ijtimoiy pedagogik profilaktika-bolada turli faollik turlarining namoyon bo’lishiga va
bolalarning optimal ijtimoiy rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan
ijtimoiy tarbiya chora-tadbirlar tizimi.
ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o’z-o’zini
amalga oshirishi uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan professional faoliyat.
ijtimoiy pedagogik faoliyat texnalogiyasi-ratsional va maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar
bilan xarakterlanadigan amaliy ijtimoiy pedagogik faoliyat, metod va usullari
majmuasi.
ijtimoiy pedagogik yordam-bolaning ijtimoiylashuvi va to’la qonli rivojlanishi uchun
psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik chora-
tadbirlar tizimi.
ijtimoiy profilaktika-turli salbiy xarakterdagi ijtimoiy og’ishlarni keltirib chiqaruvchi
asosiy sabablar va shart-sharoitlarni oldini olish, bartaraf etish yoki
neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiytibbiy va tashkiliy
chora-tadbirlar majmuasi.
ijtimoiy psixologik yordam-oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy,
maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam.
ijtimoiy reabilitatsiya-insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga
qaratilgan jarayon-texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi
reabilitatsiyaga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ilgari suradi.
ijtimoiy reabilitatsion yordam-bolalarning ruhiy, aqliy, emotsional holati va sog’ligini
tiklashga qaratilgan yordam.
ijtimoiy sog’lik-individning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarining mukammallashuvi
shakli va vositalarini muayyan darajasidir, bu o’zaro munosabatlarning
muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanish
darajasi. ijtimoiy sog’likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |