O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

 ijtimoiy harakat-turli ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi 
xatti-harakatlari.
 ijtimoiy hudud-bola ko’z o’ngida har kuni sodir bo’ladigan harakatlar, ijtimoiy 
munosabatlar, trasport, narsa-predmetlarning qiyofasining majmuasi. 
 ijtimoiy huquqiy yordam-inson va bola huquqlariga amal qilishga, bu huquqlarni amalga 
oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo’yicha huquqiy 
tarbiyalashga qaratilgan yordam. 
Sotsium-insonning ijtimoiy atrof-muxiti, hamjamiyati. 
Submadaniyat-muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi ijtimoiy 
psixologik belgilar (norma, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.
Tabiatsimonlik-bola tarbiyasi, ta’limi va ijtimoiylashuvi bola rivojlanishining qonunlari 
asosida qurilishi lozim. 
Tavakkal guruhi oilalari-voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning qonunuiy 
vakillari bolalarni tarbiyalashdagi o’z majburiyatlarini bajarmayotgan va bolalar 
tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan oilalar. 
Tarbiyaning qiyin kechishi-pedagogik ta’sirlarni o’zlashtirish xohishi yoki qobiliyatining 
mavjud bo’lmasligi darajasi.
Ta’limning qiyin kechishi-turli ruhiy pedagogik va ijtimoiy-madaniy sabablar tufayli 
yuzaga kelgan o’zlashtirishning past ko’rsatkichi o’quv ko’nikma va 
malakalarning yo’qligi rivojlanishning uyg’un kelmasligining u yoki bu darajasi. 
Tayanch shaxs-insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi tabiiy qolipdir. 
Tayanch intilishlar hammada bir hil bo’ladi, biroq ularning namoyon bo’lishi 
genetik va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi. 
Tibbiy-ijtimoiy yordam-ta’li-tarbiya jarayonida sog’likni tiklash yoki mustahkamlashga 
qaratilgan chora-tadbirlar. 
Uyg’un hayot tarzi-inson tomonidan ongli ravishda tuziladigan adaptativ zarur faoliyat 
turlari va qiziqishlar bo’lib, ular jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy 
salomatlikni ta’minlashga yordam berishadi. Uyg’unlik insonning dinamik holati 
bo’lib, uni bir maromda ushlab turish uchun uzluksiz harakatni talab qiladi. 
Uyg’un hayot tarziyanada kengroq tushuncha inson uyg’unligining tarkibiy qismi 
bo’lib, u tushuncha intilish, imkoniyatlar darajasining insonlar, atrof-muhit bilan 
kelishishining optimal munosabatlari bilan aniqlanadi. 


127 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling