O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Deviant xarakterlarning asosiy sabablari


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Deviant xarakterlarning asosiy sabablari
 
Bolalar, o`smirlar va umuman ba'zi jamiyat a'zolarining jamiyat tan olgan 
me'yorlarga zid keluvchi hatti-harakatlarni namoyon etishi-bu birdaniga, o`z-o`zidan 
bo`ladigan qodisa emas. Ya'ni o`sha insonlarning shunday yo`l tutishiga nimadir sabab 
bo`ladi. Ya'ni har bir fazilat o`z tarixiga ega. Insonning rivojlanishi bir-biri bilan uzviy 


210 
bog`liq bo`lgan turli xil faktorlarga bog`liq: irsiy, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy 
amaliy faoliyati va h.k. 
Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga kltiruvchi qator 
faktorlar mavjud. Jumladan: 
1.Biologik 
faktorlar
ya'ni 
bolalarning 
ijtimoiy 
hayotga 
moslashuvini 
murakkablashtiruvchi nohush fiziologik va anatomik holatlar. Ularga: 
▪ 
genetik (tuqma aqli zayflar, ko`rlar, karlar va h.k.), 
▪ 
psixofiziologik (ya'ni inson organizmiga salbiy ta'sir ko`rsatuvchi, somatik 
xarakatlarni, allergiyalar va toksik kasalliklarni vujudga keltiruvchi turli xil ziddiyatlar, 
kimyoviy moddalar, energiyalar va h.k.), 
▪ 
fiziologik (atrofdagilarda noqush kayfiyat uyqotuvchi tashqi qiyofa, tilning 
duduqligi va h.k.) 
2.Psixologik faktorlar, ya'ni insondagi psixopotologik yoki aktsentuant (haddan 
tashqari) holatlar. Bu faktorlar asab kasalliklari (psixopatiya, nevrasteniya kabi 
kasalliklardir) 
3.Ijtimoiy-pedagogik faktorlar, ya'ni bolalik davridan boshlab maktab, oila va 
jamoatchilik tarbiyasidagi nuhsonlar. 
4.Ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar, ya'ni bu jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikdir: 
jamiyatning boylar va kambag`allar deb ajratilishi, xalqning ma'lum qismining 
qashshoqlanib qolishi, oylik maoshining kamligi, ishsizlik, inflyatsiya va h.k. 
5.Ma'naviy-aqloqiy 
faktorlar. 
Ularga 
birinchidan,jamiyatdagi 
ma'naviy 
qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma'naviy qashshoqlanishi kirsa, ikkinchidan, 
muayyan jamiyatning undagi ro`y berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, loqaydlik 
kiradi. 
Maktab 
o’qo’vchisining 
dezadaptatsiyasi 
o’z 
rivojlanishida 
quyidagi 
bosqichlardan o’tadi: 
-o’quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida qayinchiliklra 
paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan holat; 
-maktab dezadaptatsiyasi –o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda 
o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo’ladigan, xulq-atvor buzilishi 
bilan xarakterlanadigan bola holati; 
-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom 
so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi; 
-bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining kriminallashuvi. 
Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili 
noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g’ayriijtimoiy xulq-atvorni 
shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko’rsatish ham muhim 
ahamiyatga ega. Ular: 
-o’zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli 
vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat 
uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi; 
-to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida 
tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi; 
-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g’ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-
onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a ijtimoiy munosabatlar turi. 
SHavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi yoki unga 
vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi.


211 
Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni 
ko’rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi 
deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, 
boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan. 
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va 
kambag’allarga sinflashishi, axoli ko’p qismining kambag’allashib ketishi, ishsizlik, 
inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida, 
qadriyatlarning yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning 
deviant xulq-atvorning namoyon bo’lishiga befarq qarashida o’z aksini topadi. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling