O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

YOsh
Sabablar
Oqibatlar
Bolalikning 
ilk 
davri 
(0-3 yosh) 
1. homila davridagi ichkilikbozlik 
2. homiladorlikning ilk 3 oyida 
spirtli ichimlik iste’moli 
3. 
emizish 
vaqtida 
spirtli 
ichimliklar iste’moli 
Epilepsiya, aqli zaiflik 
Jismoniy rivojlanish anomaliyasi 
Aqliy rivojlanish anomaliyasi 


257 
Maktabgacha va 
kichik 
maktab 
yoshi (3-9 yosh) 
1. 
ota-onalarning 
pedagogik 
savodsizligi 
2. oilaviy alkogol an’analari 
Organizmning alkogol zaharlanishi 
Spirtli ichimlikliklarga qiziqish paydo 
bo’lishi 
O’spirinlik 
va 
o’smirlik 
davri 
(9-18 yosh) 
1. oiladagi noma’lum holat 
2. o’zini namoyon qilish 
3. OAVlaridagi reklama 
4. bo’sh vaqdda band bo’lmaslik 
5. 
ichkilikbozlikning 
oqibatlari 
haqida bilimlarning yo’qligi 
6. 
shaxsning 
psixologik 
xususiyatlari 
7. muammodan qochish 
Spirtli 
ichimliklarga 
maylning 
shakllanishi 
Spirtli 
ichimlik 
iste’mol 
qilish 
odatining shakllanishi 
Alkogol xulq-atvorning steriotipining 
paydo 
bo’lmagan 
holatda 
huquqbuzarlik sodir etish. 
Mast 
holatda 
g’ayri 
huquqiy 
harakatlarning oqibatini o’ylamasdan 
sodir etish. 
Spirtli ichimlikni ruhiy muammolarni 
bartaraf 
etuvchi 
doping 
sifatida 
iste’mol qilish 
Bolalarning spirtli ichimliklarga ko’nikishlari asosan 3 davrda: bolalikning ilk davri, 
maktabgacha yoshda va kichik maktab davri, o’smirlik davrida jadal kechadi. 
Birinchi davr-bolalikning ilk davri bo’lib, unda bolalarning alkogollashuvi ixtiyorsiz 
xarakterga ega. Bu bir necha sabablarga ko’ra ro’y beradi-homiladorlik va emizish davria 
spirtli ichimlik iste’mol qilish, mast holatda homilador bo’lish. Ichki organ va a’zolarning 
jadal shakllanishi jarayoni kechayotganda homilaning zaharlanishi rivojlanishning turli 
anomaliyalariga olib keladi-oyoq va qo’llarning rivojlanmasligi, barmoqlarning birlashib 
ketishi, jinsiy a’zolardagi nuqsonlar, bosh hajmining kichiklashishi va boshqalar. 
Homila alkogol oldida himoyasiz bo’lgani sababli u alkogolning miyaga kirishini 
bartaraf eta olmaydi va buning natijasida istisqo, aqli norasolikni kuzatsak bo’ladi. 
Bunday bolalar garchi bolaliklarida hayot bilan vidolashmasalar ham butun umr aqli 
noraso bo’lib o’tadilar. 
Ikkinchi davr-maktabgacha va kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng ahamiyatli 
sabablar- ota-onalarning pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka qiziqish paydo 
bo’lishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik an’analaridir. 
Biologik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan-
avlodga o’tmaydi, faqatgina unga mayl o’tadi. Bolalarda ichkilikbozlikning 
rivojlanishiga ota-onalarning yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi ahamiyat 
kasb etadi. 
Maktab sinfdosh bolalarning xususiyatlaridan kelib chiqib ota-onalar shuni esda 
tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga nisbatan salbiy munosabatlarni 
shakllantirishning zaruriy sharti bola shaxsiyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo’lish, uning maktab hayotiga doimiy e’tibor qaratish, maktabda va oilada gigiyenik 
normalarga amal qilishdir. 
Agar oilada hech kim bolaning maktab hayoti bilan qiziqishmasa yoki nomiga 
qiziqsa (baholarni nazorat qilish surunkali tarzda ortda qolayotgan bola to’liqsizlik xissini 
boshdan og’ir kechiradi) maktabga nisbatan qiziqishi neytrallashadi, so’ngra bolada 
ta’lim olishga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.u o’zini namoyon qilishning boshqa 
usullarini qidira boshlaydi. Odatda bu bola ko’cha guruhlariga qo’shilib qoladi va u yerda 
spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o’rganadi. Agar bola spirtli ichimlik bilan tanish 
bo’lsa va bu “tanishuv” oilada sodir bo’lgan bo’lsa, bu o’rganish jarayoni nihoyatda oson 


258 
kechadi. Natijada maktab, maktab hayotiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi va 
bola o’ziga o’xshagan bolalarning ko’cha guruhini afzal ko’ra boshlaydi. 
Uchinchi bosqich-o’spirinlik va o’smirlik davri. Bu davrdagi asosiy sabablarga 
oiladagi nomaqbul holat, o’zini namoyon qilish, OAVlaridagi reklama, muammolardan 
qochish, shaxsning psixologik xususiyatlari, ichkilikbozlik oqibatlari haqidagi 
bilimlarning yo’qligi kiradi. Bu davrda ichkilikka ruju qo’yish ro’y beradi. ijtimoiy 
adabiyotlarda ichkilikka mayli bor bolalarning 4 turi aniqlangan: 
1. o’ziga yuqori baho bergan bolalar 
2. shafqatsiz va agressiv xulq-atvorli bolalar 
3. amaliy hayotga ko’nikmagan, shaxsiy tashabbus qobiliyatidan judo bo’lgan 
bolalar 
4. turg’unlikka tushgan bolalar 
bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishiga tortilganliklarining bir nechta darajalari 
mavjud: 
1. nolga teng daraja-juda kamdan-kam iste’mol qilish; 
2. epizodik iste’mol darajasi-turli spirtli ichimliklar turlari bilan tanishlik; 
3. yuqori daraja-1 oyda ikki martadan ortiq iste’mol qilish; 
4. namoyon bo’lgan ruhiy tobelik darajasi-mast bo’lishning ruhiy holatning istalgan 
holatga aylanishi, ichimlikka ruhiy qaram bo’lishning yuzaga kelishi; 
5. ichimlikka jism tobe bo’lish darajasi-spirtli ichimlikni nazoratsiz iste’mol qilish;

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling