O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari 
Go’daklar uyi yosh bolalarni tarbiyalash tizimida alohida o’rin egallaydi. Bu 
tarbiyaviy-sog’lomlashtirish muassasalari ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga oila 
o’rnini bosishga, ona mehridan judo bo’lgan bolaning normal rivojlanishi uchun barcha 
sharoitlarni yaratishga qaratilgan. 
Hozirgi kunda go’daklar uyining moddiy bazasi ancha kengaydi, ulardagi tarbiyaviy 
ishlar ham yaxshilandi. Tarbiyaning ilmiy asoslangan asosiy qoidalarining amalga 
oshirilishi bolalar rivojlanishida ijobiy natijalarga olib kelmoqda. 
Go’daklar uylarida bolalar tarbiyasi tizimining effektivligini belgilab beruvchi 
asosiy omil tarbiyachilarning insoniyligi, o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi 
hisoblanadi. Har bir tarbiyalanuvchiga mehr bilan munosabatda bo’lish bolalar sog’ligi 
va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan asosiy shartdir. 
Go’daklar uyi tarbiyachisi nafaqat tibbiy va pedagogik ma’lumotli bo’lishi, balki 
yuqori axloq, madaniyatga ega bo’lishi, bolalarni sevishi lozim. 
Bolalar uylarida bolalarning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun sharoitlar 
yaratishda bolalarning yoshini emas, uning sog’ligi, holati va yetishgan rivojlanish 
darajasini inobatga olish kerak.
Bolalarning bir qismi tarbiya jarayoniga yoshiga qarab qurilishi mumkin, biroq 
aksariyat tarbiyalanuvchilar o’zlaridan ancha kichik yoshli bolalarga mos keluvchi ta’lim 
tarbiyaga ehtiyoj seziladi. Odatda go’daklar uyiga ijtimoiy noxush oilalardan 
kuchsizlangan go’daklar kelib tushishadi, ularning ba’zilari esa bundan oldin uzoq vaqt 
shifoxonada ham davolanishgan. Ularga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Go’daklar uyining spetsifik xususiyatlari bola organizmi rivojlanishiga ta’sir 
ko’rsatadigan o’z salbiy jihatlariga ham ega. Odatda tarbiyachining har tomonlama 
rivojlanishini ta’minlash qiyin bo’ladi. Biroq bu go’daklar uyining asosiy maqsadi 
hisoblanadi. Tarbiyachi va ijtimoiy pedagog noxush omillarning bolaga ta’sirini 
susaytirishi, bola hayotini taassurotlar bilan boyitishi lozim. 
Go’daklar uyining asosiy vazifasi bolalarning to’liq jismoniy va ruhiy 
rivojlanishlarini ta’minlashi, ularni jamiyat hayotiga tayyorlash, ularning ijtimoiy 
adaptatsiyalarini yengillashtirishdir. 
Go’daklar uyida pedagogik ishni tashkil qilayotganda yosh bolalarning asab-ruhiy 
rivojlanishlari qonuniyatlariga tayanish, ularning quyidagi xususiyatlari: jadallik, bolalar 
organizmining past qarshilik ko’rsatish darajasi, jismoniy va ruhiy rivojlanishning yaqin 
o’zaro munosabati, bolalarda kattalar bilan muomala qilishga, ijobiy emotsiyalarga, 
harakat faolligiga, yangi taassurotlarga katta ehtiyoj borligi kabilarni inobatga olish 
lozim. 


236 
Go’daklar uyida bolalar sog’ligini saqlashga, xususan ularning asab tizimlarini 
asrashga katta e’tibor beriladi. Bu esa harakat, nutq, xotira, diqqat, tafakkur, tasviriy 
faoliyat, estetik va axloqiy rivojlanish asosi hisoblanadi. Go’dak hayotining ilk 3 yili 
ichida kerakli ko’nikmalarni egallay olmasa keyinchalik buni o’rnini to’ydirishning iloji 
bo’lmaydi. SHuning uchun go’daklar uyining vazifasi bolaga hayotining ilk oylaridanoq 
rivojlanishdan ortda qolishga imkon bermaslik. 
Go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalar kontingenti bir qator xususiyatlari bilan 
ajralib turishadi. ijtimoiy noxush oilalardan kelib tushgan aksar bolalar noxush ijtimoiy 
va biologik analizga egalar. Agar xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bola qichqirig’iga vaqtida 
javob bermasalar bolada shaxsiy-emotsional muomala aloqasi o’z vaqtida shakllanmaydi. 
Natijada hayotining ilk yilidayoq uning yurish-turishida ikki nuqson paydo bo’lishi 
mumkin. Birinchisi, bola passiv, harakat va emotsional faolligi past, bu esa salbiy odatlar 
(bammoq so’rish, boshini qimirlatib o’tirish)ning paydo bo’lishiga olib keladi.
Ikkinchisi, notinch uyqu, sababsiz yig’i, boshqa bolalarga agressiv munosabat va 
buning natijasi yurish-turishida salbiy streotiplar paydo bo’lishidir. 
Bu nuqsonlari bor bolalarda kattalar bilan kam muomalada bo’lish nutq rivojining 
ortda qolishiga sabab bo’ladi. Hayotning ilk yilida oliy nerv sistemasining shakllanishiga 
yetarli e’tibor bermaslik bu tizimning rivojiga keyinchalik ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Hayotining ikkinchi yilida bolaning anglash faolligi susayadi, bola xonada maqsadsiz 
harakatlanadi, yangi odamlardan qo’rqadi yoki aksincha ular bilan ortiqcha jismoniy 
aloqaga intiladi. Nutq rivojlanishi ortda qolaveradi, salbiy odatlar ham saqlanib qoladi. 
Hayotining uchinchi yilida bolada mavhum anglashning ilk belgilari namoyon 
bo’lishi lozim: bola o’zini shaxs sifatida ajrata boshlaydi, uning nutqi muomala 
vositasiga aylanishi mumkin va boshqa go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalarda bu 
borada ortda qolish kuzatilishi mumkin.asabiy namoyon bo’lishlar kuchayadi (bolaga 
biror narsa rad etilganda yig’i bilan o’zini polga tashlashi mumkin), boshqa bolalarga, 
ba’zan kattalarga nisbatan agressivlik kuchayadi. Bular mikro ijtimoiy muhit 
xususiyatlari va sog’liq holati kabi ob’ektiv sabablarning natijasidir. Bunda kattalar bilan 
muomala qilishning yetishmasligi va ijobiy emotsiyalarning kamligi asosiy o’rin tutishini 
inobatga olib, bularning o’rnini bolaga tarbiyaviy ta’sir orqali to’ldirishga harakat qilish 
lozim. ijtimoiy pedagog oliy nerv faoliyatining rivojlanishini xarakterlaydigan normativ 
ko’rsatkichlardan kelib chiqishi kerak. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling