O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Tarbiyasi og’ir o’spirinlar jismoniy jihatdan sog’-salomatdirlar, biroq ularning 
ta’lim-tarbiyasi buzilgan. Ular o’z tengdoshlaridan o’qishda ortda qoladilar, chunki 
ularda xotira, tafakkur va tasavvur xislari yaxshi rivojlanmagan.
Garchi ular o’zlariga qiziqarli narsani bajarishsa ham ular mehnat qilishni 
yoqtirishmaydi, o’zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydi, ular tizimli 
shug’ullana olishmaydi. Tarbiyasi og’ir o’spirinlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, 
o’qishni xohlashmaydi, o’qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadilar. Maktabni 
tashlab ketishadi, o’zlarini omadsiz deb bilishadi, ular daydilik qilishadi, spirtli ichimlik, 
giyohvand moddalar iste’mol qilishadi, huquqbuzarliklar sodir etishadi. Aynan 
o’spirinlar jismoniy yoki jinsiy zo’rlik oqibatida o’z jonlariga qasd qilishadi.
O’spirinlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik 
hodisa bo’lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan tashqari tarbiya 
ishining qoniqarsiz yo’lga qo’yilganligi natijasidir. Amaliyotda isbotlanganidek 
o’spirinni o’rab turgan bu mihit shakllari odatda ijtimoiy pedagogik darajalari, 
yo’nalishlari, o’spiringa ta’sir qilish jihatidan turli bo’ladi. Agar oila, maktab, maktabdan 
tashqari muassasada bolani tarbiyalovchi omillarni boshqarsa, ko’cha-ko’yda ularni 
boshqarib bo’lmaydi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi mumkin emas. CHunki 
o’spirinlar bo’sh vaqtlarining aksariyati aynan ko’chada o’tkazishadi. U yerda ularning 
muomalasi, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlaridan biri shakllanadi. O’quvchi 
o’spirinlar uchun asosiy faoliyat bu o’qishdir. Biroq o’qish tarbiyasi og’ir o’spirinlar 
uchun o’qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vositasi emas. SHuning 
uchun ular o’zlariga muhim bo’lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan 
shu yerda, o’zi kabi o’spirinlar davrasida ularga yomon xislatlar va qo’pollik uchun 
tanbeh berishmaydi, aksincha bu kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi. 
Biroq hozirgi kunda maktabda, yashash joylarida bolalar bilan birgalikda ijtimoiy 
ish olib borish amaliyoti paydo bo’lmoqda. Bu faoliyat mikrotuman va maktabda ta’lim-
tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi bo’yicha maktab va barcha ijtimoiy 
xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish uchun birlashtiradi. 
yagona reja buiycha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining faoliyatini tubdan 
o’zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasi, sinf rahbarlari, guruh 
tarbiyachilari faoliyatiga qo’shilishadi va ular bilan yaqin hamkorlikda bo’lishadi.
Bu faoliyatda asosiysi bola hisoblanadi, shuning uchun pedagogik jamoa faoliyati 
maktab devorlari ichida qolib ketmaydi, ular bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga, 
tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi. 
Pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va 
maktabdan tashqari jamoaning ularning xulq-atvoriga ta’sirini o’rganadi. Ular bilan ish 
olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi lozim: 
1. O’spirin bilan aloqa o’rnatish; 
2. O’spirin bilan yaxshi o’zaro munosabatlarni o’rnatish; 
3. Uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini o’rganish. 


254 
Psixolog A.B.Filonov tomonidan ishlab chiqarilgan pedagogik texnologiya ham 
samarali hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogning o’spirin bilan aloqasining bir nechta 
bosqichlari ko’rsatilgan: 
1. Qarashlarida roziliklarning to’planishi; 
2. Uning qiziqishlarini bilib olish; 
3. O’smirlikning roziligi; 
4. Xususiyatlari va sabablarini tushunish; 
5. Uning shaxsiyatining salbiy xislatlarini o’rganish; 
6. YUrish-turish va o’zaro munosabatning umumiy normalarini ishlab chiqish
6
.
YU.V.Vasilkova tarbiyasi og’ir o’spirinning tarbiyasiga bosqichma-bosqich 
yondoshuvni ilgari suradi
7

I. O’spirin bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatish; 
II. O’spirinning shaxsiy ishi bilan tanishib chiqish; 
III. Pedagogik tarbiyasi og’irligining sabablarini aniqlash; 
IV. Psixologik va ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish; 
V. O’spirin shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi faoliyat turini tanlash; 
VI. Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash jarayonining birlashishi, o’spirin faoliyatini o’z-
o’zini mukammallashtirishga qaratish. 
Tarbiya jarayoniga kompleks yondoshuv o’spirinlar guruhlari paydo bo’ladigan 
mikro muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko’ra 
voyaga yetmaganlar aksar jinoyatlarini guruh bo’lib sodir etishadi. Biroq voyaga 
yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo’yicha ko’pgina tafsiyalar 
indevidual profilaktika tavsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek ajratib 
olingan o’spirinning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat 
har doim ham kutilgan natijalarga olib kelmaydi. Bu holat huquqbuzar o’spirinning 
yashash joyidagi guruhning a’zosi bo’lganligi va uning xatti-harakatlari guruh kayfiyati, 
ularning hayot tarzi, fikrlashi, boshqa a’zolariga bog’liq bo’lishi bilan izohlanadi. Demak 
biz pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini 
e’tirof etgan holda o’spirinlarni o’rab turgan mikro muhit bilan o’zaro aloqalarini 
o’rganish zarurligini ham ta’kidlab o’tamiz. 
Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi, tarbiya vositalari, shakl va mazmunini 
bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi og’ir bolalarni sinf jamoasi, 
o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarining normallashuvi natijasida o’smir 
guruhlarning rejali qayta to’g’irlash hisoblanadi. Bu munosabatlarning normallashuvi 
o’smir shaxsning shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ish olib borish ommaviy so’rovnoma va anketa 
to’ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o’smirlar guruhlarining 
qayerda paydo bo’lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni 
inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, muomala qilish 
joylar va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo’nalishi. Muomalaning bu 
parametrlarini bilsh tarbiyachiga tuman, shaharda o’smir guruhlari bilan ishlashning eng 
to’g’ri va samarali shakl-vositalarini qo’llashga yordam beradi. 
ijtimoiy pedagog o’smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim. 
Ijtimoiy tarkibi turli bo’lgan o’smirlar guruhlarida o’zaro axborot almashuv va muomala 
6
Л.П.Филонов Дезадаптив ыспиринлар билан реабилитация жараёнида алоқа ўрнатиш технологияси. Замонавий 
шароитларда болалар ваўысмирлар реабилитацияси муаммолари ва тажрибаси. М, 1994. 127-143 б. 
7
Ю.В.Василкова, Т.А.Василкова Социал педагогика. М:Академия, 2003. 362-363 б.


255 
qilish qiziqarli bo’ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg’on tasavvurlarga ega 
ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin. Tarbiyachining vazifasi: 
1. Guruhdagi muomalaning mazmunini bilish; 
2. Tarbiyaviy ta’sirni to’g’ri tashkil qilib, ma’lumotni to’g’ri tomonga yo’naltirish. 
Guruhlarning o’rganilishi va taxlili qilinishi lozim bo’lgan mashg’ulotlarini ikki 
turga ajratsak bo’ladi-vaqt bo’yicha –doimiy va nodoimiy, yo’nalishi bo’yicha-ijobiy 
(mehnat, sport, san’at bilan mashg’ul bo’lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini 
iste’mol qilish, qimor o’ynash). 
Tarbiyasi og’ir o’smirlar guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning 
uslublari va texnologiyalari quyidagilar: 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling