O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

 
Yengil adaptatsiya. Bola yurish-turishidagi buzilishlar muddati 20 kun bo’ladi. 
Bunda ishtahaning ham biroz pasayishi kuzatiladi. 10 kun mobaynida bola iste’mol 
qiladigan narsalar hajmi normasiga qaytadi, uyquning tiklanishi 7-10 kunda ro’y beradi, 
emotsional holat, nutq faoliyati va bolalar bilan o’zaro munosabatlar 15-20 kun ichida 
normallashadi. 
SHu bilan birga kattalar bilan munosabatlar deyarli o’zgarmaydi, harakat faoliyati ham 
pasayadi. Bola adaptatsiya davrida kasallikka chalinmaydi. 
 
O’rta og’irlikdagi adaptatsiya. Bola yurish-turishida barcha buzilishlar yaqqol 
namoyon bo’ladi va ularning muddati ancha uzoq. Uyqu va ishtaha 20-30 kunda 
normallashadi, mo’ljal olish faoliyatining buzilishi o’rtacha 20 kun davom etadi, nutq 
faoliyat 20-40 kungacha qayta tiklanmaydi. Emotsional holat bir oy mobaynida beqaror 
bo’lib turadi, harakat faoliyatining tiklanishi 30-35 kunda sodir bo’ladi. 
Bu davrda ham kattalar bilan o’zaro munosabatlar buzilmaydi. O’rta og’irlikdagi 
adaptatsiya respirator indeksiyasi kabi kasalliklar paydo bo’lishi mumkin. 
Adaptatsiyaning bu yo’nalishi bolalarda odatda 9 oylik yoshdan 1,5 yoshgacha 
qayd etiladi. Biroq agar bolalarda sog’liq bilan bog’liq muammolar bo’lsa yoki go’daklar 
uyida sog’lomlashtirish-tarbiya ishi yomon tashkil qilingan bo’lsa har qanday yoshdagi 
bolada bu holatlar qo’zg’atilishi mumkin. 
O’rta og’irlikdagi adaptatsiya bolalarda bir guruhdan boshqa guruhga 
o’tkazilayotganda, statsionardan go’daklar uyiga kelib tushganda namoyon bo’ladi. 
Og’ir adaptatsiya. Bu adaptatsiya turi muddatining uzunligi (2-6 oy va ko’proq) 
va barcha alomatlarining og’irligi bilan xarakterli hisoblanadi. 
Organizmning ko’nikish imkoniyatlarining shakllanishi bola ruhiyatining 
emotsional-ijtimoiy va bilib olish sohasi bilan yaqin bog’liq hisoblanadi. Emotsional 
muvozanat va shu asosda shakllanadigan anglab olish faoliyatining yuqori darajasi yengil 
va muvafaqqiyatli adaptatsiyani ta’minlaydi. 
Bolani ijtimoiy adaptatsiyadan xalos etish kerak ekan deb o’ylashnoto’g’ri 
hisoblanadi. ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning adaptatsion imkoniyatlarini 
maqsadga muvofiq shakllantirish va mashq qildirishdir. CHunki bola o’z adaptatsion 
imkoniyatlarisiz o’zini turli ijtimoiy hodisalarda to’g’ri tuta olmaydi. Adaptatsion 
qobiliyatlarni mashq qildirishmasalasi go’daklar uyida bolalar hayotini tashkil qilishning 
eng muhim masalalaridandir. Bola yangi muhit sharoitlariga yengil adaptatsiya darajasida 
ko’nikishga intilish va adaptatsiyaning og’ir buzilishlariga yo’l qo’ymaslik lozim. 
Go’daklar uyida bolalar hayotini tashkil qilar ekan ijtimoiy pedagog unga 
sog’lomlashtirish ishining elementlarini qo’shishga harakat qilishi kerak. 


239 
ijtimoiy pedagog faoliyatining eng muhim yo’nalishlariga quyidagilar kiradi: 
1. Bola rivojlanishining va sog’ligining optimal holatini ta’minlash. 
2. Bola bilan doimo muloqatda bo’ladigan kattalar tarkibining barqarorligini ushlab 
turish uchun 2 yoshgacha bolaga xizmat qiluvchilar sonini cheklab turish. 
3. 12-13 oylardan boshlab bolani unga doimiy xizmat qiluvchilar orqali boshqa qayta 
shaxslar, go’daklar uyining boshqa xonalari, haydovchilar, ko’cha transporti bilan 
tanishtirishi lozim. 
4. Bola hayotining 3 yoshda bolalarni go’daklar uyidan tashqariga ko’proq chiqarish 
kerak, maktab o’quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish lozim. 
Endigina go’daklar uyiga qabul qilingan bolalarning hayotiga kelsak, bunda 
avvalambor bola qayerdan kelayotganini (o’z oilasi yoki statsionardan) aniqlash va shu 
bilan birga bolaning shu paytgacha bo’lgan rejimini saqlab qolishi lozim. Ayniqsa 
ovqatlanish rejimini nihoyatda ehtiyotlik bilan o’zgartirish lozim: avvalambor ichimlik 
miqdorini 50-100 gramm ko’paytirish kerak va glyukoza qqo’shilgan qorishma berish 
ham maqsadga muvofiqdir. SHuningdek 15-20 kun mobaynida hech qanaqa sanchish 
protseduralarini ham o’tkazmaslik lozim. 
5. Bolani guruhdan guruhga o’tkazganda uni avvaldan (1-2 oy avval) yangi xonasi, 
bolalar, xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bilan tanishtirish kerak. YAngi guruhdagi ayniqsa 
ilk kunlarda bola e’tibor, mehrga muhtoj bo’ladi. Unga eski guruhidan o’zi bilan biror bir 
o’yinchoqni olib kelishga ham ruxsat bersa bo’ladi. Adaptatsion davr mobaynida rejimli 
o’zgartirish, emlash o’tkazishga ruxsat berilmaydi. Adaptatsiya varaqasi yoki guruh 
kundaligiga adaptatsion davrning yakunlanishini aniqlash uchun bolaning yurish-turishi
ishtaxasi, uyqusi haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish kerak. 
6. Go’dakning go’daklar uyiga oiladan topshirilishi ham bolaning maktabgacha tabiya 
muassasaga kirishi kabi tashkillashtiriladi. Biroq shuni yodda tutish lozimki, go’daklar 
uyiga kirishdagi vaziyat ancha murakkabdir. Bola uchun odatiy sharoitlar birdan 
o’zgaradi, u yaqinlaridan judo bo’ladi, o’zini hech kimga kerak emas deb hisoblaydi. Bu 
holatda stress juda kuchli namoyon bo’ladi va og’ir adaptatsion sindrom ham paydo 
bo’lishi mumkin. ijtimoiy pedagogning vazifasi bola bilan ko’proq shaxsan aloqa qilish, 
uning stress holati keltirib chiqargan yurish-turish buzilishlarini to’g’ri anglab yetish, 
bolaga bu og’ir sinovni yengishga harakat qilishdir. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling