O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Go’daklar uyida bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonida


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Go’daklar uyida bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonida 
 ijtimoiy pedagogning o’rni 
Bola hayotining ilk yillarida unda u o’sib-rivojlanayotgan mikro ijtimoiy muhit 
talablarini aks etuvchi ijtimoiy yurish-turishning muayyan turi shakllanadi. Mikro 
ijtimoiy muhitning o’zgarishi yurish-turishning o’zgarishini ham keltirib chiqaradi. Bu 
esa yoshlik davrida anchagina mushkul vazifa bo’lib odatda adaptatsion sindrom 
rivojlanishiga olib keladi. 
Go’daklar uyida bolalar doimo bolalar muassasasining mikro ijtimoiy muhitida 
bo’lishadi va bu muhit ular uchun ijtimoiy yurish-turishni shakllanishining asosi 
hisoblanadi. Bu sharoitlarda bolalar oiladagidan barvaqtroq tengdoshlari bilan 
muomalaga ko’nikishadi, kattalar bilan aloqalarga kirishishadi. 
Bolalar uyida go’dak ijtimoiy yurish-turishning stereotipini o’zgartirish zarurati 
haqida gapirganda uch asosiy holatni nazarda tutish lozim: 
1. Bola hayotining ilk oylarida shifoxonadan to’g’ri go’daklar uyiga o’tkaziladi. 
2. Bola yoshiga qarab boshqa guruhga o’tkaziladi. 


237 
3. Bola bolalikka olinadi yoki bolalar uyiga topshiriladi. Albatta kam uchraydigan 
holatlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, bola go’daklar uyiga to’g’ri oilasidan kelib 
tushadi yoki onasi uni go’daklar uyiga tashlab ketadi, barcha sanab o’tilgan holatlar o’z 
xususiyatiga egalar, u yoki bu darajada adaptatsion sindromni keltirib chiqarishadi. 
SHuning uchun biz ularga batafsil to’xtalamiz. 
Adaptatsiya atamasi “ko’nikish” degan ma’noni bildiradi. Barcha tipik 
mavjudotlarning muayyan iqlim, hududda rivojlanishiga ko’nikish xususiyati. 
Evalyutsiyaning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, organizmning evalyutsion 
imkoniyatlari ham shuncha yuqori bo’ladi. 
Insonning boshqa tipik mavjudotlardan farqi uning ijtimoiy muhitda mavjud 
bo’lishidir. Inson uchun ijtimoiy muhit boshqa sharoitlar (iqlim, harorat, ovqatlanish va 
boshqalar) kabi ob’ektiv ta’sir omili hisoblanadi. 
Insonning kelgusidagi o’zgarishlarga oldindan tayyorgarlik ko’rishi, o’zgargan
ijtimoiy sharoitlar munosabati bilan brish-turishni qayta qurish ijtimoiy adaptatsiya 
deyiladi. Muayyan mikro ijtimoiy muhitda (ish, oila va boshqalar) insonda u yoki bu
ijtimoiy sharoitlarga adekvat yurish-turish jihatlari paydo bo’ladi. ijtimoiy adaptatsiyada 
eng muhim rolni miya po’stlog’i bajaradi. 
ijtimoiy adaptatsiyadagiruhiy faoliyatning kuchayib ketishi yoki odatiy yurish-
turish shakllarini o’zgartirish zaruriyati yuzaga kelgan qizg’inlik sabablari hisoblanadi.
ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli kechishi uchun markaziy nerv tizimi 
hujayralarining chidamlilik darajasi, nerv jarayonlarining kuchi muhim ahamiyatga ega. 
ijtimoiy adaptatsiya imkoniyatlari faqatgina tug’ilgandan so’ng rivojlanadi, oliy 
nerv faoliyati tizimi rivojidan ajralmas hisoblanadi. 
Bola dunyoga kelgach inson tomonidan yaratilgan muhitga tushadi. Kattalarning 
ta’siri va shaxsiy faoliyat natijasiga bolada shu muhitga mos tushuvchi yurish-turish 
reaksiyalari paydo bo’ladi. Turli yosh davrlarida bolalar va o’smirlar mikro ijtimoiy 
muhit o’zgarishlariga duchor kelishadi va bu o’zgarishlar ularning yurish-turishiga ta’sir 
ko’rsatadi. 
ijtimoiy pedagogning bolalar uyidagi faoliyati bolani ijtimoiy munosabatlarga 
qo’shish va uning boshqalar muomalasini kengaytirish, isnoniy munosabatlarga kirishish 
qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. ijtimoiy pedagog go’daklar uyi 
tarbiyachilari va boshqa xodimlari bilan yaqin hamkorlik yuritib, bolalarda ijtimoiy 
adaptatsiya qobiliyatini rivojlantirishning metodlarini bilishi lozim. 
Go’daklar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o’z adaptatsion mexanizmlari bilan 
mashg’ulot o’tkazish uchun kamroq imkoniyatlarga egalar, demak ularda ijtimoiy 
ko’nikish darajasi ham ancha past. SHuning uchun o’zgargan sharoitlarga o’tish ular 
uchun qiyin omil hisoblanadi. Ustiga ustak go’daklar uyi bolalari og’irlashgan biologik 
va ijtimoiy anamnezga egalar, ularning rivojlanishi va sog’ligi ko’rsatkichlari ham 
doimo optimal emas. Bu jihatlar ham markaziy nerv tizimi ishchanligini tushiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar funksional tizimning ko’pgina tarkibiy qismlarining 
xomligi xarakterli bo’lib, bu ularda adaptatsion mexanizmlar tizimida qizg’inlik 
holatlarini tez paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Go’daklar uylari bolalari esa ruhiy stress 
holatiga juda oson tushishadi. 
Adaptatsiyaning barcha shakllarini o’rganish bolaning yangi muhit sharoitlariga 
ko’nikishi bosqichlarini, shuningdek adaptatsion bosqichning murakkabligi darajasini 
belgilovchi omillarni aniqlash imkonini berdi. 
Ko’nikish bosqichlari: 


238 
1. Keskin davr yoki dezadaptatsiya bosqichi. Bu bosqichda yangi mikroijtimoiy muhit 
talablari va odatiy yurish-turish stereotiplpri o’rtasida kelishmovchilik mavjud bo’ladi. 
Bu vaqtda ayniqsa yurish-turish parametrlarida-kattalar bilan munosabatlar, nutq faolligi, 
o’yinlarda o’zgarishlar ko’p bo’ladi. SHuningdek, tana og’irligining kamayishi, 
infeksiyalarga qarshilik ko’rsatishning pasayishi kabi hodisalar ham kuzatiladi. 
2. Adaptatsiyaning o’zi. Bunda bola yangi muhitni faol o’zlashtirib unga mos keluvchi 
yurish-turish shakllarini ishlab chiqadi. Bu davrda turli tizimlardagi chetga chiqishlarning 
kamayishi kuzatiladi. Hammadan tez ishtaha (15 kun) normallashadi, uyqu va emotsional 
holat vaqti cho’ziladi. O’yin va nutq faoliyati esa hammasidan keyin o’z o’rniga qaytadi 
(60 kungacha). 
3. Kompensatsiya davri. Bunda organizm faoliyati to’liq normallashadi. 
Birinchi va ikkinchi bosqichlarning xarakter va xususiyatlariadaptatsiyani murakkabligi 
bo’yicha tasniflash imkonini beradi. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling