O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Davlat qaramog’i muassasalarida ijtimoiy pedagog faoliyati


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Davlat qaramog’i muassasalarida ijtimoiy pedagog faoliyati 
Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari ularning psixofiziologik maqomi va ular 
yashayotgan jamiyatning ob’ektiv holatidan kelib chiqadi. Haqiqiy, uyg’un oila hayotini 
ko’rmagan bolalar juda kam holatda to’liq oilaviy munosabatlarni qura olishadi. Bunday 
sharoitlarda ijtimoiy muhim qadriyatlar-oila, nikoh, bolalar, ota-onalarning qadriya 
pasayadi. 
So’nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimi ishda ham inqirozli o’zgarishlar ro’y berdi, 
chunki aksariyat ota-onalar bolalarini nafaqat ijtimoiy, balki fziologik jihatdan ham 
ta’minlay olmadilar. Kambag’allik va uning oqibatlari bola, o’smir olamini vayron etadi, 
chunki uning ota-onasi, tabiiy himoyachilari bolaning barcha ehtiyojlarini qondirishga 
qurbi yetmaydi. 
Qarovsiz qolgan bolalar-oilaviy aloqalarning barbod bo’lishi natijasidir. Ijtimoiy 
yyetimlar soni borgan sari oshib bormoqda. shuning uchun davlat birinchi navbatda 
bolani oilada saqlab qolish va u davlat muassasasiga tarbiyalash uchun topshirishni oldini 
olishga barcha kuchini ishga solmoqda. agar bolani oilada saqlab qolish iloji bo’lmasa, u 
uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila yoki tarbiya muassasasiga 
topshirayotganda bolaning etnik guruhi, mahalliy an’analari bilan bog’liq muhitda qolishi 
uchun barcha narsa qilinadi. 
Har bir davlatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga tegishli ijtimoiy qarorlar tizimi 
tuzilmoqda va mustahkamlanmoqda. ularniquyidagi variantlarni kirgizsak bo’ladi: bolani 
o’z oilasida saqlab qolish, o’z oilasiga qaytarish, davlat ichida bolalikka olish, boshqa 
davlatda bolalikka olish, maxsus tarbiya muassasalariga topshirish. 
Agar bola bolalikka olinmasa yoki qabul qiluvchi oilaga topshirilmasa unda uning 
tarbiyasi va rivojlanishi bilan davlat muassasalari shug’ullanadi. 
Go’daklar uyida 3 yoshgacha bo’lgan tashlandiq bolalar, tug’ma yyetimlar 
tarbiyalanadilar, keyinchalik ular yoki bolalikka olinadilar yoki bolalar uyi hamda 
maktab internatlarga o’tishadi. Bolalar uyining maktab internatdan asosiy farqi uning 
tarbiyalanuvchilari shu atrofdagi maktablarda ta’lim olishadi, maktab-internat 
tarbiyalanuvchilari esa o’sha muassasaning o’zida ham yashashadi ham ta’lim olishadi. 
O’z oilasidan boshqa joyda ulg’ayayotgan bola-doimo g’ayitabiy hodisadir. Go’dak 
hayotining ilk haftalarida hayotga eng qulay sharoitlarda onasiz tarbiya 90% holatlarda 
uning rivojlanishining buzilishiga olib keladi. Internat turidagi muassasalarda 
tarbiyalanayotgan bolalar ruhiy va emotsional deprivatsiyadan azob chekishadi, sensor 


235 
jihatdan och qolishadi, ular real hayotdan ajratib olinganlar. Bolalar uylari, maktab-
internatlarini deyarli barcha tarbiyalanuvchilari ruhiy jarohatniboshdan kechirishgan, bu 
esa ularning rivojlanishi uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday bolalar 
chuqur ijtimoiy pedagogik qarovsizlik holatida bo’lishadi. Ijtimoiy tarbiya sharoitlari
emotsional-shaxsiy aloqalarning sustligi, oilaviy hayotning imitatsiyasi ijtimoiy 
infantilzim, kommunikativ muammolarni keltirib chiqaradi. 
Bu vaziyatda go’daklar uylari, bolalar uylari, maktab-internatlar nafaqat ta’lim-
tarbiya funksiyalarini bajarishga qaratilganlar, ular bolaning normal ijtimoiylashuvi, 
uning to’liq rivojlanishini ta’minlashadi, nuqsonlarini to’g’irlashadi, tarbiyachilarning 
huquqiy va psixologik himoyalarini ta’minlashadilar. Bu faoliyatda bolalar va 
o’smirlarning psixologik xususiyatlarini yaxshi tushunadigan ijtimoiy pedagog o’z 
o’rniga ega. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling