O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Reabilitatsion faoliyatning 
vazifalari, ob’ektlari va 
yo’nalishlari 
Bu yo’nalishdagi faoliyat 
amalga 
Oshiriladigan muassasalar 
Reabilitatsion 
dasturlarni 
amalga 
oshiruvchi 


220 
ishchilar toifalari 
1. Ruhiy-pedagogik 
reabilitatsiya. 
Ob’ekt- ijtimoiy va 
pedagogik qarovsiz 
bolalar. 
Vazifalari: 
-maktab va oilaviy 
kamsitishlarni 
engish, 
-etakchi faoliyatda 
muvaffaqiyatga 
erishish, 
-ruhiy va shaxsiy 
rivojlanishning 
uyg’unlashuvi, 
-ijobiy “Men”
obrazini 
shakllantirish, 
- ijtimoiy adovat 
profilaktikasi.
Umumta’lim
maktabgacha 
muassasalari,
maktablar, 
oddiy guruh (sinf), 
korreksiya sinflari. 
Individual o’qitish 
maktablari. 
O’smirlar va bolalarga 
psixologik-pedagogik 
yordam ko’rsatish 
markazlari 
Pedagoglar. 
Amaliy 
psixologlar. 
ijtimoiy 
pedagoglar. 
Logopedlar. 
Korreksion 
ta’lim 
o’qituvchilari 
2. ijtimoiy pedagogik 
reabilitatsiya 
Ob’ekt-nizoli tarbiyaviy vaziyatda 
bo’lgan dezadaptatsiya qilingan 
bolalar, yyetimlar, voyaga yetmagan 
huquqbuzarlar. 
Vazifalari:
-huquqlarni himoya qilish, vasiylik. 
-nazoratsizlikni oldini olish, 
- ijtimoiy zararli omillar profilaktikasi, 
- ijtimoiy maqomning tiklanishi, 
-psixofizik va shaxsiy 
rivojlanishsur’atlarini ushlab turish 
Go’daklar uyi. 
Bolalar uyi. 
Maktab-internatlar, 
maxsus maktablar, 
xospislar, ijtimoiy 
yordam va ijtimoiy 
reabilitatsiya markazlari. 
ijtimoiy 
pedagoglar. 
ijtimoiy 
ishchilar. 
Amaliy 
psixolog- 
tarbiyachilar, 
bolalar 
huquqlarini 
himoya qilish 
bo’yicha 
inspektorlar, 
psixoterapevtlar, 
psixonevrologlar

3. Tibbiy pedagogik reabilitatsiya. 
Ob’ekt-nogiron bolalar, tez-tez 
kasalga chalinuvchi bolalar, 
cheklangan aqliy imkoniyatlarga ega 
Funksional buzilishlarga 
ega bolalar uchun 
muassasa. 
Korreksion maktab. 
Pedagog-
defektolog 
O’qituvchi-
dektolog 


221 
bolalar. 
Vazifalari: 
-tarbiyaviy mikromuhit gigiyenasi 
-sog’lomlashtirish va davolash 
-tibbiy profilaktika 
-sog’liqni saqlash 
- ijtimoiy adaptatsiya va reabilitatsiya 
-zaxiradagi imkoniyatlardan 
foydalanish 
-kompensatorlik funksiyalarni 
rivojlantirish
Nogironlar uylari. 
Sog’liq markazlari. 
Davolash markazlari. 
Terapevt pedagogika 
markazlari. 
Maktabgacha muassasalar 
va maktablarda logopedik 
guruhlar. Ruhiy sog’lik va 
reabilitatsiya markazlari.
Tarbiyachilar 
Valsologlar 
ijtimoiy 
ishchilar 
ijtimoiy 
pedagoglar 
Tibbiy xodimlar 
Psixolog-
defektologlar
 
Reabilitatsion 
 
ijtimoiy 
pedagogik 
texnologiyalar. 
Bolaning 
shaxsiy 
xususiyatlariga bog’liq ravishda reabilitatsiya dasturlarini tuzayotganda o’smirning qaysi 
holatda ekanligini ham inobatga olish darkor. Bu oiladagi yoki tengdoshlari davrasidagi 
janjal natijasida kelib chiqqan ijtimoiy qarovsizlik holati ham bo’lishi mumkin. 
Ijtimoiy pedagogning bu bolalar bilan ish olib borishi o’smir ichki olamini
ijtimoiy sog’lomlashtirishga qaratiladi. ijtimoiy pedagog bola tushib qolgan vaziyatni 
shoshilinch tashxiz qo’ya olishi va ijtimoiy-shaxsiy-emotsional xislatlarning buzilishi 
sabablarini ham aniqlashi lozim. SHu borada asosiy faoliyat turlariga: individual 
maslahat berish, salbiy emotsional ahamiyatga ega vaziyatlarni to’g’irlash maqsadida 
o’smirlarni treyning guruhlariga qo’shish, bola qadriyatlari tizimi bilan individual ish 
olib borish, ijtimoiy ko’nikmalar paydo qilish kiradi. Bundan tashqari bola va ota-ona 
o’rtasida yaxshi o’zaro munosabatlarni tiklash uchun oila bilan ham ish yuritish lozim. 
Bu faoliyat oila pedagogik pozitsiyalariga tashxiz qo’yishni, ota-onalarni treyning 
guruhlarga jalb etishni ko’zda tutadi. 
Inqirozli holatda turgan o’smir boshqacha yondashuvlarni talab qiladi. Odatda 
bunaqa xulq-atvor o’smirning hal qilib bo’lmaydigan vaziyatga munosabatini bildiradi. 
Bu toifa bolalar bilan ish olib borishda emotsional holatning shoshilinch diagnoztikasi, 
bu muammo sabablarini aniqlash, muammolarni hal qilish ko’nikmalariga o’rgatish, 
ijobiy “Men” konsepsiyasini shakllantirish ustida ish olib borishni ko’zda tutadi. 
Ijtimoiy pedagog faolyatning boshqa bir yo’nalishi uy-joysiz bolalarga qaratilgan. 
Bu bolalar bilan ishlash ikki yo’nalishdan iborat: 
-bunaqa bolalarning yashab ketishlari uchun sharoitlar yaratish (tibbiy yordam ko’rsatish, 
ovqat bilan ta’minlash), 
-o’ziga, o’z kelajagiga ishonchni mustahkamlash uchun o’tgan hayotlarining salbiy 
tajribasidan xalos etish. 
Asosiy ish metodi-patroj, asosiy ish shakli “Men” konsepsiyasini shakllantirishga 
qaratilgan ijtimoiypsixologik treyning tashkil qilish. 
Bu reabilitatsiya dasturlarini quyidagi 3 shartlarni bajargandagina effektiv tarzda 
amalga oshirsa bo’ladi: 
1) dasturning barcha ishtirokchilarini-bola, ota-ona, ijtimoiy pedagog, mutaxassis yuqori 
motivatsiyasi, 
2) mutaxassislar va reabilitatsion muassasalar rahbarlarining ruhiy-pedagogik 
kompetentliklari, 
3) turli davlat xizmatlari-ta’lim sog’liqni saqlash, - faoliyatini tartibga solish. 


222 
Dezadaptatsiya bo’lgan bolalar bilan ish olib borishning mavjud texnologiyalari 
deviant xulq-atvorni ijtimoiy nazorat ostiga olishga qaratilgan. Bu jarayon birinchidan 
eng xavfli deviant xulq-atvor shakllarini ijtimoiy foydali shakllar tomonidan siqib 
chiqarilishi, ikkinchidan bolaning ijtimoiy faolligini ijtimoiy ma’qullanadigan tomonga 
yo’naltirish, uchinchidan daydilik, giyohvandlik, besoqolbozlik, fohishabozlik bilan 
shug’ullanuvchi o’smirlarni jinoiy yoki ma’muriy kuzatuvdan xalos etish; to’rtinchidan 
maxsus ijtimoiy yordam xizmatlarini tuzishdan iborat. 
Savollar: 
1. Deviant xulq-atvorga ega o’smirlar bilan ishlashning asosiy texnologiyalarini sanab o’ting. 
2. Deviant xulq-atvor profilaktikasida axborot, ijtimoiy-profilaktik, tibbiy-biologik va ijtimoiy-
pedagogik yondashuvlarning xususiyatlari nimadan iborat. 
3. “Reabilitatsiya”, “Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya” tushunchalariga ta’rif bering. 
4. Deviant xulq-atvorli o’smirlar uchun reabilitatsion dasturlarning asosiy tarkibiy qismlariga 
ta’rif bering. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling