlay olmaslik, o’z maqomini oqlash. ijtimoiy pedagogik 
treninglar, boshlang’ich pedagog maktablari orqali sabr-matonat, tinglash 
madaniyati kabi xislatlarni shakllantirsa bo’ladi. 
SHaxsning hayot tarzi-maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot 
yo’llari tizimi.
SHaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi-bu insonning o’z hayotiy faoliyatining sub’ektiga 
aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U 
inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon bo’lishi 
bolaning jonlanishi hisoblanadi. YOsh o’tgan sari u o’z shakllarini o’zgartiradi-
insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi sabablar paydo 
bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu 
faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi o’tsa u 
shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi. 
Xayriya-alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, muhtojlarga 
ko’rsatiladigan yordam. 
Hayotiy vazifalar-insonning hayotiy yo’naltirilganligi, faoliyat usuli, o’ziga, olam va 
insonlarga nisbatan munosabat turi. 
Homiylik-voyaga yetmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va mulkiy 
huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda ancha 
keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling